Фарғона вилояти Маҳаллабай ишлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш бошқармаси | Расмий канали
634 subscribers
2.66K photos
202 videos
115 files
937 links
Фарғона вилояти маҳаллабай ишлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш бошқармаси Ахборот хизмати
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Insonga_e'tibor
#Onalarga_ehtirom

Farg'ona viloyat hokimining tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan "Onalarga ehtirom" festivalida Yozyovon tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi ham o'z tashabbuslarini koʻrsatishdi.

Farzandlar uchun borligʻini fido qilgan onalardek ulugʻ zotlarga boʻlgan yuksak ehtiromni namoyon etish, oʻsib kelayotgan yosh avlodning ongi shuurida ota-onaga hurmat, farzandlik burchlarini ado etish, ularni qadrlash kabi fazilatlarni shakllantirish kabi gʻoyalarni mujassam etgan ushbu festival doirasida onalarga ehtirom ko'rsatildi.

Rasmiy sahifalar⬇️
IFacebook I Instagram ISayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Insonga_e'tibor
#Ayollar_daftari "Аёллар дафтари"да турувчи 140 нафар иш билан банд бўлмаган хотин-қизларга тикув машиналари ва пишириқ печлари топширилди

Маълумки, оилавий тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланиш истагини билдирган, доимий иш билан банд бўлмаган фуқароларга Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан жамғармалар маблағлари ҳисобидан меҳнат қуроллари ажратилмоқда.

Фарғона шаҳрида ташкилланган тадбирда шаҳарда яшовчи 140 нафар хотин-қизларга ҳоким ёрдамчиларининг тавсиясига кўра тикув машиналари топширилди.

Rasmiy sahifalar⬇️
IFacebook I Instagram ISayt
#Insonga_e'tibor
#Mehnat_yarmarkasi

Buvayda tumani Kambag‘allikni  qisqartirish  va  bandlikka  ko‘maklashish bo‘limi band bo‘lmagan ishsiz fuqarolar,  “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” dagi fuqarolar  uchun  bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida tumandagi 53 ta korxona, tashkilot, muassasalar va fermer xo‘jaliklari o‘zlarida mavjud bo‘lgan 329 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.

Mehnat yarmarkalari davomida jami 192 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

Shundan 85 nafar fuqarolarga ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

75 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi.   Shundan 41 nafari ayollar, 13 nafari yoshlarni tashkil etadi.

15 nafar fuqarolar  tikuvchilik   yo‘nalishi bo‘yicha Buvayda tumani "Ishga marhamat" monomarkaziga  kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirildi.

Rasmiy sahifalar⬇️
IFacebook I Instagram ISayt
#Insonga_e'tibor
#Quvasoy_shahar

Fargʻona viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarma boshligʻi A.Abdullayev tomonidan viloyatda kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash ishlarini yangi pogʻonaga olib chiqish chora-tadbirlari davom etmoqda.

Uchrashuv davomida Quvasoy shahridagi MFY raislari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari bilan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda hokim yordamchilari tomonidan mikro loyihalarni ishga tushirilishi, yangi ish oʻrinlarini yaratilishi va ijaraga berilgan yerlardan unumli foydalanish, mahallani ishsizlikdan holi hududga aylantirish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalar⬇️
Telegram IFacebook I Instagram ISayt
#Insonga_e'tibor
#Quva_ishga_marhamat_monomarkazi

Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. Bu jarayonda barcha fuqarolarimiz kabi nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizga e'tibor va amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Quva "Ishga marhamat" monomarkazi "Tikuvchilik" yo‘nalishini tugatgan Nogironligi bor fuqarolarga Sertifikat topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Abdullaev ishtirok etdi.

📲 Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring!
Telegram | Instagram | Facebook
#Insonga_e'tibor

LIVE🔴

Ayni damda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.Musaev rahbarligida "Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo'linmalari, hududiy va tasarrufiy tashkilotlarda ijro intizomi holati, tizimda korrupsion jinoyatlarining sodir etilish holati, ularni bartaraf etish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar, davlat mehnat nazorati inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" mavzusida videokonferensiya bo'lib o'tmoqda.

Rasmiy sahifalar⬇️
IFacebook I Instagram ISayt
#Insonga_e'tibor

Farg`ona tumanida ish bilan band bo`lmagan ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida bo`sh ish o`rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur mehnat yarmarkasida tumandagi 65 ta korxona, tashkilot va muassasalar o`zlaridagi mavjud bo`lgan 600 taga yaqin bo`sh (vakant) ish o`rinlari bilan qatnashdilar.

10 nafar fuqarolarga tumandagi korxona tashkilotlardagi mavjud bo`sh ish o`rinlariga yo`llanmalar berildi

24 nafar fuqarolar turli korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirildi.

22 nafar fuqarolar Vazirlar Mahkamasining 799-sonli qarori bilan tashkil etilgan haq to`lanadigan jamoat ishiga jalb etildi.

“Temir daftar”,“Ayollar daftari” dagi 70 nafar fuqarolarga subsidiya asosida asosida o'zini o'zi band qildirish uchun tikuv mashinasi, inkubator, payvandlash uskunalari berildi.

Shuningdek, tadbir davomida 2 nafar muhtoj shaxsga elektr yuritmali nogironlar aravachasi va 2 ta eshitish moslamasi bilan ta’minlandi.