Фарғона вилояти Маҳаллабай ишлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш бошқармаси | Расмий канали
634 subscribers
2.66K photos
202 videos
115 files
937 links
Фарғона вилояти маҳаллабай ишлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш бошқармаси Ахборот хизмати
Download Telegram
#Insonga_e'tibor
#Mehnat_yarmarkasi
#Buvayda_tumani

🟡Buvayda tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan band bo‘lmagan ishsiz fuqarolar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dagi fuqarolar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

🟢O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida tumandagi 6 ta korxona, tashkilot, muassasalar va fermer xo‘jaliklari o‘zlarida mavjud bo‘lgan 65 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.

🟢Mehnat yarmarkalari davomida jami 55 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

🟢35 nafar fuqarolarga ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

🟢 Yo‘llanma berilgan fuqarolardan 33 nafari doimiy ishga joylashtirildi.

🟢20 nafar ayollarga tikuvchilik bilan shug‘ullanishlari uchun kredit asosida tikuv mashinalari berildi .


📱Ishonch telefoni ☎️
73 244-10-34

Rasmiy sahifalar⬇️
Telegram I💬Facebook I📸Instagram I🌍Sayt
#Insonga_e'tibor
#Mehnat_yarmarkasi

🗣Farg`ona tuman xokimligi, Farg`ona tuman Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bo`limi bilan hamkorlikda 2023 yil 1 avgust kuni tumandagi texnikum bitiruvchilari, vaqtinchalik ish bilan band bo`lmagan ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida bo`sh ish o`rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🎙Mehnat yarmarkasida o`ndan ortiq tumandagi ish beruvchi korxona va tashkilotlar jumladan, tumandagi maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalari, tuman hududidagi kichik korxona va xususiy tadbirkorlar hamda fermer xo‘jaliklari o‘zlaridagi 25 taga yaqin bo`sh (vakant) ish o`rinlari bilan qatnashdilar.

🎙Shu kuni o`zida vaqtinchalik ish bilan band bo`lmagan fuqarolardan 16 nafariga tumandagi korxona tashkilotlardagi mavjud bo`sh ish o`rinlariga yo`llanmalar berildi, jumladan Tuman 48-DMTTga 3 nafar (bitiruvchilar), “Chimyon profilaktoriyasi” MChJga barcha nomdagi hamshira lavozimiga 1 nafar hamda 12 nafar fuqarolar tumanda faoliyat ko`rsatib kelayotgan turli korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirildi. 10 nafar ishsiz fuqarolarga Farg`ona shahar “Ishga marhamat” monomarkaziga tikuvchi, qandolatchi, payvandlovchi, mebel jihozlarini yasash ustasi yo`nalishlari bo’yicha kasbga qayta o`qitish uchun yo`llanmalar berildi. Shuningdek 11 nafar fuqarolar Vazirlar Mahkamasining 799-sonli qarori bilan tashkil etilgan haq to`lanadigan jamoat ishiga jalb etildi.
O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlarida ishtirok etgan ishsiz fuqarolarga "Odam savdosiga qarshi kurashish" va mehnatga oid masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Rasmiy sahifalar⬇️
Telegram I💬Facebook I
📸Instagram I🌍Sayt
#Mehnat_yarmarkasi

Риштон туманида ўтказилган меҳнат ярмаркасида 90 нафардан зиёд ишлаш истагини билдирган хотин-қизлар қатнашиб, 50 нафардан ортиқ хотин-қизлар билан меҳнат шартномалари имзоланди.
🌐 Bosh boshqarma Axborot xizmati