Фарғона вилояти Маҳаллабай ишлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш бошқармаси | Расмий канали
701 subscribers
2.66K photos
202 videos
115 files
937 links
Фарғона вилояти маҳаллабай ишлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш бошқармаси Ахборот хизмати
Download Telegram
🔴 #Live

📍Фарғона вилояти Бешариқ тумани

Айни дақиқаларда Бешариқ тумани Дўстлик МФЙдаги Хўжақуловлар хонадонида вилоят миқёсида семинар бўлиб ўтмоқда.

Хабарингиз бор аввалги хафта вилоят раҳбари Бешариқ туманига ташрифи чоғида Дўстлик маҳалласидаги Хўжақуловлар хонадонига ташриф буюриб, хонадонда етиштирилаётган гул кўчатлари билан танишган эди.

Ташриф давомида ушбу жараёнларни вилоятда оммалаштириш ва ушбу соҳадаги масъулларнинг ташаббускорлигини янада ошириш мақсадида амалий семинар ташкил этиш топшириғи берилган эди.

Бугун ушбу манзилда вилоят миқёсида Маҳалла раислари ва ҳоким ёрдамчилари вакиллари жам бўлишди. Хонадон эгаларининг ушбу йўналишдаги билим ва тажрибалари билан ўртоқлашиб, ўзаро манфаатли фикр алмашилди.

Амалий семинар давом этмоқда.

🌐 Бош бошқарма Ахборот хизмати
#Ислоҳотлар_амалда
#ПҚ_306_Қарор_ижроси

Фарғона вилояти Марғилон шаҳар З.М.Бобур МФЙдаги “Алимова Мафтуна Зокиржон қизи” хусусий корхонаси...

Корхонанинг асосий фаолият тури қандолатчилик маҳсулотлари ишлаб чиқаришдан иборат бўлиб, ҳозирги кунда аҳоли эҳтиёжи ва давлат ижтимоий муассасалари учун новвот, ҳолва қанд маҳсулотларини ишлаб чиқариш билан шуғулланиб келмокда.

Ҳозирда 4 нафар аҳолини доимий иш билан таъминланган. Давлатимиз раҳбарининг 2023 йил 14 сентябрь кунги ПҚ-306 сонли қарорига асосан тадбиркорга 100,0 млн.сўм миқдорида имтиёзли кредит маблағи ажратилди.

Корхона ушбу кредит маблағлари эвазига новвот ишлаб чиқариш хажмини кенгайтириш мақсадида новвот, ҳолва ишлаб чиқариш қозони ва ускуналари (60 та қозон, 18 та ҳолва ишлаб чиқариш ускунаси) сотиб олинди.

Президентимизнинг ушбу карорлари ҳозирги кунда тадбиркорлар учун айни муддао бўлди. Ушбу корхона ҳам қарорда кўрсатилган имтиёзлардан унумли фойдаланиб, иш ўринлари сони 10 нафарга етказиш режалаштирилган.

🌐 Бош бошқарма Ахборот хизмати
Forwarded from Bandlik Vazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

“Intizomiy jazosi bor hodimga 8-mart bayrami uchun mukofot bersa bo'ladimi?

Mehnat Kodeksining 299-moddasi 5-qismiga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.

Ushbu kodeksning 315-moddasi 1-qismiga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran 1 yildan oshmasligi kerak.

MK 252-moddasi 3-qismida, mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilmagan rag‘batlantiruvchi mukofot bir marta beriladigan xususiyatga ega bo‘lgan hamda ish beruvchining qaroriga ko‘ra xodimning oldindan belgilangan ko‘rsatkichlar va shartlarga erishganligi uchun emas, balki muayyan voqealar (yubileylar, bayram sanalari va boshqalar) yuz berganligi yoki xodim tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilganligi (ish beruvchining alohida muhim topshirig‘ini bajarish, ratsionalizatorlik taklifini kiritish va boshqalar) munosabati bilan to‘lanadigan pul mukofotidir.

Demak, bayram sanalari bilan beriladigan mukofotlar mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydi va mehnat natijalariga asoslanmaydi. Shuning uchun ham, intizomiy jazo amal qilayotgan xodimga bayram mukofoti berilmaydi.

❗️Hurmatli ish beruvchilar hodimingizni bayram kunlari taqdirlamoqchi bo’lsangiz, MK 315-moddasi 3-qismiga ko'ra, intizomiy jazoni istalgan vaqtda olib tashlashga haqli ekanligingizni eslatib o’tamiz!

Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Bandlik Vazirligi
⚡️O‘ZBЕKISTONDA ISHSIZLIK DARAJASI KAMAYDI

📈 Mamlakatimizda 2023-yil yakuniga ko'ra ishsizlik darajasi 6,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga kamaydi.

2023-yilning dekabr oyida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan respublikamizning 208 ta shahar va tumanida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.

Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida o‘tkazilgan tadqiqot davomida 1 000 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 10 000 uy xo‘jaliklari hamda 53 ming 300 nafar fuqaro qamrab olindi.

🧮 2024-yilning 1-yanvar holatiga mehnat resurslari soni 19 mln. 724 ming 900 kishini tashkil etib, 2023-yilning shu davriga nisbatan 207 ming 400 kishiga (1,1 foizga) oshgan.


Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook You tube Instagram Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Bandlik Vazirligi
Joriy yilning mart oyida quyidagi sanalar dam olish kunlari sifatida belgilangan

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni
21-mart — Navro‘z umumxalq bayrami
22-mart barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni (ish haftasining turidan qat’i nazar)
23-mart 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni

➡️ 2024-yildagi ish kunlari kalendari

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook You tube Instagram Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
E'TIROF
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan bir guruh faol xotin-qizlarimiz nufuzli davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

✔️ Ular safida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tizimida samarali faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilarining ham borligi qalbimizga yuksak iftixor bag'ishlaydi.

💐8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan Xorazm viloyati Yangiariq tumani «Yangiariq» MFY hokim yordamchisi Abdukarimova Saodat Jumanazarovna hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani «Xalqobod» MFY hokim yordamchisi Jumanazarova Gulchexira Jumaxmetovnani jamoamiz nomidan qizg'in muborakbod etamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli bosh boshqarma tizimida mehnat qilayotgan aziz ayollar!
Muhtarama onaxonlar, munis opa-singillar!


Avvalambor, Sizlarni, Sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni go‘zallik bayrami "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" bilan bosh boshqarma jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka tilaymiz. Doimo, yuzingizdan tabassum, qalbingizdan shodu-xurramlik arimasin! Go‘zallik sizlarni hech qachon tark etmasin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mehnat jamoasi
Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayevning tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tabrigi.

Hurmatli bosh boshqarma tizimida mehnat qilayotgan aziz ayollar, ayol hokim yordamchilarimiz, muhtarama onaxonlar, munis opa-singillarimiz
!!!

Barchangizni "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" samimiy muborakbod etaman.

Barchangizga ushba yosharish va yangilanish fasli bahor ayyomi, go‘zallik va nafosat bayrami bilan samimiy tabriklayman. Uzoq umr, sihat salomatlik baxt saodat, ishlarizga omadlar tilayman. Hamisha yuzingizdan tabassum, qalbingizdan shodu-xurramlik arimasin! Go‘zallik sizlarni hech qachon tark etmasin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Anvarjon Abdullayev - Qo‘shtepa tumani hokimi.