GENERALISSIMUS
92K subscribers
4.85K photos
1.58K videos
653 files
4.18K links
Haq olinur, berilmas!
©️ Mahmudxója Behbudiy

Aloqa uchun: @Fieldmarshal_uz
Download Telegram
#dunyo_korrupsiyaga_qarshi_kurashda
🇲🇾 Uch nafar bank xodimi pul yuvish va korrupsiyada ayblanmoqda

Malayziya Korrupsiyaga qarshi komissiyasi (MACC) Kuala-Lumpurdagi ikki bank muassasasining uch nafar bank xodimini pul yuvish va RM21 milliondan ortiq kredit arizalari bo'yicha korrupsiyaga aloqadorlikda gumon qilib hibsga oldi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, biznes-menejer, bo‘lim boshlig‘i va filial boshlig‘i 2024-yilda uchta kompaniyadan olingan pora pullarini o‘zlashtirish, o‘zgartirish, o‘tkazish va ishlatishda ayblanmoqda.

🇭🇹 Davlat mablag‘laridan deyarli $2 million talon-toroj qilingan

Gaiti Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bosh boshqarmasi (ULCC) uch nafar sobiq hukumat mansabdorini davlat mablag‘larini talon-toroj qilganligini aniqladi.

Xususan, Fuqarolik huquqlarini himoya qilish idorasi sobiq rahbari 2019–2024 yillarda amalga oshmagan safarlar uchun yolg‘on hujjatlar orqali 127 ming dollardan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan. Bu pullarga uning qizi va kuyovi ham sherik bo'lgan.

Ijtimoiy sug‘urta idorasi sobiq direktori oziq-ovqat xizmatlari bo‘yicha ochiq tender o‘tkazmasdan, o‘z tanloviga ko‘ra ikki kompaniya bilan shartnoma tuzganlikda ayblanmoqda.

Immigratsiya va emigratsiya boshqarmasi sobiq rahbari esa 4 oyga ham yetmagan muddat ichida 556 ta pasportni arizachilarga tegishli soliq to‘lovlarisiz berishga ruxsat bergan.

Ushbu holatlar natijasida davlatga yetkazilgan zarar $987,000 dan oshgan.

🇨🇳 Sobiq rais pora olishda ayblanib, 13 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi

Xitoyning davlatga tegishli China National Petroleum Corporation (CNPC) kompaniyasining sobiq raisi Van Yilin pora olishda ayblanib, 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Unga 3 million yuan (taxminan 416,667 AQSh dollari) miqdorida jarima ham solindi.

Maʼlum bo‘lishicha, V. Yilin lavozimidan foydalanib, yuqori qiymatdagi shartnomalar uchun pora olgan va xususiy kompaniyalar tomonidan moliyalashtirilgan sayohatlarda ham ishtirok etgan.

Shuningdek, u o‘zining amaldorlik pozitsiyasini shaxsiy manfaatlar uchun suiiste'mol qilganlikda ayblanmoqda.

🇳🇴 Dunyodagi eng yirik investisiya jamg'armasi korrupsiya holatlari tufayli Remexni tark etdi

Dunyodagi eng yirik investisiya jamg‘armasi — Norvegiya davlat boylik fondi Pemex’dagi barcha sarmoyalarini korrupsiya xavfi sababli qaytarib oldi.

2004–2023 yillarda kompaniyada poraxo‘rlik va firibgarlik holatlari aniqlangan, jumladan sobiq rahbar Emilio Lozoya ayblanmoqda. Fond Pemexning korrupsiyaga qarshi tizimi amaliyotda samarali ishlamayotganini ta’kidladi.

Bu qaror kompaniya 100 mlrd dollardan ortiq qarz va katta moliyaviy zarar ko‘rayotgan davrda qabul qilindi. Holat global sarmoyadorlar uchun halollik va boshqaruv tamoyillarining muhimligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

🇷🇺Buryatiya transport vaziri korrupsiyada ayblanib qo‘lga olindi

Rossiyaning Buryatiya Respublikasi Transport, energetika va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish vaziri Aleksandr Goge korrupsiyada ayblanib hibsga olindi. Bu haqda viloyat hukumati xabar berdi. Jinoyat ishi tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan.

Aleksandr Goge 2021-yil mart oyida transport, energetika va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlangan edi. U bunga qadar Rossiya Avtomobil yo‘llari agentligi (Rosavtodor)ning “Janubiy Baykal” boshqarmasida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Қозоғистонда 90-йиллардаги талончилик ва бугунги кундаги пуллик йўлларнинг нархи 20 фоизга оширилишини таққослашибди)))

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Huquqbuzarlik sodir qilmang, vaqtida etagingizni yigʻishtirmasangiz, oʻzingizni yigʻishtirib ketishadi!

Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 15-apreldan 15-mayga qadar ichki ishlar organlari tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari bo‘lib o‘tdi, xususan:

▪️Ko’cha va jamoat joylarida bezorilik jinoyatlari 25,6% kamayishiga erishildi.
▪️Tig’li buyumlarni olib yurgan 17 mingdan ortiq shaxs aniqlanib, ularning 17 360 ta tig’li buyumi olib qo’yildi.
▪️Jinoyat sodir etib, yashirinib yurgan 100 dan ortiq qidiruvdagi shaxs aniqlandi.
▪️10 000 dan ortiq mayda bezorilik sodir etganlar ham aniqlandi.
▪️Respublika bo’yicha oldini olish mumkin bo’lgan jinoyatlar 36% ga kamayishiga erishildi.
▪️Voyaga yetmagan va yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 20 foizga kamaydi.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025 yil 18 may kuni Rim Papasi Lev XIVning rasman lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov O‘zbekiston tomonidan rasmiy vakil sifatida qatnashdi.

Tadbirda qatnashish uchun butun dunyo bo‘ylab jami 250 ming kishi Vatikan maydoni va uning atrofiga yig‘ildi.

Marosimning rasmiy qismi yakunlanganidan so‘ng Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov yangi saylangan Rim Papasini tabriklab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iliq salomlarini yo‘lladi.

O‘z navbatida, yangi Rim Papasi O‘zbekiston Rahbariyati va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Marosimda 156 ta xorijiy mamlakat, qirollik uylari va diniy konfessiyalardan delegatsiyalar vakillari qatnashdi.

@generalissimo_marshal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💰Oʻzbekiston24da 20 mln so‘m oylik olayotgan o‘qituvchilar haqida eksklyuziv reportaj chiqibdi.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat — qonun bilan emas, tafakkur bilan boshqariladi❗️

O‘zbekistonning konstitutsiyasi yangilandi. Qonunlar soni har yili ortmoqda. Sudlar, prokuratura, nazorat organlari takomillashyapti. Lekin asosiy savol ochiq qolmoqda: jamiyat tafakkuri o‘zgarayaptimi?

Bugun dunyoda kuchli konstitutsiyaga ega bo‘lsa-da, zaif davlatlar talaygina.

— Lotin Amerikasi davlatlarida fuqarolik huquqlari keng kafolatlangan, lekin jamiyatda adolat tuyg‘usi yo‘q.
— Ko‘plab Afrika mamlakatlarida hokimiyatlar almashinadi, lekin qonun ishlamaydi.
— Ayrim sobiq SSSR davlatlarida huquqiy tizim mukammal, lekin sudlar mustaqil emas.

Bu nimani anglatadi?

Bu shuni anglatadiki, qonun o‘zi hech nima qilmaydi. Uni amal qildirishga bo‘lgan ijtimoiy talab bo‘lmasa, u faqat devordagi yozuv bo‘lib qoladi.

Boshqacha aytganda, qonunni davlat emas, tafakkur ishlatadi.
Qonunlarning soni emas, unga bo‘lgan ishonch muhim.
Madaniyat, ong, siyosiy saviya — qonunni tirik qiladigan asosiy kuchlar shular.

Buyuk Britaniyada yozma konstitutsiya yo‘q. Lekin siyosiy jarayonlar barqaror. Nega? Chunki ular qonunsizlikdan qo‘rqmaydi, balki uyatni, javobgarlikni, ijtimoiy norozilikni his qiladi. U yerda qonun madaniyatga aylangan.

Qonun bor. Yangi tahrir qilingan Konstitutsiya bor.
Ammo har bir muammoni hal qilishda haligacha “tanish-bilish”, “telefon” va “aralashuv” asosiy vosita bo‘lib qolayapti.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi:

Agar jamiyat qonunga emas, shaxsga ishonsa — biz qonun ustuvorligiga emas, boshqacha” tizimda yashayotgan bo‘lmaymizmi?

Yoki tafakkur ham o‘zgarish arafasidami?

Huquqshunos Javon­sher Rusta­mov

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ИИБ бошлиғини “подстава” қилиб, пора билан ушлашмоқчи эди…тадбир ўтказаётганларнинг ўзларини лох қилиб жўнатворди🤣

@generalissimo_marshal
Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi‼️

Ular 2 oy davomida metall list, metall quvur bo‘lagi, belkurak va kesuvchi disk yordamida tunnel qazigan. 30 metrdan uzun bo‘lgan yerosti yo‘li koloniyaning himoya panjarasi ostidan o‘tgan.

O‘zbekiston fuqarolari va bir nafar tojikistonlik 4,5 yildan 12,5 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Байрам тадбирлари 24 май куни ўтказилади

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигига кўра, ўқув йилининг охирги куни якшанбага тўғри келгани сабабли “Сўнгги қўнғироқ“ тадбирлари шанба куни ўтказилади.

@generalissimo_marshal
Ўзбекистон касаба уюшмалари тизимидаги оромгоҳларда йўлланмаларни фақат Oromgohlar.uz электрон ахборот тизими орқали сотиш йўлга қўйилган.

❗️Энди ота-оналар исталган оромгоҳга онлайн усулда йўлланма харид қилиши мумкин.

@generalissimo_marshal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kimlarda kontraktdan grandga o’tish imkoniyati bor? Talabalarga yuboring.

@generalissimo_marshal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Тожикистондан контрабанда қилинган наркотик моддалар тўхтатиб қолинди

Давлат хавфсизлик хизматининг Чегара Қўшинлари ҳарбий хизматчилари томонидан Хизматнинг Тошкент вилояти бўйича бошқармаси ҳамда божхона идоралари билан ҳамкорликда ўтказилган тезкор тадбирда, 1986 й.т. Тожикистон Республикаси фуқароси “ўзбек-тожик” давлат чегарасини қонунга хилоф равишда бузиб ўтган вақтида тўхтатиб қолинди.

Унга тегишли сумка кўздан кечирилганда, 15 дона ўрамдаги жами 14 кг 584 гр “гашиш” моддаси борлиги аниқланиб, процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.
Шундан сўнг, ушбу ажал оғусини буюртма қилган шахсни аниқлаш юзасидан тезкор тадбир давом эттирилди. Натижада, Фарғона вилоятининг Тошлоқ туманида яшовчи, 1969 й.т. Бекобод туманида наркотик моддани қабул қилиб олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

Бошқа ҳолатда эса, Хизматнинг Фарғона вилояти бўйича бошқармаси ходимлари томонидан ички ишлар ҳамда божхона органлари билан ҳамкорликда ўтказилган тезкор тадбирда Тошкент вилоятининг Бекобод туманида яшовчи, 1992 й.т. шахс қўшни давлатдан контрабанда йўли билан олиб келинган 9 кг 467 гр “опий” моддасини сотган вақтида ашёвий далиллар билан қўлга олинди.

Терговга қадар текширув давомида, тожикистонлик наркокуръер томонидан Сурхондарё вилояти ҳудудидига контрабанда йўли билан етказиб берилган мазкур ажал оғусини Денов туманида яшовчи, 1994 й.т. фуқаро қабул қилиб олиб, Тошкент вилоятига олиб келганлиги аниқланди ва у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Қўқон шаҳрида қайд этилган ҳолатда, “Фарғона-Қўқон” йўналишида ҳаракатланаётган “Ласетти” русумли автомашина тўхтатилиб, холислар иштирокида кўздан кечирилди. Натижада унда йўловчи сифатида ҳаракатланаётган - Қўқон шаҳрида яшовчи, 1967 й.т. фуқаро ўзининг бел қисмига 1 кг 759 гр “гашиш” моддасини яшириб олганлиги аниқланди.

Фарғона шаҳрида кузатилган ҳолатда эса, “Фарғона-Тошлоқ” йўналиши бўйлаб ҳаракатланаётган, 1995 й.т. шахс бошқарувидаги “Запарожец” русумли автомашина тўхтатилиб, холислар иштирокида кўздан кечирилганда, унинг салон қисмида 995 гр “гашиш” моддаси борлиги аниқланди ва тегишли тартибда расмийлаштириб олинди.

Таъкидлаш лозимки, ўтказилган тезкор тадбирлар натижасида ашёвий далил сифатида олинган жами 26 кг 805 гр гиёҳвандлик воситалари Тожикистон Республикасидан контрабанда йўли билан олиб келинган.

Ҳозирда ушбу шахсларга нисбатан Жиноят Кодексининг тегишли моддалари билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

@generalissimo_marshal
🇺🇿 2025-ЙИЛ 30-ИЮНДАН РОССИЯГА КИРАЁТГАН ЧЕТ ЭЛ ФУҚАРОЛАРИ УЧУН QR-КОД ТАЛАБ ЭТИЛАДИ!

2025 йил 30-июндан бошлаб визасиз тартибда Россияга келаётган чет эл фуқаролари «Gosuslugi RuID» мобил иловаси орқали олдиндан рўйхатдан ўтиши ва *QR-код* олиши шарт бўлади.

QR-кодни чегарадан ўтишда тақдим этиш талаб этилади.

Рўйхатдан ўтиш учун:

* шахсий кабинет яратиш;
* фотосурат ва шахсий маълумотларни юклаш;
* Россияда бўлиш муддатини кўрсатиш керак.

Ариза сафардан камида 72 соат олдин берилиши лозим.

‼️ Агар келиш зарурати тўсатдан (масалан, оғир касаллик ёки яқин қариндош вафоти) пайдо бўлса, аризани 4 соат қолганда ҳам топшириш мумкин.

Қуйидагилар рўйхатдан ўтишдан озод қилинади:

* Беларусь фуқаролари;
* 6 ёшгача бўлган болалар;
* виза, вақтинчалик ёки доимий яшаш рухсатномасига эга шахслар.

6 ёшдан 18 ёшгача бўлган болалар учун аризани уларнинг ота-оналари ёки қонуний вакиллари топширади — уларда ҳам шахсий рўйхатдан ўтиш коди бўлиши
шарт.

@generalissimo_marshal
🇺🇿Тошкент вилояти прокуратураси биноси—Пентагонга ҳавас қилишган, шекилли...

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Сизнингча бу Қашқадарёнинг қайси ҳудуди деб ўйлайсиз?

Денгиздек жилоланаётган ва охирги нуқтаси осмонга туташиб кетган энергия манбаи.

Нишон тумани, Нурчи маҳалласи
ҳудудида 119 400 кв.м майдонда қурилаётган, қиймати 300 миллион доллар бўлган улкан лойиҳа билан янги энергетик қадам ташланмоқда!

Ушбу лойиҳа орқали йилига 500 МВт электр энергияси ишлаб чиқарилади.

Бу эса нафақат туман, балки бутун минтақанинг энергетик қудратини мустаҳкамлайди!

@generalissimo_marshal
2024 ОТМлар.pdf
206.9 KB
Давлат ОТМларининг 2024 йилдаги йиллик даромадлари ва харажатлари

Энг кўп даромад кўрган олий таълим муассасалари ичида биринчиликни Тошкент давлат иқтисодиёт университети эгаллади — 927 млрд 472 млн сўм.

Соф фойда бўйича эса энг юқори ўринда Жиззах давлат педагогика университети қайд этилди — 76 млрд 169 млн сўм.

@generalissimo_marshal