GEOGRAFIYA JDPU
135 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video_fakt
🎥 Yer yuzida insoniyat manzillarining paydo bo‘lishidan to mustaqil davlatlar tashkil topishigacha bo‘lgan davr. 2016-yilgacha yer yuzidagi davlatlar chegaralarining o‘zgarishi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Fakt

"Eng navqiron davlat"

Janubiy Sudan davlati 2011-yilda Sudan davlatidan mustaqillikka erishgan va bu bilan eng yosh davlat maqomiga egalik qilib kelmoqda.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Bilasizmi
Bu suratda Surxondaryo viloyatining 💥Sariosiyo tumanida joylashgan 😌gòzal,betakror va sir-sinoatlarga boy bòlgan SANGARDAK💧 sharsharasi ko‘rsatilgan.
☝️IZOH : Bu sharshara Òzbekistondagi eng baland sharsharasi hisoblanadi(150 m ga yaqin)

👉 @geografiya_JDPI 👈
Shaharlar geografiyasi.pdf
4.7 MB
#Kitoblar.
📚 pdf: Soliyev A.S., Tashtayeva S.K., Egamberdiyeva M.M. Shaharlar geografiyasi. Toshkent. 2018.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Global_muommo

XIX asr VS XXI asr...

Kanal manzili...
👉 @geografiya_JDPI 👈
📅 KUN KISHISI 📅

RUSLAN CHAGAYEV
(1978-yilning 19-oktabrida Andijonda tugʻilgan) - oʻzbek professional-bokschisi, ogʻir vazn toifasida ringga tushgan. Havaskorlar oʻrtasida ikki karra jahon chempioni (1997, 2001). WBA versiyasi boʻyicha ogʻir vazndagi jahon chempioni (2007-2009).🇺🇿🥊🥇

👉 @geografiya_JDPI 👈
📆GEOGRAFIK KUN TAQVIMI📆

📝 21-Oktabr 2019-yil Dushanba, yilning 294-kuni. Yil yakuniga 71 kun qoldi.

Bu kunda...

🎗 21-oktabr 1989-yil - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.

🗓 21-oktabr 1520-yil - Fernan Magellan hozirgi Magellan bo'g'zini kashf qildi.

🗓 21-oktabr 1895-yil — Yaponiya Tayvanni bosib oldi

🗓 21-oktabr 1959-yil - BMT bosh assambleyasi Tibetda diniy va fuqarolik erkinliklarini tiklash to'g'risida qaror qabul qildi.

🗓 21-oktabr 1991-yil - Marshal orollari mustaqillikka erishdi.

🗓 21-oktabr 1996-yil — Toshkent shahrida Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Turkiya hamda Oʻzbekiston rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi va unda Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.

🗓 21-oktabr 1997-yil - Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 10-dekabrdan boshlab poytaxtni Aqmola shahriga ko'chirish va shahar nomini Astana deb o'zgartirish haqida qarorga imzo chekdi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilib_oling
"1989 yil. Bundan 30 yil avval O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berillishi uchun kurash"

👉 @geografiya_JDPI 👈
📅 #KUN_KISHISI

ALFRED BERNXARD NOBEL (1833-yilning 21-oktabrida Shvetsiyaning Stokgolm shahrida tugʻilgan, 1896-yilning 10-dekabrida San-Remoda vafot etgan) - taniqli shved kimyogari, muhandisi, ixtirochisi, tadbirkori. Dinamitni ixtiro etgan. Saxovatpesha. Nobel mukofoti taʼsischisi.🇸🇪👨‍🔬🧨🎖

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Fakt

Nega Nobel mukofoti 🎖 matematiklarga berilmaydi?

"Negaki, Alfred Nobelning xotinini matematiklar o‘g‘irlab ketgan. Shundan so'ng Nobel matematiklardan nafratlana boshlagan" deb o'ylashadi ko'pchilik... Bu xato fikr!

Aslida esa Nobel mukofoti ixtirolachilar uchun yaratilgan, matematika esa abstrakt fan sifatida qabul qilinib, bu fan olimlariga mukofot berish istisno qilingan...

👉 @geografiya_JDPI 👈
📆#Kun_taqvimi

Bugun 22-Oktabr 2019-yil Seshanba yilning 295-kuni. Yil yakuniga 70 kun qoldi.

Bu kunda...

🎗22-oktabr - Xalqaro Oq turnalarni himoya qilish kuni.

🗓 22-oktabr 1730-yil - Ladoga kanali ochildi.

🗓 22-oktabr 1822-yil - Rossiyada dunyodagi birinchi topografiya va kartografiya instituti tashkil qilindi.

🗓 22-oktabr 1990-yil - Qirg'iziston suvereniteti haqida qonun qabul qilindi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
Shaharlar geografiyasi.pdf
4.7 MB
📚#Kitob
Shaharlar geografiyasi.pdf
A.Soliyev

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Bilasizmi
​Осиёдаги энг чуқур ғор Сурхондарёда жойл
ашган...ми?

Осиёдаги энг чуқур ғор Бойбулоқ бўлиб, у Бойсун туманида, Ҳисор тоғ тизмасининг Сурхондарё қисмида жойлашган. Маҳаллий аҳоли бу ерлардаги тоғларни алоҳида-алоҳида номлаб, Бойсунтоғ, Чўлбайир ва Девортоғ деб ҳам аташади.

Бу тоғларда бир нечта ғорлар бор. Улар орасидаги энг машҳурлари Хўжа Ғур-Ғур Ота, Вишневский ва Бойбулоқ.

Бойбулоқнинг чуқурлиги 1415 метр. Ғорни ўрганган Россия, Франция ва Швейцария ғоршунослари унинг бундан ҳам чуқур эканлигини айтишиб, Ўзбекистоннинг ер ости Жомолунгмаси, деб таърифлашади.

Ғоршунослар Бойбулоқ ва Вишневский ғорлари уланган эҳтимолий йўлакни излашмоқда. Ғорлар жойлашувига қараганда улар битта бўлиши керак. Аммо ичкарида ғор йўлаклари баъзан жуда тор ва кўпи ҳали топилмаган. 1415 метр чуқур Бойбулоқ ва қарийб 750 метрлик Вишневский улангани исботланса, улар дунёдаги энг чуқур ғорлардан бири бўлади. Лекин буни ўрганиш ўта қийин кечиоқда. Аввало бу ғорларга кириш жойи 3-4 минг метр баландда жойлашган.

Бойбулоқ оғзи жуда кичик ва кўримсиз. Битта эчки сиғади. Одам ўрмалаб кириши мумкин. Шу туришида унинг Осиёдаги энг чуқур ғори эканига ишониш қийин. Аммо ғор оғзига эгилишингиз билан юзингизга ўта совуқ ҳаво уфуради. Изланишлар жараёнида мутахассислар Бойбулоқда кўл ва дарёларни топишган, қор ҳам борлигини қайд этишган.

Манбаа: 👉 Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати телеграм канали

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Bilasizmi
​Ўзбекистоннинг энг баланд чўққиси Сурхондарё вилоятида жойлашганлигини
биласизми?

Ўзбекистоннинг энг баланд нуқтаси Сурхондарё вилоятида жойлашган Ҳазрат Султон чўққисидир. Унинг баландлиги денгиз сатҳидан ҳисоблаганда 4688 метрни (айрим манбааларда 4643 метр) ташкил этади.

Ушбу чўққи Ҳисор тоғ тизмасидаги сувайирғичнинг жанубий қисмида, Киштут дарёсининг бошланиш қисми (Сариосиё тумани)да жойлашган. Чўққи атрофдаги ҳудудлардан тик қурумли қоялар ҳосил қилиб кўтарилган. Чўққининг ёнидан оқиб ўтувчи ва шу ҳудуддан бошланувчи дарёлар ҳавзасида абадий қор ва музликлар ястаниб ётибди.

Ҳазрати Султон чўққиси Европадаги энг баланд Монблан чўққисидан деярли 120 метр пастроқ.

Манбаа: 👉 Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати телеграм канали

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Fakt
Ayrim organizmlarning butun Yer yuzasini egallab olishi mumkin boʻlgan vaqt.
🔗🔗🔗🔗🔗🔗🔗🔗🔗
1. Vabo bakteriyasi - 1.2 sutka
2. Diatomeya - 1.8 sutka
3. Iskabtopar chivin - 203 kun
4. Uy pashshasi - 366 kun
5. Treska baliq - 4 yil
6. Yumronqoziq va honaki choʻchqa - 8 yil
7. Beda - 11 yil
8. Tovuq - 15-16 yil
9. Toʻngʻiz - 56 yil
10. Fil - 1000 yildan ortiq.
📖📖📖📖📖📖📖📖📖

👉 @geografiya_JDPI 👈
TARIXIY
Paranjidagi ayollar. Toshkent

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Qiziq_fakt

Indiana shtatidagi 🇺🇸 markaziy kutubxona yiliga 3 sm dan yerga cho'kmoqda. Bunga sabab kutubxona qurilishi vaqtida, unga joylanadigan kitoblar 📚 umumiy vazni nazarga olinmagan.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Kulgu_time
Чойхонада: 
— Тўхтанглар, биринчи бўлиб мен ичаман. 
— Нега бундай деяпсан Тимур? 
— Дадам ичаётганимни билиб қолибди: "иккинчи ичганингни эшитмай", - деган эдилар...

👉 @geografiya_JDPI 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video
Ulug'bek. Osmon toqiga qo'yilgan narvon.

Hujjatli film. Ushbu filmni albatta ko'ring. Film Yevropa va O'zbekiston hamkorligida ishlangan.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Tarixiyfoto

♻️Fidel Kastro va Yuriy Gagarin. 1961-yil

👉 @geografiya_JDPI 👈