GENERALISSIMUS
88.5K subscribers
4.3K photos
1.41K videos
590 files
3.83K links
Haq olinur, berilmas!
©️ Mahmudxója Behbudiy

Aloqa uchun: @Fieldmarshal_uz
Download Telegram
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandda Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yayotganida “nega bu yerda o‘zbekcha va inglizcha yozuv boru, ruschasi yo‘q”, deb norozi bo'libdi.

Nega ruschasi bo‘lishi kerak? Odamning jahli chiqadiye — nima ishing bor seni yozuvlar qaysi tilda yozilib-yozilmagani bilan, a? Oshingni ye, hujjatingni to‘g‘rila-da, ket, tamom.

Muhrim

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Жиноятчилик даражасини паст қилиб кўрсатиш учун айрим маълумотларни ўчириш орқали статистикани сохталаштиришаётгани ҳақида Қозоғистон Бош прокуратураси ходими Президент Токаевга мурожаат қилибди.

@generalissimo_marshal
Доимий асосда фаолият кўрсатувчи Диний-маърифий соҳада таълим, фан ва илмий-тадқиқотга оид фаолиятни мувофиқлаштирувчи кенгаш раиси этиб Президент маслаҳатчиси, собиқ адлия вазири Русланбек Давлетов белгиланди.

Мувофиқлаштирувчи кенгаш томонидан Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси маркази, Имом Бухорий халқаро илмий-тадқиқот маркази, Имом Мотуридий халқаро илмий-тадқиқот маркази, Академия ва бошқа диний-маърифий муассасаларнинг таълим ва илмий-тадқиқотга оид фаолияти мувофиқлаштирилади.

@generalissimo_marshal
Дин ишлари бўйича қўмита ҳузуридаги Конфессиялар ишлари бўйича кенгаш аъзолари рўйхати тасдиқланди.

Рўйхатга Иегова шоҳидлари, баҳоийлар, Кришнани англаш, Голос Божий, баптистлар, Будда ва ҳоказо жамоалар вакиллари киритилган.

@generalissimo_marshal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘tmish va kelajak: Ichki ishlar xodimlarining xizmat avtomobillari

@generalissimo_marshal
Toshkent davlat yuridik universitetining eng nufuzli kafedrasi va yo'nalishi — Biznes huquqi kafedrasi mudiri Xursanov Rustam Xolmuratovich Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Xursanov Rustam 1975-yilda tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent davlat yuridik institutining bakalavriat, 2003-yilda esa magistratura bosqichini tamomlagan. Yuridik fanlar doktori, dotsent, 2-darajali adliya maslahatchisi hisoblanadi.

U mehnat faoliyatini 1992-yilda Surxondaryo viloyati 30-hunar-texnika bilim yurti g‘aznachisi lavozimidan boshlagan. 1994–2003-yillar davomida turli tashkilotlarda boshqaruv lavozimlarida, 2003-2010-yillarda Oʻzbektelekom aksiyadorlik kompaniyasida bosh yuristkonsult, 2010-2020-yillarda Raqamli texnologiyalar vazirligida yuridik boʻlim boshligʻi lavozimi, 2020-yil-2024-yillarda Fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Xursanov Rustam Xolmuratovich Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

@generalissimo_marshal
📌 #Tahlil | Garov huquqi islohoti: bank kuchlimi, qarzdor ojizmi?

2025-yil fevral oyida Qonunchilik palatasi, mart oyida Senat tomonidan tasdiqlangan yangi qonun — kreditor (asosan bank) manfaatlarini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi.

🧩 Bu qonun nima o‘zgartirdi?
Garovga qo‘yilgan mol-mulk ustidan bankning huquqlari ustuvor deb belgilandi;

Garovni sudsiz, ya’ni tezlashtirilgan tartibda realizatsiya qilish imkoniyati kengaydi;

“Garov to‘g‘risida” va “Ipoteka to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirish kiritildi;

Sud hujjatlarini ijro etish tartibida bank foydasiga soddalashtirishlar kiritildi.

🟩 Bu islohot kim uchun?
Banklar va kreditorlar uchun foydali:

Garov pullanadi — sudsiz, byurokratiyasiz;

Muammoli kreditlar tezroq undiriladi;

Aktivlar portfeli “tozalanadi”.

❗️ Qarzdor fuqarolar va tadbirkorlar uchun xavfli:

Ular sudsiz mol-mulkdan mahrum bo‘lishi mumkin;

Qarzdorning huquqiy himoyasi zaiflashadi;

Realizatsiya jarayonida noaniqliklar va bahsli holatlar yuzaga kelishi mumkin.

📊 Nechog‘lik asosli edi bu islohot?
Statistikaga ko‘ra:


2024-yilda banklarning kredit portfelidagi muammoli qarzlar ulushi 10,4% ga yetgan (Markaziy bank ma’lumoti).

Sud tizimi yuklamasi yuqori, ijro jarayoni sekin.

Yirik moliyaviy garovlarni realizatsiya qilish o‘rtacha 7-9 oy vaqt olgan.

👉 Demak, banklar uchun bu qonun – vaqt va xavfni kamaytiruvchi vosita

⚖️ Ammo muammo nimada?
- Qarzdorning mulki sudsiz tortib olinadi;
- Baholash va realizatsiya jarayoni yopiq bo‘lishi mumkin;
- Tadbirkorlar va aholining moliyaviy xavfsizligi pasayadi;
- Davlat bu bilan bank foydasini fuqarolik huquqlaridan ustun qo‘ygan bo‘lishi mumkin.

@generalissimo_marshal
💥Ҳокимият ходимлари қачон рўшнолик кўради ёхуд уларнинг ойлиги қачон ошади

20.12.2024 йилдаги ПФ-223-сон фармонда 2 ой ичида ИМВ лойиҳани киритиши керак эди.

Киритилдими? Қачон қабул қилинади?

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Na jamiyatga, na yurtga, na Andijonga foydasi tegadigan odamlar lavozimda o‘tiribdi”. Andijon viloyat hokimi investitsiya bo‘yicha mas’ullarni qattiq tanqid qildi.

“3-yil davomida nima qilding? Ishlash uchun to‘liq sharoitlar qilib berilgan bo‘lsa, xohlagan davlatiga borib kelsa, lekin natija... Axir yurtga, jamiyatga biror foydasi tegishi kerak-ku”,
degan Shuhrat Abdurahmonov.

Shularni o'ziz lavozimga qo'ygansizku deydigan odam yo'q.

@generalissimo_marshal
🎚Ҳокимият ойлиги кўтарилишини кутавериб чарчаган Халқ депутатлари Сирдарё вилояти кенгаши мана сенга деб вилоят ҳокимлиги, кенгаш котибияти ҳамда иқтисодиёт ва молия бошқармаси барча ходимлари ойлигига 2025 йил 1 апрелдан ҳар ой 200 фоиз устама белгилабди.

Мақсад корррупция ҳолатлари ва кадрлар қўнимсизлигини олдини олиш.

Депутатларнинг қарорини олқишлайман. Зеро, қорни оч, усти йиртиқ ходимда фидойиликка вақт бўлмайди.

Туман-шаҳар кенгашлари ҳам ўрнак олса бўларкан.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Senator sug‘urta sohasidagi huquqiy ziddiyatlar yuzasidan Hukumatga so‘rov bilan murojaat qildi‼️

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Qutbiddin Burxonov shu nuqtai nazardan qonunchilikda mavjud tafovut va qarama-qarshiliklar oqibatida fuqarolarda jiddiy muammolar yuzaga kelayotgani holati yuzasidan Hukumatga senator so‘rovi bilan murojaat qildi.

Mazkur senator so‘rovida taʼkidlanganidek, sug‘urta sohasidagi ayrim qonun va qonunosti hujjatlarining o‘zaro nomuvofiqligi tufayli fuqarolarning haqli talablari inkor etilmoqda. Xususan, transport vositasini haydovchi shaxslar sonini cheklanmagan deb ko‘rsatib sug‘urta qildirgan bir fuqaro yo‘l harakati hodisasiga uchraganidan so‘ng sug‘urta tovonidan mahrum bo‘lgan. Bunga sug‘urta kompaniyasi tomonidan transport vositasi egasining farzandi haqida sug‘urta polisida maʼlumot yo‘qligi bahona qilingan.

Biroq amaldagi qonunchilikda bunday holatda yaqin qarindoshlarni alohida ko‘rsatish talabi mavjud emas. Shu bilan birga, Prezident Farmoni bilan 2019-yildan buyon yaqin qarindoshlar o‘rtasida ishonchnomani notarial tasdiqlash talabi bekor qilingan.

Bunday ziddiyatli vaziyatlar ko‘plab fuqarolarning eʼtirozlariga sabab bo‘lmoqda. Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga 2023-yilda shunday mazmunda 100 dan ortiq murojaat kelib tushgani ham buning tasdig‘idir.

Senator so‘rovida Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarorida nazarda tutilgan qoidalarga tegishli o‘zgartirish va aniqlik kiritish orqali bu kabi muammolarni hal etish imkoniyati mavjudligi qayd etilgan.

Mazkur masala yuzasidan Hukumatdan o‘z munosabatini bayon etish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rilayotgan choralar va ularning natijalari haqida yozma shaklda asoslangan tushuntirish berish so‘ralmoqda.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛡Дам олиш куни шифокор ва ходимларни ноқонуний ишга жалб қилган диспансер раҳбарига чора кўрилди – Омбудсман

Олий Мажлиснинг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (Омбудсман)га Қўқон шаҳрида жойлашган Фарғона вилояти тери-таносил 2-сонли диспансери шифокорлари томонидан жамоавий мурожаат келиб тушди. Мурожаатда ходимлар иш вақтидан ташқари, дам олиш кунларида ҳужжатлаштирилмасдан ва ҳақ тўланмасдан ишга, навбатчиликка жалб қилинаётганини, шунингдек хизмат сафари харажатлари ўз вақтида қопланмаётганини билдиришган эди.

Мазкур мурожаат Омбудсманнинг Фарғона вилоятидаги минтақавий вакили иштирокида жойига чиқиб ўрганилди. Ўрганиш натижаларига кўра, диспансер раҳбарияти томонидан Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 189-моддасида белгиланган иш вақтидан ташқари ишни қонуний ташкил этиш талаблари қўпол равишда бузилгани, ходимлар оғзаки кўрсатмалар асосида расмийлаштирилмасдан ишга жалб қилиб келингани аниқланди.

📎батафсил

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarimizning zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va muhandislik ishlanmalari bilan ishlash qobiliyatlari meni quvontirmoqda‼️

Toshkent shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkazilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali 5 000 dan ortiq yoshni bir joyga jamladi.

Festival doirasida 11 ta musobaqa va 10 ga yaqin seminarlar bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar tomonidan yaratilgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va muhandislik ishlanmalari namoyish etildi.

Tadbir yosh muhandislarga tajriba almashish va yangi loyihalarni boshlash uchun mustahkam maydon bo‘ldi. G‘olib ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️АДОЛАТ ҚАРОР ТОПДИ !

Жиноят ишлари бўйича Термиз туман суди томонидан ЖКнинг 167, 209-моддалари билан айбланган 2 нафар шахс оқланди.

Видеода оқланган О. Умаров ва унинг ҳимоячиси Б. Пулатовнинг
сўзларини Сурхондарё вилояти суди тақдим қилди.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM