GEOEDU.UZ
2.94K subscribers
1.23K photos
398 videos
1.3K files
2.87K links
Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni yoritib boruvchi ilmiy-ommaviy kanal.

Loyiha muallifi: D.D.Juraxujayev

ℹ️ Kanal xaritasi: t.me/geoedu_uz/4027

― Murojaatlar uchun: @geomurojatbot
― Reklama va pullik xizmatlar: t.me/narxnamo
Download Telegram
Forwarded from GEOEDU.UZ
Quyidagi davlatlardan qay biri dengiz bo‘yida joylashmagan?
Anonymous Quiz
24%
Albaniya
19%
Jibuti
25%
Namibiya
33%
Laos
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#video

💧Kaspiy dengizi!


1984 yildan 2016 yilgacha bo'lgan vaqtda sun'iy yo'ldoshdan tasvirga olingan 5 millionta suratlar yig'indisi.

@geografiya_test_video_slayd
#qiziqarli_xarita

🌏Osiyo mamlakatlarida go'sht iste'moli!

🇷🇺Rossiya va 🇹🇲Turkmaniston yetakchi!
🇺🇿Biz esa ,, Koʻp goʻsht yeb qoʻyiyapmiz”😅.

@geografiya_test_video_slayd
#bilasizmi

Muruntov oltin koni - Markaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni mintakasidagi kon. Navoiy shahridan 180 km shim.da, Zarafshon shahridan 40 km sharqda, Tomditovning janubiy etagida joylashgan. Ruda zaxiralarining koʻlami, rudani qazib olish texnologik sharoitlarining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va boshqa xususiyatlariga koʻra dunyodagi noyob konlar sirasiga kiradi. Markaziy Osiyo, xususan, Markaziy Qizilqum va Nurota togʻlarida, oltin rudalari mavjudligi miloddan avvalgi 6—5-asrlardan maʼlum boʻlgan. Oʻlkada oltin konlarini izlash boʻyicha dastlabki maxsus tadqiqot ishlari I.V.Mushketov, G.D.Romanovskiy, G.D.Obruchev va boshqa tomonidan amalga oshirilgan. Markaziy Qizilqumda oltin konlari boʻlishi mumkinligini geolog olimlar A.Ye.Fersman va D.I.Shcherbakovlar 20-asrning 30-yillaridagi geologik tadqiqotlari asosida bashorat qilganlar.

@geografiya_test_video_slayd
#tezkor_xabar | #abituriyent

Rasman bu yilgi yakuniy mandat natijalari bugun kechki soat 02:00 gacha chiqishi mumkin!


1-sentyabrdan 5-sentyabrgacha yurtimizda dam olish kuni deb eʼlon qilingani munosabati bilan DTM ham dam oladi. Shu sababli mandat bugun soat 23:00 dan 02:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida chiqishi mumkin. Abituriyent oʻqishga qabul qilingan yoki qabul qilinmaganini mandat.dtm.uz sayti orqali koʻrishlari mumkin. Shuningdek natijalaringizni @Mandat2021uzrobot boti orqali ham bilib olishingiz mumkin! Tegishli amaldor shaxslar qonunlarga amal qilib, bugun mandatni chiqarasizlar degan umiddaman!

P.s.: Menimcha bugun Oʻzbekiston aholisining yarmi uxlamasa kerak😅.
Natijalaringizni
@Husenov_Jahongir profilida kutib qolaman!

@geografiya_test_video_slayd
#tugadi

Charchadim, onajon, charchadim,
Charchadim otajon, charchadim
.

P.s.: Mandatni intizorlik bilan kutayotgan abituriyentlarga joʻnating😅.

@geografiya_test_video_slayd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tarixiy_video

Bugun mustaqilligimiz eʼlon qilinganiga 30 yil toʻldi.

🗓 31 avgust
- O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilingan kun (1991 yil). Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov say harakatlari natijasida bugun Oʻzbekiston mustaqil davlatlar safiga kirganiga 30 yil boʻldi. 1-sentyabr esa mustaqillik bayrami deya eʼlon qilindi!

Bayramina muborak boʻlsin jonajon OʻZBEKISTON!

@geografiya_test_video_slayd
​​31-AVGUST HALI HAM MANDAT NATIJALARI HALI CHIQMADI❗️

Bizdagi maʼlumotlarga koʻra OTM larga kirish natijalari yakunlangan. Faqat vazirlik tasdiqlasa boʻlgani.

Qonunchiligimizga koʻra test natijalari OTM larga kirish imtihonlari yakunlangandan soʻng, bir hafta oʻtib mandat natijalari chiqishi kerak edi. Test natijalari tana harorati yuqori boʻlgan abituriyentlar hisobiga 23-avgust kuni yakunlandi +7 kun= 30-avgust kuni chiqishi kerak edi. Lekin hali ham test natijalari eʼlon qilinmadi!
Oddiy xalq qonunni buzsa ,,Otni kallasidek” jarima qilishadi. Lekin, yuqoridagi masʼul shaxslar butun xalqni aldab, qonunni buzsachi? ,,Davlat ishlaridan ortmayapti”, ,,Ishlari koʻpayib ketdi”......😡
Test natijalari tezroq e’lon qilinmasa ,,Mandat” degan kasallik ,,Corona virus” dan ham xavfli boʻlib ketsa kerak! Sababi, ,,Corona virus” i bilan bir necha yuz ming kishi kasallangan boʻlsa, ,,Mandat” ni kutib bir necha million kishi xavotirda!



P.s.: Menimcha bosh vazirimiz bugun test natijalarini imzolab, bayramga abituriyentlarga sovgʻa qilishadi degan umiddaman!

@geografiya_test_video_slayd
#bilasizmi

Yer atrofidagi sun'iy yo'ldoshlar soni.


Yer atrofida jami 1 071 ta sun'iy yo'ldosh aylanadi. Lekin bu faqat faol holatdagi sun'iy yo'ldoshlar, bundan tashqari ko'plab ishlamaydiganlari ham bor. Markaziy Osiyodan Qozog'iston va Turkmaniston o'z sun'iy yo'ldoshlariga ega. Oʻzbekiston ham yaqin kelajakda oʻz sunʼiy yoʻldoshiga ega boʻladi degan umiddamiz!

@geografiya_test_video_slayd
#yurist_xizmati

📌 SIRTQI TA’LIMDA O‘QIYOTGAN TALABALARNI MAKTABGA ISHGA OLISH MUMKINMI?

➡️ Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami №1222 22.02.2003) 50-bandiga muvofiq kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan.

❗️Diqqat bilan qarasak, ushbu buyruqda faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalar nazarda tutilmoqda.

▪️Endi esa e’tiboringizni Vazirlar mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi nizomiga qaratamiz. Ushbu nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshisida oliy yoki o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni umumta’lim muassasalariga pedagogik lavozimlarga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

☝️Mazkur qoida sal boshqacharoq talqin qilgan holda aniqroq tushuntirish berish mumkin. Ya’ni umumta’lim muassasalarida pedagogik lavozimda oliy yoki o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar ishlashi mumkin.

❗️Endi qarang! nizomning 8-bandiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasining 4-kursida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qo‘yilishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

👀 Bundan ko‘rinib turibdiki, tugallanmagan oliy ma’lumot bilan faqat 4-kurs talablari ishlashi mumkin ekan. Bunda ham kunduzgi ta’lim shakli nazarda tutilgan.

🔹Shuni ham ta’kidlash kerakki, umumiy sirtqi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talablar umumta’lim maktablarida faqat o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘ri kelsagina pedagogik lavozimda ishlashi mumkin.

📝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ – 3183-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘qishda bo‘lgan davriga to‘g‘ri keladigan dars soatlari o‘qishga yuborgan ta’lim muassasasining o‘qituvchilari (xodimlari) tomonidan mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari asosida o‘tilishi belgilangan. Ushbu qoidaning mazmuniga ko‘ra maxsus sirtqi yo‘nalishda o‘qiyotgan talaba umumta’lim maktablarida pedagog sifatida ishlashi mumkin.

Yuqoridagilar asosida xulosa qiladigan bo‘lsak, OTMda tahsil olayotgan (kunduzgi yoki sirtqi ta’lim shaklida) talaba umumta’lim maktablarida faqat o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘ri kelsagina pedagogik lavozimda ishlashi mumkin.

💵 Ularning mehnatiga haq to‘lash ham yuqoridagi nizomning 7-bandiga binoan o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi asosida amalga oshiriladi.

Manba

🏷 Mavzuga aloqador postlar:
Talaba qanday shartlarda ishlay oladi? - mutaxassis bilan suhbat.
4 kurs talabalari ham to‘liq stavkada ishlashi mumkinmi?
Ikkita maktabda 1 stavkadan dars o‘tishim mumkinmi?
Maktablarda dars taqsimoti qanday amalga oshirilishi kerak?
Maktab xodimlarining oylik ish haqi qancha?


👉 @geografiya_test_video_slayd
#tavsiya

❗️DIQQAT. YouTube ijtimoiy tarmog‘idan har qanday videoni yuklab beramiz

1 ta video - 2000 so‘m;
2 ta video - 3500 so‘m;
3 ta video - 3000 so‘m;
3 tadan ortiq videolar kelishilgan narxlarda.

📲 Bog‘lanish: @Geomurojatbot


👉 @geografiya_test_video_slayd
#tavsiya | #foydali_maslahat

📌 KREATIV PEDAGOG UCHUN ENG MUHIM TAVSIYALAR

Maktabga xursandchilik bilan kirib boring, maktabdan yoqimli charchoq bilan chiqib keting.

Tabbasum qilishni unutmang.

Yodingizda tuting: eʼtiborsiz shifokor bemorning badaniga shikast yetkazishi mumkin, eʼtibosiz o‘qituvchi esa - bolaning qalbiga.

Darsga kirishdan oldin hozir nima uchun bu yerda ekanligingizni va nima qilishingizni aniq biling.

Eng oliy pedagogik muvaffaqiyat ― o‘quvchilarning tabbasumi.

Agar oddiy faktni katta kashfiyot kabi taqdim eta olsangiz va o‘quvchilaringizni hayratlantira olsangiz, asosiy vazifangiz bajarildi deb hisoblashingiz mumkin.

Agar mashg‘ulotingizga mehmonlar tashrif buyurgan bo‘lsa, o‘zingizni mamlakatning eng qobiliyatli pedagogi va eng zo‘r aktrisasi (aktyori) kabi tuting.

🏷 Qo'shimcha sifatida o'qish tavsiya etiladi:
Maktabga endi kelgan, yosh pedagoglarga tavsiya.
Yosh oʻqituvchi ishning birinchi yilida qanday qilib “omon qolishi” mumkin?
Eng yaxshi o'qituvchi bo'lishning to'rtta oddiy usuli haqida bilasizmi?
O'qituvchi amal qilishi kerak bo'lgan bir nechta texnik qoidalar.
Mashhur pedagog Ron Klarkning o'z o'quvchilari uchun ishlab chiqqan 55 qoidasi.
Talabalar uchun ba'zi bir maslahatlar.


👉 Ulashing: @geografiya_test_video_slayd
#yurist_xizmati | #bilasizmi

«SCIENCE» FANINI QAYSI FAN O‘QITUVCHILARI O‘TADI?

❗️Xalq ta’limi vazirligining 2021-2022-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risidagi 297-sonli buyrug‘iga muvofiq “Science” darslari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan o‘tilishi belgilab qo‘yilgan.

🏷 Mavzuga aloqador postlar:
Maktablarda dars taqsimoti qanday amalga oshirilishi kerak?
O‘quvchilarga ustama beruvchi olis hududlar haqida bilasizmi?
O‘quvchim prezident maktabiga kirganligi uchun menga fan o‘qituvchisi sifatida mukofot puli beriladimi?
Ikkita maktabda 1 stavkadan dars o‘tishim mumkinmi?

👉 @geografiya_test_video_slayd

P. S. Quyidagi rasmda 572-sonli buyruqning aynan shu qismi ilova qilingan🔻
#bilasizmi | #fakt

Yer quyosh tizimida quyosh tutilishini kuzatish mumkin bo'lgan yagona joydir.

@geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#eslatma | #yangilik | #foydali_tavsiya

📌 GEOGRAFLAR UCHUN FOYDALI BOTNI ISHGA TUSHIRDING

Mazkur botda sizga eng ko‘p kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni jamlashga harakat qildik

💠 Bot menyusi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

🔹DTM testlar
▪️1-qism
▪️2-qism

🔹Onlayn (Quiz) test savollari
▪️Geografiya
▪️Tarix

🔹Geografik atamalarning izohli lug‘ati
▪️1-qism
▪️2-qism

🔹Maktab darsliklari
▪️Geografiya
▫️1-sinf |▫️6-sinf
▫️2-sinf |▫️7-sinf
▫️3-sinf |▫️8-sinf
▫️4-sinf |▫️9-sinf
▫️5-sinf |▫️10-sinf

▪️IBA va Tadbirkorlik asoslari
▫️8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari
▫️9-sinf Iqtisodiy bilim asoslari
▫️11-sinf Tadbirkorlik asoslari

🔹O‘quv atlaslari
▪️5-sinf
▪️6-sinf
▪️7-sinf
▪️8-sinf
▪️9-sinf

🔹Boshqa adabiyotlar

🔹Amaliy mashg‘ulot darslari

🔹Zamonaviy metodlar to‘plami

🔹Ko‘rgazmali qurollar to‘plami

▪️5-sinf uchun
▪️6-sinf uchun
▪️7-sinf uchun
▪️8-sinf uchun
▪️9-sinf uchun
▪️10-sinf uchun
▪️Boshqa turdagi ko‘rgazmalar

🔹Oliy ta‘lim

🔹Xalq ta‘limi

🔹Abituriyent

🔹Eng muhim qonun hujjatlari

🔹Frilanser xizmatlari

🔹E‘lonlar va takliflar

🔹Murojaatlar uchun


ℹ️ Shartli belgilar izohi:
🔹asosiy menyu buyruqlari;
▪️asosiy menyu buyruqlari tarkibi;
▫️asosiy menyu buyruqlari tarkibini tashkil qiluvchi buyruqlar.


Bot manzili: @geograflar_uchun_bot

❗️Botdagi ma‘lumotlar bazasi doimiy tarzda yangilanib (boyitib) boriladi.

P. S. Foydalanib ko‘ring, agar biroz bo‘lsada ma‘qul kelsa do‘st va yaqinlarga ham ulashing.


👉 @geografiya_test_video_slayd kanali — siz azizlarga eng yaxshilarini taqdim etish uchun har doim harakatda!
#bilasizmi | #fakt

ITALIYA va ISPANIYA

Italiya "Buzoqlar mamlakati" bo'lsa, Ispaniya so'zi "Quyonlar mamlakati" degan ma'
no berar ekan.

@geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
"Iqlimi kontinental, quruq va issiq. O‘rtacha yillik harorat +15,2°C, yanvar -1,8°C, iyul +29,4°C. Yillik yog‘in miqdori 250-550 mm"

Ushbu tarif respublikamiz hududidagi qaysi qo‘riqxona uchun xos?
Anonymous Quiz
26%
Nurota
27%
Kitob
30%
Surxondaryo
17%
Hisor
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Fidoyi_ustoz

“Odamning miyasidan qolib ketadigan fikrlar hech kimga kerak emas...”

― Men 38 yildan buyon geografiya fani bo‘yicha dars beraman o‘z tajribalarimni SIZ azizlar bilan o‘rtoqlashishni istayman. Odamning miyasidan qolib ketadigan fikrlar hech kimga kerak emas uni o‘rtoqlashish kimgadir aytish, yozish kerak.

© Ahmadjon Mamatkarimov - Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi.

📚 Ijod namunalari - №2 [№1]

1-qism | 2-qism | 3-qism
4-qism | 5-qism | 6-qism


👉 @geografiya_test_video_slayd