GEOGRAFIYA JDPU
136 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#abituriyent

❗️Абитуриентлар диққатига:

👉 2020/2021 ўқув йили учун республика олий таълим муассасаларига абитуриент сифатида фуқаролик паспорти (паспорт олиш ёшига етмаганлиги ва бошқалар) билан боғлиқ муаммолар туфайли рўйхатдан ўта олмаётган фуқароларга яшаб турган манзилига яқин бўлган олий таълим муассасаларига мурожаат этишларини тавсия этамиз.

🔴Маълумот учун: республика олий таълим муассасалари бакалавриатига ўқишга кириш учун абитуриент сифатида рўйхатдан ўтишнинг сўнги муддати 2020 йил 20 июль.

Манба


👉 @geografiya_JDPI 👈
#QABUL_2020

🏛 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishga tushirilgan onlayn xizmatlar:

🔹kasb.edu.uz - kasb-hunar maktablariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish;

🔹abirur.dtm.uz - davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish va ro‘yxatdan o‘tish;

🔹magistr.edu.uz - davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish va ro‘yxatdan o‘tish;

🔹transfer.edu.uz - davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarning o‘qishini ko‘chirish yoki tiklash bo‘yicha arizalarini topshirish;

🔹diplom.edu.uz - davlat oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilarning diplomlari elektron nusxasini olish.

❗️Eslatma: Ushbu xizmatlardan foydalanish mutlaqo bepul.


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️Паспорти билан муаммо бўлаётган абитуриентлар диққатига!

Кўпчилик абитуриентлар паспорти билан муаммоси борлиги туфайли, онлайн рўйхатдан ўта олмаётгани ҳақида мурожаат қилишган эди. Бу ҳақда аввалроқ каналимда ҳам ёзгандим.

Расмийларнинг хабар беришича, бундай абитуриентларнинг муаммоси қуйидагича ҳал қилинади:

1-тоифа: яқинда паспорт олган, лекин ДТМ сайтида паспорт маълумотлари кўринмаётгани учун рўйхатдан ўта олмаётганлар

Ўша янги олган паспорти билан ўзига энг яқин исталган ОТМлардан бирига бориб, рўйхатдан ўтади.

2-тоифа: паспорт олиш ёшига етмаганлар

Улар аввал ўзининг туманидаги паспорт столга мурожаат қилиб, 09-шакл маълумотнома олади. Сўнгра ўзига энг яқин исталган ОТМлардан бирига бориб, рўйхатдан ўтади.

3-тоифа: яқинда паспорт олиш ёшига етган, паспорт олиш учун ариза топширган, аммо ҳали паспорти тайёр бўлмаганлар

Улар ҳам аввал ўзининг туманидаги паспорт столга мурожаат қилиб, 09-шакл маълумотнома олади. Сўнгра ўзига энг яқин исталган ОТМлардан бирига бориб, рўйхатдан ўтади. Агар уларга сал аввалроқ 09-шакл маълумотнома берилган бўлса, унда яна янгитдан олиш шартмас, ўша берилгани бўйича бораверсин.

4-тоифа: паспортини йўқотган ёки шикастлаган, янги паспорт олиш учун ариза берган, аммо ҳали паспорти тайёр бўлмаганлар

Улар ҳам аввал ўзининг туманидаги паспорт столга мурожаат қилиб, 09-шакл маълумотнома олади. Сўнгра ўзига энг яқин исталган ОТМлардан бирига бориб, рўйхатдан ўтади. Агар уларга сал аввалроқ 09-шакл маълумотнома берилган бўлса, унда яна янгитдан олиш шартмас, ўша берилгани бўйича бораверсин.

Қандай ҳужжатлар керак?

ОТМга бориб рўйхатдан ўтиш учун қуйидаги ҳужжатлар керак бўлади:

1) паспорт ёки 09-шаклдаги маълумотнома (оригинали)
2) мактаб шаҳодатномаси ёки коллеж/лицей дипломи (оригинали)
3) агар бўлса, имтиёз қўллашга асос бўлувчи ҳужжатларнинг оригинали (ногиронликни тасдиқловчи, хорижий тил билиш сертификати, тавсияномалар ва ҳ.к.).

Рўйхатдан ўтиш учун бошқа ҳеч қандай ҳужжат ёки фотосурат шарт эмас.

Эслатма: 20 июль, душанба - рўйхатдан ўтишнинг охирги куни.

Манба


👉 @geografiya_JDPI 👈
Ushbu xaritada 3 raqami bilan qaysi daryo ko‘rsatilgan.

🌐 @geografiya_test_video_slayd
#Qabul_2020 | #abituriyent

🏛Jizzax davlat pedagogika institutining bakalavriat hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (19-iyul 2020-yil, soat 08:00 holatiga)

#Bakalavriat
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari.
Qabul rejasi - 72 ta (22/50);
Jami tushgan arizalar soni - 3777 ta;
Tanlov - 52.5

Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish



#Magistratura
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya).
Qabul rejasi - 6 ta (1/5);
Jami tushgan arizalar soni - 11 ta;
IELTS yoki CEFR olganlar - yo‘q;
Imtiyozlilar - yo‘q;
Tanlov - 1,83

Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish


👉 @geografiya_JDPI 👈
❗️Eslatma | #abituriyentlar_uchun

Bugun soat 08:03 da DTM.UZ dan kelgan sms xabar.


👉 @geografiya_JDPI 👈
GEOGRAFIYA JDPU
❗️Eslatma | #abituriyentlar_uchun Bugun soat 08:03 da DTM.UZ dan kelgan sms xabar. 👉 @geografiya_JDPI 👈
Qiziq holat soat 12:00 dan keyin hujjat topshirganlar to‘lovni qanday amalga oshirarkin. Yoki to‘lovdan ozod qilinarmikin😁. Ma’lum xabarlarga ko‘ra hujjat topshirish va to‘lovni amalga oshirish 20-iyulga qadar (shu kuni ham) deyilgan edi. Yoki xalqona tilda 24:00 emas 12:00 deb qo‘ya qolganmikin 🤔. Biz mazkur xabarga aniqlik kiritish maqsadida DTM ga xabar yo‘lladik. Natijani kutamiz ular bu holatga qanday izoh berar ekan.


👉 @geografiya_JDPI 👈
❗️Yuqoridagi sms bilan bog‘liq murojaatimizga DTM quyidagicha javob yuboribdi. Nima deyishga ham hayronman. Berilgan javob savoldan biroz yiroqlashganga o‘xshab ko‘rindi menga. Siz ham o‘qib ko‘ring, fikrlaringizni commentariyda kutib qolaman.

(Rasmni ochib ko‘ring)

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Qabul_2020 | #abituriyent

🏛Jizzax davlat pedagogika institutining bakalavriat hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (20-iyul 2020-yil, soat 08:00 holatiga)

#Bakalavriat
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari.
Qabul rejasi - 72 ta (22/50);
Jami tushgan arizalar soni - 3881 ta;
Tanlov - 53,9

Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish



#Magistratura
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya).
Qabul rejasi - 6 ta (1/5);
Jami tushgan arizalar soni - 10 ta;
IELTS yoki CEFR olganlar - yo‘q;
Imtiyozlilar - yo‘q;
Tanlov - 1,67

Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish


👉 @geografiya_JDPI 👈
GEOGRAFIYA JDPU
#Qabul_2020 | #abituriyent 🏛Jizzax davlat pedagogika institutining bakalavriat hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (20-iyul 2020-yil, soat 08:00 holatiga) #Bakalavriat…
Magistraturaga hujjat topshirganlardan kimdir o‘z fikrini o‘zgartirganga o‘xshaydi. Kecha 19-iyul kuni arizalar soni 11 tani tashkil qilgan edi, bugun 10 ta qolibdi. Qabul tugagunicha qolganlar ham o‘zgarib qolmasaydi hali 😉


👉 @geografiya_JDPI 👈
❗️Bugun bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirishning oxirgi kuni!

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishi, ma’lumotlarini tahrirlashi yoki yangi ma’lumot qo‘shish, shuningdek avval tanlagan yo‘nalishlarini o‘zgartirishi uchun bugun oxirgi imkoniyat. Tunda soat 23:59 dan keyin baza yopiladi va keyin hech qanday o‘zgartirish kiritib bo‘lmaydi.

‼️ O‘tgan yilda bitirgan abituriyentlar testga kirish uchun to‘lanadigan to‘lovni (111 ming 500 so‘m) bugun to‘lashlari shart. Bugun to‘lov qilishga ulgurmagan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Ertaga yoki undan keyin qilingan to‘lovlar befoyda bo‘ladi.

Qaysi yo‘nalishga qancha abituriyent hujjat topshirganligi, tolovni qanday amalga oshirish kerakligi va boshqa ma’lumotlar quyidagi havolada batafsil keltirilgan👇

https://t.me/geografiya_JDPI/2227

☝️Eslatma: Bugun faqat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirish yakunlanadi. Magistraturaga hujjat topshirish esa 30-iyulga qadar davom etadi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️Axborot tizimlari va onlayn ariza yuborish axborot tizimi bo'yicha rasmiy botlar ishga tushirildi

Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun onlayn ariza topshirish axborot tizimi boʻyicha savollarni qabul qilish uchun rasmiy bot ishga tushirildi - @magistredubot

Oʻqishni koʻchirish va tiklash uchun onlayn ariza yuborish axborot tizimi boʻyicha savollarni qabul qilish uchun rasmiy bot ishga tushirildi - @transfer_edu_bot

Tizimlar boʻyicha savollaringizni toʻgʻridan-toʻgʻri tegishli botlarga yoʻllang.


👉 @geografiya_JDPI 👈
​​#Qabul2020
2020-2021-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi

2020-2021-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish rasman yakunlangani DTM.UZ tomonidan ma’lum qilindi

Ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar 1 484 085 nafarni tashkil etdi.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 536 144 nafar (36,13 %).

Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi
ta’lim shakli – 798 608 nafar (53,81 %);
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 648 733 nafar (43,71 %);
👉 Kechki ta’lim shakli – 36 744 nafar (2,48 %).

Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 1 297 445 nafar (87,42 %);
👉 Rus tili – 139 115 nafar (9,37 %);
👉 Qoraqalpoq tili – 44 279 nafar (2,98 %);
👉 Boshqa tillar – 3 246 nafar (0,22 %).


Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaymiz!


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Qabul_2020 | #abituriyent

🏛Jizzax davlat pedagogika institutining bakalavriat hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (21-iyul 2020-yil, soat 00:00 (B) hamda 08:00 (M) holatiga)

#Bakalavriat
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari.
Qabul rejasi - 72 ta (22/50);
Jami tushgan arizalar soni - 4044 ta;
Tanlov - 56,2

Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish



#Magistratura
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya).
Qabul rejasi - 6 ta (1/5);
Jami tushgan arizalar soni - 12 ta;
IELTS yoki CEFR olganlar - yo‘q;
Imtiyozlilar - yo‘q;
Tanlov - 2

Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️Тўлов қилишга улгурмаган абитуриентлар диққатига!

Аввалги йилларда битирган абитуриентлар 20 июлга қадар тестга кириш учун 111 минг 500 сўм миқдорида тўловни амалга ошириши керак эди. Лекин айрим сабабларга кўра, тўлов қилишга улгурмаган абитуриентлар ҳам бор экан.

Шу сабабли ДТМ тўлов муддатини яна бир кунга узайтирди.

‼️ Онлайн рўйхатдан ўтган, лекин тўловга улгурмаган абитуриентлар бугун, 21 июль куни соат 23:59 га қадар тўловни амалга оширишлари мумкин.

❗️Тўловни амалга оширмаганлар рўйхатдан ўтмаган ҳисобланади ва тест синовларида иштирок эта олмайди.


👉 @geografiya_JDPI 👈
Ushbu suratda qaysi davlat xaritasi va ramzlari tasvirlangan?

🌐 @geografiya_test_video_slayd
​​#eslatma | #Magistratura

Magistraturaga qaysi fanlardan imtihonlar bo‘ladi?

27.04.2019 yildagi Vazirlar Mahkamasining 360-sonli qarori bilan magistratura bosqichining kirish imtihonlariga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.

Endilikda faqat 2 ta fandan imtihon bo‘ladi: mutaxassislik fani (100 ballgacha) va chet tili (50 ballgacha).

Shuningdek, bitiruvchining diplom ilovasida qayd etilgan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ham qo‘shiladi (100 ballgacha).

Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 250 ni tashkil etadi.

Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2) yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.

Eslatma: Magistraturaga kirish imtihonlari bu yil onlayn test shaklida bo'ladi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Qabul_2020 | #abituriyent

🏛Jizzax davlat pedagogika institutining bakalavriat hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (22-iyul 2020-yil, soat 08:00 holatiga)

#Bakalavriat
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari.
Qabul rejasi - 72 ta (22/50);
Jami tushgan arizalar soni - 4044 ta;
Tanlov - 56,2

🚫Qabul jarayonlari yakunlangan.



#Magistratura
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya).
Qabul rejasi - 6 ta (1/5);
Jami tushgan arizalar soni - 13 ta;
IELTS yoki CEFR olganlar - yo‘q;
Imtiyozlilar - yo‘q;
Tanlov - 2,17

Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish


👉 @geografiya_JDPI 👈
2020_2021_o'quv_yilidagi_jami_abituriyentlar_soni_Geografiya.pdf
356.4 KB
#QABUL_2020_statistikasi
#abituriyent | #bakalavriat

2020/2021 o'quv yilida bakalavriat ta'lim yo'nalishi (Geografiya) uchun jami ro'yxatdan o'tgan abituriyentlar soni haqida umumiy ma’lumot.

Ma’lumotlar oliy ta’lim muassalari kesimida, ta’lim shakli va o‘qitish tili bo‘yicha keltirilgan.


👉 @geografiya_JDPI 👈