Sabina Norbekova | Blog
20 subscribers
71 photos
3 videos
6 files
102 links
Full Stack Developer || NodeJS + React || This channel is for technology enthusiasts 😊
Download Telegram
Sabina Norbekova | Blog
#leaflet #xarita #map 🗺 React'da interaktiv xarita: Leaflet bilan ishlash (amaliy qo'llanma) Loyihaga foydalanuvchi manzilini, mashina joylashuvini yoki filial nuqtalarini xaritada ko'rsatish kerak bo'ladigan…
Xizmat bepul, kalit talab qilinmaydi, va o'rnatish 15 daqiqadan ko'p vaqt olmaydi — shuning uchun React loyihasiga xarita qo'shish kerak bo'lsa, birinchi tanlov sifatida Leaflet'ni tavsiya qilsa bo'ladi.
#excel #eksport #import

📊 Node.js'da Excel bilan ishlash: eksport va import (amaliy qo'llanma)
Ko'pchilik backend loyihada excel bilan bog'liq talablar bo'lishi mumkin, masalan ma'lumotlarni Excel faylga chiqarish (masalan, hisobot) yoki tayyor Excel fayldan ma'lumot o'qib olish (masalan, ommaviy import).
Buning uchun exceljs kutubxonasidan foydalanamiz. — Node.js dunyosida bu vazifa uchun eng ko'p ishlatiladigan kutubxonalardan biri.

1-qadam — Kutubxonani o'rnatish
npm install exceljs


2-qadam — Eksport (dastur → Excel fayl)

4 qadam:
const workbook = new ExcelJS.Workbook();
const sheet = workbook.addWorksheet('Ma\'lumotlar');

sheet.columns = [
{ header: 'Nomi', key: 'name' },
{ header: 'Narxi', key: 'price' },
];

items.forEach(item => sheet.addRow(item));

const buffer = await workbook.xlsx.writeBuffer();

1. Excel "kitobi" (Workbook) yaratamiz.
2. Ichiga "varaq" (Worksheet) qo'shamiz.
3. Ustunlarni belgilaymiz — header foydalanuvchi ko'radigan nom, key esa dastur ichida ishlatiladigan nom.
4. Har bir qatorni addRow() bilan qo'shamiz.

❗️Muhim tushuncha: key Excel'da ko'rinmaydi. addRow({ name: 'Qalam' }) desangiz, ExcelJS buni avtomatik "Nomi" ustuniga qo'yadi, chunki ular key orqali bog'langan. Ustunlar tartibini columns massividagi tartib belgilaydi.

workbook.xlsx.writeBuffer() — tayyor faylni diskka saqlamasdan, to'g'ridan-to'g'ri xotirada baytlar oqimiga (Buffer) aylantiradi. Serverda vaqtinchalik fayl yaratib, keyin o'chirib yurishga hojat yo'q — kichik-o'rta hajmdagi fayllar uchun bu tezroq va toza yechim.
Bu bufferni brauzerga "fayl sifatida yuklab olish" deb yuborish uchun ikkita HTTP header hal qiluvchi rol o'ynaydi:
Content-Type — "bu qanday fayl" deydi. Excel .xlsx fayllari uchun bu doim shu bir xil qator: application/vnd.openxmlformats-officedocument.spreadsheetml.sheet.

Content-Disposition: attachment; filename="..." — brauzerga "buni sahifada ko'rsatma, kompyuterga yuklab ol" deydi. Aynan shu header "Yuklab olish" oynasini chiqaradi.
#excel #eksport #import

3-qadam — Import (Excel fayl → dastur)
Bu eksportga qaraganda ancha murakkabroq, chunki foydalanuvchi noto'g'ri formatdagi fayl yuklashi mumkin.
const workbook = new ExcelJS.Workbook();
await workbook.xlsx.load(file.buffer);
const sheet = workbook.getWorksheet('Varaq nomi');

sheet.eachRow((row, rowNumber) => {
const name = row.getCell(1).value;
const price = row.getCell(2).value;
// ...
});

Naqsh eksportga aynan teskari:
Workbook yaratamiz → xlsx.load(buffer) bilan o'qiymiz → qatorlarni birma-bir tekshiramiz.
Eng "og'riqli" qismi — bitta katakcha (cell) ichidagi qiymat turli xil shaklda kelishi mumkin:
- Oddiy matn (string)
- Raqam (number)
- Sana (Date obyekti)

Formula natijasi ({ result: ..., formula: '...' } — ExcelJS formulaning o'zini emas, hisoblangan natijasini beradi)
Rangli/formatlangan matn ({ richText: [...] })
Shuning uchun cellText(), cellNumber(), cellDate()
kabi "universal o'quvchi" funksiyalar yozib olish tavsiya etiladi — ular qaysi shaklda kelishidan qat'i nazar, doim bitta oddiy JavaScript qiymatini qaytaradi.

❗️Muhim tushuncha: cell.valueni hech qachon to'g'ridan-to'g'ri ishlatish tavsiya qilinmaydi, har doim shunday normallashtiruvchi qatlam qo'yish kerak.

4-qadam — Noaniq ma'lumotni jimgina o'tkazib yubormaslik
Import paytida ba'zi qiymatlar noaniq yoki taxminiy tarzda hal qilinishi mumkin (masalan, bitta ustunda faqat raqam bor, lekin u nimani anglatishi kontekstga qarab taxmin qilinadi). Bunday holatlarda o'sha qatorni alohida ro'yxatga (masalan, suspiciousRows) qo'shib borish yaxshi amaliyot hisoblanadi. Import tugagach, foydalanuvchiga "mana N ta qatorda taxmin qilindi, tekshirib chiqing" deb ko'rsatiladi — hech narsa jimgina noto'g'ri import qilinmaydi.

Xulosa
exceljs — Node.js'da Excel bilan ishlash uchun standart tanlov: Workbook → Worksheet → columns/rows.
Eksport oson va oldindan aytib bo'ladigan jarayon — chunki ma'lumotni o'zimiz beryapmiz.
Import qiyinroq — chunki foydalanuvchi faylni har xil formatlab yuborishi mumkin, shuning uchun har doim "universal o'quvchi" funksiyalar va "shubhali qator" mexanizmi kerak bo'ladi.
Fayl xotirada (buffer) ishlanadi, diskka yozilmaydi.

✅ Qiziq fakt: bu naqsh faqat Node.js'ga xos emas — Python'da pandas/openpyxl (pd.read_excel() / df.to_excel()), Java'da Apache POI (Workbook, Sheet, Row, Cell — deyarli bir xil nomlar!) ham xuddi shu tuzilishdan foydalanadi. Sababi oddiy: .xlsx fayli aslida bir nechta XML fayldan tashkil topgan ZIP arxivi, shuning uchun deyarli barcha tillardagi kutubxonalar Excel faylining o'z ichki tuzilishini aks ettiradi.
18 yoshli qizlarga qalbdan nasihat: #youasked

1. Jamiyat standardlari emas, islomiy qadriyat bilan ulg'ay. Bilib-bilmay, feminist g'oyalarga uchma. Mo'minning karami taqvosi bilan - karyerasi, layklari, gullari, mashinasi bilan emas.

2. Qalbingni va fe'lingni go'zallashtir. Shu qalbing seni boshqalardan ajratib turadi. Qalbingga avvallo Allohning muhabbatini joyla.

3. Ibodatlaringni muhofaza qil. Namoz, Qur'on, zikr va nafllar - qo'rg'oning bo'lsin.

4. Jismingni ko'z-ko'z qilma. "Olmos"deksan. O'zingni asra. Libosing taqvo va hayo bo'lsin. (Iloji boricha) hatto rasmingni begona ko'zlardan asra.

5. Yolg'iz qolishdan, qadriyatsizlar tomonidan ajratib qo'yilishdan qo'rqma. Bu vaqtni o'z foydangga, rivojlanishingga ishlat.

6. Xarakter/fe'l-atvoringni bahona qilma. Introvert bo'lsang, qobig'ingdan chiqishni, ekstravert bo'lsang, nozik va sezgir bo'lishni o'rgan. Hech kim seni "boringcha qabul qilish"ga majbur emas.

7. Ota-onang, yaqinlaring bilan chiroyli munosabat qil. Ularga yaqin bo'l. Sinovlarga iymon bilan sabr qil.

8. Judda sodda (naive) bo'lma. Kim yaxshi, shirin gapirsa, ishonib ketaverma. Yolg'on mehr-e'tiborga aldanma. Uzoq muddatda dunyo va oxirating uchun foydalisigacha sabr qil.

9. Onasan. Bo'lajak farzandlaring uchun o'zingni tarbiya qil. Shunga mos solih ota tanla.

10. O'zingni birovga taqqoslama. Hammasi o'z yo'l-yo'rig'ida, nasib qilganida, Alloh bitgan vaqtda yetib keladi.

11. Jismoniy, aqliy va ruhiy sog'liging haqida qayg'ur.

12. Istixorani lozim tut. Har bir ishni Allohga havola qil.

13. Beruvchi bo'l, Alloh uchun qil - xotirjam bo'lasan. Ayollar tabiatiga xos illatlarga qarshi kurash.

14. Qanday yashasang, yasha.
Kim bilan do'st bo'lsang, bo'l.
Turmushing qancha ideal bo'lsa, bo'lsin.
Lekin agar qalbda Allohni ustun qo'yolmasang, hech qaysi biri tatimaydi. "Ayollik baxti"ngdan avval "bandalik baxti"ngni top.


Aslida, aytar nasihatlar ko'p. Amaliga tavfiq bersin.

© ULUL ALBAB yozdi
Forwarded from Webmakon | AI
💡MIT (Massachusetts Institute of Technology)dan AI va Machine Learning’ni o‘rganish uchun 9 ta bepul kurs to‘plami

1️⃣ Introduction to Machine Learning — Machine Learning asoslari

2️⃣ Artificial Intelligence — Sunʼiy intellekt

3️⃣ Foundation Models and Generative AI — modellar asoslari va generativ AI tizimlari qanday ishlashi

4️⃣ AI 101 — AI haqida boshlang‘ich tushunchalar

5️⃣ Introduction to Deep Learning — Deep Learning asoslari

6️⃣ ML with Python — Python yordamida Machine Learning

7️⃣ How to AI (Almost) Anything — AI’dan ijodkorlik va kundalik vazifalarda foydalanish

8️⃣ Artificial Intelligence in K-12 Education — AI va uning ta’limdagi qo‘llanilishi

9️⃣ Introduction to Algorithms — algoritmlar asoslari

@webmakon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Sabina Norbekova | Blog
Photo
#toast #web #notification

UX/UI Dizayn va Dasturlashda: Toast bildirishnomalari (Toast Notification)

Dasturiy ta'minot, veb-sayt yoki mobil ilovalarda Toast — bu ekranda qisqa vaqtga paydo bo'lib, foydalanuvchi ishiga xalaqit bermasdan yana o'zi yo'qolib ketadigan kichik ma'lumot oynasidir

Nomi: Non qovuradigan qurilmadan (toster) tayyor non bo'lagi (toast) "sakrab" chiqishi kabi, bu xabarlar ham ekranning burchagidan yoki pastidan to'satdan chiqib kelgani uchun shunday nomlangan.
Vazifasi: Foydalanuvchiga biror amal muvaffaqiyatli bajarilgani yoki xatolik yuz berganini bildirish (masalan: "Xabar yuborildi", "Parol o'zgartirildi", "Internet aloqasi uzildi").

Asosiy xususiyatlari:
— Avtomatik yo'qolish: Foydalanuvchi "Yopish" tugmasini bosishi shart emas, odatda 3–5 soniyada o'zi g'oyib bo'ladi.
— Xalaqit bermaslik (Non-intrusive): Ekranning o'rtasini to'sib qo'ymaydi (Modal oynalardan farqli ravishda) va foydalanuvchi o'z ishini davom ettiraveradi.
— Interaktiv emasligi: Odatda foydalanuvchidan hech qanday harakat talab qilmaydi, faqat ma'lumot beradi.

https://www.geeksforgeeks.org/javascript/how-to-make-a-toast-notification-in-html-css-and-javascript/
https://www.magicbell.com/blog/what-is-a-toast-message-and-how-do-you-use-it
https://blog.logrocket.com/ux-design/toast-notifications/
https://developers.google.com/cars/design/automotive-os/components/toast?hl=ru
https://www.courier.com/blog/what-is-a-toast-message
Do one thing every day that scares you
Believe you can and you're halfway there
Forwarded from Unilance
#hazil

- Oʻzbekistonda eng mashhur dasturlash tili qaysi? Qaysi dasturlash tilini oʻrgansam osonroq ish topaman?

- Rus tili degan dasturlash tilini oʻrgangin ukam, shunda osonroq ish topasan :)

© Ayyubxon Kamoldinov

@unilance - eng yaxshisi siz uchun
👍3
Forwarded from IT 0 DAN O‘RGANISH
🔥 O'chirilgan fayllarni xakerlar ham qaytara olmaydigan qilib butunlay yo'q qilish siri!

Faylni shunchaki "Shift + Delete" qilsangiz yoki Korzinani tozalab yuborsangiz, u butunlay yo'qoldi deb o'ylaysizmi? Aslo yo'q! Istalgan havaskor ham oddiy bepul dastur orqali o'sha rasmlar va hujjatlarni qayta tiklab olishi mumkin.

Ayniqsa, kompyuter yoki fleshkani sotishdan oldin bu juda xavfli!

Windows tizimining o'zida qolgan barcha izlarni 100% yo'q qiluvchi kuchli harbiy darajadagi buyruq bor:

1️⃣ 1-qadam: Avval odatdagidek o'chirmoqchi bo'lgan fayllarni o'chiring va Korzinani tozalang.

2️⃣ 2-qadam: Pusk'dan cmd deb qidiring va "Run as administrator" (Administrator sifatida ishga tushirish) qiling.

3️⃣ 3-qadam: Qora ekranga quyidagi buyruqni yozib, Enter bosing:

👉 cipher /w:C: (agar boshqa disk yoki fleshka bo'lsa, C o'rniga o'sha disk harfini yozing, masalan cipher /w:D:)

4️⃣ 4-qadam: Tizim diskning barcha bo'sh joylari ustiga 3 marta tasodifiy raqamlarni qayta yozib chiqadi va eski fayllar izini jismonan yo'q qiladi.

Natijada hech qanday dastur yoki maxsus laboratoriya ham eski fayllaringizni qaytara olmaydi!


💻Bizga qo‘shiling👇
👉@ITmuhandislar
Forwarded from AI | DigiTech
⚡️Ilon Mask 2027-yilda AQShdagi har bir bolaga SpaceX kompaniyasining bittadan aksiyasini sovg‘a qiladi.

Hozirda Amerikada 18 yoshgacha bo‘lgan 72 millionga yaqin bola bor, bitta aksiya esa 150 dollar turadi. Ya’ni, barcha voyaga yetmaganlarga sovg‘a qilinadigan bo‘lsa, joriy narxlarda Mask $10,5 milliardlik qimmatli qog‘ozlarni xayriya qilgan bo‘ladi.

Tadbirkorning o‘z boyligi 908 milliard dollarga baholanmoqda — iyun oyida u qisqa muddatga tarixdagi ilk trillionerga aylangan edi.

📟 DigiTech
👍1