GENERALISSIMUS
92.5K subscribers
4.96K photos
1.63K videos
671 files
4.25K links
Haq olinur, berilmas!
©️ Mahmudxója Behbudiy

Aloqa uchun: @Fieldmarshal_uz
Download Telegram
7535648.pdf
4.1 MB
Ўта муҳим ҳужжат!

Бюджет ташкилотлари харажатларини молиялаштириш ва бюджетдан ташқари жамғармаларни шакллантириш тартибини янада такомиллаштириш тўғрисида Ҳукумат қарори қабул қилинди.

@generalissimo_marshal
7534275.pdf
9 MB
“Республикада соғлиқни сақлаш тизимини ва аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш тамойилларини такомиллаштириш орқали соҳани ислоҳ қилишни изчил давом эттириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-88-сон, 19.05.2025 й.)

@generalissimo_marshal
#TAYINLOV

Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi


Mamatqulov Abdulla Abdimo‘minovich Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ direktori vazifasida faoliyat yuritgan.

@generalissimo_marshal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Қорадори-2025» тадбири доирасида ИИВ Тезкор-қидирув департаменти томонидан катта миқдордаги гиёҳвандлик воситаларининг савдосига чек қўйилди.

@generalissimo_marshal
Termiz shahriga yangi hokim tayinlandi

To‘rayev O‘ktam Ismoilovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Termiz shahri hokimi lavozimidan ozod qilindi. Viloyat rahbari taklif etgan nomzod – Lolayev Sharofiddin Usanovich deputatlar tomonidan Termiz shahri hokimi etib tasdiqladi.

Sharofiddin Lolayev 1987-yilda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2015-yilda Termiz davlat universitetini bakalavr, 2021-yilda magistr darajasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, bosh inspektori, birinchi o‘rinbosari, shuningdek, Denov tumani va Termiz shahar hokimining o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

@generalissimo_marshal
Анвар Одилов, Uzinfocom UZSOC Киберхавфсизлик мониторинги хизмати департаменти бошлиғи:

Жадал ривожланаётган рақамлилашув шароитида миллий булутли инфратузилмани ривожлантириш устувор аҳамият касб этмоқда. Бу жараён аниқ ҳуқуқий меъёрлар ва мажбурий сертификатлаш билан таъминланиши лозим.

Ўзбекистонда бу йўналишда муҳим қадамлар ташланмоқда. Uzinfocom ўзининг маълумотларни қайта ишлаш маркази базасида давлат ташкилотларига хостинг ва булутли хизматлар тақдим этмоқда. IT Park эса маҳаллий ва халқаро провайдерлар ҳамкорлигида рақамли инфратузилмани ривожлантириш устида фаол иш олиб бормоқда.

Манба

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Жиноят ишлари бўйича Шеробод туман судининг 37 яшар судья ёрдамчиси ўз иш жойида бугун жон берибди.

Ҳа, дўстлар, судда ишлаш осон эмас, стрессга тўла, иш ҳажми катта, ойлик эса
….байрам, чораклик мукофот пуллари умуман йўқ.

Вақтида даволаниш ва соғликни тиклаш учун эса пул, росмана меҳнат таьтили керак.

Аллоҳ раҳмат қилсин!

@generalissimo_marshal
Хоразмда металломга топширилган снаряд портлаб кетди. Бир киши ҳалок бўлди

Ҳодиса Янгиариқ туманида содир бўлган. Ҳозирда бу иш билан ҳарбий прокуратура шуғулланаётгани, снарядларни темир йиғувчиларга сотган ҳарбий хизматчилар қамоққа олингани айтилмоқда.

Ўрганиш жараёнида шохобчадан яна 30 га яқин снаряд топилган.

Батафсил

@generalissimo_marshal
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi tegishli Farmoni bilan nufuzli xalqaro olimpiadalar, xalqaro olimpiadalar va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar gʻoliblari, ularning oʻqituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotlari miqdoriga oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra:

👉 nufuzli xalqaro olimpiadada:

🥇 1-oʻrin (oltin medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravari (hozirgi vaqtda 937 500 000 soʻm) miqdorida;

ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari (hozirgi vaqtda 168 750 000 soʻm) miqdorida;

terma jamoa rahbariga — bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 125 000 soʻm) miqdorida;

🥈 2-oʻrin (kumush medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 1 500 baravari (hozirgi vaqtda 562 500 000 soʻm) miqdorida;

ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari (hozirgi vaqtda 93 750 000 soʻm) miqdorida;

terma jamoa rahbariga — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari (hozirgi vaqtda 9 375 000 soʻm) miqdorida;

🥉 3-oʻrin (bronza medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravari (hozirgi vaqtda 375 000 000 soʻm) miqdorida;

ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari (hozirgi vaqtda 56 250 000 soʻm) miqdorida;

terma jamoa rahbariga — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari (hozirgi vaqtda 5 625 000 soʻm) miqdorida;

👉 xalqaro olimpiadada:

🥇 1-oʻrin (oltin medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari (hozirgi vaqtda 56 250 000 soʻm) miqdorida;

ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 750 000 soʻm) miqdorida;

🥈 2-oʻrin (kumush medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (hozirgi vaqtda 37 500 000 soʻm) miqdorida;

ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 125 000 soʻm) miqdorida;

🥉 3-oʻrin (bronza medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 750 000 soʻm) miqdorida;

ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (hozirgi vaqtda 11 250 000 soʻm) miqdorida;

👉 mintaqaviy xalqaro olimpiadada:

🥇1-oʻrin (oltin medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravari (hozirgi vaqtda 4 500 000 soʻm) miqdorida;

ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 750 000 soʻm) miqdorida;

🥈 2-oʻrin (kumush medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari (hozirgi vaqtda 3 000 000 soʻm) miqdorida;

ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 125 000 soʻm) miqdorida;

🥉 3-oʻrin (bronza medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari (hozirgi vaqtda 2 250 000 soʻm) miqdorida;

ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (hozirgi vaqtda 11 250 000 soʻm) miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

👉 Eslatma: tegishli qonunchilik hujjatlari bilan bazaviy hisoblash miqdorining oʻzgarishi natijasida mukofot pullarining miqdori oʻzgarishi mumkin.

@generalissimo_marshal
ФИБ Миробод туманлараро суди Тошкент давлат юридик университети ўқитувчилари фойдасига Абдураҳмон Ташановдан 50 миллион сўм маънавий зарар, давлат божи ва бошқа харажатларни ундириш ҳамда узр сўраб, раддия бериш мажбуриятини юклаш тўғрисида қарор чиқарибди.

@generalissimo_marshal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ҳар бир фарзанд — ота-онадан из қоладиган ҳаётий меросдир.

Фарзандга илм, одоб ва меҳр билан тарбия бериш — бу келажакка энг улуғ сармоядир.

Республика Маънавият ва маърифат маркази томонидан тайёрланган видеоролик айнан шу ҳақда — фарзанд тарбиясида ота-онанинг ўрни ҳақида. Кўринг ва бошқаларга ҳам улашинг!

#yangiruhiyat

@generalissimo_marshal
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Harbiylarimiz metallolomga snaryad sotishibdi, keyin u portlabdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqalmoqda

Mudofaa vazirligi shuni ma’lum qiladiki, ushbu snaryad vazirlik tasarrufida bo‘lmagan hududda mahalliy cho‘ponlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qazib olingan hamda metallolomga topshirilgan.

Shuni alohida takidlash kerakki, bunday holatlarda fuqarolar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan xabar qilishi shart.

Ushbu voqeaga harbiy xizmatchilarning hech qanday aloqasi yo‘q va jinoiy javobgarlikka tortilmaganini ma’lum qilamiz. Mazkur turdagi snaryad O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida mavjud emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu turdagi snaryad 1970-yillarda qo‘llanilgan.

Ayni vaqtda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Respublikamizdagi barcha elektron nashrlar va blogerlardan maʼlumotlarni notoʻgʻri talqin qilmasliklarini soʻraymiz.

Eslatib oʻtamiz, asoslanmagan yolgʻon xabar tarqatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida javobgarlik mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

@generalissimo_marshal
23 май куни Ўзсаноатқурилишбанк раҳбарияти Тошкент шаҳридаги тадбиркорлар ва аҳолининг молиявий эҳтиёжларини ўрганиш, очиқ мулоқот орқали муаммоларга ечим топиш мақсадида учрашувлар ўтказди.

Мазкур мулоқотлар давомида:
кичик бизнесни молиявий қўллаб-қувватлаш механизмлари,
экспортга йўналтирилган имтиёзлар,
соддалаштирилган кредитлар,
банк хизматларининг онлайн имкониятлари ҳақида батафсил маълумот берилди.

Тадбиркорларнинг кўплаб мурожаатлари жойида ҳал қилинди, қолганлари эса банк раҳбариятининг бевосита назоратига олинди.

Ўзсаноатқурилишбанк ҳудудларда фаол мулоқот ва реал амалий ёрдамни давом эттириши таъкидланди.

Reklama

@generalissimo_marshal
Пискентдаги автополигондан сертификат олишнинг «навбатсиз» йўллари ҳам борми?

Хориждан ўзингиз учун машина буюртма қилсангиз, ҳамма тўловларни тўлаганингиздан кейин ҳам уни бир неча ой ҳайдай олмайсиз. Чунки автомобилни Пискентдаги полигонда синовдан ўтказиш керак. У ерда эса бир неча ойлик навбат бор. Ҳуқуқ фаоли Хайрулла Қиличевнинг ёзишича, бу вазият коррупцияни юзага келтираётган бўлиши мумкин: 28 июнга навбати олинган автомобилга 20 май куни сертификат берилган.

Бу ҳолат бўйича хизмат текшируви ўтказилаётгани маьлум қилинди.

Ўзи нега барча тўловлари тўлаб олиб кирилган соз ва янги машинани номига текшириш учун ойлаб навбат кутиш ва бир дунё пул тўлаш керак?

Батафсил

@generalissimo_marshal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM