Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
16.8K subscribers
35.4K photos
797 videos
4 files
33.2K links
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/

Tahririyat:
@GazetauzMuloqotBot
+998 78-333-10-15

Reklama:
@Afisha_Media_Regina
+998 99 444 35 39

Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16

Kiril alifbosidagi kanal:
@gazetauz_uzb
Download Telegram
Meva-sabzavotga ixtisoslashgan barcha 55 ta tumanda eksportchilar va qayta ishlash korxonalari ishtirokida kooperatsiyalar tashkil etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/17/cooperation/
Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi qisqarishda davom etmoqda, biroq avvalgiga qaraganda ancha sekin. Jahon banki aholining zaif qatlamlari uchun ish o‘rinlarini ochish, ichki migratsiyadagi huquqiy cheklovlarni olib tashlash va arzon uy-joy bilan ta’minlashni tavsiya qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/17/poverty/
«Biz yerimizga, sarflanayotgan xarajatga nisbatan kam hosil olyapmiz», — dedi Surxondayorning Angor tumanidagi paxta dalasiga tashrif buyurgan prezident. U agrosektordagi ilmiy yutuqlardan foydalanish muhimligini qayd etib o‘tdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/17/cotton/
Ufada voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qizni ikki yil davomida zo‘rlab kelganlikda gumonlanayotgan 44 yoshli Tojikiston fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/17/ufa/
IIV matbuot xizmati rahbari Shoxruh G‘iyosov Toshkentda propiska tartibining soddalashtirilishi ichki ishlar organlariga o‘z faoliyatini samarali bajarishlariga imkon berishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/17/propiska/
Dunyoda insoniyat iste’moliga yaroqli 6000 dan ortik o‘simlik turi bo‘lsa, yetishtirilayotgan o‘simliklarning atigi 9 turi umumiy ekinlarning 66 foizini tashkil qiladi. Toshkentda birinchi bor Butunjahon oziq-ovqat kuni nishonlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/18/wfd/
O‘zbekistonga kelayotgan investorlarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zLiDeP Investitsiya kodeksini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/18/invest-kodeks/
Quyi tizimda ularni bajaradigan saviyali rahbar kam. Hokim tayyorlash maktabini yaratdikmi degan savolga ijobiy javob yo‘q. Soha va tarmoqlarning hududiy rahbarlari «qotib qolgan», — dedi prezident.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/18/heads/
Surxondaryoda yiliga 1,1 mln tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega 144 mln dollarlik sement zavodi ishga tushirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/18/cement/
YHXB avtomobillarning orqa yon oynalariga parda ilganlik uchun jarimaga tortish huquqiga ega ekanini himoya qilmoqda. IIV matbuot kotibi esa fuqarolarni noqulay holatga solib qo‘yadigan bunday harakatlar bilan hurmatga erishib bo‘lmasligini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/18/restrictions/
Toshkentning Shayxontohur tumanida Lacetti haydovchisi YPX inspektorini urib yubordi. Jabrlangan xodim shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/18/road-accident/
Prezident yadro energetikasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha strategiyani tasdiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/18/personell/
Ispaniyaning Toledo shahrida o‘zbekistonlik fotorassom Xusniddin Atoning ko‘rgazmasi ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/18/toledo/
«Qoraqalpoq Don mahsulotlari» mansabdor shaxslari 6,1 ming qop unni 87,5 ming so‘m o‘rniga 110 mingdan sotgani aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/18/un/
Yakkabog‘ tuman hokimining sobiq o‘rinbosari Mansur Tuymayev va uning ustiga benzin sepib yoqib yuborgan tadbirkor Bahriddin Isamov ustidan ochiq sud jarayoni yakuniga yetdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/18/yakkabog/
Khan Academy Oʻzbek — o‘zbek tilidagi birinchi ommaviy bepul onlayn platformasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/19/khan-academy/
Musulmonlar idorasida bezorilik qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingan blogerlar Rustam Karim va To‘lqin Astanov sudi yakunlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/19/bloggers/
100 dollargacha bo‘lgan xorijiy valyutani pasport taqdim etmasdan sotib olishga ruxsat berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/19/valyuta/
Navoiyda Nexia avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi natijasida ikki kishi vafot etdi, bir kishi jarohatlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/19/hodisa/
Karate bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasida hakami, sport klubi va milliy federatsiya murabbiylari o‘rtasida ommaviy janjal sodir bo‘ldi. Har uchchalasi ham muayyan muddatga vazifasidan chetlashtirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/20/karate/
Byudjet tashkilotlarida homiladorlik va tug‘uruq bo‘yicha asossiz to‘lovlar sababli 3,1 mlrd so‘m noqonuniy sarflab yuborilgan. Erkaklarga ham nafaqa to‘langan holatlar aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/20/maternity-allowance/