GEOEDU.UZ
2.9K subscribers
1.23K photos
398 videos
1.28K files
2.84K links
Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni yoritib boruvchi ilmiy-ommaviy kanal.

Loyiha muallifi: D.D.Juraxujayev

ℹ️ Kanal xaritasi: t.me/geoedu_uz/4027

― Murojaatlar uchun: @geomurojatbot
― Reklama va pullik xizmatlar: t.me/narxnamo
Download Telegram
#Onlayn_test_natijalari | №50

🏆Test savollari-50” testidagi eng yuqori natijalar

🖊 25 ta savol
Har bir savolga 30 soniya
🤓 966 kishi testda qatnashdi

🥇 @Azamjon_444949525 (42.3 soniya)
🥈 Mister_John_Red_Devil – 25 (46.9 soniya)
🥉 M.Dilnoza – 25 (51.8 soniya)
4. @OLIY_Toifali_Geograf25 (1 daqiqa 1 soniya)
5. BAHODIR TOʻRAYEV – 25 (1 daqiqa 5 soniya)
6. @Tanh0siman25 (1 daqiqa 9 soniya)
7. @Mehr_8725 (1 daqiqa 11 soniya)
8. Санжар – 25 (1 daqiqa 21 soniya)
9. @Temurbek_Anvarov25 (1 daqiqa 29 soniya)
10. @MamasolayevAbbos25 (1 daqiqa 34 soniya)
11. АХРОРЖОН +998905178989 – 25 (1 daqiqa 46 soniya)
12. @BehrUZBEK099825 (3 daqiqa 12 soniya)
13. Привет – 25 (4 daqiqa 5 soniya)
14. Guliraʼno Qurbonova – 24 (5 daqiqa 3 soniya)
15. Jonibek – 23 (1 daqiqa 27 soniya)
16. Dwayne Johnson – 23 (2 daqiqa 9 soniya)
17. "ГауХаР" – 23 (2 daqiqa 20 soniya)
18. Pirnazarov Farxod – 23 (2 daqiqa 21 soniya)
19. Qutlimurotov Ixlosbek – 23 (2 daqiqa 59 soniya)
20. ★᭄ꦿ᭄ꦿking★᭄ꦿ᭄ꦿ – 22 (1 daqiqa 25 soniya)

Barcha g‘olib bo‘lganlarni tabriklaymiz!!!


🌐 @geografiya_test_video_slayd
#bizda_yangilik

​​⚡️Abituriyentlar va o‘qituvchilar uchun geografiya fanidan onlayn ko‘rinishdagi variantli savollar ko‘lami kengaytirildi. Endilikda mazkur variantlar soni 50 tani(!) tashkil qilmoqda. Ular orqali o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing va imtihonlarga qanchalik tayyor ekanligingizni tekshirib ko‘ring!

🌐 @geografiya_test_video_slayd

🔰Test savollarida ishtirok etish uchun quyidagi variantlardan birini tanlang👇
Forwarded from GEOGRAFIYA JDPU (JDD | 🇺🇿)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🧰 Ta’lim kreditlari kimlarga beriladi?

Batafsil ushbu rolik orqali tanishing


👉 @geografiya_JDPI 👈
Ushbu yozuvsiz xaritada 2 va 4 raqamlari bilan qaysi davlatlar ko‘rsatilgan?

🌐 @geografiya_test_video_slayd
👨‍🏫 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan o‘qituvchilarning METODIK KUNLARI quyidagi tartibda belgilandi:

Dushanba - Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) o‘qituvchilari;

Seshanba - Filologiya fanlari (Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili/rus tili) o‘qituvchilari;

Chorshanba - Tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot) o‘qituvchilari;

Payshanba - Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) o‘qituvchilari;

Juma - Xorijiy tillar o‘qituvchilari;

Shanba - Amaliy fanlar va boshlang‘ich ta’lim (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik) o‘qituvchilari.

❗️Eslatib o‘tamiz: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy ishlashlari va o‘z bilimini muntazam boyitib borishlari maqsadida metodik kunlar tashkil etiladi.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from Davronxoʻja (JDD | 🇺🇿)
👆 So‘roq o‘rniga javoblar ichidan mosini topib qo‘ying.
Anonymous Quiz
56%
Yoqilg‘i baklari
21%
Avtomobil o‘rindiqlari
14%
Yumshoq qoplamalar
8%
Avtomobil oynalari
Agar quyidagi chizmada gorizantallar har 50 metrdan o‘tkazilgan bo‘lsa A nuqtaning dengiz sathidan balandligini aniqlang.

🌐 @geografiya_test_video_slayd
Hurmatli obunachilar kanal ma’muriyati siz azizlar uchun frilanser xizmatlarini taklif qiladi. Uyingizdan chiqmagan holda, o’zingiz uchun eng muhim va zarur bo’lgan xizmatlardan (faqat elektron shaklda) foydalanishing.

Foydalanishingiz mumkin bo’lgan xizmatlar:

Maqola yozish:
- nazariy va amaliy yordam.

Microsoft Word:
- matnlar ustida ishlash va b.

🧮 Microsoft Excel:
- jadvallar bilan ishlash;
- hisob-kitob ishlari;
- diogrammalar yaratish va b.


🖥 Microsoft PowerPoint:
- taqdimotlar tayyorlash va b.

🔄 Lotin-Krill (Krill-Lotin):
- lotin alifbosidagi matnlarni krill alifbosiga yoki krill alifbosidagi matnlarni lotin alifbosiga o’tkazish.

♻️ ABBYY FineReader:
- PDFni – Wordga o’tkazish;
- Wordni – PDF yoki boshqa formatlar (RTF, XPS, XML) ga o’tkazish;
- Rasmni – PDF ga o’tkazish;


🔠 easyQuizzy:
- elektron test tayyorlash.

📅 Dizayn Kalendar:
- turli ko’rinish va o’lchamdagi kalendarlar tayyorlash.

🏞 Adobe Photoshop:
- suratlar (foto, rasm) bilan ishlash.

🎞 Ulead VideoStudio:
- videolar ustida ishlash va b.

🎬 FotoShou Pro:
- suratlardan kichik hajmli videolar tayyorlash.

🔎 Qidiruv xizmati:
- sizni qiziqtirayotgan (kitoblar, suratlar, videolar, musiqalar, programmalar (PC va APK uchun) va b.) ma’lumotlarni izlash.


📲 Qo‘shimcha ma’lumot va a’loqa uchun: @frilanser_uzb


👉 @geografiya_test_video_slayd
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodars | #qõllanma

📹 Zoom dasturidan foydalanish bo'yicha videodars

Manba: Najot_Talim

🏷 Zoom dasturini yuklab olish:
Kompyuterlar uchun
Telefonlar uchun


👉 @geoedu_uz
Zoomdan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma (@geoedu_uz).pdf
1.1 MB
#videodars | #qõllanma

🔰 Zoom dasturidan foydalanish bo'yicha yo'qnoma (videodars bu yerda)

Zoom dasturini yuklab olish:
Kompyuterlar uchun
Telefonlar uchun


👉 @geoedu_uz
#bizda_yangilik

⚡️Ko’pchilik obunachilarimizning fikr va takliflarini inobatga olgan holda “Geografiya” fanidan I chorak darslarida foydalanish uchun metodik qo’llanma yaratildi.

Ushbu metodik qo’llanma 2020/2021 – o’quv yilining tasdiqlangan yillik ish rejasi asosida tuzib chiqilgan bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Mavzulashtirilgan test savollari;
1-2 Nazorat ishlari;
Amaliy mashg’ulot darslari.


👉 @geografiya_test_video_slayd

🔰 Metodik qo’llanmaning namunasini quyidagi fayldan ko’rishingiz mumkin 👇
⚡️7-sentabrdan yashil hududlardagi, 14-sentabrdan barcha hududlardagi maktablar ochiladi

24-avgust bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida Xalq ta’limi tizimiga doir videoselektor yigʻilishi o‘tkazildi
. Videoselektor yigʻilishida quyidagi topshiriqlar berildi:

👉🏻 7-sentabrdan yashil hududlarda tajriba tariqasida maktablar ochiladi;

👉🏻 14-sentabrdan barcha hududlardagi maktablar ochiladi;

👉🏻 Maktablar ochilgach, o‘quvchilar «sinf rejimi» tartibida o‘qishadi. Ya’ni xonama-xona ko‘chib yurishmaydi;

👉🏻 Viloyat hokimliklari tomonidan 10-sentabrga qadar barcha maktablar antiseptik va boshqa kerakli vositalar bilan ta’minlanadi (ko‘chma qo‘l yuvish joylari ham tashkillanadi);

👉🏻 Barcha o‘qituvchilar koronavirusga test topshiradi, keyinroq virusga qarshi vaksina qilinadi;

👉🏻 Barcha maktablarda izolyatsiya xonalari tashkil qilinadi;

👉🏻 Maktablarning turar joyida qoladigan o‘quvchilarning (IDUMI) oziq ovqatlari, albatta, Sanitariya-epidemiologiya xizmati nazorati ostida bo‘ladi.

Manba


👉 @geografiya_test_video_slayd
📌 Yangi o‘quv yili oldidan ota-onalarga MUROJAAT

Hurmatli ota-onalar!

Butun dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi ta’lim tizimi va uning barcha ishtirokchilari oldiga bir qator sinovlarni qo‘ymoqda. Mana 5 oydirki, bolalar maktablarga bora olmasdan, o‘z tengdoshlari bilan bevosita muloqotdan uzilgan. Bu vaziyat qachongacha davom etadi?

Afsuski, bugungi sharoitda farzandlarimiz ta’limida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday bo‘shliq, ertaga bizga juda ham qimmatga tushishi mumkinligini unutmasligimiz zarur.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining fikricha, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat ikki yilgacha davom etish xavfi bor, shuning uchun maktablar faoliyatini qayta tiklashga oid qaror o‘quvchilar, pedagoglar va ota-onalarning sog‘ligini o‘ylagan holda qabul qilinishi lozim.

Har bir ota-ona o‘zining sharoitidan kelib chiqib, farzandini an’anaviy ravishda maktabga yuborishi yoki uyda qolib onlayn shaklda o‘qitishi yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi kerak.

Ota-onalarning fikrini bilish va undan kelib chiqib, ta’lim jarayonini tashkil etish maqsadida, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yangi 2020/2021 o‘quv yilini boshlash borasida maktablarda so‘rovnoma tashkil etildi.

Mazkur jarayonda faol qatnashib, o‘z fikringizni bildirishingiz va muhim qarorni qabul qilinishida ishtirok etishingizni so‘raymiz.

Unutmang, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi hamda jismonan sog‘lom rivojlanishi uchun har birimiz birday mas’ulmiz.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati


👉 @geografiya_test_video_slayd
📣 E’LON!

Bugun, 25 avgust soat 18:00 da AOKA zalida Xalq ta’limi vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

🔹Mavzu: Respublika maktablarida 2020/2021 o‘quv yilini boshlash va sanitariya qoidalariga rioya etilishi tartibi

Spikerlar:

🎤 Sherzod Shermatov — Xalq ta’limi vaziri

🎤 Usmon Sharifxo‘jayev — vazirning birinchi o‘rinbosari

…………………………………………………
❗️Savollarni @Aoka_Press ga jo‘natishingiz mumkin.
…………………………………………………

OAV xodimlari va blogerlar matbuot anjumaniga taklif etiladi.

🔎 Tadbir UzReport TV va O‘zbekiston 24 telekanallari orqali onlayn yoritiladi.


👉 t.me/geografiya_test_video_slayd
#Brifing

KO‘ROLMAY QOLGANLAR UCHUN

"Respublika maktablarida 2020/2021 o‘quv yilini boshlash va sanitariya qoidalariga rioya etilishi tartibi" mavzusidagi brifingni quyidagi havola orqali batafsil ko‘rishingiz mumkin👇

🎥 https://www.youtube.com/watch?v=LXxrmwLelWs&feature=youtu.be


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOGRAFIYA JDPU (JDD | 🇺🇿)
⚡️Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar 3 kun ketma-ket dam olishadi

2019 yil 14 noyabrdagi PF-5875-sonli Prezident Farmoniga binoan, 29 avgust — shanba dam olish kuni 31 avgust — dushanba ish kuniga ko‘chiriladi.

Demak, 29 avgust – shanba kuni, haftasiga necha kun ishlashidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi. 31 avgust – dushanba kuni esa, haftasiga necha kun ishlashidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun dam olish kuni bo‘ladi.

Shunday qilib Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar quyidagi 3 kunda ketma-ket dam olishadi:

30 avgust – yakshanba (dam olish kuni);

31 avgust – dushanba (barcha uchun ko‘chirilgan dam olish kuni);

1 sentyabr – seshanba (Mustaqillik bayrami).


t.me/geografiya_JDPI
#kun_mavzusi

⚡️Eng muhim xabarlar:

-To‘ylarda 30 kishidan ortiq odam yig‘ish mumkin emas.

-14-sentabrdan barcha maktablar ochiladi.


👉 @geografiya_test_video_slayd