GENERALISSIMUS
92.5K subscribers
5.01K photos
1.65K videos
676 files
4.27K links
Haq olinur, berilmas!
©️ Mahmudxója Behbudiy

Aloqa uchun: @Fieldmarshal_uz
Download Telegram
Бизнес-омбудсман ва Савдо-саноат палатасининг ваколатлари кенгайтирилди—энди улар тадбиркорларнинг қонуний манфаатларини суриштирув, тергов ва судда ҳам ҳимоя қилади‼️

Сенатнинг еттинчи ялпи мажлисида “Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига солиқ ва тадбиркорлик соҳасидаги ҳуқуқий муносабатларни такомиллаштиришга қаратилган ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги Қонун кўриб чиқилди.

Мазкур Қонун билан Жиноят кодексига, Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга солиқ соҳасидаги ҳуқуқбузарликлар учун жавобгарликни кучайтириш, солиқларни ёки йиғимларни тўлашдан бўйин товлаганлик учун жавобгарликка сабаб бўладиган зарарнинг миқдорини ошириш, етказилган зарарнинг ўрни судга қадар босқичда ва суд муҳокамаcи давомида тўлиқ қопланган тақдирда жавобгарликдан озод қилиш, шунингдек, ваколатли органларнинг терговга қадар текширув ҳаракатларини амалга ошириш ҳамда маъмурий ҳуқуқбузарликларни кўриб чиқиш билан боғлиқ ваколатларини аниқлаштиришга қаратилган ўзгартириш ва қўшимчалар киритилмоқда.

Жиноят-процессуал кодексга тадбиркорлик субъектларига нисбатан қўзғатилган жиноят ишлари бўйича суриштирув, дастлабки тергов ёки суд жараёнида Бизнес-омбудсман ёки Савдо-саноат палатаси томонидан тайинланган вакил жамоат ҳимоячиси сифатида иштирок этишини белгиловчи қоидалар киритилмоқда.

Бундан ташқари, Фуқаролик кодексида ва Солиқ кодексида суд қарор чиқаргунига қадар тергов жараёнида қўшимча ҳисобланиб ундирилган солиқлар ва йиғимлар бўйича пеня ҳисобланмаслиги, жамоат эҳтиёжлари учун олиб қўйилган ер участкаси бўйича тўлаб берилган компенсация пуллари даромад солиғига тортилмаслиги каби ўзартиришлар ҳам назарда тутилмоқда.

Сенаторлар ўз чиқишларида таъкидлаганидек, мазкур Қонун солиқ соҳасидаги ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишга, солиқ тушумларининг барқарорлигини таъминлашга, тадбиркорликни ривожлантириш учун тенг рақобат шароитларини яратишга, тадбиркорларнинг қонуний манфаатларини ишончли ҳимоя қилиш кафолатларини кучайтиришга хизмат қилади.

Муҳокама якунида мазкур Қонун сенаторлар томонидан маъқулланди.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hayvonlarni identifikatsiya qilish jarayonlari tartibga solinmoqda❗️

Senat yalpi majlisida “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Hozirgi vaqtda hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlari to‘laqonli amalga oshirilmayotgani ularda xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash tadbirlarini o‘tkazish va epizootik barqarorlikni kafolatli saqlash imkoniyatini cheklamoqda.

Shuningdek, identifikatsiya jarayonlari raqamlashtirilmagani, maʼlumotlar bazasi markazlashtirilmagani natijasida hayvonlarning aniq hisobini yuritishdagi muammolar ham saqlanib qolmoqda.

Mazkur Qonunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish sohasidagi vakolatli organ etib belgilanmoqda.

Shuningdek, vakolatli davlat organi vakilining hamda hayvon egasining huquq va majburiyatlari aniq ko‘rsatib o‘tilmoqda. Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatishga doir umumiy talablar hamda muddatlar belgilanmoqda.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish, kuzatish va hisobdan chiqarish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish, elektron axborot tizimini muvofiqlashtirish va real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvini taʼminlash Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish markazining vakolati etib belgilanmoqda.

Senatorlar tomonidan taʼkidlanganidek, Qonunning qabul qilinishi natijasida hayvonlarning hisobi, ularning nasli va sog‘ligi to‘g‘risidagi yagona elektron bazasi shakllanadi, shuningdek, hayvonlarning saqlanishi va harakatlari (migratsiyasi) tartibga solinadi hamda doimiy monitoring qilish tizimi yaratiladi.

Bundan tashqari, hayvonlarning xavfli yuqumli kasalliklarga to‘liq profilaktik emlanishiga erishiladi. Natijada hayvonlarning turli yuqumli kasalliklarga chalinishi va nobud bo‘lishi oldi olinadi. Respublikada epizootik va epidemik barqarorlik taʼminlanadi.

Muhokama yakunida ushbu Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Senatorlar soliq va byudjetga oid qonunni takomillashtirish maqsadga muvofiq deb hisobladi❗️

Yalpi majlisda “Soliq va byudjet qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, mamlakatimizda soliq va byudjet qonunchiligini takomillashtirish, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini soddalashtirish va soliq maʼmuriyatchiligining yangi hamda samarali vositalarini joriy etish yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlariga soliq yukini kamaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Qonun bilan Byudjet kodeksiga navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va Byudjetnomani parlamentga kiritish muddati belgilanishini, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi axborot rasmiy veb-saytlarga, “Ochiq byudjet” axborot portaliga joylashtirilishini nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, Soliq kodeksiga byudjet tashkilotlariga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan soliq undirish tartibini, ijaraga beruvchi yoki ijaraga oluvchi tomonidan yer solig‘ini to‘lash tartibini, shuningdek, ayrim sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun soliq imtiyozlari berishni va boshqa masalalarni kiritish ham nazarda tutilgan.

Biroq mazkur Qonunda qayta ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan ayrim masalalar mavjudligi senatorlar tomonidan alohida taʼkidlab o‘tildi.

Jumladan, beg‘araz yordam doirasida kelgan tibbiy asbob-uskunalardan pulli xizmatlar ko‘rsatish masalasini qayta ko‘rib chiqish lozimligiga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, Davlat byudjetini parlament tomonidan qabul qilish va maʼqullashning qatʼiy muddatlarini belgilash ham zarurligi taʼkidlandi.

Muhokama mobaynida ayrim qonun normalarini so‘nggi qabul qilingan qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqish hamda takomiliga yetkazish zarurati borligi ham qayd etildi.

Shularni inobatga olib, Qonunni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida Senat qarori qabul qilindi.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛡 Bola qonun himoyasida!

🗓 2024-yil 6-martda qabul qilingan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, har qanday zo‘ravonlikdan jabrlangan bola – jabrlanuvchi hisoblanadi.

📌 Jabrlanuvchi bola quyidagi huquqlarga ega:
❗️ Har qanday zo‘ravonlikdan himoyalanish
❗️Yordam olish (huquqiy, psixologik, ijtimoiy)
❗️Xavfsiz muhitda yashash
❗️ Himoya orderi olish


📣Himoya orderi qanday beriladi?

1️⃣ Zo‘ravonlik haqida xabar tushishi bilan ichki ishlar organlari ishni nazoratga oladi
2️⃣ 24 soat ichida holat o‘rganiladi
3️⃣Fakt tasdiqlansa, bola va huquqbuzarga nisbatan choralar ko‘riladi
4️⃣Himoya orderi rasmiylashtiriladi (zarur hollarda zudlik bilan voqea joyida)

📣 Real holat:
2025-yil 22-may kuni Namanganda 7 yoshli bola alohida yashovchi otasi tomonidan doimiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgani aniqlanib, bolaga himoya orderi berildi.

🔴 Bola — kattalar kabi huquqlarga ega!
Zo‘ravonlikka qarshi jim bo‘lmaylik.


@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟O‘zbekiston hamda Rossiya Prezidentlarining Administratsiyalari o‘rtasida samarali hamkorlik o'rnatildi

Bugun Rossiya tomonining taklifiga binoan Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Anton Vayno bilan Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yuqori sur’atda rivojlanib borayotgan va aniq natijalar berayotgan O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Kelishuvlar ijrosini monitoring qilish bo‘yicha yaratilayotgan mexanizm davlatlarimiz rahbarlari tomonidan qo‘yilgan vazifalarni hal etish borasida Prezident Administratsiyalari o‘rtasida hamkorlikning samarali vositasiga aylanishiga ishonch bildirildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, innovatsion loyihalar va mintaqalararo aloqalar atroflicha muhokama qilindi.

Gumanitar sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va mehnat migratsiyasi masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha yaqindan muvofiqlashtirish va birgalikda ishlash muhimligi ta’kidlandi.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
17 NAFAR FIRIBGARGA HUKM O'QILDI—ular 1129 nafar fuqaromizni 29 mlrd so'mga uxlatgan.

@generalissimo_marshal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Afrosiyob” poyezdining manyovr lokomotividagi yong‘inga aniqlik kiritildi!

Ijtimoiy tarmoqlarda “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdida sodir bo‘lgan yong‘in aks etgan video faol tarqalmoqda.

Shu munosabat bilan, yong‘in faqat poyezdni tashish bo‘yicha yordamchi ishlarni bajaruvchi manyovr lokomotiviga ta’sir qilganini ma’lum qilamiz. “Afrosiyob” poyezdi yong‘inga uchramagan va ertaga jo‘nab ketadi.

Yonayotgan mashina ichida yo‘lovchilar borligi haqidagi iddaolar yolg‘on. Hodisa oddiy yo‘nalishdan tashqarida sodir bo‘lgan va o‘sha paytda poyezd yo‘lovchilarni olib ketmagan.

Voqea joyiga tezda yetib kelgan mutaxassislar yong‘inni muvaffaqiyatli o‘chirishdi.

“Afrosiyob” tezyurar elektr poyezdining barcha qatnovlari jadvalga o‘zgartirishlarsiz amalga oshiriladi.

@generalissimo_marshal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryoda 19 YOSHLI QIZ YIGITINI PICHOQLADI va 6 yilga qamaldi!

Vaholanki, Jinoyat kodeksi 97-moddasi ikkinchi qismi sanksiyasi 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutadi.

@generalissimo_marshal
Италия бош вазири Жоржа Мелони расмий ташриф билан Ўзбекистонга келди.

Самарқанд халқаро аэропортида олий мартабали меҳмонни Шавкат Мирзиёевнинг ўзи кутиб олди.

@generalissimo_marshal
O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklab qo‘yish asoslari belgilanmoqda❗️

Senatning 7-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessida majburlov choralari instituti takomillashtirilayotganligi munosabati bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi.

Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga hamda “Prokuratura to‘g‘risida”gi va “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunlarga bir qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Jumladan, Jinoyat-protsessual kodeksi yangi bob bilan to‘ldirilib, unda O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklab qo‘yish maqsadi va asoslari, O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklab qo‘yish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish, bunday iltimosnomani ko‘rib chiqish, sud ajrimi, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklab qo‘yish yoki cheklashni rad etish kabi normalar bayon etilgan.

Bundan tashqari, “Sudlar to‘g‘risida”gi hamda “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunlarga sudlar tomonidan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqida iltimosnomani ko‘rib chiqish, shuningdek, prokurorlar tomonidan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqida iltimosnomani ko‘rib chiqish va rozi bo‘lgan taqdirda sudlarga kiritishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

Senatorlar taʼkidlaganidek, mazkur Qonun fuqarolarning huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlashga, odil sudlovning sifatini yana-da oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yopiq sud maʼlumotlarini oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda‼️

Senatning yettinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Ochiq sud majlislarida barcha fuqarolarga hech qanday to‘siqlarsiz ishtirok etish imkoniyatlari taqdim etildi. Sud qarorlari hech kimdan sir tutilmasdan onlayn tarzda eʼlon qilinmoqda.

Konstitutsiyaning 31-moddasida har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega ekanligi mustahkamlandi. Shuningdek, shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish huquqiga egaligi Konstitutsiya darajasida eʼtirof etilgan.

Qayd etish lozimki, yopiq sud majlislarini o‘tkazishga oid ham qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ularni o‘tkazish tartibi va muddatlari aniq belgilandi.

Qonun huquqiy islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, unda Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeks va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga yopiq sud maʼlumotlarini oshkor qilmaslik bo‘yicha sud muhokamasi ishtirokchilariga tegishli majburiyat yuklash va buni buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.

Jumladan, Qonun bilan Jinoyat kodeksi 239-moddasining nomi surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud majlisi maʼlumotlarini oshkor qilish deb to‘ldirilib, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning yoki sudning ruxsatisiz surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud maʼlumotlarini oshkor qilmaslik to‘g‘risida majburiyat yuklatilgan shaxs tomonidan oshkor qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga yangi modda bilan, Fuqarolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslari, shuningdek, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning “Sud majlisi”ga oid moddalari yangi qism bilan to‘ldirilib, ishni yopiq sud majlisida ko‘rilganida sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik to‘g‘risida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinishi va tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 239-moddasiga binoan javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettirilishi mustahkamlab qo‘yilmoqda.

Senatorlar ushbu Qonunning hayotga tatbiq etilishi sud protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari yana-da kuchaytirilishiga, sud muhokamasi ishtirokchilarining shaxsiy hayoti haqidagi maʼlumotlar oshkor etilishining oldi olinishiga xizmat qilishini taʼkidladi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Президенти Матбуот котиби Шерзод Асадов Ўзбекистон делегациясининг Москвага ташрифи доирасида Россия Федерацияси Президенти Администрацияси Раҳбарининг ўринбосари - Президент Матбуот котиби Дмитрий Песков билан учрашибди.

@generalissimo_marshal
Energiya resurslarini oz miqdorda talon-toroj qilish hamda ichki ishlar organlari xodimining va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun jazo choralari kuchaytirilishi ma'qullandi‼️

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Xususan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga energiya resurslarini oz miqdorda talon-toroj qilish hamda ichki ishlar organlari xodimining va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga sotuvchilarni oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishga undaydigan normalarni belgilovchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

Qonun bilan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq sotuvchi shartnomada belgilangan muddatda tovarni isteʼmolchiga yetkazib bermagan taqdirda sotuvchi kechiktirilgan har bir vaqt birligi (shartnomada ko‘rsatilgan daqiqa, soat, kun) uchun majburiyatning bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida isteʼmolchiga penya to‘lashi, biroq bunda penyaning umumiy summasi topshirilmagan tovar bahosidan oshib ketmasligi kerakligi aniq belgilab qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga mamlakatimizda faqat yodlangan osh tuzi ishlab chiqarilishini, olib kirilishini va realizatsiya qilinishini, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda yodlangan tuzdan majburiy tarzda foydalanilishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining osh tuzini hamda oziq-ovqat mahsulotlarini yodlashga, yodlangan tuzning muomalasiga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini belgilash sohasidagi vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Muhokamadan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM