GEOGRAFIYA JDPU
134 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
Forwarded from Kompyuter xizmatlari
🎄#Yangi_yil
🎅Yangi yil bayrami uchun lotereya chiptalari tayyorlab beramiz.🎁
O‘yinni tashkil qilish bo‘yicha ham ko‘mak beriladi.

👨‍💻Buyurtma berish
Telegram tarmog‘i: @JDD0567
☎️ +99899 551 05 67

🎉 Yangi yil bayramini esda qolarli va qiziqarli o‘tkazing!

Bizning manzil👇👇👇
@mening_kalendarim
📅 KUN KISHISI 📅

LUI SHEVROLE
(1878-yilning 25-dekabrida Shveytsariyaning La-Sho-de-Fon shahrida tugʻilgan, 1941-yilning 6-iyunida AQSHning Detroyt shahrida vafot etgan) - asl kelib chiqishi shveytsariyalik boʻlgan amerikalik avtopoygachi va avtomobilsoz. 1911-yili mashhur Chevrolet kompaniyasiga asos solgan.🇨🇭👨‍🔧🚙

👉 @geografiya_JDPI 👈
BabyType.rar
952.2 KB
Kompyuterda👨‍💻 tez yozishni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun maxsus dastur.

👉 @geografiya_JDPI 👈
Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутатлари рўйхатга олинди

Марказий сайлов комиссиясининг мажлисида Ўзбекистон Республикаси Сайлов кодексига мувофиқ, парламент қуйи палатасига сайлов якунлари кўриб чиқилди ва 125 сайлов округларида сайланган депутатлар рўйхатга олинди.

Жумладан:

ЎзЛиДеП – 42 нафар;
«Миллий тикланиш» – 34 нафар;
«Адолат» – 20 нафар;
ХДП – 18 нафар;
Экопартия – 11 нафар.

Қарор ва депутатлар рўйхати МСК расмий веб-сайтида ҳамда “Халқ сўзи” ва “Народное слово” газеталарида эълон қилинади.

25та сайлов округларида такрорий овоз бериш 2020 йил 5 январь – якшанба куни ўтказилади.

Манба: Xushnudbek.uz телеграм канали

👉 @geografiya_JDPI 👈
Сайланган депутатлар.pdf
718.8 KB
Олий Мажлис Қонунчилик палатасига сайланган депутатлар рўйхати (125 нафар)

👉 @geografiya_JDPI 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Такрорий овоз бериш бўладиган 25 та сайлов округлари:

8-Ақманғит
9-Андижон
32-Жиззах
33-Дўстлик
35-Ғаллаорол
36-Пахтакор
37-Шароф Рашидов
44-Сардоба
49-Уйчи
56-Регистон
57-Сўғдиёна
67-Пастдарғом
76-Шеробод
83-Олтинсой
87-Ангрен
89-Бўка
102-Яйпан
104-Учкўприк
106-Боғдод
117-Урганч
133-Шахрисабз
134-Яккабоғ
135-Ғузор
148-Кўкча
150-Шайхонтохур


👉 @xushnudbek 👈
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Илмий даражага эга ходимларга қўшимча ҳақ тўлаш тартиби белгиланди

Илм-фан ва таълим соҳасидаги давлат ташкилотларида илмий, илмий-педагогик ва меҳнат фаолияти билан шуғулланувчи илмий даражага эга ходимларга қўшимча ҳақ тўлаш тартиби тўғрисидаги Ҳукумат қарори (1030-сон, 24.12.2019 й.) қабул қилинди.

Қарорга мувофиқ, илм-фан ва таълим соҳасидаги давлат ташкилотларида илмий-педагогик ва меҳнат фаолияти билан шуғулланувчи ходимларнинг лавозим маошига:

👉 фан номзоди ёки фалсафа доктори (PhD) илмий даражасига эга шахслар учун – лавозим маошининг 30 фоизигача;

👉 фан доктори (Doctor of Science) илмий даражасига эга шахслар учун – лавозим маошининг 60 фоизигача қўшимча ҳақ тўлаш тизими жорий этилди.

Қўшимча ҳақ тегишли мезонларни бажарилишини баҳолаш натижалари бўйича ҳамда таркибий бўлинма раҳбарининг тақдимномаси ва ташкилот коллегиал органи қарори асосида ҳар бир ходимнинг илмий-педагогик ва меҳнат фаолиятига қўшган ҳиссасини ҳисобга олган ҳолда белгиланади.

Қарор билан шунингдек, илмий даражага эга ходимларга қўшимча ҳақ тўлаш тартиби тўғрисида низом тасдиқланди.

Унга кўра, қўшимча ҳақ бир марталик ёки ойлик шаклда белгиланиши мумкин. Қўшимча ойлик тўловини белгилашнинг энг кўп муддати бир йилдан ошмаслиги керак.

👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️#Muhim_xabar
☀️#Quyosh_tutilishi

26 dekabrda Quyosh tutiladi

Joriy yilning 26 dekabr kuni halqasimon Quyosh tutilishi yuz beradi. Ushbu astronomik hodisani O‘zbekistonning barcha hududlarida qisman Quyosh tutilishi shaklida kuzatish mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ma’lum qildi.

Halqasimon Quyosh tutilishi Quyosh yuzasining markazi Oy tomonidan to‘silganida soya atrofida ingichka yorug‘ halqa hosil bo‘lishidir. Quyosh tutilishining halqasimon bo‘lishi Oy va Yer orasidagi masofaning odatdagiga nisbatan kattaroq bo‘lishi bilan izohlanadi. Oy Yerga qanchalik yaqin paytda tutilish bo‘lsa Quyoshning shunchalik katta qismi to‘siladi.

Ushbu halqasimon Quyosh tutilishini Saudiya Arabistoni, Hindistonning janubiy hududlari va Indoneziya davlatlarining aholisi to‘liq kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tutilishning to‘liq fazasida Oy va Quyosh yuzalarining nisbati 0.960 tashkil qiladi, ya’ni Oy Quyosh yuzasining 96 foizini to‘sadi.
Ushbu Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 08:00 da boshlanadi, maksimum fazasi esa 09:00 da kuzatiladi. Shu paytda Oy Quyosh diametrining 38 foizini to‘sadi va Quyoshning gorizontdan balandligi 10.1 yoy gradusni tashkil qiladi. Toshkent shahrida Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soatu 6 daqiqani tashkil etadi. Ushbu muddatlar faqat Toshkent shahri uchun hisoblangan.
Respublikaning eng janubiy hududi Termiz shahrida Quyosh tutilishi 07:50 da boshlanadi, maksimum fazasi esa 08:54 da kuzatiladi. Shu paytda Oy Quyosh diametrining 48 foizini to‘sadi va Quyoshning gorizontdan balandligi 10.8 yoy gradusni tashkil qiladi. Termiz shahrida Quyosh tutilishi 10:06 da yakunlanadi va tutilishning umumiy davomiyligi 2 soat-u 16 daqiqani tashkil etadi.

Respublikaning g‘arbiy hududi Nukus shahrida Quyosh tutilishi 07:55 da boshlanadi, lekin Quyosh 08:31 daqiqa o‘tganda gorizontdan ko‘tariladi, ya’ni tong otadi. Quyosh tutilishning maksimum fazasi esa 08:54 da kuzatiladi. Shu paytda Oy Quyosh diametrining 45 foizini to‘sadi va Quyoshning gorizontdan balandligi 2.8 yoy gradusni tashkil qiladi. Nukus shahrida Quyosh tutilishi 09:59 da yakunlanadi va tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat-u 3 daqiqani tashkil etadi.
“Shu o‘rinda ayrim ko‘rsatmalar va maslahatlar berib o‘tamiz. Quyosh tutilishini maxsus Quyosh nurini yutuvchi qora ko‘zoynak, qoramtir tekis shisha yoki payvandlash (svarochnaya) maskasi yordamida kuzatish mumkin”, deyiladi FA xabarida.

👉 @geografiya_JDPI 👈
halqasimon_quyosh_tutilishi_respublikamiz.pdf
226.1 KB
Halqasimon Quyosh tutilishi respublikamiz hududlarida qaysi paytda kuzatiladi?

👉 @geografiya_JDPI 👈
​​​​Янги йил байрами арафасида Ўзбекистонликлар неча кун дам олишади?

2017 йилдан бошлаб дам олиш кунларини тартибга солиш анъанаси бошланганди. Натижада ўтган 2 йилда (2018, 2019) ҳафтасига 5 кун ишловчи ходимлар янги йил байрами арафасида кетма-кет 5 кун дам олишган эди.

Жорий йилги тартибга кўра, олдингидек кетма-кет 5 кунлик дам олиш бўлмайди, 3 кун кетма-кет бўлади холос.

Ҳафтасига 5️⃣ кун ишловчи ходимларга қуйидаги кунлар дам олиш куни ҳисобланади:

31 декабрь – сешанба (кўчирилган дам олиш куни);

1 январь – чоршанба (Янги йил байрами);

2 январь – пайшанба (кўчирилган дам олиш куни);

Изоҳ: 28 декабрь (шанба) ҳамда 4 январь (шанба) кунлари ҳафтасига 5 кун ишловчилар учун расман иш куни бўлади.


Ҳафтасига 6️⃣ кун ишловчи ходимларга қуйидаги кунлар дам олиш куни ҳисобланади:

1 январь – чоршанба (Янги йил байрами);

2 январь – пайшанба (қўшимча дам олиш куни).

Изоҳ: 30 ва 31 декабрь кунлари ҳафтасига 6 кун ишловчилар учун расман иш куни бўлади.

Қуйидаги суратда янги йил байрами арафасидаги иш ва дам олиш кунлари ҳақида батафсил маълумот олишингиз мумкин.

👉 @geografiya_JDPI 👈
2️⃣0️⃣2️⃣0️⃣ йил тақвими

📆 Барча ўзгаришлари билан

📑 Ҳафтасига 5 ва 6 кун ишлайдиганлар учун дам олиш кунлари алоҳида кўрсатилган

💾 Оригинал файлни юклаб олиш


Манба: Xushnudbek.uz телеграм канали

👉 @geografiya_JDPI 👈
Davlat test markazi hamda «Davr press» nashriyot-matbaa uyi qo‘shma loyihasi asosida barcha umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlari tayyorlangan bo‘lib, test topshiriqlari to‘plamlari bosqichma-bosqich sotuvga chiqarilmoqda.

Abituriyentlardan kelib tushayotgan murojaatlarni hisobga olgan holda, «Davr press» nashriyot-matbaa uyi taqdim etgan ma’lumotlar asosida test topshiriqlari to‘plamlari sotuvda mavjud bo‘lgan kitob do‘konlari manzillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyida olishingiz mumkin.

Kitob do‘konlari manzillari:
•Qoraqalpog‘iston Respublikasi ◦Nukus shahri, Nukus dehqon bozori, 76-do‘kon.
Bog‘lanish uchun: (97) 349 38 33.

•Andijon viloyati ◦Andijon shahri, Milliy tiklanish ko‘chasi, 18A-uy, “Kanstovarlar, Kitoblar” do‘koni.
Mo‘ljal: Andijon viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi.
Bog‘lanish uchun: (97) 991 33 71.

•Namangan viloyati ◦Namangan shaxar Sardoba savdo majmuasi, 2 qavatli binoning pastki qavati (yer osti yo‘li), 2-do‘kon.
Mo‘ljal: San’at KXKni o‘ng tarafida).

•Farg‘ona viloyati ◦Marg‘ilon shahri, Ipakchilar shaharchasi, “Fayz tong” (Kombinat bozori) savdo kompleksi, 1-qator, S blok, 1-do‘kon.
◦Qo‘qon shahri, Muzaffar savdo kompleksi, 105-do‘kon.

•Buxoro viloyati ◦Buxoro shahri, Markaziy dehqon bozori (Kalxoz bozor), 414-do‘kon.
Bog‘lanish uchun: (97) 488 35 77.
◦Buxoro shahri, M.Iqbol ko‘chasi, 2-uy.
Mo‘ljal: Gorgaz Eldarado qatorida.
Bog‘lanish uchun: (91) 920 99 91.
◦G’ijduvon yangi bozori, B blok, 128-do‘kon.

•Xorazm viloyati ◦Urganch shahri, Ma’rifat ko‘chasi, 1-uy, “Bilim xazinasi” do‘koni.
Mo‘ljal: Darital savdo majmuasi orqa tomoni.
Bog‘lanish uchun: (99) 966 66 64 (Abdullayev Quvondiq).
◦Urganch shahri, P.Maxmud ko‘chasi, 17-uy “Kitoblar” do‘koni.
◦Hazorasp tumani, buyum bozori, 384-do‘kon.
◦Urganch shahri, Gurlan ko‘chasi, O‘qituvchi markaziy kitob do‘koni.
Mo‘ljal: Olimpiya stadioni old tomoni.
Bog‘lanish uchun: (99) 758 96 06 (Amongaldiyeva Marifat).
◦Shovot shahri, Yoshlar kitob do‘koni.
Bog‘lanish uchun: (99) 560 63 64 (Abullayeva Nargiza).
◦Shovot tumani, Oltinqala qishlog‘i, Qatqala qishloq kitob do‘koni.
Bog‘lanish uchun: (99) 565 00 10 (Abdullayeva Shahnoza).
◦Xonqa shahar, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 38-uy, "Xonqa kitob olami".
Bog‘lanish uchun: (97) 792 73 08 (Ro‘zmetov Ergash).

•Surxondaryo viloyati ◦Termiz shahri, Osiyo savdo majmuasi, 9-do‘kon.

•Qashqadaryo viloyati ◦Qarshi shahri, I.Karimov ko‘chasi, “Book shop” kitob do‘koni.
◦Shahrisabz shahri, Ipak yo‘li ko‘chasi, 3-uy. “Eksklyuziv” va “Globus” kitob do‘konlari.
Bog‘lanish uchun: (97) 387 05 50.
◦Chiroqchi tumani, Ko’kdala markazidagi kitob do’koni.
Bog‘lanish uchun: (94) 180 70 54.

•Jizzax viloyati ◦Jizzax shahri, Toshkent ko‘chasi, “Lareta” savdo majmuasi.
Mo‘ljal: Markaziy dehqon bozori ro‘parasida.
Bog‘lanish uchun: (90) 310 96 10 (Barimov Umid).

•Navoiy viloyati ◦Navoiy shahri, Gulzor savdo markazi, Firdavs kitoblar olami.

•Samarqand viloyati ◦ Samarqand shahri, Shoxrux ko‘chasi 33-uy.
Mo‘ljal: Marmar bozori.

•Toshkent viloyati ◦ Zangiota tumani, “Ilm shu’lasi” MChJ.

•Toshkent shahri ◦ Navoiy ko‘chasi, 42-uy.
Mo‘ljal: Toshkent savdo markazi (ГУМ) ro‘parasida.
◦Toshkent markaziy univermagi (ЦУМ) kitoblar qatori.

Test topshiriqlar to‘plamlarini sotib olish bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa « DAVR PRESS » nashriyot-matbaa uyiga murojaat qilishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent sh., Chilonzor tumani, 20A mavze, 42-uy.
Tel.: (71) 216 90 14.
Marketing bo‘limi: (95) 170 17 50; (94) 665 83 06
Web: www.davrpress.uz
E-mail: davr-press@mail.ru

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори ошади

“2020 йил учун Ўзбекистон Республикасининг давлат бюджети тўғрисида”ги Қонун ижросини таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида” Президент қарори қабул қилинди.

Қарорга мувофиқ, 2020 йил 1 февралдан бошлаб бюджет муассасалари ва ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар, нафақалар ҳамда кам таъминланган оилаларга бериладиган моддий ёрдам миқдори 1,07 баробарга оширилади.

2020 йил 1 февралдан бошлаб Ўзбекистон ҳудудида:
👉 меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – ойига 679 330 сўм;
👉 пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – ойига 238 610 сўм;
👉 энг кам ёшга доир пенсиялар – ойига 466 680 сўм;
👉 болаликдан ногиронларга бериладиган нафақа – ойига 466 680 сўм;
👉 зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги ва меҳнатга лаёқатсиз фуқароларга бериладиган нафақа – ойига 286 390 сўм этиб белгиланди.

Шунингдек, қарор билан:
👉 14 ёшгача болалари бўлган оилаларга нафақа, бола 2 ёшга тўлгунга қадар бола парвариши бўйича нафақа, кам таъминланган оилаларга бериладиган моддий ёрдам;
👉 Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразм вилоятидаги муҳтож оилаларга бир марталик моддий ёрдам миқдорлари тасдиқланди.

Базавий ҳисоблаш миқдори – 223 000 сўм ўзгаришсиз қолдирилди.

👉 @geografiya_JDPI 👈
Assalomu alaykum!
Qadrli kanalimiz a'zolari, Sizni va oila a'zolaringizni kirib kelayotgan yangi yil bilan chin yurakdan muborakbot etaman! Yangi yil sizga oilaviy baxt, tinchlik va farovonlik, to‘kin-sochinlik hamda bir olam quvonch olib kelsin!
Muvaffaqiyat va omad doimiy hamrohingiz bo‘lsin!


YANGI YILINGIZ QUTLUG‘ BO‘LSIN!!!

Hurmat bilan 👉 @geografiya_JDPI 👈
Олий таълим 2020 йилда:
Олий таълимга қамровни ошириш ва таълим сифатини яхшилаш

18 та янги олий таълим муассасаси фаолияти йўлга қўйилади:

👉 10 та маҳаллий олий таълим муассасаси;
👉 3 та хорижий олий таълим муассасаси;
👉 5 та давлат–хусусий шериклик шартлари асосида.

Қўшма таълим дастурлари асосида кадрлар тайёрлаш икки мартага оширилади.

18 та янги ОТМ ташкил этилиши ва қўшма таълим дастурлари кенгайтирилиши натижасида ёшларни олий таълим билан қамрови 25 фоизга етказилади.

Муҳандислик-техник таълим йўналишлари бўйича қабул параметрлари улуши 28 фоизга кўпайтирилади;

Бакалавриат таълим йўналишлари битирувчиларидан магистратура мутахассисликларига қабул қилинган талабалар улуши 10 фоизга оширилади.

Хорижий тажрибалар асосида талабаларда амалий кўникмаларни шакллантириш мақсадида ОТМларда ўқув жараёни кредит-модуль тизимида такшил этилиб, таълим жараёнларини электрон таълим бошқарув тизими орқали назорат қилиш жорий этилади.

👉 @geografiya_JDPI 👈
Ўқув йилининг иккинчи ярим йили учун тўлов-контракт миқдорлари ўзгариши мумкин

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 31 декабрдаги “Ўзбекистон Республикасининг “2020 йил учун Ўзбекистон Республикасининг давлат бюджети тўғрисида”ги қонуни ижросини таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Қарорига мувофиқ, 2020 йил 1 февралдан бошлаб бюджет муассасалари ва ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар, нафақалар ҳамда кам таъминланган оилаларга бериладиган моддий ёрдам миқдори 7 фоизга оширилди.

Олий таълим муассасаларида ўқитиш харажатларининг асосий қисмини, яъни 91 фоизини иш хақи ва стипендия тўловлари ташкил этиши инобатга олиниб, 2019/2020 ўқув йилидан тўлов-контракт асосида ўқитиш қиймати республикадаги меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорига боғланди ва унга нисбатан карра баробарида белгиланди.

Амалдаги тартибга кўра, контракт асосида ўқитишнинг тўлов миқдори (оширилган тўлов-контракт миқдори бундан мустасно) меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорига мутаносиб равишда жорий ўқув йилининг иккинчи ярми учун ўзгариши мумкин.

Шу муносабат билан, 2019/2020 ўқув йилининг иккинчи ярим йили учун олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида ўқитиш қийматларига ўзгартириш киритилганда, қўшимча маълумот берилади.

ОЎМТВ Ахборот хизмати

👉 @geografiya_JDPI 👈