O'zbekiston Gastronomik Turizmi Assotsiatsiyasi
242 subscribers
247 photos
33 videos
1 file
220 links
Ma'lumot olish, hamkorlik va fikr-mulohazalaringizni bildirish uchun,
@gastrotourismbot bilan bog'lanishingiz mumkin
Download Telegram
to view and join the conversation
Qadimiy "Siqman" taomi va uning tayyorlanishi haqida 👉Gastrotourism.uz saytida õqing.

🌐 Facebook | Instagram
​​​​"Evos Uzbekistan" keng tarmoqli boshqaruv va ish tashkil qilish tizimiga ega milliy fast-food sifatida nafaqat mahalliy iste'molchilar, balki xorijiy sayyohlar e'tiboriga ham tushgan o'zbek fast-food brendi hisoblanadi. 2019-2020-yillarda gastronomik sohada ilmiy tadqiqot olib borish jarayonida, yurtimizdagi yuzlab restoranlar taomnomalarini tahlilga tortganman. Jumladan, fast-food bo'yicha eng yirik (deyarli har bir viloyatda fillialga ega) brend izlaganimda, aynan "Evos"ning qamrovi eng katta ekanligiga guvoh bo'lganman. Har bir viloyat filliali uchun tuzilgan taomnomani telegram kanalidan yuklab olib, tahlil qilish jarayonida "Evos", nafaqat, marketingni yaxshi yo'lga qo'yganligi, balki, hududlar iqlimi, sharoiti, viloyat kishilarining ovqatlanish ratsionini ham puxta o'rganib shu asosida umumiy menyuga viloyatlar kesimida o'zgartirishlar kiritganligiga guvoh bo'ldim. Biroq, taomnoma matni va dizaynida ba'zi bir kamchililar ham mavjud edi. Olgan tahlil natijalarim va ilmiy xulosalarimni to'g'ridan-to'g'ri kompaniya raisiga yubordim. Dastlab, yirik ko'p tarmoqli kompaniya rahbariyati yoki yozganlarimni hazm qilolmay bepisand, qo'pol muomalada bo'ladi, yoki menyu injiniringi bo'yicha qilingan O'zbekistondagi ilk doktorlik ishiga pessimistik qarab e'tibor ham bermaydi, degan taxminda edim. Biroq, rahbariyat ilmiy ishga obyekt sifatida aynan "Evos"ni tanlaganligim uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Liderning kamtarligi, muomala madaniyatidan, kompaniyaning erishgan muvaffaqqiyati kaliti qayerda ekanligini angladim. "Evos"ning markaziy ofisida, rahbariyat va marketing bo'limi xodimlari bilan birgalikda tadqiqotim muhokamasi o'tkazildi. Ko'rsatilgan kamchiliklar obyektiv qabul qilinib, o'sha paytlarda yangi taomnoma dizaynini yaratayotgan marketologlar tomonidan e'tiborga olinadigan bo'ldi. Men tajribamda o'z ustida ishlaydigan, tanqidlarni sog'lom qabul qiladigan, jamoalarni kam ko'rganman. Xususan, tadqiqotim obyekti bo'lgan nufuzli restoranlarga xulosalarimni yuborganimda muammoning mohiyati va ko'lamiga e'tibor qaratmasdan xato qilishda davom etib kelayotganlari talaygina. "Evos" o'z brendini rivojlantrish ustida tinimsiz ish olib boradi. Hatto, xorij tajribasini o'rganish uchun xodimlari malaka oshirishini ham tashkil etarkan. Kompaniya ishlari va strategiyasi bilan yaqindan tanishdim. Taom tayyorlash uchun yetkazib beriladigan yarim tayyor mahsulotlarga kelsak, barcha hududga bir xil sinxron taqsimot prisipi asosida oziq-ovqat xavfsizligiga rioya qilib, go'shtni markazlashgan holda 'dostavka' qilishlarini bilaman. Buni ham viloyatlar misolida o'rganganman. O'zini hurmat qiladigan tashkilot, tabiiyki, mahsulotni sertifikatga ega ishlab chiqaruvchidan sotib oladi. Men kompaniya boti operatorining uquvsizligi oqibatida yuzaga kelgan holatni katta bir ilmiy ishdagi texnik xatolikka o'xshatdim. Ya'ni, bu kamchilik ishning sifati va salmog'iga zarracha ta'sir etmaydi. Lekin aniq bilamanki, bu holat ham xodimlar o'z ustida ishlashini yanada yangi darajaga olib chiqadi. Chunki, "Evos" tanqidlardan ijobiy xulosa chiqaradigan, zamonaviy sog'lom fikrli kishilar jamoasi. Men "Evos"ning ishiga muvaffaqqiyatlar tilayman! Iste'molchi sifatida uning mahsulotlarini sotib olishda davom etaman va xorijlik sayyohlarga ham tavsiya etaman!

Gulnoza Odilova, filologiya fanlari doktori, O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi raisi.
O'zbekcha "Tandir kabob" va hindcha "Tandoori chicken": o'xshash va farqli jihatlar.

Ular haqida batafsil
👉 Gastrotourism.uz saytida o'qing.

🌐 Facebook | Instagram
​​17-avgust kuni Bo'stonliq tuman hokimiyati, Toshkent viloyati Turizm departamenti, O'zbekiston Otelyerlar assotsiatsiyasi, shuningdek, O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi va bir qator soha mutaxassislardan iborat ishchi guruh Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanidagi "Layner", "Charos", Heaven's garden", "Panoramic SPA hotel" va bugun ochilish marosimi bo'lib o'tgan "Royal garden" mehmonxonalariga tashrif buyurdilar.

Tashrifdan asosiy maqsad mehmonxonalarda xizmat ko'rsatish sifati, tamaddixonalar oshxonasi va menyusining xalqaro standartlarga javob berishi, ishchi xodimlarning malakasi va shu kabi jihatlarni o'rganish hamda soha rivoji bo'yicha fikr-mulohaza almashishdan iborat bo'ldi. Shu bilan birga O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi tomonidan mehmonxonalarda "O'zbek nonushtasi"ni joriy qilish masalasi ilgari surildi.

Mazkur ishchi guruh yana 2 kun davomida Bo'stonliq tumanidagi mehmonxona va oilaviy dam olish maskanlari faoliyatini yaqindan o'rganadi. 20-avgust kuni yakuniy yig'ilish o'tkaziladi. Unda o'rganish va tahlildan kelib chiqib yakuniy xulosalar, taklif va tavsiyalar beriladi. Shuningdek, mehmonxona va restoranlarga xalqaro "Halal" sertifikatini olish tartibi bo'yicha taqdimot o'tkazilib, restorator va mehmonxona egalariga batafsil ma'lumot beriladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiyasi O'zbekiston Oshpazlar uyushmasi bilan o'zaro hamkorlikda xalqaro "Halal" sertifikatini qo'lga kiritish tizimini joriy etdi.
Xabaringiz bor, bugun prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqotni O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida 500 ga yaqin tadbirkor, viloyatlardagi studiyalarda esa jami 2000 ga yaqin ishbilarmonlar kuzatdi va ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari muloqot davomida bir necha muhim masalalarga to‘xtalib o‘tib, xususan, gastronomiya va turizm bo'yicha qimmatli fikrlarni bildirdi.

Bu haqida batafsil 👉 gastrotourism.uz saytida o'qing.

🌐 Facebook | Instagram
Restoraningiz yoki Siz faoliyat olib borayotgan umumiy ovqatlanish korxonasi "Halol" sertifikatiga ega bo'lishini xohlaysizmi? "Halol" verifikatsiyasi sertifikati o'zi nima? Uni qo'lga kiritish uchun qanday talablar mavjud? Sertifikatning tadbirkorga qanday foydasi bor?

Bularning barchasi haqida batafsil 👉 Gastrotourism.uzda o'qing.

🌐 Facebook | Instagram
​​🍽Ҳурматли ресторан ва меҳмонхона, меҳмон уй ва дам олиш оромгоҳлари эгалари, қўли ширин уй бекалари!

📝Сиз учун Ўзбекистон Гастрономик туризми ассоциацияси водий бўйлаб семинарлар режалаштирмокда!

🗓26 - август соат 15.00да
Фарғона шаҳридаги "Samo" спорт мажмуаси конференциялар залида
27- август соат 11.00 да Наманган шаҳри " Oydin plaza" меҳмонхонасида.
28- август соат 11.00 да Андижон туризм ва сервис коллежида.

🖇Семинар тренингда ўз кичик бизнесини бошламокчи бўлган уй бекаларига gastromahalla.uz лойиҳаси,
Ресторан ва меҳмонхона эгаларига restoservice.uz лойиҳаси имкониятлари, ўзбек нонуштасини меҳмонхоналарга жорий этиш афзалликлари бўйича семинар ўтказилади. Шунингдек, сиз сайёҳлар учун мўлжалланган масканингиз жозибадорлигини ошириш бўйича ўзингизни қизиқтирган саволларга жавоб топишингиз мумкин.

📚Ҳа айтганча, мазкур семинарда "Suzana Sultan"каштачилик бренди асосчиси Моҳира Султанова хам иштирок этадилар. Агар сиз водий каштачилиги мактаби вакили бўлсангиз, Сизда 2022 йил чоп этиши режалаштирилган "Uzbek Suzane" биринчи миллий каштачилигимиз энциклопедиясига ўз вилоятингиз вакили сифатида киритилиб, ҳунарингизни бутун дунёга танитиш имконияти мавжуд.

📌Имкониятни қўлдан бой берманг ва тренингларимизда иштирок этинг!

💵Тренингда иштирок этиш бепул.

Тренинг Ўзбекистон Республикаси Туризм ва спорт вазирлиги кўмагида амалга оширилмокда!

☎️Маълумот учун телефон: +998974421445
Bugun Farg'ona shahridagi “Samo” sport majmuasida O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Mahalla va oila ilmiy tadqiqot instituti hamda O'zbekiston Turizm va sport vazirligi hamkorligidagi “Gastromahalla.uz” va "Restoservice.uz" loyihalarining taqdimoti va seminar-treningi bo'lib o'tdi.

Bu haqida batafsil 👉 Gastrotourism.uz saytida o'qing.

🌐 Facebook | Instagram
Gastromahalla.uz” va "Restoservice.uz" loyihalarining taqdimoti Namanganda

Batafsil 👉 Gastrotourism.uz saytida o'qing.

🌐 Facebook | Instagram
O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi Vatanimiz tarixidagi shonli sana Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasi bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi. Yurtimiz tinch, dasturxonlarimiz to'kin, mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
Yurtimizga kuz fasli kirib kelishi bilan ovqatlanish ratsionimizdan qovoq asosiy o'rinni egallashni boshlaydi.

Uning foydali xususiyatlari haqida batafsil
👉 Gastrotourism.uz saytida o'qing.

🌐 Facebook | Instagram
Mavsumiy taom qovoq barakning tayyorlanish usulini siz bilan bo'lishamiz.

Batafsil 👉 gastrotourism.uz saytida o'qing.

🌐 Facebook | Instagram
Navoiy va Buxoro viloyatlarida "Gastromahalla" loyihasining taqdimoti o'tkazildi.

Batafsil 👉 gastrotourism.uz saytida o'qing.

🌐 Facebook | Instagram
O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiyasi 27-sentabr Xalqaro turizm kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

***

Xõrsinadi bu kun Buxoro,
Ma’yus tortgan azim Samarkand
Oh uradi qadimiy Xiva,
Kõrinmaydi biror sayyoh ham!

Keksa yoshning kõzlarida mung,
Bu balo ham yakunga yetsin,
Tushlarimiz bugun kelib õng,
Yurtimizga sayyohlar qaytsin!

Karantinda turilmadi tinch,
Qurildi ming mehmonxonalar,
Mijozlarga mushtoq turar, shay
Yarqiragan shinam xonalar.

Kashta tikkan hunarmandlarning
Sandiqlari bõshablar qolsin
Duo qiling endi erta-kech
Bu baloni Yaratgan olsin.

Huvillagan karvonsaroylar,
G'ala-g'ovur shovqini tutsin.
Tugab qolsin chipta-yu joylar,
Yurtimizga sayyohlar qaytsin.

Xizmat qiling yelib-yugurib,
Mamnun bõlib rahmatlar aytsin
Barakalar seldek yog'ilib,
Yurtimizga sayyohlar qaytsin.

Issiq nonin yegan musofir,
Bu yurtga ming tahsinlar aytsin.
Duo qiling, xoji otalar,
Shu õlkaga sayyohlar qaytsin!

©️ Gulnoza Odilova
O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi raisi, filologiya fanlari doktori.