Lazy - Blog🦦
96 subscribers
261 photos
57 videos
6 files
116 links
Everyone can code...
Website: itsmaroof.uz
( jack of all, master of none ;)
Download Telegram
ChatGPT'ni sevadigan talaba bo'lsangiz siz uchun nohush habar 📰

22 yoshli Universitet talabasi va dasturchi Edward Tian essaylarni(uyga vaziafalar) ChatGPT orqali bajarishni oldini olish maqsadida GPTZero nomli loyiha boshlagan. Gptzero.me sayti orqali essayni inson yozganmi uoki Sun'iy Intellekt, osongina bilib olsangiz bo'ladi.

Loyihaning asosiy shiori ham quyidagicha:
Humans Deserve the Truth | Insonlar haqiqatga loyiqdir

P.S yetib keldik)

@geeklify
😁5🤯31🤨1
Hozir Kompyuter doʻkonida edim, dasturlashni oʻrganishni endi boshlagan yoshroq bolalar kirishdi, 300$ atrofidagi noutbuklar yoqmadi shekilli, 700$ligiga qiziqishdi, olishni reja qilishyapti.

Ota onasidan pul oladigan odam ularni oʻylashi shart, bizni sharoitda 700$ kichik summa emas.

Oʻrganishga esa 200$liklari ham norm, bemalol turib beroladi.
Man 2yil avval 150$ga olgan PC ishlataman, hozir ham Reactda dastur yozishga yarab beradi, ozgina qotishi bor xolos.

Dasturlashni oʻrganish uchun kompyuter tanlashda atrofingizdagilarni yoki reklamalardagi laptoplarga qiziqmang.
Eng uzogʻi 1 haftada zerikasiz.
Ota-onangizni oʻylang. Boʻlmasa oʻzingiz ishlab topib oling.
👍122
#arxiv

Metroda o‘spirin yigit ketyapti. Qulog‘ida naushnik taqib olgan, qo‘lida esa kubik-rubik. Tinmay aylantirib yotibdi. Uchtalik ekan, buzadi, tuzadi. Bir-ikki minutda hammasi.

Sal o‘tmay yigitning yonida o‘tirgan istarali qiz uni gapga tuta boshladi. Ko‘zlaridan yigitdan hayratlanayotgani bilinib turardi. Xullas, gap gapga ulanib, ular telefon raqamlarini almashishdi. Apoq-chapoq bo‘lib ketishdi.

Qizlarni o‘rashda omadi yurmaydiganlar balki kubik-rubik yig‘ishni o‘rganishar. 😐
#darsda

o'quvchilarimdan biri:
- O'zbeklar video dars ololmaydi "parot" bo'p qoladi.

Man:
-🧐Nimaga unaqa deyapsan??

Shogirt:
- Shu video olayotganida uyidagilaridan kimdir uni chaqirib qoladi.

keyin man butun dars mobaynida:
- 🤣🤣🤣🤣🤣
🤣61
😴4🥰3👍2
Forwarded from .
Мусофир қушлар ин қурмайди..

@MubashshirAhmad
😢62
Then don’t worry! :)

@trolluz
🤯61😁1
_ O'zi footballga qiziqmayman lekin bugun bolalar yirtishdi🔥
🕊5🦄4👍3💯21🍌1
🥲🥲
😢31
8
Ақсо таровиҳида калтакланаётган муслималар!

Қоралаш ва лаънатлашдан нарига ўтолмаётган дунё мусулмонлари!

Жаҳон сиёсатида зарра қадри бўлмаган ва бир биродарига зулмни тўхтатишга кучи етмайдиган лидерлар!

Кўп нарсалар ёзишим мумкин эди. Аммо бу ёзиб йиғлаш ва йиғлатишдан нарига ўтолмайдиган мен. Кўпик умматнинг бири.

Бу ҳозирги дунё ва аҳлининг манзаралари.

@MubashshirAhmad
4😢3👍2
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
Och bo'ling!

Ilmga och bo'ling
Tajribaga och bo'ling
Sarguzashtga och bo'ling

To'q insondan yaroqsizrog'i yo'q
🔥61🤝1
_​​Har kuni ertalab uyqudan uyg'onip....
man:
👌5😢21😁1🤝1
_HAS NOT BEEN SELECTED 👀
2
👨🏻‍🎓👩🏼‍🎓 Сегодня, 13 мая, отмечают Международный день студентов.
_Yana nishonlash nasib qilsin🤧
2
⚠️Diqqat

Bu post barchamiz bilishimiz kerak bo'lgan tobora xavfli qurolga aylanib borayotgan loyiha haqida bo'ladi.

Deepfake texnologiyasining yuksalishi bilan tasvir va videolarni reallikdan deyarli farqlanmaydigan usullarda manipulyatsiya qilish har qachongidan ham osonlashdi. Bu bizning maxfiyligimiz, xavfsizligimiz va shaxsiy obro'-e'tiborimizga jiddiy ta'sir ko'rsatadi.
Xususan, men qizlar va ayollarni ogohlikka chaqirmoqchiman. Hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarda fotolar yuklash kundalik hayotning odatiy qismiga aylangan. Shuni bilishimiz kerakki, bu fotolarni keyinchalik xohlagan ko'yga solish, osonlikcha o'zgartirish va bizga qarshi ishlatish mumkin.
Ayrim shaxslarning suratlaridan foydalangan holda, ko'pincha ularni sharmanda qilish yoki obro'sini to'kish maqsadida soxta videolar yaratilgan holatlar ko'payib ketgan. Masalan, p.rnografik tasvirlar yoki videolarga yuzlarini qo'yish. Buning oqibatlari haqiqatan ham dahshatli, odamlar sharmandalikdan hatto o'zini o'ldirishgacha borishi mumkin. Agar siz hech qachon nomaqbul xatti-harakatlar qilmagan bo'lsangiz ham, soxta video orqali sizni yuzingizni tasvirlab berishlari mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarga bo'lar-bo'lmas rasmlarni yuklashni to'xtatishimiz kerak, agar menga baribir, rasm yuklayveraman desangiz ba'zi xavflardan xabardor bo'lishingiz va o'zingizni himoya qilish uchun choralar ko'rishingiz kerak. Mana bir nechta maslahatlar:
• Har qanday fotosuratlarni Internetga joylashtirishdan oldin ikki marta o'ylab ko'ring. O'zingizdan so'rang: "Bu fotoni menga yoqmagan tarzda qayta ishlatishlariga rozi bo'larmidim?"
• Fotosuratlarni kim bilan bo'lishayotganingizga e'tibor bering. Rasmlarni faqat o'zingiz ishonadigan odamlar bilan baham ko'rganingizga ishonch hosil qiling.
• Suratlaringizni kim ko‘rishini nazorat qilish uchun ijtimoiy media akkauntlaringizdagi maxfiylik sozlamalaridan foydalanishni o‘ylab ko‘ring.
• Tasviringizdan foydalanadigan deepfake videodan xabardor bo'lsangiz, darhol chora ko'ring. Bu haqda tegishli organlarga xabar bering va agar kerak bo'lsa, yuridik maslahat so'rang.

Xulosa qilib aytganda, biz fotosuratlarni Internetda baham ko'rishdagi xavflardan xabardor bo'lishimiz kerak, ayniqsa deepfake rivojlangan davrda. Opalar-singillar, rasmlaringizni tarqatishda, yoki ijtimoiy tarmoqlarga yuklashda ehtiyot bo'ling, iloji bo'lsa umuman yuzingiz tushirilgan rasmni yuklamang.

Bu shunchaki shaxsiy fikrlarim va maslahatlarim, xohishingiz o'z qo'lingizda.

@mabrur_dev
🔥4👍31😢1