GENERALISSIMUS
91.1K subscribers
4.58K photos
1.5K videos
618 files
4.01K links
Haq olinur, berilmas!
©️ Mahmudxója Behbudiy

Aloqa uchun: @Fieldmarshal_uz
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Олий суд собиқ судьяси Абдумажид Ўралов “Суд фахрийси” кўкрак нишони билан тақдирланди❗️

Маълумот ўрнида: Абдумажид Ўралов ҳуқуқшунослик соҳасидаги меҳнат фаолиятини 1982 йилда Қашқадарё вилоят ички ишлар бошқармаси терговчиси лавозимидан бошлаб, Қарши шаҳар ички ишлар бўлими катта терговчиси, бўлинма бошлиғи ўринбосари, бўлим бошлиғи, вилоят ички ишлар бошқармаси КР ва ТҚК бўлими тергов бўлими бошлиғи, вилоят ички ишлар бошқармаси бўлим бошлиғи, бошқарма бошлиғи лавозимларида самарали меҳнат қилган. А.Ўралов фаолиятини 2004 йилда жиноят ишлари бўйича Касби туман судининг раиси лавозимида давом эттириб, 2009 йилда Ўзбекистон Республикаси Олий судининг судьяси лавозимига тайинланган. Шунингдек, Тошкент шаҳар “Адолат сари” адвокатлик фирмаси бошқарувчиси, Ўзбекистон Республикаси Президентининг Муборак ва Касби туманидаги Халқ қабулхонаси мудири лавозимларида фаолият юритган.

Юксак эътироф муносабати билан Қашқадарё вилоят суди раиси Абдуқаюм Маҳкамов ва вилоят суди масъуллари Абдумажид Ўралов хонадонига ташриф буюришиб, кўкрак нишони ва эсдалик совғаларини топширишди. Самимий ва дилдан суҳбат қурилиб, бугунги кундаги судлар фаолиятидаги кенг ислоҳотлар, суд фахрийларига кўрсатилаётган юксак ҳурмат ва эҳтиром хусусида суҳбатлашилди.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон фуқароларининг шахсий маълумотларини сақлаш масаласи мамлакатимиз ахборот хавфсизлиги учун жуда муҳим ҳисобланади. Соҳа мутахассислари “Шахсий маълумотлар тўғрисида”ги қонунни қайта кўриб чиқиш ва фуқаролар маълумотларини чет элда сақлашга рухсат беришга қатъий қарши чиқмоқда. Улар бу ҳолат юртимиз хавфсизлигига салбий таъсир кўрсатиши мумкинлигини таъкидламоқда. Аввалроқ Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев бу масала бўйича “ҳар томонлама ўйланган, ягона тўғри қарорни” қабул қилиш топшириғини берган эди. Давлат раҳбари бу — хато қилишга ҳаққи йўқ бўлган, жуда жиддий масала эканини алоҳида қайд этган.

Масъуллар энг оқилона қарорга келишларига ишонаман.

@generalissimo_marshal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Mustaqillik-25” konidagi 202-quduqda yuz bergan holat toʻgʻrisida

2025-yil 5-may kuni soat tonggi 6:10 da “Mustaqillik-25” konidagi 202-quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori boʻlgan gazning katta bosim bilan otilishi va natijada fontanlanish holatining qaytalanishi kuzatildi.

Tarkibida vodorod sulfidi yuqori boʻlgan gazning tarqalishini oldini olish maqsadida gaz oqimi nazorat ostida yoqib yuborildi. Ayni paytda barcha zarur tadbirlar xavfsizlik choralariga toʻliq rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda. Hodisa sodir boʻlgan hudud tegishli xizmatlar tomonidan oʻrab qoʻyilgan va hozirgi vaqtda ushbu hudud Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi hamda Ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston harbiylashtirilgan qismi mutaxassislari tomonidan doimiy nazorat qilinmoqda.

Yuzaga kelgan hodisa yaqin atrofdagi aholi punktlari uchun xavf tugʻdirmaydi.

Eslatib oʻtamiz, 2025-yil 27-mart kuni mazkur quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori boʻlgan gazning chiqishi qayd etilgandi. Ekologik xavfsizlikni taʼminlash maqsadida quduq nazorat ostida yoqib qoʻyilgan. 22-aprel kuni quduq oʻqining gʻovlanib tushgani va kolonna chiqib ketishi natijasida fontanlanish toʻxtagan, hodisa joyida gazning sust oqimi (grifon) kuzatilgan edi.

Avariyani bartaraf etish maqsadida hodisa joyida xorijdan jalb etilgan mutaxassislar ham faoliyat olib bormoqda.

Har bir holat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar berib boriladi.

Energetika vazirligi

@generalissimo_marshal
O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikromov (#)

@generalissimo_marshal
⚡️Жиноят ишлари бўйича Пахтакор туман суди томонидан оқланган Нуриддин Усмонов салкам 7 ой қамоқда сақланган бўлиб чиқди, тергов органи ва прокурор уни ўта оғир жиноят—ЖК 273-моддаси 5-қисми (Гиёвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп моддаларни кўп миқдорда қонунга хилоф равишда сотиш —ўн йилдан йигирма йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади) билан айблаб чиқарганди.

Шунча
вақт айбсиз қамоқда ўтириб, суд залидан озод этилган одам нималарни ҳис қилганини тасаввур қилаверинг.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
document.pdf
3.4 MB
Саноат, радиация ва ядро хавфсизлиги соҳасини такомиллаштиришга оид Ҳукумат қарори қабул қилинди.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩Bir vaqtning o'zida ikkita OTMda o‘qish imkoniyati bormi? Bu yuzasidan senator so‘rovi yuborildi

Sohada ayrim dolzarb masalalar bo‘yicha aholining murojaatlari soni ham ortib bormoqda. Xususan, fuqarolarning bir vaqtning o‘zida ikki oliy ta’lim muassasasida, masalan, davlat va nodavlat OTMda kunduzgi va masofaviy yoki kechki va sirtqi shakllarda tahsil olish imkoniyatlari cheklangani borasida murojaatlar ko‘paymoqda.

Ushbu masalalarga aniqlik kiritish va qonunchilikdagi mavjud to‘siqlarga izoh berish maqsadida Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Baxrom Abdullayev tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovga senator so‘rovi yuborildi.

So‘rovda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq fuqarolarga ta’lim olish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasida esa yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash, ularning intellektual rivojlanishiga sharoit yaratish asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

Biroq amaldagi tartibga ko‘ra, jumladan,Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan abituriyent faqat bitta OTMga asl hujjatini topshirishi mumkin. Shuningdek, HEMIS axborot tizimida bir marta ro‘yxatdan o‘tgan talaba boshqa OTMda qayta ro‘yxatdan o‘ta olmaydi. Bu holat esa yoshlarning o‘z ixtiyori va ehtiyojiga ko‘ra bir vaqtning o‘zida bir nechta ta’lim yo‘nalishida bilim olishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Senator so‘rovida shu kabi cheklovlar xorijiy davlatlarda, xususan, AQSh, Yevropa mamlakatlari, Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlarda mavjud emasligi, aksincha, talabalar bir vaqtning o‘zida bir nechta oliy ta’lim muassasasida tahsil olib, ikki va undan ortiq diplomga ega bo‘lish imkoniyatiga ega ekani ta’kidlangan.

Shu munosabat bilan senator Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziridan fuqarolarga bir vaqtning o‘zida davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining ikkitasida tahsil olish imkoniyati yuzasidan rasmiy tushuntirish berishni so‘radi.

Oxirgi paytlarda senatorlarimiz juda dolzarb masalalarni ko'tarayotgani meni quvontirmoqda.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Тошкентда хавфли рецидивист одамларни қарийб 20 млрд сўмга чув туширди

Тошкент шаҳридаги “Arkenstone” ва “Vesco Cottage” МЧЖлар раҳбари уй қуриб бериш алдови билан 161 нафар фуқародан 19 млрд 923 млн сўм йиғиб олгани маълум бўлди. У пулни АҚШ долларига айлантириб, 1,4 млн долларни Лондон шаҳрида рўйхатдан ўтган валюта биржасида ўзи ва онаси номига очилган ҳисобрақамларга ўтказиб юборган.

Батафсил

@generalissimo_marshal
Sirdaryo viloyatida yashovchi ayol 7 oylik farzandini Samarqand viloyatning Oqdaryo tumanidagi mahallaga tashlab ketdi

Ayolning o‘zi esa yashiringan. Bola tumandagi go‘daklar uchun bolalar uyiga joylashtirilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

@generalissimo_marshal
2 ойнинг бадали 4 млрд сўмми, ҳурматли Олий суд судьялари⁉️

Бир ой олдин адолатсиз қарор ҳақида танқид эълон қилган эдик, Олий суд бугун баёнот берди, бироқ, баёнотга бизнинг эътирозларимиз бор.

Хусусан, Голландиядаги MAN корхонаси — ишлаб чиқарувчи ўзи сотаётган юк машиналарини 2016 йил февралда ишлаб чиқарилган деб шартнома тузган, техпаспортида ҳам 2016 йил деб ёзилган машиналарни Ўзбекистондаги MAN корхонаси 2015 йил декабрда ишлаб чиқарилган деб маълумот берса, қай бири ишончли бўлади?

Албатта, ишлаб чиқарувчиники ишончли бўлади, сабаб уни ўзи ишлаб чиқарган, уни Ўзбекистондаги MAN корхонаси қаердан билади?

Бундан ташқари, суд эксперти ҳам 2016 йилда ишлаб чиқарилган деб хулоса берган.

Қуйи инстанциялардаги ўнлаб судьялар тадбиркор ҳақ деб божхона органи аризасини рад қилган бўлса, Олий суднинг 3 нафар судьяси 3 млрд. 712,5 млн. сўм божхона тўлови, 185 млн сўм давлат божи ундирилишини белгилаган.

Тадбиркорни давлатдан норози қилишдан мақсад не, ҳурматли божхона органи ва Олий суд судьялари?

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"BRB-Tech" - Biznesni rivojlantirish bankining raqamli transformatsiyadagi ishonchli IT kompaniyasi

Bank qoshida ochilgan kompaniya zamonaviy, qulay va innovatsion IT-mahsulotlarni yaratib kelmoqda.

"BRB-Tech" xizmatlaridan siz ham foydalaning va biznesingizni yuqori texnologiyalar yordamida yangi bosqichga olib chiqing!

Batafsil ma'lumot 👉 BRB-TECH / Reklama

@generalissimo_marshal
Shukurov Bekzod Аbduqayumovich va Narzullaev Olim Xayrullaevich O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Bekzod Shukurov avval hukumatning Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash masalalari shu’basi mudiri, Bosh vazir matbuot kotibi lavozimlarida ishlagan.

Olim Narzullaev avval Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori lavozimida ishlagan.

@generalissimo_marshal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ЙҲХХ «йўл қотиллари» ибораси биринчи марта ишлатилган янги видеосида «жамоатчиликда қоидабузарликка қарши биргаликда курашиш туйғуси шаклланмас экан, эртага сизнинг ҳам фарзандингиз уйга қайтмаслиги мумкин», деди. Идора хавфсизлик учун масъулиятни яна бир бор жамоатчиликка юклади.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM