Фарғона вилояти Маҳаллабай ишлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш бошқармаси | Расмий канали
703 subscribers
2.66K photos
202 videos
115 files
937 links
Фарғона вилояти маҳаллабай ишлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш бошқармаси Ахборот хизмати
Download Telegram
#Insonga_e'tibor
#Kasanachilikni_rivojlantirish
#Furqat_tumani

Fargʻona viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi A. Abdullayev tomonidan kasanachilikni rivojlantirish va ularga moliyaviy yordam koʻrsatish ishlari joyiga chiqqan holatda olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.02.2023-yildagi PQ-70 sonli qaroriga asosan kasanachilik faoliyatini tashkil etib, yangi ish oʻrinlari yaratgan tadbirkorlarga juda koʻp imkoniyatlar berilmoqda.

Jumladan: Furqat tumanidagi Chilga jida MFY da joylashgan "Usta Yusufjon naqqosh" oilaviy korxonasi tomonidan yaratilgan 150 o‘rinli naqqoshlik faoliyatini rivojlantirish boʻyicha tashkil etilgan kasanachilik korxonasiga yuqoridagi qaror bilan belgilangan imtiyozlar haqida boshqarma boshlig'i tomonidan to'liq ma'lumot berildi shuningdek, tuman mas'ullariga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalar
⬇️
Telegram IFacebook I Instagram ISayt
#Insonga_e'tibor
#Mehnat_yarmarkasi
#Oltiariq_tumani

Oltiariq tumanidagi Yoshlar ishlari agentligi va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorlikda vaqtinchalik ish bilan band bo‘lmaganlar, ayniqsa xotin-qizlar shu jumladan "Ayollar","Yoshlar" daftariga kiritilganlar va harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasida 4 ta korxona va tashkilotlari tomonidan 42 ta mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

17 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

10 nafar fuqarolarni usta-shogir asosida Milliy liboslar tayyorlash yo‘nalishida milliy hunarmand “Nasirdinova Gulsanam muhammafaliyevna”ga hunar o‘rganish bo‘yicha o‘qishga yo‘naltirildi.

Rasmiy sahifalari⬇️
I Telegram IFacebook I Instagram ISayt‌‌
#Insonga_e'tibor
#Kasanachilikni_rivojlantirish
#Furqat_tumani

KASANACHILIKNI RIVOJLANTIRISH VA ULARGA MOLIYAVIY YORDAM KOʻRSATISH BO'YICHA HUDUDLARDA LOYIHALAR BILAN TANISHISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA.

Joriy yilning 13-iyun kuni Furqat tumanidagi Chirkay MFY da joylashgan "Xasanjon-Xusanjon" oilaviy korxonasi tomonidan yaratilgan 45 o‘rinli o'yinchoq ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish boʻyicha tashkil etilgan kasanachilik korxonasiga yuqoridagi qaror bilan belgilangan imtiyozlar haqida boshqarma boshlig'i A.Abdullayev tomonidan to'liq ma'lumot berildi shuningdek, tuman mas'ullariga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Ma'lumot uchun:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.02.2023-yildagi PQ-70 sonli qaroriga asosan kasanachilik faoliyatini  tashkil etib, yangi ish oʻrinlari yaratgan tadbirkorlarga juda koʻp imkoniyatlar berilmoqda.

Rasmiy sahifalar
⬇️
Telegram IFacebook I Instagram ISayt
#Hududlardan_xabarlar_Farg‘ona

Kasanachilikni rivojlantirish yo'lidagi hamkorlik

🗺Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mas’ullari kasanachilikni rivojlantirish va ushbu sohaga moliyaviy yordam ko‘rsatish masalasida tadbirkorlar bilan joylarga chiqqan olda uchrashuvlar o'tkazmoqda.

👨‍💼 Xususan, mutasaddilar Furqat tumanidagi “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasi (150 o‘rinli) va Bog‘dod tumanidagi "Gulnora Matqulobot Bodomlari" korxonasining (150 o‘rinli) kasanachilik faoliyati bilan tanishishdi.

✏️ Bunda “Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilangan imtiyozlar haqida tadbirkorlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

💭 Muloqot davomida taklif va rejalari o‘rganilib, ishni tashkil etish jarayonidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kelishib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tub