Dubaydagi oʻzbek jinoiy toʻdalari o’rtasidagi pichoqvozlik ortidan O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin❗️
Dubay shahrida O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida yuzaga kelgan holat yuzasidan aniqlik kiritish maqsadida mamlakatimiz diplomatlari Dubay jinoyat qidiruv boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
BAA tomoni mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganini, 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani ikki davlat o‘rtasidagi vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.
Tashqi ishlar vazirligi mazkur holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
O‘zbekiston fuqarolarini xorijda yurtdoshlarimiz sha’niga dog‘ tushiruvchi harakatlardan tiyilishga chaqiramiz.
TIV matbuot kotibi
@generalissimo_marshal

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hubble teleskopi 35 yilligini nishonlamoqda
NASA shu munosabat bilan Mars, tumanliklar va galaktikalarning yangi suratlarini namoyish etdi.
@generalissimo_marshal
NASA shu munosabat bilan Mars, tumanliklar va galaktikalarning yangi suratlarini namoyish etdi.
@generalissimo_marshal
Oguljahon Gurbanguliyevna bilan birga Samarqandning diqqatga sazovor joylari — Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi va afsonaviy Registon maydonini ziyorat qildik. Ayniqsa, qadimiy hunarmandchilik an’analari asrab-avaylab kelinayotgan Konigil turizm qishlog‘i chuqur taassurot qoldirdi.
Samarqand nafaqat O‘zbekistonning durdonasi, balki butun mintaqaning muhim madaniy markazi bo‘lib, bu yerda Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi, san’ati va ma’naviy merosi o‘zaro uyg‘undir.
Aziz mehmonimiz bilan bu bebaho boylikni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish nihoyatda muhim ekanini ta’kidladik.
Saida Mirziyoyeva

СОК раиси ўринбосари Алишер Жалиловнинг синглисини ишга тиклашга оид суд ишига гўёки аралашгани ҳолати бўйича расмий баёнот берилди‼️
“Telegram” мессенжеридаги адвокат(лар) юритиши айтилаётган каналда фуқаро С. Жалилованинг даъвоси (ишга тиклаш) асосида юритилган суд ишига аралашувлар эҳтимоли борлиги айтилиб, унинг яқин қариндоши Судьялар олий кенгаши мансабдорларидан эканига очиқ ишоралар қилинмоқда.
Турган гап, бунақа гумонлар кўпчиликда шундай тасаввур уйғотади: судда даъвогар иззат-икром билан кутиб олиниб, аризаси дарҳол иш юритувга қабул қилинган, процесслар ҳам номига ўтказилиб, ўта қисқа фурсатда даъво ортиғи билан қаноатлантирилган ва суд қарори сиёҳи қуримай ижро этилган, чунки, унинг “орқасида” фалончиев турибди ва ҳоказо, ҳоказо...
Даъвогарнинг яқин қариндоши Кенгаш мутасаддиларидан экани рост, бироқ бу аралашувлар бўлганини англатмайди.
Чунки...
БАТАФСИЛ👈👈

Маълумки, божхонадан автомобилни сертификатсиз шартли декларация (НД-40) асосида олиб чиққандан сўнг 60 календар кун ичида сертификат билан тўлиқ декларацияни божхонага тақдим этишингиз шарт.
⚡️Бугунги кун, яъни 25 апрел куни ҳолатига Пискент автополигон 54 кунлик навбат юзага келган. Хусусан, ҳозир 18 июн учун навбат очиқ.
Агарда 60 кун ичида сертификат билан тўлиқ декларация (ИМ-40) тақдим этилмаса божхона идоралари БҲМнинг 3 баравари миқдорида (1,125 млн сўм) маъмурий жарима қўллайди (15 кун ичида тўланса - 562,5 минг сўм).
@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozir bitta unchalik ko'zga tushmaydigan holat mavjud. IIV YHXB bo'limlarida avtomashinalarni oldi-sotdi qilgandan so'ng qayta ro'yxatdan o'tkazishda majburiy ravishda yangi nomer olish talabi qo'yilgan. Oldinlari eski nomerni o'zini qoldirib faqat texpasportni yangilash imkoniyati mavjud edi. Shu narsa hozir iloji yo'q. Avtomashina egalari yangi nomer olish uchun qo'shimcha pul to'lashi lozim. Hozirda nomer ishlab chiqarish, xususiy sektorga o'tganligi uchunmi, shunaqa qoida paydo bo'ldi. SHu narsani oldingiday tartibga qaytarsa xalq uchun yaxshi ish bo'lardi.
@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat Dumasi deputati 30 yoshli bo‘ydoq erkaklar eng ishonchsiz xodimlar ekanligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday erkaklar tez-tez ishini o‘zgartirishga moyil - shuning uchun eng yaxshi bo‘sh ish o‘rinlarini bolali oilalarga berish kerak.
Hamkasblarga tashlab qo‘yamiz, shoshilishsin.
@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏛 ҲОКИМИЯТДА ИШЛАШ — НАФАҚАТ ЛАВОЗИМ, БАЛКИ САБР ВА САДОҚАТ СИНОВИДИР
🧭 Ҳар ким ҳокимиятни танқид қилган. Аммо кам инсон борки, у ерда ишлашга журъат қилган бўлса.
🕰 Ҳокимиятда ишлаш — бу 09:00–18:00 эмас.
Бу — ҳар лаҳза масъулият, ҳар қадам жавобгарлик. Кечаси телефон ўчмаслиги керак, ишдан кейин “дам” деган сўз бўлмаслиги мумкин.
⚖️ Бир қарор — минг одам тақдири.
Бир имзо — бутун ҳудуд учун оқибат.
🎯 Ишонч билан тайинланади. Танқид билан кутиб олинади. Аммо кўпинча жамоатчилик фақат хатоларни кўради. Қилинган минглаб яхши иш — бир хато билан йўққа чиқиши мумкин.
👥 Ижтимоий босим, юқори раҳбариятнинг талаблари, аҳолининг муаммоси, ваъда қилинган лойиҳалар... буларнинг барчаси ҳар куни елкага юк бўлиб тушади.
🤝 Давлат хизматчиси бўлиш — шараф. Лекин бу шарафни кўтариш — фақат ўз ишига садоқатли инсонлар қўлидан келади.
📌 Шунинг учун, танқиддан аввал тушуниш керак. Ҳокимиятда ишлаш осон эмас. Бу — юксак масъулият, сабр ва фидойилик мактаби.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Олий Мажлис Сенати раиси Танзила Нарбаева бошчилигидаги делегация Туркия Буюк Миллат Мажлиси раиси Нуман Куртулмушнинг таклифига биноан Анқарада бўлибди. Расмий ташрифда шунчаки расмиятгина эмас — аниқ масалалар муҳокама қилинган, келишувларга эришилган.
Парламентлараро ҳамкорлик — бу сиёсий дипломатиянинг бир бўлаги. Бу галги мулоқотларда аёллар ҳуқуқлари, таълим, ижтимоий ҳимоя, тадбиркорлик ва хизматлар сифатини яхшилаш каби ҳаётий мавзулар муҳокама марказида бўлди.
Ҳамкорлик баённомаси имзоланди. Энди маданият, таълим, спорт, ҳатто бизнес соҳаларида ҳам режалар амалий ҳаракатга ўтади.
Т. Нарбаева Туркия Оила ва ижтимоий хизматлар вазири билан ҳам учрашув ўтказди. Суҳбатда — аёллар тадбиркорлигини қўллаб-қувватлаш ва ижтимоий хизматлар сифатини ошириш масалалари муҳокама қилинди.
Бу ташриф — дипломатик одатгина эмас, балки амалий натижаларга қаратилган қадамлардан бири бўлди.
@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YTT
Yakka tartibdagi tadbirkor
Tadbirkorlik faoliyatini (yuridik shaxs tashkil etmagan holda) belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 31-modda
Ro'yxatdan o'tish:
1. Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat qilish;
2. new.birdarcha.uz sayti orqali masofadan turib ariza berish orqali.
Agar:
🚶🏻➡️shaxsan kelib ariza berilsa BHMning 1 baravari miqdorida (375 000 so‘m) davlat boji to‘lanadi;
🧑🏻💻Internet orqali ariza berilganda BHMning 0,9 baravarini tashkil etadi (337 500 soʻm).
YTTga ro'yxatdan o'tganida guvohnoma beriladi.
👉YTTlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati
Davlat ro'yxatidan o'tgan oydan keyingi oydan boshlab har oyda 15-sanadan kechiktirmay:
- qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i
- ijtimoiy soliq - BHMning 1 baravari (375 000 so'm) to'lanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari tumanlar va shaharlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, YTTlar uchun qat’iy soliq stavkalarining eng kam va yuqori stavkalari doirasida qat’iy soliq stavkalarining miqdorini belgilaydi.
👉Soliq kodeksining 383-moddasi
📌 YTTlarning qat’iy belgilangan soliq stavkalari
YTTning tovar (xizmat)lar realizatsiyasidan olingan daromadi kalendar yilida:
- 100 mln so‘mdan oshsa AOS to‘lashga,
- 1 mlrd so‘mdan oshsa QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
👉 Soliq kodeksi 385-modda
YTTlar 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega va yollanma xodim uchun soliq to‘laydi:
▫️yiliga bir marta 31 dekabrgacha BHMning 1 baravari ijtimoiy soliq – 375 000 so‘m;
▫️har oyda 15-sanadan kechiktirmay daromad solig‘i - 12%.
YTTlarga (daromadi 100 mln so'mdan oshmaydigan) yollanma ishchilari daromadlaridan 12% o‘rniga qat'iy soliq stavkasining yarmini to‘lash huquqi ham berildi.
👉Soliq kodeksining 385-moddasi