Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati.
371 subscribers
20.2K photos
2.06K videos
8 files
4.37K links
YouTobe https://youtube.com/channel/UCC_ztb-C6u2Y8FI-gOprEeg
Facebook https://www.facebook.com/Farg'onaviloyatiFVB
Farg‘ona viloyat FVB Matbuot xizmati rasmiy muhokama gruhiga qo’shiling
https://t.me/+gxIwYD0oICNkZjEy
Download Telegram
Олтиариқ туман Ёқилғи ишлаб чиқариш корхонаси 26-ёнғин-қутқарув қисмида «Коррупцияга қарши курашиш» ва «Жиноят ва ҳуқуқбузарликларни олдини олиш профилактикаси» юзасидан учрашув ташкил этилди.

Бугунги кунда, Фавқулодда вазиятлар вазирлиги тизимида, ҳарбий интизомни мустаҳкамлаш, ҳуқуқбузарликлар ва қонун бузилиш ҳолатларини олдини олиш, ҳарбий хизматчи ва хизматчиларнинг ҳуқуқий онги ва ҳуқуқи маданиятини ошириш, ички тартиб қоидаларига риоя этишлари, жамоада соғлом муҳитни шакллантиришга қаратилган чора-тадбирлар режасига мувофиқ, вилоятимизнинг барча шаҳар ва туманларда учрашувлар олиб борилмоқда. Шунингдек, жорий йилнинг 22 октябрь куни Олтиариқ туманида жойлашган Ёқилғи ишлаб чиқариш корхонаси 26-ёнғин-қутқарув қисмида «Коррупцияга қарши курашиш» ва «Жиноят ва ҳуқуқбузарликларни олдини олиш профилактикаси» юзасидан учрашув ташкил этилди.

ФВБ Матбуот хизмати.
Канални кузатиб боринг!
Telegramm 👉t.me/fvbuz👈
Facebook 👉https://www.facebook.com/Farg'onaviloyatiFVB
YouTube👉https://youtube.com/channel/UCgq8_GbRvldKbOuzls8bqLQ
Xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

Joriy yilning 12 – 16 noyabr kunlari Toshkent shahrida Xalqaro yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti federatsiyasining navbatdagi konferensiyasini o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 sentabrdagi 563-F-son farmoyishi bilan Xalqaro yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti federatsiyasi prezidenti A.Chupriyan boshchiligidagi xalqaro federatsiyaga a’zodavlatlar delegatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi dasturi tasdiqlangan.
Xalqaro konferensiya davomida 2022 yilda yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha Samarqand shahrida erkaklar o‘rtasida XVII hamda ayollar o‘rtasida VIII jahon chempionatlarining o‘tkazilishi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish hamda hakamlar haya’tini tasdiqlash bilan bog‘liq tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Batafsil.
FVV tizimida O‘zbek tili bayrami tantanalari davom etmoqda

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etiladigan umumxalq bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2021-yil 13-oktabr kunidagi 07-30/1-915-son bayoni talablarini bajarish, shuningdеk, 21-oktabr – O‘zbеk tili bayrami kuniga bag‘ishlab bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
Avvalo, “Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida “O‘zbek tili bayrami” kunini keng nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlanib, hududlarga ijro uchun yuborildi va ijrosi nazoratga olindi.
2021-yilning sеntabridan 22-oktabr kuniga qadar vazirlik tizimi bo‘yicha 40 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilinib, davriy matbuot, rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlarda 25 dan ortiq maqola chop etildi. 10 dan ortiq vidеorolik tayyorlanib, vazirlik rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarga joylashtirildi. Batafsil
Жорий йилнинг 22 октябрь куни соат 23:08да Фарғона шаҳар Саноат кўчаси 240-уйда жойлашган «ФНҚИЗ» МЧЖ нинг 1-кириш йўлаги яқинидаги катта йўлда заводга тегишли бўлган «Исузи» русумли д.р 40 432 ОАА бўлган автобуснинг мотор ва салон қисми ёнаётганлиги бўйича ФВБ Тезкор бошқарув марказига хабар келиб тушган. Келиб тушган хабарга асосан ёнғин-қутқарувчилар ходиса жойига 23:11да етиб бориб, 23:12да ўраб олиниб, 23:16да ўчирилган. Ҳозирда содир бўлган ёнғиннинг сабаби ва зарари аниқланмоқда. Ходиса оқибатита жабирланганлар ва куйганлар мавжуд эмас.

ФВБ Матбуот хизмати.
Канални кузатиб боринг!
Telegramm 👉t.me/fvbuz👈
Facebook 👉https://www.facebook.com/Farg'onaviloyatiFVB
YouTube👉https://youtube.com/channel/UCgq8_GbRvldKbOuzls8bqLQ