فؤاد
27 subscribers
337 photos
74 videos
2 files
19 links
Meaning of fuad - mind and soul
Download Telegram
~ o‘tmaydi deb gumon qilgan biroq o‘tib ketgan kunlaringizni yodingizga olsangiz, hayot ancha yengillashadi. 🌊

@vadduha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бир сафар мен бир кунда қирқ уч марта қуёш ботишини томоша қилганман!

Орадан сал ўтгач, хиёл андуҳ билан яна шундай дединг:

— Биласанми… баъзан юрагинг нимадандир ғуссага тўлиб кетганда, ботаётган қуёшга бирпас термулиб ўтирсанг борми…

— Демак, ғурубни қирқ уч марта томоша қилган кунинг жудаям хафа бўлган экансанда?

Аммо Кичкина шаҳзода бунга жавобан индамади.
Forwarded from سعيد
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
millat o’z tarixini bilmas ekan…
Yoshlikdagi doʻst bilan yuzlashish huddi oʻzing bilan, bolalik bilan, xotiralar bilan yuzlashish kabi ekan..
Oʻqimay qolish, oʻrganmay qolish huddi yashamaslik kabiku, sen qanday yana tirikman deysan?
سعيد
millat o’z tarixini bilmas ekan…
Қарғалар учса қарайлик Марғилоннинг йўлига...
Хўш бу қўшиқнинг яратилиш тарихи ҳақида биласизми? Агар билмасангиз ҳозир билиб оласиз!

-1875-йил Россия империяси Қўқон хонлигига қарши юриш қилиш учун жуда катта қўшинни Фарғона водийсига ташлади. Қўқон хони Худоёрхон Россияга ўз тобелигини изҳор этиб дарвозаларни очиб берди. Марғилон, Қўқон, Андижон, Наманганда халқ русларга қарши она юрти ҳимояси учун кураша бошлади...
1875 - йил куз…
Руслар Марғилонга жуда катта ва қудратли ҳарбий қўшин ташлаган. Маргилон йигитлари яхши қуролланмаган бўлсалар ҳам мардонавор жанг қилмоқдалар. Охир-оқибат руслар шаҳарнинг жанубий дарвозасидан ёриб киришга муваффақ бўлди. Шаҳарга кирган руслар қутургандан-қутура бошлади: қаршисида учраган ёш-у қари, хотин-қизлар ва ҳаттоки ёш болаларгача қиличдан ўтказа бошлади. Рус аскарлари тўғри келган уйга кириб ўзи хоҳлаган аёлларни зўрлай бошлади. Лекин бу ҳаракатлар ҳам Марғилон ҳимоячиларининг руҳини синдира олмади. Марғилонда эркаклар қирила бошлади. Дахшати кейин бошланди…

Қонхўр Скобелов (Росс.импер. комондони) Марғилонда катта майдонда чўплардан хочсимон устунлар ясаб, русларга қарши курашган йигитларни ўша устунларга боғлади. Бир қанчасини ўша ернинг ўзида ўлдирди, бир қанча йигитларнинг оёқ-қўлларини кесиб ташлади. Акасининг, укасининг, эрининг азобланаётганини, ўлдирилаётганини кўрган аёллар чидай олмади - ўзини уларнинг ёнига отди! Шунда рус аскарлари жазоланаётган яқинлари олдига югураётган аёлларга қарата ўт оча бошлади. Скобелов кимда-ким жазоланаётганларга яқинлашса қатл этилишини эълон қилди, ҳаттоки ўлдирилганларнинг дафн этилишига ҳам рухсат беришмади. Атроф нолаларга тўлиб кетди - кимдир кесилган қўли оғриғидан, кимдир кесилган оёғи оғриғидан, яна кимдир номус оғриғидан дод солар эди.

Устунларга боғланган ўликлар ва тириклайин оёқ-қўли кесилганлар сасий бошлашди. Қарғалар, қузғунлар келиб уларни чўқалай бошлашди. Яқинлари эса туну-кун уларни қарғалар ва қузғунлардан ҳимоя қилиб қўриқчилик қилиб туришди. Шунда одамлар орасидан бир аёл йиғлаб шу қўшиқни айта бошлади:

Каргалар учса карайлик
Маргилоннинг йулига
Хиди келса маст булайлик хандалакнинг буйига.

( ўз яқинларининг бадбўй ҳидини айтмай, бу ҳидни ҳандалакнинг хушбўй исига ўхшатишган)
Ҳандалак бўйликкинам,
Сен унда зор, мен бунда зор,
Тўтиқушнинг боласидек
Иккаламиз интизор.
Интизорлик торта-торта,
Танда тоқат қолмади.
Йўл чивиндек сарғайиб,
Учарга ҳолим қолмади...
«Elbek Hamzat»
Forwarded from Qizingiz yozdi...
Allohning valiy bandalari haqida gap ketganda, ularni "ابن الآن" -- "Ayni damning (hozirning) farzandi" deydilar. Bu - aql, ruh, qalbning jism bilan bir yerda ekanligini anglatadi. Banda chin ma‘noda baloga sobir, qismatga qone‘ va qazoga rozi bo'lganda erishadigan xotirjamlik rutbasi.

Balki qadarga iymon keltirishning farz qilinishi hikmatlaridan biri -- kechadan afsus va ertadan qo'rquv bilan yashamay, barini Alloh taologa topshirish [التفويض] uchun bo'lsa kerak.

Turklarda "ânın tadını çıkarmak / ânı yakalayabilmek" degan ibora bor: mavjud bo‘lib turganingiz lahzani to‘kis yashash degani.

Bizda...
Ayni damda topiladigan yagona narsa - jasadimiz. Qalb - kelajak xavotirida, ruh - kechmish taassufida, aql ham boshqa ishlar bilan safarga ketgan.
Bunday yashash odamni charchatib qo'yadi.
Alloh ofiyat bersin.
---
Be where your feet are -- Oyoqlaring turgan yerda bo'l, degani.
Men shu 14 kun ichida ham vaqtning juda tez oʻtganini, ham toʻxtab qolganday boʻlganini sezdim goʻyo. Biri oʻzim sevgan ishlar bilan mashgʻullik, boshqasi sogʻinchdan boʻlsa kerak.
-You wander a lot. What are you searching for?
-I don’t know, she admitted. Maybe something to make me feel at home. Or someone.
-Perhaps it’s not about finding something but about being found.
She had spent so much time searching for connection that she hadn’t realized the connection she truly needed was within her.
ba'zi manzillar bor. bir kezgach, hayolingdan ketmay qoladi. endi hayollan, xotiralar buluti ustiga o'tirib olib u yerlarni kezasan. ba'zi manzillar bor yetishishni doim istagan yerlaring, yetdim deganda sukut saqlaydigan, hayajondan yuraging to'xtab qolganday bo'ladigan yerlar, dengizni sog'ingan osmonlik kabi ularga tikilaversan, hech to'ymaysan. ba'zi ko'chalar bor goyo ruhi bordek, kel oydin tunlari meni mazza qilib kez deydi. ba'zi sahrolar bor, boqsang olis, ammo yaqin, shundoqqina yoningda, hozirgi lahzalarda. mayin shamol bilan qo'shib seni olis davrlarga keltiradi. shunday manzillar bor, u yerlarda yulduzlari boshqa yerda bo'lmagani kabi ko'rinadi, qo'l uzatsang yetadigandek, go'yo endi osmon kengroq, oy bo'lsa qadrdonroqdek. shunday manzillar bor, yetgach qadrini u qadar bilmaysan, ayrilgach esa o'zingga kela olmay qolasan. so'ng balki, bir go'zal balki, bu yerlarni qadrli qilgan uning tuproqlari-yu, go'zal maskanlari emasligini o'ylaysan. sen o'zing, hayollaring, hayajonlaring, yoningdagi insonlar yo'llarga rang berganini, vanihoyat sayohat sevar ruhing endi bo'y ko'rsatganini tushunib olasan. va endi sen aslo, aslo avvalgi Said bo'lmaysan..
- Qalb og'rig'i eng kuchli og'riq.
- Yo'q, seni tishing og'rimagan hali.
You can spend your entire life searching for yourself, only to discover that the person you’ve been looking for has been with you all along.
Nechun chorasizlik choradir mudom?
ularni kimdir bo'lganidan emas, menga kiminidir, ba'zida o'zimni, eslatganidan sevib qolayotgandekman..
Ushbu kitoblar Sergey Barodin - asli Maskvalik yozuvchi qalamiga mansub . U Oʻzbekistonga kelib, bizni elimiz, urf odatlarimizni sevib qoladi. Bu asarni yozishga esa yozuvchi 20 yil umrini sarflaydi. Yozish mobaynida Amir Temur bosib olgan yerlarini har biriga borib, arxivlarni "titkilab" chiqadi. Sovet davrida Amir Temur doim yovuz boʻlib koʻrsatilgan, Borodin boʻlsa bobomizni goʻzal tomonlarini koʻrsatib bera olgan, masalan asarda Amir Temurning ayoli, farzandlari, va nabiralari bilan boʻlgan goʻzal muomalasi tasvirlab berilgan ekan. Bu kitobni bugun kashf etdim, nasib boʻlsa oʻqib chiqaman. Sizlarga ham tavsiya.
Hoʻsh yana nimani aytay..
Bugun birinchi marta uy muzeyiga borib koʻrdim. Yuqoridagi yozuvchining uy muzeyiga, yolgʻiz oʻzim. Kirganimda bir ayol tabassum bilan kutib oldilar. Quvonib yozuvchi hayoti haqida gapirib berdilar. 10.000 kitoblari jamlangan kutubxonaga kirdim, ishonasizmi shuncha kitobni hammasini oʻqigan ekan yozuvchi. Keyin aytib qoldilar shu yerga juda yaqin joyda Yesenin uy muzeyi bor ekan. Men oʻzimcha osmonlarda uchib, oh qanday yaxshi, yoqimli insonlar bora deb, Yesinin muzeyi eshigini taqillatsam bir rus amaki ochib qoldilar. Shu desangiz, nima ishingiz bor deganlarida, hech ekskursiyaga keldim deyishni ruschasi miyyamga kela qolmaydida, bir nima dey desam hayolimda inglizcha soʻzlar suzib yuribdi. Amaki rus tilini bilmasang nima qilarding rus yozuvchini muzeyiga kelib dedilar. Men boʻlsa yoʻq men oʻqib, eshitib tushuna olaman, gapirishga qiynalyapman deyolmadim. Boyagi fikrlarim borku, shunga teskari shapatidek keldi. Shunaqa hamma ham birdek hush muomala emas. Agar kimdir Oʻzbekistonda yashab turib rus tilini bilmaganimga meni uyaltirmoqchi boʻlsa uddasidan chiqolmasdi. Lekin mening vaziyatimda uyat ish boʻldi. Maylida bir kunda ikkisi bir biriga zid insonlar bilan ketma ket uchrashish nasibam ekan. Bugunim ham dars boʻldi.
Shunaqa gaplar...
Bu sogʻinch goʻyo bir bor yashamoq soʻng umring oxiriga qadar shu onlar xotirasi bilan yashamoq kabi..
Oʻquvchi oʻzi tayyor boʻlganda, istagandagina oʻrganadi degan gap bor edi. Ustoz har qancha mahoratli boʻlmasin oʻquvchi oʻrgatilganlarni qabul qilmas ekan naf yoʻq. Huddi shunday insonlar ham oʻzalari tayyor boʻlganda oʻzgararkan.