GEOEDU.UZ
2.94K subscribers
1.23K photos
398 videos
1.3K files
2.87K links
Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni yoritib boruvchi ilmiy-ommaviy kanal.

Loyiha muallifi: D.D.Juraxujayev

ℹ️ Kanal xaritasi: t.me/geoedu_uz/4027

― Murojaatlar uchun: @geomurojatbot
― Reklama va pullik xizmatlar: t.me/narxnamo
Download Telegram
GEOEDU.UZ
Photo
Qizil rang bilan qaysi davlat koʻrsatilgan?
Tuzuvchi: @Husenov_Jahongir
Anonymous Quiz
11%
Vengriya
71%
Ispaniya
9%
Germaniya
10%
Fransiya
Forwarded from GEOEDU.UZ
297_буйрук_2021_2022_таянч_укув_режа_ХТВ.pdf
5 MB
#muhim_xabar

⚡️"UMUMIY O‘RTA TA‘LIM MAKTABLARI UCHUN 2021-2022 O‘QUV YILIGA MO‘LJALLANGAN TAYANCH O‘QUV REJA" TASDIQLANDI

Unga ko‘ra "Science" hamda “Geografiya va iqtisodiyot” fanlariga ajratilgan soatlar quyidagicha:

Tabiiy fan (Science)
1-sinfda haftasiga 1 soat;
• 2-sinfda haftasiga 2 soat
;

Tabiatshunoslik
3-4-sinflarda haftasiga 1 soat;

Geografiya
• 5-sinfda haftasiga 1 soat;
• 6-9-sinflarda haftasiga 2 soat;
• 10-sinfda haftasiga 1 soat;

Iqtisodiy bilim asoslari
• 8-9-sinflarda haftasiga 0,5 soat;

Tadbirkorlik asoslari
• 11-sinfda haftasiga 1 soat
;

P. S. Boshqa fanlar uchun ajratilgan soatlar faylda batafsil keltirilgan.


👉 @geografiya_test_video_slayd
#uxlamaganlarga_savol

Kolumbiya poytaxti Bogota shahri 74° g’arbiy uzunlikda joylashgan. U qaysi soat mintaqasida joylashganligini aniqlang?

Javob yoʻllash uchun: @Husenov_Jahongir

👉 @geoedu_uz
#bilib_oling

📌 Rossiya shaharlarining koordinatalari!

Eslatma:
Quyida Rassiya shaharlarining koordinatalari aniq graduslarda (°) berilgan. Hech qanday minut va sekundda berilmagan.

Rossiya shaharlari | Kenglik | Uzunlik
1. Moskva | 55.753215 | 37.622504
2. Sankt-Peterburg | 59.939095 | 30.315868
3. Novosibirsk | 55.030199 | 82.920430
4. Ekaterinburg | 56.838011 | 60.597465
5. Vladivostok | 43.115536 | 131.885485
6. Yakutsk | 62.028103 | 129.732663
7. Chelyabinsk | 55.159897 | 61.402554
8. Xarkov | 49.992167 | 36.231202
9. Smolensk | 54.782640 | 32.045134
10. Omsk | 54.989342 | 73.368212
11. Krasnoyarsk | 56.010563 | 92.852572
12. Rostov | 57.185866 | 39.414526
13. Bryansk | 53.243325 | 34.363731
14. Sochi | 43.585525 | 39.723062
15. Ivanovo | 57.000348 | 40.973921

Tuzuvchi: @Husenov_Jahongir


👉 @geoedu_uz
#Uxlamaganlarga_savol

Siz 226° bilan doʻkonga borsangiz, ortingizga necha ° bilan qaytasiz?

Javob yoʻllash uchun: @Husenov_Jahongir

👉 @geoedu_uz
🧂Agar dengiz suvining sho'rligi 18 promille bo'lsa, 600 litr suvda qancha tuz bo'ladi?
Anonymous Quiz
36%
10,8 kg
28%
108 kg
25%
10,8 g
11%
1,08 kg
GEOEDU.UZ
#Ustozlar_uchun | #eslatma ❗️Majburiy tibbiy ko‘rik uchun o‘qituvchilardan pul undirilmoqda. Bu qonunga zid Yarim millionga yaqin o‘qituvchi davlat bepulligini kafolatlagan xizmat uchun o‘z yonidan 150 ming so‘m atrofida pul to‘lashga majbur bo‘lmoqda.…
#muhim_xabar | #eslatma

⚡️RASMIY MUNOSABAT!

Kun.uz sayti orqali e’lon qilingan o‘qituvchilarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish masalasiga Moliya vazirligi o‘z munosabatini bildirdi. Unga ko‘ra o‘qituvchilarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mutlaqo bepul amalga oshirilishi kerak.

🏷 Batafsil o‘qish...

P. S. Hurmatli oʻqituvchilar, oʻz huquqlaringizni talab qiling. Tibbiy koʻrik uchun sizdan pul olishlari noqonuniy. Toʻlagan pulingizni ham qaytarib olishga haqlisiz.


👉 @geoedu_uz
#bilib_oling | #geo_izoh | #korgazmalar

📌 Rangli metallarning guruhlarga bo‘linishi

Rangli metallar bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Bu bo‘linish asosida rangli metallurgiya – og‘ir metallar metallurgiyasi, yengil metallar metallurgiyasi va boshqalarga bo‘linadi.

Batafsil ma'lumot: 8-sinf Geografiya darsligi 51-bet.

👉 @geoedu_uz

P. S. Quyidagi rasmda rangli metallarning guruhlanishi jadval ko‘rinishida keltirilgan🔻
#bilib_oling

📌 Yevropa daryolarining havza maydoni

🔰 Volga - 1360 ming km²
🔰 Dunay - 817 ming km²
🔰 Ural - 237 ming km²
🔰 Dnepr - 504 ming km²
🔰 Don - 422 ming km²
🔰 Pechora - 322 ming km²
🔰 Reyn - 224 ming km²
🔰 Shimoliy Dvina - 357 ming km²
🔰 Elba (Laba) - 144 ming km²
🔰 Visla - 194 ming km²
🔰 Gʻarbiy Dvina - 88 ming km²
🔰 Luara - 120 ming km²
🔰 Taxo ( Teju ) - 81 ming km²
🔰 Neman - 98 ming km²
🔰 Maas - 49 ming km²
🔰 Odra ( Oder ) - 119 ming km²
🔰 Ebro - 84 ming km²
🔰 Rona - 98 ming km²
🔰 Sena - 79 ming km²
🔰 Po - 75 ming km²
🔰 Temza - 15 ming km²


👉 @geoedu_uz
#abituriyent | #Qabul2021

Хотин-қизларга берилган имтиёз қандай ҳисобланади?

Кўпчилик шу савол билан мурожаат қилаётгани учун аниқ мисол билан тушунтирмоқчиман.

Жуда кўп хотин-қизлар "тавсиянома олдим, энди аниқ ўқишга кираман" деб ўйлаяпти. Аммо бу хато. Тавсияномадан ташқари улар юқори балл ҳам тўплаши керак, яъни билим ҳам муҳим.

Тавсиянома берилган хотин-қизларга республика бўйлаб кундузги таълимга давлат гранти асосида жами 2000 та ҚЎШИМЧА квота ажратилган. Сиртқи ва кечки таълимда имтиёз берилмайди.

Квоталар ҳудудлар кесимида бўлиб чиқилган. Батафсил квота мана бу ерда

Ҳисоблаш тартиби

Келинг, Самарқанд мисолида кўриб чиқамиз. Самарқанд вилоятида яшайдиган ва тавсиянома олган хотин-қизлар учун жами 227 та қўшимча квота ажратилган. Хўш, бу нимани англатади? Имтиёз қандай қўлланади?

Бунинг тартиби қуйидагича:

тушуниш осонроқ бўлиши учун Самарқанд вилоятига 5 та квота берилган деб, тасаввур қиламиз;

айтайлик Самарқанд вилоятида жами 40 нафар хотин-қизларга тавсиянома берилди;

пастдаги 1-расмга қарасангиз, тавсиянома олган 40 нафар хотин-қизлар республиканинг исталган ОТМларига ҳужжат топширган (бу ерда осонроқ тушунарли бўлиши учун ОТМлар номларини олдим, йўналишларга бўлиб ўтирмадим);

абитуриентлар турлича балл тўплашди;

Самарқанддан тавсиянома олган барча хотин-қизлар орасида энг юқори балл олган 5 нафар абитуриентлар грант асосида қўшимча квотага қабул қилинади (2-расмда яшил ранг билан берилган);

расмга қарасангиз, грантга кирган хотин-қизлар турли ҳудудлардаги ОТМларни танлаганини кўриш мумкин.

қолган хотин-қизлар ўзининг бали билан умумий, эл қатори танловда иштирок этади, яъни имтиёз доирасида ўқишга кира олмаса ҳам умумий тартибда танловда қатнашаверади;

Қиссадан ҳисса шуки, Самарқанд вилоятида жами айтайлик минг нафар хотин-қизларга тавсиянома берилган бўлса, улар орасидан энг кўп балл тўплаган 227 нафар хотин-қизлар давлат гранти асосида қўшимча квотага қабул қилинади.

‼️Бешта йўналишни танлаганда, тавсиянома фақат 1-йўналишга ўтади. 2 ва ундан кейинги йўналишларда қўшимча квота берилмайди, умумий тартибда танловда қатнашилади.

Маnbа: Xushnudbek telegram kanali

🏷 Mavzuga aloqador postlar:
5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarni oʻqishga qabul qilish haqida
Endi majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichlari OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi
2021/2022 o‘quv yili uchun qabul parametrlari va boshqa xabarlar


👉 @geografiya_test_video_slayd
ATAMALAR GEOGRAFIYA 2019.pdf
7.1 MB
#geo_izoh | #kitob

📌 Darsliklarda uchraydigan barcha atamalarning izohli lug'ati (alifbo tartibi bo‘yicha)

🏷 Mavzuga aloqador postlar:
Geografik atamalarning izohli lug‘ati.
Tabiiy geografiyadan ayrim geografik atamalarning izohli lug‘ati №1 [A - N].
Tabiiy geografiyadan ayrim geografik atamalarning izohli lug‘ati №2 [O - Ch].
Boshqa atamalar: #geo_izoh hashtagi ostida.


👉 @geoedu_uz kanali bilan tez va oson o‘rganing...
#Uxlamaganlarga_savol

Kema to’xtagan joyda soat Grenvich vaqtidan 90° kechroq yuradi. Kema to’xtagan yerdagi vaqt 11³⁰ bo’lsa, grenvichdagi vaqtni aniqlang?

Javob yoʻllash uchun: @Husenov_Jahongir


👉 @geoedu_uz
🌡 Tog' etagida havo harorati +13°C bo'lsa, 4165 metr balandlikda havo harorati qanchaga teng bo'ladi?
Anonymous Quiz
19%
-13,6°C
55%
-11,9°C
17%
-21,5°C
10%
-24,9°C
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Qabul2021 | #abituriyent

⚡️ Test natijalarini bilish usullari

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqaminiki kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

👉 @geografiya_test_video_slayd

P. S. Quyida android telefonlar uchun QR-kod skaner qiladigan programma ilova qilingan
#bilib_oling

🌋 Yevropa vulqonlari
-----------------------------------------
♻️ Etna - 3340 m
♻️ Xvannadalsxnyukyur - 2119 m
♻️ Gekla - 1491 m
♻️ Vezuviy - 1281 m
♻️ Stromboli - 926 m
♻️ Vulkano - 499 m
-----------------------------------------

👉 @geografiya_test_video_slayd
#uxlamaganlarga_savol

Dunyo tabiiy xaritasidan foydalanib, quyidagi koordinata qaysi shaharga to’g’ri kelishini aniqlang?
1°30ꞌ j.k va 36°30ꞌ shq.u

Javob yo'llash uchun: @Husenov_Jahongir

@geografiya_test_video_slayd
🌤 Kun davomidagi eng past harorat +6°C ga, eng yuqori harorat esa +22°C ga teng bo’lsa, havo haroratining sutkalik amplitudasini aniqlang.
Anonymous Quiz
18%
14°C
9%
8°C
35%
28°C
38%
16°C