Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati.
384 subscribers
20.2K photos
2.06K videos
8 files
4.37K links
YouTobe https://youtube.com/channel/UCC_ztb-C6u2Y8FI-gOprEeg
Facebook https://www.facebook.com/Farg'onaviloyatiFVB
Farg‘ona viloyat FVB Matbuot xizmati rasmiy muhokama gruhiga qo’shiling
https://t.me/+gxIwYD0oICNkZjEy
Download Telegram
2 нафар фарзанд ота-онасига соғ-омон топширилди!

Куни кеча Учкўприк тумани ФВБ навбатчилик қисмига соат 15:14да Учкўприк тумани "Шодлик" кўчасидаги хонадонларининг бирида 2 нафар ёш болалар эшиги ичкаридан қулфланиб қолганлиги тўғрисида хабар келиб тушьади.

Шундан сўнг, зудлик билан туман ФВБ қутқарувчилари айтилган манзилга 15:14да етиб бориб, махсус асбоб анжомлар билан фуқаро уйининг ойнасидан кириб уйда ёлғиз қулфланиб қолган 2 нафар болага ёрдам кўрсатилди ва яқинларига соғ омон топширилди.

ФВБ Матбуот хизмати.
Канални кузатиб боринг!
Telegramm 👉t.me/fvbuz👈
Facebook 👉https://www.facebook.com/Farg'onaviloyatiFVB
YouTube👉https://youtube.com/channel/UCgq8_GbRvldKbOuzls8bqLQ
FVV vakili – “Chimgan challenge-2022” musobaqasi g‘oliblari qatorida

Joriy yilning 16-18-fevral kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Chimyon” dam olish maskanida sportning qishki ekstremal, milliy va ommaviy sport turlari bo‘yicha “Chimgan challenge-2022” xalqaro sport festivali bo‘lib o‘tdi.

Ushbu festivalda barcha vazirlik va idoralarning sport targ‘ibotchilaridan iborat 157 nafar ishtirokchi badminton, stritbol, mini-futbol, voleybol, tog‘ chang‘isi, snoubord, arqon tortish va shaxmat turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Festivalda ishtirok etgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qutqaruv kuchlari xizmatini va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni tashkil etish bosh boshqarmasi bosh inspektori mayor Jahongir Turapov arqon tortish bahslarida faxrli 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, shaxmat o‘yinlarida “Eng yaxshi taktika” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram