GEOEDU.UZ
2.95K subscribers
1.23K photos
398 videos
1.3K files
2.87K links
Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni yoritib boruvchi ilmiy-ommaviy kanal.

Loyiha muallifi: D.D.Juraxujayev

ℹ️ Kanal xaritasi: t.me/geoedu_uz/4027

― Murojaatlar uchun: @geomurojatbot
― Reklama va pullik xizmatlar: t.me/narxnamo
Download Telegram
#Mushohada

📌 YAXSHI DAM - MEHNATGA HAMDAM

Bir kuni ikki o‘tinchi o‘rmonga o‘tin kesgani boribdi va kim ko‘p o‘tin chopishga o‘zaro musobaqalashishibdi. Birinchi o‘tinchi ko‘proq o‘tin chopish maqsadida tanaffussiz, dam olmasdan ishlabdi. Ikkinchi o‘tinchi esa, ma’lum vaqt ishlagach, biroz dam olar, keyin yana ishini davom ettirardi.

Birinchi o‘tinchi raqibi tomondan ahyon-ahyonda boltaning taq-tuq ovozi jimib qolayotganini eshitib, quvonchi ichiga sig‘masdi. Kun oxirida ikkalasi natijani hisoblashsa, ikkinchi o‘tinchining o‘tinlari ancha ko‘p emish.

Birinchi o‘tinchi hayron bo‘lib so‘rabdi:
- Qanaqasiga sening o‘tinlaring ko‘p bo‘lishi mumkin, axir sen dam olib, men esa tanaffussiz ko‘proq ishladim. Mantiqan olganda, mening o‘tinlarim ko‘p bo‘lishi kerak edi-ku!

Shunda ikkinchi o‘tinchi javob beribdi:
- Barchasi oddiy, dam olgan paytlarim boltamni charxlab, o‘tkirladim, shu sababli natijam samarali bo‘ldi. Sen esa tinimsiz ishlaganing uchun boltang o‘tmaslashib qoldi, kun oxiriga borib, deyarli o‘tin chopolmay qolding.

P. S. Ushbu rivoyatdan ko‘rish mumkinki, dam olishsiz ishlash har doim ham samara beravermaydi.


👉 @geografiya_test_video_slayd
#mantiqiy_savol

❗️DIQQAT SAVOL

Suratda aynan nima reklama qilinmoqda?

P. S. Javobini ko‘rmasdan bir fikrlab ko‘ringchi 🤔
#futbol_time | #mushohada

"Saviyasiz" bo‘lsa ham hech bo‘lmasa futbol o‘ynashni bilishar edi. Essiz budjetdagi shuncha pullar...🤦‍♂

Alisher akaga


👉 @geografiya_test_video_slayd
Ikki poytaxt shaharni bir-biridan ajratib turuvchi daryo qaysi?
Anonymous Quiz
15%
Amazonka
23%
Nil
28%
Kongo
34%
Dunay
#Bilasizmi | #Geo_izoh

📌 Antipodni qanday topish mumkin?

Antipodingizni topayotganda, siz yarim sharlarni ikki tomonga aylantirayotganingizni anglang. Agar siz Shimoliy yarim sharda bo'lsangiz, antipodingiz Janubiy yarim sharda bo'ladi. Agar siz G'arbiy yarim sharda bo'lsangiz, antipodingiz Sharqiy yarim sharda bo'ladi.

Antipodni topmoqchi bo'lgan joyning kengligini oling va uni qarama-qarshi yarim sharga aylantiring. Biz Memfisni misol tariqasida keltiramiz. Memfis taxminan 35° shimoliy kenglikda joylashgan. Memfis antipodi 35° janubiy kenglikda bo'ladi.

Antipodni topmoqchi bo'lgan joyning uzunligini oling va uzunlikni 180 dan chiqaring. Antipodlar har doim 180° uzunlik bo'ylab. Memfis taxminan 90° G'arbiy uzunlikda joylashgan, shuning uchun biz 180-90 = 90 ni qabul qilamiz. Ushbu yangi 90° biz Sharqiy darajaga (G'arbiy yarim shardan Sharqiy yarim sharga, Grinvichning g'arbiy darajasidan Grinvichning sharqigacha) aylanamiz va biz Memfis antipodining joylashgan joyiga egamiz - 35° S 90° E Hind okeanidan Avstraliyaning g'arbiy qismida.

🔅Xitoydan Yer bo'ylab qazish

Xo'sh, Xitoyning antipodlari aniq qaerda? Keling, Pekin antipodini hisoblab chiqamiz. Pekin taxminan 40° Shimoliy va 117° Sharqda joylashgan. Shunday qilib, yuqoridagi birinchi qadam bilan biz janubiy 40° (shimoliy yarim shardan janubiy yarim sharga aylanadigan) antipod qidirmoqdamiz. Ikkinchi qadam uchun biz Sharqiy yarim shardan G'arbiy yarim sharga o'tishni va 180 dan 117° Sharqni olib tashlamoqchimiz, natijada 63° G'arb. Shu sababli, Pekin antipodi Janubiy Amerikada, Argentinaning Bayia-Blanka yaqinida joylashgan.


🔅Avstraliyaning antipodlari

Avstraliya haqida nima deyish mumkin? Keling, Avstraliyaning o'rtalarida qiziqarli nomlangan joyni olaylik; Oodnadatta, Janubiy Avstraliya. Bu qit'ada qayd etilgan eng yuqori haroratning uyi. 27,5° janubga va 135,5° sharqqa yaqin joylashgan. Shunday qilib, biz Janubiy yarim shardan Shimoliy yarim sharga va Sharqiy yarim shardan G'arbiy yarim sharga aylanamiz. Yuqoridagi birinchi qadamdan biz 27,5° janubdan 27,5° shimolga burilib, 180-135,5 = 44,5° g'arbga boramiz. Shuning uchun Oodnadatta antipodi Atlantika okeanining o'rtasida joylashgan.

🔅Tropik antipod

Tinch okeanining o'rtasida joylashgan Gavayi Honolulu antipodi Afrikada joylashgan. Honolulu 21° Shimoliy va 158° G'arbga yaqin joylashgan. Shunday qilib, Honolulu antipodi 21° janubda va (180-158 =) 22° sharqda joylashgan. 158° G'arbiy va 22° Sharqdagi antipod Botsvananing o'rtasida joylashgan. Ikkala joy ham tropik mintaqada, ammo Honolulu Saraton tropikasi yaqinida, Botsvana esa Uloq tropikasi bo'yida joylashgan.

Manba


👉 @geografiya_test_video_slayd
6-sinf. dars ishlanma(1).doc
207 KB
#ommalashtirish_uchun

📌 OMMALASHTIRISH UCHUN

📒 Material shakli: Ochiq dars ishlanma.
📝 Mavzu nomi: 6-sinf, Yevrosiyoning tabiiy geografik oʻrni, oʻrganilish tarixi.
👨‍🏫 Muallif: Oʻrazboyeva Gulrabo Qudrat qizi.
🏫 Ish joyi va lavozimi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi geografiya fani oʻqituvchisi.
🎖Toifasi: Mutaxassis


👉 @geografiya_test_video_slayd kanali - muvaffaqiyatga erishish uchun bir qadam!
Pireney, Apennin va Bolqon yarimorollari qaysi hududda joylashgan?
Anonymous Quiz
16%
Sharqiy Yevropa
56%
Janubiy Yevropa
22%
G'arbiy Yevropa
7%
Shimoliy Yevropa
1996191.pdf
586.1 KB
#abituriyent | #DTM_test

GEOGRAFIYADAN DTM TEST - №5

📌 Davlat test markazi 2021-yilgi namunaviy test savollarini e’lon qildi.

📚 Barcha fanlardan testlar


👉 @geoedu_uz | @DTMsinovbot
​​​​​​#Onlayn_test

📌 ONLAYN TEST

Respublikamizdagi barcha geograf o‘qituvchilar, abituriyentlar hamda qiziquvchi yoshlarning bilimini baholash uchun 5-sinf o‘quv atlasi bo‘yicha tuzilgan onlayn test savollari

• Boshqa testlarni #onlayn_test rukni (hashtagi) ostida topishingiz mumkin


👉 @geografiya_test_video_slayd kanali bilan o‘z bilimingizni yanada mustahkamlab boring...
#Geo_izoh

📌 Davlat boshqaruv shakli: monarxiya va respublika (izoh oʻzingizdan).

🏷 Mavzuga a’loqador postlar:
Monarxiya tushunchasiga umumiy ta’rif.
Respublika tushunchasiga umumiy ta’rif.
Monarxiya va respublika mavzusida taqdimot.


👉 @geoedu_uz
#abituriyent | #onlayn_test | #DTM_test

Abituriyentlar va o‘z ustida ishlovchi ustozlar uchun Geografiya hamda Tarix fanlaridan DTM darajasidagi savollari endi onlayn (Quiz) ko‘rinishda. Ushbu savollar orqali o‘z bilimingizni yanada mustahkamlab boring.

👉 GEOGRAFIYA
👉 TARIX

🔀 Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Davlat test markazi barcha fanlardan 2021-yilgi namunaviy test savollarini e’lon qildi.
Geografiya fanidan onlayn olimpiada savollari to‘plami.
Geografiya fanidan turli mavzular bo‘yicha tuzilgan onlayn testlar.


👉 @geoedu_uz kanali bilan o‘z bilimingizni yanada mustahkamlab boring...
4500 metr balandlikda havo harorati -8,5°C ni tashkil etdi. Shu vaqtda tog' etagida havo harorati qanchaga teng bo'ladi?
Anonymous Quiz
23%
36,5°C
22%
27°C
16%
20°C
39%
18,5°C
Tayyor . Geografiya Litosfera va yer rel'yefi.pptx
2.7 MB
#ommalashtirish_uchun

📌 OMMALASHTIRISH UCHUN

🖥 Material shakli
: Taqdimot.
📝 Mavzu nomi: 6-sinf, Litosfera va yer relyefi.
👨‍🏫 Muallif: Yuldasheva Yoqutxon.
🏫 Ish joyi va lavozimi: Farg'ona viloyati Beshariq tumani 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabi geografiya fani oʻqituvchisi.


👉 @geografiya_test_video_slayd kanali - muvaffaqiyatga erishish uchun bir qadam!
#Mushohada

📌 XATO

Oyog‘ida u yer-bu yeri teshilgan, ko‘rinishidan anchagina eski poyabzal kiygan erkak xohlar-xohlamas masjidga kirdi.
Ibodatni bajarib qaytayotganlar orasida ketayotgan payt, masjid darvozasiga yetmay, birdan erkakning holi yomonlashib, yerga «gurs» etib yiqildiyu jon taslim qildi. Masjid jamoatning g‘ala-g‘ovur gaplariyu to‘planishlaridan biroz tartibsizlandi.
Kimdir:
— Boyaqish, yaxshi odam ekan, ulug‘ dargohda osongina omonatini topshirdi-ya, — dedi yonidagi ko‘zoynak taqqan mo‘ylovli kishiga.
— Xudoning uyida uzildi, joying jannatda bo‘lgur, — dedi yana boshqa birov past ovozda yuziga fotiha tortarkan...
Odamlar jonsiz tanani uyiga kuzatayotganlarida uning oyog‘ida yangi-ozoda tozalangan qora rangli tufli edi. Hech kim e’tibor bermadi: nariroqda oyoq kiyimini qidirib topolmagan kishidan bo‘lak.

✍️ Oybek Yusuf


👉 @geografiya_test_video_slayd
#mantiqiy_savol

❗️DIQQAT SAVOL

Suratda aynan nima reklama qilinmoqda?

P. S. Javobini ko‘rmasdan bir fikrlab ko‘ringchi 🤔
Mamlakatimizning g'arbiy, shimoli-g'arbiy tekislik qismlarida yog'in moqdori qancha?
Anonymous Quiz
46%
200 mm
34%
250 mm
15%
300 mm
5%
350 mm
#Tavsiya | #abituriyent | #korgazmalar

🌡 Turli haroratda havoning to‘yinishi uchun zarur bo‘lgan suv bug‘lari miqdori

P. S. Hurmatli foydalanuvchilar yuqorida keltirilgan jadvalni yod olishni tavsiya qilaman. Chunki havoning namligi bo‘yicha berilgan ayrim masalalarda ushbu qiymatlar berilmasligi mumkin.


🌐 @geografiya_test_video_slayd
#Geo_izoh

📌 FEDERATSIYA - [lot. foederatio – ittifoq, birlik] Alohida mustaqil davlatlar yoki respublikalarning birlashuvi asosida tuzilgan yaxlit davlat, yoki respublikalar birlashmasi. Bunday davlatlarda qonunchilik, ijro va sud hokimiyati markaziy (federal) hamda hududiy (shtatlar, provinsiyalar, respublikalar va boshqalar doirasida) darajalardan tashkil topadi.

Federativ davlatlarning soni, 2018-yil holatiga ko‘ra, 28 ta bo‘lib, shu jumladan, Yevropada 6 ta, Osiyoda 7 ta, Afrikada 6 ta, Amerikada 7 ta hamda Avstraliya va Okeaniyada 2 ta federatsiyalar joylashgan.

Federativ davlatlarni barpo etishda ularning tarixiy rivojlanganlik xususiyatlari (AQSH, Germaniya, Avstriya, BAA va b.), hududining benihoya kattaligi (Kanada, Avstraliya, Braziliya) yoki sochilib ketganligi (Mikroneziya Federativ shtatlari, Komor orollari va b.), aholisining ko‘p mil latliligi (Hindiston, Nigeriya, Bosniya va Gersegovina kabi), shuningdek boshqa sabablar hisobga olingan.

P. S. Kanalimizdagi barcha gografik atamalarni #geo_izoh hashtagi ostida kuzatib borishingiz mumkin.


👉 @geografiya_test_video_slayd
#abituriyent | #darsliklar

📌 Abituriyentlar uchun Geografiya fanidan tavsiya etilgan daraliklar ro‘yxati:

5-sinf “Geografiya” (Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi). 2020-yil;

• 6-sinf “Geografiya” (Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi). 2017-yil;

• 7-sinf “Geografiya” (O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi, O‘zbekiston tabiiy geografiyasi). 2017-yil;

• 8-sinf “Geografiya” (O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi). 2019-yil;

• 9-sinf “Geografiya” (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi). 2019-yil;

• 10-sinf “Geografiya” (Amaliy geografiya). 2017-yil;

• Maktab o‘quv atlaslari
. 2017, 2018-yil.

Izoh: Mazkur darsliklar hamda o‘quv atlaslarini quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin. Qaysi darslik kerak bo‘lsa shu darslik raqami ustiga bosing.

📚 Darsliklar: 5⃣ | 6⃣ | 7⃣ | 8⃣ | 9⃣ | 🔟

🗺 O'quv atlaslari: 5⃣ | 6⃣ | 7⃣ | 8⃣ | 9⃣

P. S. Rus va qoraqolpoq tilidagi darsliklar ro‘yxatini kommentariyda qoldiraman.


👉 @geografiya_test_video_slayd