GEOEDU.UZ
2.94K subscribers
1.23K photos
398 videos
1.3K files
2.87K links
Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni yoritib boruvchi ilmiy-ommaviy kanal.

Loyiha muallifi: D.D.Juraxujayev

ℹ️ Kanal xaritasi: t.me/geoedu_uz/4027

― Murojaatlar uchun: @geomurojatbot
― Reklama va pullik xizmatlar: t.me/narxnamo
Download Telegram
#maslahat | #tavsiya

📌 Yaxshi uyqu uchun tavsiyalar

1. Muayyan rejimga amal qiling – muayyan bir vaqtda yotib, bir vaqtda turing.

2. Telefoningizni ovozsiz yoki “Не беспокоить” rejimiga o‘tkazing.

3. Kechki mashqlar shunisi bilan yaxshiki, ular sizni charchatadi, biroq buni aynan uyqudan oldin bajarmagan ma’qul.

4. Barcha ekranlarni uyqudan bir soat avval o‘chiring.

5. Kunduzgi soat 2 (14)dan so‘ng hech qanday kofein iste’mol qilmang.

6. Xonangizda qulay harorat bilan qorong‘i va sokin muhitni ta’minlang.

7. O‘zingizni kechki odatlarga ko‘niktiring – o‘qish, dush qabul qilish, ibodat qilish va hokazo.

8. Doim soatingizga qarayvermang – agar uxlashni istamasangiz, o‘rningizdan turing.

🏷 Mavzuga aloqador postlar:
• Xotirani yaxshilashga yordam beruvchi TOP-5 mahsulot
Abituriyentlarga omadga erishishda yordam berishi mumkin maslahatlar


👉 @geografiya_test_video_slayd
#maslahat | #tavsiya | #abituriyent

📌 7 USUL ORQALI TESTLARNI TO‘G‘RI ISHLASHNI O‘RGANING

Imtihonlarga oz muddat qolmoqda. Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

5️⃣ “Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

6️⃣Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

7️⃣ Har bir savolga javob bering
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

🏷 Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Abituriyentlarga omadga erishishda yordam berishi mumkin maslahatlar
Xotirani yaxshilashga yordam beruvchi TOP-5 mahsulot


👉 @geografiya_test_video_slayd
#tavsiya | #foydali_maslahat

​​📌 Eng yaxshi o'qituvchi bo'lishning to'rtta oddiy usuli:

1) O'zingizga g'amxo'rlik qiling!

Sizning o'quvchilaringiz sog'lom bo'lishingizga muhtoj. O'zingizni e'tiborsiz qoldirish sizni faqat kasal bo'lib qolishga olib keladi. Bunga yo'l qo'ymang - o'qituvchilarning ishtiroki juda muhimdir.

2) Ishlaringizni "analiz" qiling!

Har kuni oxirida bir necha daqiqa vaqt ajratib, nima yaxshi o'tgani, nima yaxshi bo'lmaganligi va kelajakda nima qilishingizni o'ylab ko'ring.

3) Ijobiy narsalarga e'tibor bering!

O'quvchilarni yaxshi xulq-atvori, mehnatsevarligi va yuqori muvaffaqiyatlari uchun maqtang!

4) Boshqa tilni o'rganing!

Ikkinchi tilni bilish o'quvchilarga mavzuni yanada chuqqurroq tushuntirib bera olish imkoniyatini yaratishi mumkin.

📌 Yaxshi o'qituvchi bo'lish bir kecha-kunduzda sodir bo'lmaydi, ammo bu 4 ta qadam sizga yordam berishi mumkin - ular oddiy bo'lib tuyulishi mumkin, ammo ular sizni yaxshi o'qituvchi sifatida rivojlanishingizga yordam beradi.

🏷 Mavzuga aloqador postlar:
Yosh oʻqituvchi ishning birinchi yilida qanday qilib “omon qolishi” mumkin?
Mashhur pedagog Ron Klarkning o'z o'quvchilari uchun ishlab chiqqan 55 qoidasi
Talabalar uchun ba'zi bir maslahatlar


👉 @geoedu_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_uchun | #tavsiya

⚡️MINI PROYEKTOR AKSIYA NARXDA🎁

Aniq va tiniq tasvir
Kuchli qizishdan saqlangan
Qulay o‘lcham
Foydalanish juda oson
Interfeys to‘liq rus tilida
Poverbankdan zaryad qilish imkoniyati
Tashqi karnaylarni ulash imkoniyati

Eski narx:776 ming so‘m
🎁 Aksiya narxi: 590 ming so‘m

🚚 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati bepul.

☎️ Hoziroq buyurtma berish
#tavsiya

❗️DIQQAT. YouTube ijtimoiy tarmog‘idan har qanday videoni yuklab beramiz

1 ta video - 2000 so‘m;
2 ta video - 3500 so‘m;
3 ta video - 3000 so‘m;
3 tadan ortiq videolar kelishilgan narxlarda.

📲 Bog‘lanish: @Geomurojatbot


👉 @geografiya_test_video_slayd
#tavsiya | #foydali_maslahat

📌 KREATIV PEDAGOG UCHUN ENG MUHIM TAVSIYALAR

Maktabga xursandchilik bilan kirib boring, maktabdan yoqimli charchoq bilan chiqib keting.

Tabbasum qilishni unutmang.

Yodingizda tuting: eʼtiborsiz shifokor bemorning badaniga shikast yetkazishi mumkin, eʼtibosiz o‘qituvchi esa - bolaning qalbiga.

Darsga kirishdan oldin hozir nima uchun bu yerda ekanligingizni va nima qilishingizni aniq biling.

Eng oliy pedagogik muvaffaqiyat ― o‘quvchilarning tabbasumi.

Agar oddiy faktni katta kashfiyot kabi taqdim eta olsangiz va o‘quvchilaringizni hayratlantira olsangiz, asosiy vazifangiz bajarildi deb hisoblashingiz mumkin.

Agar mashg‘ulotingizga mehmonlar tashrif buyurgan bo‘lsa, o‘zingizni mamlakatning eng qobiliyatli pedagogi va eng zo‘r aktrisasi (aktyori) kabi tuting.

🏷 Qo'shimcha sifatida o'qish tavsiya etiladi:
Maktabga endi kelgan, yosh pedagoglarga tavsiya.
Yosh oʻqituvchi ishning birinchi yilida qanday qilib “omon qolishi” mumkin?
Eng yaxshi o'qituvchi bo'lishning to'rtta oddiy usuli haqida bilasizmi?
O'qituvchi amal qilishi kerak bo'lgan bir nechta texnik qoidalar.
Mashhur pedagog Ron Klarkning o'z o'quvchilari uchun ishlab chiqqan 55 qoidasi.
Talabalar uchun ba'zi bir maslahatlar.


👉 Ulashing: @geografiya_test_video_slayd
#foydali | #taklif | #tavsiya

❗️YANGI O‘QUV YILI UCHUN METODIK QO‘LLANMA

Ko’pchilik obunachilarimizning fikr va takliflarini inobatga olgan holda 2021/2022 o‘quv yili I chorak darslarida foydalanish uchun “Geografiya” fanidan metodik qo’llanma yaratildi.

☝️Ushbu metodik qo’llanma 2021/2022 – o’quv yilining tasdiqlangan yillik ish rejasi asosida tuzib chiqilgan bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Mavzulashtirilgan test savollari;
Nazorat ishlari;
Amaliy mashg’ulot darslari.

❗️Natijadorligi: o‘quvchilarning har bir mavzu bo‘yicha olgan bilimlarini mustahkamlaydi; test bilan ishlash ko‘nikmasini oshiradi va shu bilan birga amaliy mashg‘ulot topshiriqlarini to‘g‘ri bajarishni ta‘minlaydi.

📲 Buyurtma berish va qo‘shimcha ma‘lumot uchun @Geomurojatbot ga xabar qoldiring

👉 @geografiya_test_video_slayd

🔰 Metodik qo’llanma namunasini quyidagi fayldan ko’rishingiz mumkin🔻
#foydali | #taklif | #tavsiya

❗️YANGI O‘QUV YILI UCHUN MAVZULASHTIRILGAN TAQDIMOT (SLAYD)LAR TO‘PLAMI

Ko’pchilik obunachilarimizning
fikr va takliflarini inobatga olgan holda 2021/2022 o‘quv yili darslarida foydalanish uchun “Geografiya” fanidan mavzulashtirilgan taqdimotlar to‘plami tayyorlandi.

☝️Ushbu taqdimotlar 2021/2022 – o’quv yilining tasdiqlangan yillik ish rejasi asosida tuzib chiqilgan.

👨‍💻 To‘plamdagi har bir taqdimot Jizzax shahar 29-umumta'lim maktabi oliy toifali geografiya fani o'qituvchisi va shu bilan birga xalq ta‘limi a‘lochisi ko‘krak nishoni sohibi Yusupov Bekzod Xamrayevich tomonidan tayyorlangan.

❗️Natijadorligi: darslarni yuqori samaradorlikda tashkil etish va o‘quvchilar ongida har bir mavzu bo‘yicha keng taasurot uyg‘otish.

☝️To‘plamni quyidagi ko‘rinishlarda buyurtma qilishingiz mumkin:

Har bir mavzu bo‘yicha alohida;
Haftalik mavzular bo‘yicha;
Choraklik mavzular bo‘yicha;
Yillik mavzular bo‘yicha;

📲 Buyurtma berish va qo‘shimcha ma‘lumot uchun https://t.me/narxnamo/5

👉 @geografiya_test_video_slayd

P. S. Taqdimotlardan na‘muna ko‘rish uchun kanalimizdagi #taqdimotlar hashtagidan foydalaning
#tavsiya

⚡️ TEST TUZUVCHI VA TEKSHIRUVCHI MAXSUS BOT

ℹ️ Mazkur bot nima qila oladi?
- kanalingizda onlayn testlar hamda olimpiadalar o'tkazishingizda yordam beradi;
- bajargan testlaringiz javobini tekshiradi va sertifikat taqdim etadi.

Bot manzili: @DTMsinovbot
Batafsil: https://t.me/DTMsinov_info/4


👉 @DTMsinov_info
Forwarded from GEOEDU.UZ
#tavsiya

⚡️ TEST TUZUVCHI VA TEKSHIRUVCHI MAXSUS BOT

ℹ️ Mazkur bot nima qila oladi?
- kanalingizda onlayn testlar hamda olimpiadalar o'tkazishingizda yordam beradi;
- bajargan testlaringiz javobini tekshiradi va sertifikat taqdim etadi.

Bot manzili: @DTMsinovbot
Batafsil: https://t.me/DTMsinov_info/4


👉 @DTMsinov_info
Forwarded from GEOEDU.UZ
#tavsiya

⚡️ TEST TUZUVCHI VA TEKSHIRUVCHI MAXSUS BOT

ℹ️ Mazkur bot nima qila oladi?
- kanalingizda onlayn testlar hamda olimpiadalar o'tkazishingizda yordam beradi;
- bajargan testlaringiz javobini tekshiradi va sertifikat taqdim etadi.

Bot manzili: @DTMsinovbot
Batafsil: https://t.me/DTMsinov_info/4


👉 @DTMsinov_info
#tavsiya | #foydali_maslahat

📌 Liderlikning olti uslubi haqida bilasimi?

Yaxshi muhit, o‘z navbatida, rahbarning liderlik (yetakchilik) qobiliyati bilan o‘lchanadi. Ya’ni, tashkilot rivojida har qanaqasiga ham liderlik muhim. Tajribali menejerlar liderlikni oltita uslubga bo‘ladi. Har birining tomonlari bilan birga lari ham yo‘q emas...

🔰Batafsil o'qish

🏷 Qo'shimcha sifatida o'qish tavsiya etiladi:
Kreativ pedagog uchun eng muhim tavsiyalar
Maktabga endi kelgan, yosh pedagoglarga tavsiya.
Yosh oʻqituvchi ishning birinchi yilida qanday qilib “omon qolishi” mumkin?
Eng yaxshi o'qituvchi bo'lishning to'rtta oddiy usuli haqida bilasizmi?
O'qituvchi amal qilishi kerak bo'lgan bir nechta texnik qoidalar.
Mashhur pedagog Ron Klarkning o'z o'quvchilari uchun ishlab chiqqan 55 qoidasi.
Talabalar uchun ba'zi bir maslahatlar.


👉 Ulashing: @geoedu_uz
#tavsiya

📌 KREATIV JIHOZLANGAN MAKTAB

IMHO, Maktablarni jihozlash bo'yicha biznikilar ham andoza olishsa bo'lar ekan. Har xil ensani qotiradigan stendlardan ko'ra foydaliroq bo'larmidi deymanda 😉


👉 @geoedu_uz
#metod_almashish | #tavsiya

📌 Professional pedagog bilimi quyidagi 7 asosga javob berishi kerak

1. Kontentga oid bilimlar (mutaxassis sifatida fanini bilishi, masalan, geografiya, adabiyot);

2. Umumiy pedagogik bilimlar (sinf boshqaruvi va tashkilotchilikka oid umumiy prinsip va strategiyalar);

3. O‘quv dasturiga oid bilimlar (muayyan o‘quvchilar guruhiga nima o‘qitilishi);

4. Pedagogik kontentga oid bilimlar (muayyan fan mazmunini qanday o‘qitish, masalan, fanga xos konsepsiyalar/modellar/nomaqbul yondashuvlarning turlari);

5. O‘quvchilar va ularning psixologiyasiga oid bilimlar (o‘quvchilarning ma’rifiy va o‘quv ehtiyojlarini tushunish);

6. Ma’rifiy kontekstga oid bilimlar (bolalar o‘qiydigan maktab, muhit, hamjamiyat va ijtimoiy kontekstni tushunish);

7. Ta’lim maqsadlariga oid bilimlar (ta’limning maqsadi nima ekani hamda uning asosida qaysi qadriyat va oliy maqsad yotishini anglash).

Manba: L. Shulman, “Knowledge & Teaching” 1987, (Iqboljon Kamolov tarjimasi).

👉 t.me/geoedu_uz

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya | #seminar

📌Geografiya fani o'qituvchilari diqqatiga!

Ertaga 6 - oktyabr, soat 15:00 da Respublika ta'lim markazi geografiya fani metodisti Mayram Hojiyeva ishtirokidagi "Geografiya ta’limida barqaror rivojlanishning 17 maqsadi" mavzusidagi onlayn seminarga taklif etamiz.

🏷 Seminarda ishtirok etish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/82702633563?pwd=U8q4fgwxG23ueSulzRlcUvAbpduoPN.1

👉 @geoedu_uz

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tavsiya | #seminar

📌Geografiya fani o'qituvchilari diqqatiga!

18-oktyabr soat 16:00 da Farg'ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi, Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi Geografiya va tabiiy fanlar metodisti Xurshidbek Xalilovning "Geografiya fanidan milliy sertifikat topshiriqlarini bajarishda pedagoglarni yo‘l qo‘yadigan xatolari va ularni tahlili" mavzusidagi onlayn seminariga taklif etamiz.

🏷 Seminarda ishtirok etish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/89495942746?pwd=vXE84mP12LHb5PK6Tqt08CaeY0eVf9.1

👉 @geoedu_uz

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM