GENERALISSIMUS
89.6K subscribers
4.48K photos
1.46K videos
607 files
3.95K links
Haq olinur, berilmas!
©️ Mahmudxója Behbudiy

Aloqa uchun: @Fieldmarshal_uz
Download Telegram
Бугун Олий суд Пленуми мажлиси бўлиб ўтди.

Йиғилишда Олий суд Пленумининг “Маъмурий судлар томонидан қонуний кучга кирган суд ҳужжатларини янги очилган ҳолатлар бўйича қайта кўришни тартибга солувчи қонун ҳужжатларини қўллаш тўғрисида”;

“Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленуми ва Ўзбекистон Республикаси Олий хўжалик суди Пленумининг айрим қарорларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги қарорлари қабул қилинди.

👉 Батафсил

@generalissimo_marshal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Божхона нормалари нега камайтирилди?" деб бонг урамиз!

Лекин, ўзимиз шу нормаларга риоя қилдикми?

Бирники мингга, мингники туманга!

Айрим юртдошларимиз шахсий эҳтиёж ниқоби остида тижорат товарларини олиб киришни ўзига касб қилиб олмаганида эҳтимол бугун нормалар ҳам қисқармаган бўлармиди?

Хуллас, айримларга ойна тутдик! Бировдан ўпкалашга ҳаққимиз йўқ, назаримизда.

Божхона қўмитаси матбуот котиби Ҳусан Тангриев

@generalissimo_marshal
O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi oshdi. Qaysi sohalarda oylik yuqori?

2025-yil 1-choragida o‘rtacha oylik nominal ish haqi 5,8 mln so‘mga yetdi (yillik o‘sish 18 foiz). Bunda bank, sug‘urta, lizing, kredit va moliyaviy vositachilik sohalarida o‘rtacha oyliklar eng yuqori — 15,8 mln so‘m.

@generalissimo_marshal
Бир килограм мол гўштининг нархи 110 минг, қўй гўштиники 130 минг сўмга чиқиши нормалми?

Иқтисодчилар не дейди?

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
525 mln so'm bilan taqdirlanadi‼️

“Yil oʻqituvchisi” tanlovi
qachon, qanday shartlar asosida oʻtkazilishi haqida juda koʻp murojaatlar kelardi. Biz hurmatli pedagoglarimiz, jamoatchilikdan takliflar ham soʻradik, har birini oʻrganib chiqdik.

Nihoyat, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori imzolandi.

Qarorga koʻra, “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.

“Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzodlar oʻzlari dars beradigan bitta fandan, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari esa boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida ishtirok etadi. Ishtirokchilar vazirlikning maxsus platformasi orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:

birinchi bosqichda — nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti boʻyicha nazariy bilimlari baholanadi;

ikkinchi bosqichda — nomzodlarning pedagogik mahorati baholash mezonlari asosida hakamlar hayʼati hamda pedagoglar tomonidan baholanadi. Bunda nomzod oʻtgan darsning videoyozuvi baholash uchun maxsus platformaga joylashtiriladi;

uchinchi bosqichda — nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati hamda kitobxonligi baholanadi.

Tanlov yakunlariga koʻra, har ikki yilda bir marta oktabr oyida gʻolib deb topilgan har bir nomzod reyestri Vazirlik tomonidan yuritiladigan hamda Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.

Ushbu sertifikat asosida gʻoliblar Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Pedagogik mahorat markazlari direktorlari oʻrtasida “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovida esa ishtirokchilarning 4 ta yoʻnalish boʻyicha faoliyati natijalari oʻrganiladi. Bular — hududda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha erishilgan natijalar, moliyaviy barqarorlikni taʼminlash boʻyicha erishilgan natijalar, zamonaviy uslubda taʼlim jarayonini tashkil etish boʻyicha erishilgan natijalar, Markazni tajribali kadrlar bilan taʼminlash va zamonaviy boshqaruv usullarining joriy qilinganligi.

Gʻoliblar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Umarova Xilola Uktamovna

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Senatning oltinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun maʼqullandi.

Qonunda undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini va undiruvchi yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqamini ijro hujjatida ko‘rsatish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, mazkur hujjatda qarzdor jismoniy shaxslarning banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qo‘yilgan pul mablag‘lariga undiruv qaratilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari miqdorini aniqlashda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yarmi miqdoridagi pul mablag‘lari hisobga olinib, ularga nisbatan undiruv qaratilmasligi mustahkamlanmoqda.

Shuningdek, davlat ijrochisining ijro harakatlarini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonun bilan Fuqarolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslariga hamda Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bilan bog‘liq qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 198/2-moddasida ayrim turdagi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun nazarda tutilgan jarimalar miqdorlari oshirilmoqda.

Senatorlar tomonidan ushbu Qonun fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda inson omilini kamaytirishga, majburiy ijro etish tizimini yana-da takomillashtirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

@generalissimo_marshal
Бугун Андижон вилояти ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов Осиё Баҳодирлар ўйинлари ва тош кўтариш федерациясининг президенти этиб сайланибди.

@generalissimo_marshal
📣 Bugun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O‘zbekiston Respublikasining “Intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblarini soddalashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

❗️Mazkur qonun loyihasi bilan intellektual mulk sohasiga oid 7 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasida quyidagi masalalar ko‘zda tutilgan:
🔹intellektual mulk obyektini ro‘yxatdan o‘tkazishda davlat bojini to‘lash uchun belgilangan 3 oylik muddat o‘tkazib yuborilganda, ushbu muddatni qo‘shimcha to‘lov evaziga (patent bojining 50 foizi) 6 oygacha uzaytirish;

🔹seleksiya yutuqlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda talab etiladigan ayrim hujjatlarni (seleksiya yutug‘idan foydalanmaganligi to‘g‘risida deklaratsiya, sinovdan o‘tkazish uchun materialni belgilangan muddatda ixtisoslashtirilgan tashkilotga taqdim etish majburiyati) bekor qilish;

🔹sanoat mulki obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarida talab qilinadigan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni bekor qilish;

🔹EHM uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan talabnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish muddatini 10 kun etib belgilash;

🔹intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi muhofaza hujjatlarini yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda elektron shaklda avtomatik tarzda berish;

🔹tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazish muddatini 7 oydan 1 oyga qisqartirish;

🔹intellektual mulk sohasiga oid ayrim qonun hujjatlaridagi ayrim tahririy jihatdan o‘zgartirishlar kiritish.

@generalissimo_marshal
Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, tadbirkorlarga qator imtiyozlar belgilanmoqda❗️

Senatning bugungi yalpi majlisida ham shu kabi imtiyozlarni o‘z ichiga olgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Jumladan, mazkur Qonun bilan Soliq kodeksiga parrandachilik sohasini rivojlantirish, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining faoliyatini yana-da qo‘llab-quvvatlashga hamda raqamli markirovkalash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Xususan, raqamli markirovkali mahsulotlarning chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini tadbirkorlik subyektlari uchun markirovkani o‘qish qurilmalarini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq bitta qurilma uchun bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirish huquqi 2027 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun beriladi.

Shuningdek, Qonun bilan 2030 yil 1 yanvarga qadar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini (ekin maydonlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etish belgilanmoqda.

Shu bilan birga pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imni hamda tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imni hisoblash va to‘lash tartibi aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bunda pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilmoqda.

Muhokamadan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mashina o‘g‘irlashda gumonlangan sudyaning vakolati tugatildi‼️

Shuningdek, o‘sha kuni sobiq sudya Rahmonovning yonida bo‘lgan ikki nafar sudyaga nisbatan ham xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Batafsil

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 36 mlrd soʻmdan ortiq soliq toʻlagan!

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 68 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025-yilning I choragida 36,2 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.

To’langan soliqlarning 94,5%i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi:

🔹Apple - 10,6 mlrd so'm;
🔹Meta - 10,5 mlrd so'm;
🔹Google - 8,9 mlrd so'm;
🔹OpenAI - 1,1 mlrd so'm;
🔹TikTok - 934,8 mln so'm;
🔹Вooking.соm - 542,7 mln so'm;
🔹Netflix - 467,6 mln so'm;
🔹Zoom - 432,6 mln so'm;
🔹Acca - 427 mln so'm;
🔹Xsolla - 235,6 mln so'm.

@generalissimo_marshal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Хизмат вазифасини бажариш чоғида вафот этган Қашқадарё вилояти Муборак тумани ИИБ профилактика инспектори майор Зокиржон Қурбоновнинг ёрқин хотирасига бағишланади.

Уни сўнгги манзилга кузатишда Ички ишлар вазири ўринбосари генерал майор Бекмурод Абдуллаев, Қашқадарё вилояти ИИБ бошлиғи полковник Абдувохид Исмоилов ва ҳамкасблари иштирок этди.

@generalissimo_marshal