This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бизнинг муаммолар ҳокимларни қизиқтирмайди—уларга фарқи йўқ, деган қараш шаклланган❗️
Ҳоким муаммоларни билиш учун таксида юриши етарли. Барчасини айтиб беришади.
Ўринбосарлари ёки ходимлари эса муаммоларни яширади.
@generalissimo_marshal

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqqa yaqinlashish — murojaatlarni kamaytiradi! “Inson — jamiyat — davlat” tamoyili xalq roziligi uchun!
Bugun Shahrisabz shahridagi Bеruniy oromgohida viloyatning Shahrisabz shahri, Shahrisabz tumani, Kitob, Yakkabog‘, Chiroqchi va boshqa tumanlardan kelgan fuqarolar ishtirokida yirik sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Prezident maslahatchisining o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligida Respublika idoralari, viloyat boshqarmalari, sohaga aloqador mutasaddilar ishtirok etib, xalq bilan bevosita muloqotda bo‘ldilar.
Sayyor qabullarning ahamiyati nimada?
Odamlarning muammolarini bevosita eshitish va ularni joyida hal qilish orqali davlat idoralari va fuqarolar o‘rtasidagi masofa qisqaradi. Sayyor qabullar bu jarayonda muhim o‘rin tutadi, chunki mas’ul shaxslar xalq dardini eshitib, tezkor yechimlar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xulosa:
“Inson — jamiyat — davlat” tamoyili asosida tashkil etilgan bunday ochiq muloqotlar fuqarolarni qoniqtirish, ularning ishonchini oshirish, muammolarini hal etish yo‘lida muhim qadamdir. Xalq bilan yuzma-yuz muloqot qilish — davlatning asosiy vazifasi!

Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари прокуратура биноси олдида ўзини ёқиб юборгани рад этилди!
Ижтимоий тармоқларда тарқалаётган “Ҳоким ўринбосари ўзини ёқиб юборди” каби хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди.
Шуни расман маълум қиламизки, Яккабоғ тумани ҳокимининг инвестициялар ва ташқи савдо масалалари бўйича ўринбосари Масрур Бадалов томонидан ўзини ёқиш ёки шунга ўхшаш ҳолат туманда содир этилмаган.
Барча расмий маълумотлар фақат тегишли давлат органлари орқали эълон қилинади. Ижтимоий тармоқлардаги асоссиз ва текширилмаган хабарларга ишонмасликни сўраймиз, дейди туман ҳокимлиги ўз раддиясида.

Har bir qo‘ng‘iroq kuzatuv ostida: qonunsiz tinglov uchun javobgarlik belgilanmas ekan, daxlsizlik faqat so‘zda qoladi!
Erkinlik ko‘zga emas, quloqqa bog‘liq
O‘zbekistonda shaxsiy hayot daxlsizligi Konstitutsiyada kafolatlangan.
Lekin real hayotda — bu huquq faqat matnda yashaydi, amalda esa istalgan fuqaroning telefoni sudsiz, javobsiz, va izsiz tinglanishi mumkin.
Konstitutsiya bor.
JPK bor.
Sud qarorisiz tinglash amaliyoti ham bor.
Javobgarlik-chi? — Yo‘q.
Bu — sukutdagi kuzatuv tizimi. Va u bugun ishonchni, ertaga esa jamiyat erkinligini yemirmoqda.
Qonunchilikdagi ziddiyat: “daxlsizlik” bor, ammo istisnosi ko‘p
Rasmiy kafolat:
• Konstitutsiya, 27-modda: Har kim shaxsiy hayot daxlsizligiga ega.
Aslida:
• JPK, 169-modda (5-qism) tergovchi yoki surishtiruvchiga telefonni sud qarorisiz tinglash huquqini beradi.
• Sabab — “kechiktirib bo‘lmaydigan holat”.
Bu formulirovka — yuridik noaniqlik orqali tizimli erkinlikni cheklash vositasi.
"Kechiktirib bo‘lmaydigan" degani nima? Kim aniqlaydi? Qachon chegaradan o‘tiladi? — Hech narsa aniqlanmagan.
Amaliy muammo: sudsizlik, jazoga javobsizlik
Qonunchilikdagi kamchilik:
• Sudsiz tinglash qonunga ko‘ra “dalil bo‘la olmasligi” mumkin.
• Ammo o‘sha noqonuniy tinglashning o‘zi uchun jazoga tortish mexanizmi yo‘q.
Bu nimani anglatadi?
Qonunni buzgan xodim hech qanday javobgarlikka tortilmaydi. Fuqaro esa bu jarayondan bexabar, o‘z huquqini himoya qila olmaydi.
Shubhalanyapsizmi? Sizni tinglashgan bo‘lishi mumkin. Isbotlay olasizmi? Yo‘q.
O‘zbekiston qonunchiligida fuqaro o‘z telefonining noqonuniy tinglangani haqida:
• xabar olish
• ekspertiza o‘tkazish
• javobgarni sudga berish huquqiga amalda ega emas.
Xalqaro standartlar nima deydi?
AQSh — Wiretap Act:
• Faqat sud orderi bilan tinglash.
• Tergov natijasida javobgarlik bo‘lmasa — fuqaro bu haqida xabardor qilinadi.
Germaniya:
• Parlament komissiyasi har bir tinglash amaliyotini tekshiradi.
• Har bir maxfiy tadbir — mustaqil auditda.
Rossiya:
• Jinoyat kodeksida telefonni noqonuniy tinglaganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik mavjud.
O‘zbekistonda esa: sudsiz tinglash bor, lekin javobgarlik yo‘q.
Bu normativ tus olgan bepisandlikdir.
Strategik xavf: jamiyatda erkin fikr emas, qo‘rquv shakllanadi
Telefon suhbati — bu faqat aloqa vositasi emas. Bu — fuqarolik ongining shaxsiy zonasi. U buzilsa, odam erkin fikrlamaydi. U o‘zini himoyasiz sezadi. U sukutni tanlaydi.
Natijada:
• Erkin matbuot emas, kuzatilayotgan jurnalistika rivojlanadi.
• Faol jamiyat emas, ehtiyotkor va indamay yashovchilar jamiyati shakllanadi.
Tizimli islohotlar uchun takliflar
1. JPKdan sudsizlik asosida tinglashni oqlovchi normani chiqarish.
2. “Kechiktirib bo‘lmaydigan holat” tushunchasini aniq va qat’iy mezonlar bilan belgilash.
3. Tinglashni boshlash uchun qonunda 3–5 ta aniq asosni belgilash.
4. Jinoyat kodeksiga yangi modda kiritish:
“Sud ruxsatisiz yoki qonuniy asossiz telekommunikatsiya vositalarini tinglash” — 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishi kerak.
5. Parlament qoshida Mustaqil tinglash nazorati komissiyasi tashkil qilish.
– Har yili Oliy Majlisda yarim yillik tinglashlar bo‘yicha hisobot eshitilishi kerak.
6. “Keyinchalik xabardor qilish” mexanizmini joriy etish.
– Fuqaro tinglangan bo‘lsa, tergov natijasida jinoyat ishi ochilmagan bo‘lsa — u bu haqda rasman xabardor qilinishi kerak.
Xulosa: sukunatni emas, daxlsizlikni himoya qiladigan qonun kerak. Agar biz “ochiq jamiyat” deya faxrlanmoqchi bo‘lsak, fuqarolarning telefon suhbati daxlsizligini real kafolatlashimiz shart.
Daxlsizlik — siyosiy ixtiyor bilan ta’minlanadi, huquqiy iroda bilan kafolatlanadi.
Erkinlik — kimdir bergan huquq emas, talab qilinganda kafolatlanadigan qadriyat.
Huquqshunos Javonsher Rustamov

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Андижондаги сув тошқини жабрланувчиларига нақд пул берилмоқда!
" - Кўрилган зарарни кимдир қоплаб беришини ўйламагандик ҳам. Ишчи гуруҳ ҳолатни ўрганиб, баҳолаб беришди. Ҳозиргина нақд пул маблағларини санаб, топширишди. Ҳаммаси учун Президентимиздан миннатдормиз", деган Сарбонтепа МФЙ фуқароси.
@generalissimo_marshal
" - Кўрилган зарарни кимдир қоплаб беришини ўйламагандик ҳам. Ишчи гуруҳ ҳолатни ўрганиб, баҳолаб беришди. Ҳозиргина нақд пул маблағларини санаб, топширишди. Ҳаммаси учун Президентимиздан миннатдормиз", деган Сарбонтепа МФЙ фуқароси.
@generalissimo_marshal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бугунги тинч, озод ва эркин ҳаёт учун ўзининг азиз жонини ҳам аямасдан курашган фидойи инсонларнинг олдида доимо қарздормиз.
Ҳужжатларнинг далолат беришича, фашизмга қарши қонли жангларда ўша пайтда 6 миллион 800 минг нафарни ташкил этган аҳолимизнинг қарийб 2 миллион нафари иштирок этган. Шундан 540 мингга яқини ҳалок бўлган, 158 минг нафари бедарак йўқолган, 50 мингдан ортиғи концлагерларда мислсиз қийноқ ва азоблар туфайли ҳалок бўлган, 60 мингдан зиёди ногирон бўлиб қайтган.
Ўзбекистонлик аскар ва офицерлардан 214 мингга яқини жанговар орден ва медаллар билан мукофотлангани, 301 нафари Совет Иттифоқи Қаҳрамони деган юксак унвонга, 70 нафардан зиёди учала даражадаги “Слава” орденига сазовор бўлгани, ҳеч шубҳасиз, юртимиз вакиллари томонидан уруш майдонларида кўрсатилган жасорат ва матонатнинг юксак амалий эътирофидир.

7516034.pdf
1.4 MB
Минтақавий авиаташувларни ва ички туризмни янада такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида Ҳукумат қарори қабул қилинди.
Унгп кўра, Uzairwaysга берилган махсус тарифлар ва субсидиялар барча резидент компанияларга ҳам бериладиган бўлди.
@generalissimo_marshal
Унгп кўра, Uzairwaysга берилган махсус тарифлар ва субсидиялар барча резидент компанияларга ҳам бериладиган бўлди.
@generalissimo_marshal
7515938.pdf
706.2 KB
Мудофаа вазирлиги ҳарбий-тиббий муассасаларининг ҳарбий хизматчилари ва фуқаро ходимларини моддий қўллаб-қувватлаш бўйича Ҳукумат қарори қабул қилинди.
@generalissimo_marshal
@generalissimo_marshal
Жарима балли бериладиган қоидабузарликлар рўйхати ва уларга бериладиган баллар тасдиқланди.
Ҳайдовчиларга юборинг.
@generalissimo_marshal
Ҳайдовчиларга юборинг.
@generalissimo_marshal
7515959.pdf
1.3 MB
Йўл ҳаракати қоидабузарликларни жарима баллари асосида баҳолаш тизимини жорий этиш тўғрисида Ҳукумат қарори қабул қилинди.
Қарор 1 июндан кучга киради.
@generalissimo_marshal
Қарор 1 июндан кучга киради.
@generalissimo_marshal
7516547.pdf
3.3 MB
Энергия самарадорлигини оширишга қаратилган лойиҳаларни жадаллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида Ҳукумат қарори қабул қилинди.
Кўплаб давлат ташкилотлари энергия самарадорлигини ошириш нуқтаи назаридан реконструкция қилинади ёки мукаммал таъмирланади.
Давлат боғчалари гелиоколлекторлар билан жиҳозланади ва ҳоказо.