❤️ Yuraksiz ❤️
2 photos
70 videos
1 link
Download Telegram
Live stream started
Live stream finished (1 minute)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
* * *

Хато қилдим, кўнгил сенга қулоқ тутиб,
Хато қилдим, сенинг изминг бошлади йўл.
Энди ўзинг юрагимга бер ҳисобот,
Энди ўзинг ҳаммасига жавобгар бўл!

Хато қилдим!
Тузатилмас хато бўлди,
Тизгини йўқ кўнгил билан адоватим.
Кўнгилгинам, қара фақат сенинг кўнглинг тўлди,
Юрагимга жабр сенга садоқатим!

Умр бўйи дарс ўқитди менга ҳаёт,
Қулоқ тутмай, билакс сенга бўйин эгдим.
Оқибатда томирлардан оққач фарёд,
Юрак шўрлик кўтаролмай қолди қаддин!

Ўзимники бўлатуриб ўзимга ёв,
Қанча қасдинг яна қолди қарорингда?
Юрак билан менинг фақат сўзим ўтмас,
Кўксимдаги сен хукмдор саройингда!

Хато қилдим, кўнглим сенга қулоқ тутиб...

14.02.2021.

Малика Тавфиқ

Bizdam aslo uzoqlashmang
@soginchim_umidim_baxtim_sen
Live stream started
Live stream finished (24 seconds)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir ajoyib kun edi,
Qushlar sayrashib bogʻdan.
Shu dam Rasulimizga...
Vahiy keldi OLLOHdan.

Odatda Jabroil,
Kelganda xabar olib..
Koʻrinardi oʻzgarib
Xar xil qiyofa solib.

Bu gal jim keldilarda,
Koʻzlarida yosh toʻldi.
Yigʻlab Rasulimizning,
Yelkasiga bosh qoʻydi.

Rasulimiz dediki...
Ey Jabroil birodar !
Nega buncha xafasan,
Keldimi noxush xabar !?

Bu koʻzdagi yoshlaring,
Qiyomatdan nishonmi !?
Yoʻq Janobi Paygʻambar !
Keltirdim bir mehmonni !

Men bilan mehmon boʻlib,
Keldi Azroil bugun.
Oʻgʻlingiz yosh joni,
Qabis qilinar bu kun.

Dod ! dedi Rasulimiz,
Qanday koʻrgilik yomon.
Choʻkkalab qoldi yerga,
Bu qandayin imtihon !?

Va aziz koʻzlariga,
Yosh quyildi shashqator.
Endi qandoq qilayin !
Ex Jabroil birodar.

Jabroil yigʻlab dedi..
Duo qiling OllOHga.
Shubxasiz qabul boʻlar,
Balki olar panohga.

Koʻkda bor farishtalar,
Duodadir siz uchun.
Umr soʻraymiz biz ham,
Murgʻak oʻgʻlingiz uchun.

Siz dunyodan oʻtguncha,
Oʻgʻlingiz tirik yursin.
Qarigan chogʻingizda,
Sizga bir suyanch boʻlsin.

Siz dunyodan oʻtgan soʻng,
Merosdir avvalambor.
Oʻgʻlingizni Rasul deb,
Saylar degan hadik bor.

Axir bitta qalb boʻlsa,
Bir muhabbat jo boʻlar.
Tanlang oʻgʻil  ummatni,
Birisi bajo boʻlar.

Ey Jabroil birodar,
Achchiq savdo yegayman.
Menga ixtiyor berasa...
Ummatimni degayman.

Bu dunyoga oʻgʻlimga
Umr soʻrab kelmadim
Vidolashib olishga,
Fursat bormi bilmadim.

Shunda Jabroil dedi...
Soʻzini ado qilib.
Azroil kutar izin,
Bir sizdan hayo qilib.

Rasululloh shoshdilar,
Dilbandini yoniga.
Naxot vidolashadi,
Olov toʻldi qoniga.

Qarasaki farzandi,
Ancha sogʻayib qolgan.
Bir oʻyin oʻynagani,
Toʻrt beshta yongʻoq olgan.

Qani keling yonimga !
Chaqirib koʻz qorasin.
Dedi Rasul kuch topib,
Yashirib koʻz jolasin.

Uyimizda mehmon bor,
Ey farzandi mexribon.
Siz safarga ketasiz,
Salomlashing boribon.

Otasining qoni bor,
Va odil tarbiyali.
Ota ! Unda tez borib,
Yangi libos kiyaymi ?

Dod dedi Rasululloh,
Koʻzlariga toʻymaydi.
Oʻgʻlim siz borar joyda,
Yangi libos boʻlmaydi.

Birdan tushundi farzand,
Sezdirmasdan nadomat.
Shu yongʻoqni qaytaring,
Olgan edim omonat.

Yana olov koʻpchidi,
Rasulimiz qonida.
Omonatchi farzandi,
Nobut boʻlar yonida.

Yoʻl boshlang unda Ota !
Oldin yurmogʻim uyat.
Taqvodor oʻgʻlin oʻylab,
Yana yondi bir fursat.

Yoʻl yoʻlakay Dilbandi,
Xayirlashdi Birma bir.
Saxobalar hayratta,
Bunda bordir qanday sir !

Uyga yetib kelganch soʻng,
Koʻrdiyu Azroyilni.
Mehmon deganingiz bu,
Qoʻrqitdi azoyimni.

Ha koʻzimning qorasi,
Sovuq qoʻrqinchlidir bu.
Bu mehmon kelgan uyda,
Bosib ketadi qaygʻu.

Dilbandining boshiga,
Ogʻriq turdi dafatan.
Boshim qattiq ogʻridi,
Yordam bering Otajon.

Rasulimiz chidolmay,
Yurak bagʻrini oʻydi.
Farzandining boshini,
Tizzalariga qoʻydi.

Qayerdasiz Jabroyil,
Sizni birodar derdim.
Jonin qiynamay olsin,
Oʻgʻlim OLLOHga berdim.

Bir qaltirab turdida,
Jismi ogʻriqdan toʻydi.
Joni chiqar chogʻida,
Soʻngi bor kulib qoʻydi.

Farzandini yuvdilar,
Kafanladi oʻzlari.
Tuproqqa qoʻygandan soʻng,
Yoshga toʻldi koʻzlari.

Shunday ogʻir damlarda,
Ummatim degan Zodga.
Salovat aytmasak gar,
Uchragaymiz laʼnatga.

Bu bir ibrat qissasi,
Ibrat boʻlsin moʻminlar.

Muallifga Rahmat
Channel name was changed to «♥️BEGIMNI GULMAN♥️»
Channel name was changed to «♥️ Yuraksiz ♥️»
Channel name was changed to «♥️Y♥️M♥️S♥️»
Channel photo removed
Channel photo removed
Channel name was changed to «❤️ Yuraksiz ❤️»
Channel photo removed
Live stream started
OSHIQ BOʻLGANMAN

Sen tomonlar eng soʻlim joylik,
Atirgulsan goʻzal bir oylik...
Osmondagi oydan chiroylik,
Yuzlaringa oshiq boʻlganman...

Buncha ajib bunchalar mayin,
Mast qilasan gapirgan sayin...
Jaranglashi qoʻngʻiroqdayin,
Soʻzlaringa oshiq boʻlganman.

Oʻngdan shirin sen yoʻqlagan tush,
Seni sevish yoqimli yumush...
Sen oʻtganda maysalar sarhush,
Izlaringa oshiq boʻlganman...

Koʻrsam ketar yuragim joʻsha,
Der poyiga boringni toʻsha...
Erkalatib aytilgan oʻsha,
Sizlaringa oshiq boʻlganman.

Ishq dardiga oʻzing davo san,
Menga baxtni koʻrgin ravo san.
Meni tortar oxangrabosan,
Oʻzlaringa oshiq boʻlganman...