فؤاد
27 subscribers
337 photos
74 videos
2 files
19 links
Meaning of fuad - mind and soul
Download Telegram
Har safar eshitsam oh Zebi, Zebi deyishdan oʻzimni toʻxtatolmayman..
Qulash bilan doim ham chuqurlikka borib urulmaysan. Baʼzi qulashlar, yuqoriga yuksaltirguvchi boʻladi.
Toʻyib toʻyib suhbatlashishni hohlayman. Rosti, hozir suhbatdosh ham shart emas. Bir finjon qahva bilan ham demayman. Oʻzim bilan sokinlikda qolsam bas. Men shoshqaloqqa biroz vaqt kerak. Koʻroq oʻylab, anglab olishga.
Oʻquvchi qizning, yozuvchi bir hamrohi boʻlsa qanchalar goʻzal,
Suxandonning bir tinglovchisi🌷
Forwarded from Qizingiz yozdi...
Adashuvlaring - qaytib adashmasliging uchun bo‘lgan. Shuning o'ziyoq o'tmishda o‘tmishlardan rozi bo'lishga yetadi.
Forwarded from فؤاد
Har kunim, yillarim, bora bora umrim men qabul qilgan qarorlar natijasi ekan, mening vazifam qoʻlimdagi naqdimni - vaqtimni sarmoya ila sarflash. Yaratgan menga bergan aql neʼmati, ilm olishga imkoniyatni bergan ekan, mening vazifam shu neʼmatlardan oqilana foydalana bilish. Qoʻyib bersangiz bir hafta ham 14 soatdek oʻtadi menga. Vaqtga qoʻshilib oʻzim ham oqib ketaman. Toʻgʻri avvaliga oʻzimni unga bunga urib rosa tipirchiladim. Soʻngida esa qanday qilib beqarorlik dengiziga mubtalo boʻlib qolganimni anglolmay qoldim. Aytmoqchimanki, biror ilmni yo ilmlarni oʻrganmoqchimisiz hayrlisini soʻrangu tezroq boshlang, qilishim kerak deb yuraversak hali ancha yuramiz.
Bugungi sayohatim Choli qushi bilan boʻldi. Qiziq, oʻzimni bir ikki yoshga ulgʻayib qolgandek his qildim.
Daraxtlarni sevaman. Turli tuman boʻlsalar ham, turli mevalar bersalar ham talashmay yonma yon yashaydilar. Hammasini rangi yashil, ammo yashilning ming hil tusi. Doim barglari muloyim tebranib turadi.
Fasllarda yashaydilar. Kuzda goʻyo yosh toʻkib barglarini hazon qiladilar, bevafo shamol olib uzoqlarga uchirib ketadi. Qishda qaqshab, qurib qolishadi, ammo mukofotiga qor ularga taskin boʻlib oppoq korpa yopib qoyadi. Bahorda esa ochilib kelinchakka aylanishadi, gullab koʻzlarni quvnatishadi. Soʻng sabrlari meva beradi.
Shu kichik niholdan azim balandliklarga yetishlari ajib, salobatlari oʻzgacha. Bilasizmi daraxtlar va ulardagi yashillik doim uy kabi his beradi. Ular bilan sayr qilsang, mahzun qalbingga ajoyib suhbatdosh boʻladilar. Balki shundandir daraxtlardagi yashillikni ham, va shu rangli koʻzlarni ham sevaman.
Bugun havoniyam kayfiyati boʻmadiya?!
Ayb izlayotgan boʻlsang barcha koʻzgular seniki
Oidman deb bilgan borliqqa begonalikmikin gʻariblik?
Yoʻqsa bir bor topib qayta oʻzni yoʻqotmoq?
Quyoshga oʻxshab porlashing uchun avval botishing kerak.
Robbingga yuzlanib mening dardlarim koʻp dema, dardlaringga boq va mening buyuk Robbim bor de.
But how could you live and have no story to tell.
Fyodr Dostoevsky
Oʻzgarish boʻlishi uchun ogʻriq boʻlishi kerak.

Ibn Sino uni tananing qoʻriqchisi deb ataydi. Yani ogʻriqni. Ogʻriq tanada muommo borligidan habar beradi. Ogʻriq bor ekan biz hastalikni anglashimiz, soʻng darmon topishimiz mumkin. Muammolarining asl ildizi ham baʼzan oʻsha muammo borligini bilmasligimizda.
Yana ogʻriqni shunday kuchi borki, u seni harakatga keltiradi. Jadidlar ham qalblarida ogʻriqlari bor odamlar emasmidilar?! Huddi shunday ular avval kuzatib, soʻng jamiyatdagi ogʻriqli nuqtalarni his qilishgan, boshqalarning karaxtligidan hayratda qolishgan.
Shunday ekan hamma ogʻriqlar ham jazo boʻlavermaydi, baʼzilari seni munojatga yetaklovchi quduq, baʼzilari seni ogohlantiruvchi nahang, baʼzilari harakat qilishni boshlashing uchun tarsaki boʻladi. Sen boʻlsa toʻxtab qolma, ogʻriqlarim bor deb aganama. Chunki ogʻriqni his eta oldingmi demak umid bor.
Forwarded from Ustoz Kundaligi
Бу ўқув йилини катта челленж билан бошладим:

1. Учинчи тилим рус тилида дарс ўтиш;
2. Нотаниш мактаб;
3. Нотаниш муҳит;
4. Мен учун янги дарслик;
5. Янги ўқувчилар.

Бир ҳафта ўтди.

— Натижа қандай?
— Худога шукр, тирикман.

Янги мактаб, шўх ўқувчилар, дарслик мен учун муаммо эмас.

Энг қийини — рус тилида дарс ўтиш бўлди. Чунки ўртача биламан. Талаффузимда қўпол хатолар қилиб тураман.

Қандай енгиб ўтдим?


Биринчи дарсга киришим билан мен чет элда ишлаганимни ва илгари кўп муддат тарих дарсларини инглиз тилида ўтганимни айтиб "мақтаниб олдим".

Шу билан кимда инглиз тилидан муаммоси бўлса бемалол менга мурожаат қилишини ҳам эслатиб кетдим.

Ора-орада инглиз тилида ҳам гапириб олдим.
Болалар: «Вааав». 😅
Мен эса баҳонада ўзимга бўлган ишончимни ошириб олдим.

Яхши натижа берди:

Рус тилини ўртача билишим камчилигим эмас — фазилатимга айланди.

Ҳозир рус тилини чуқур ўрганяпман: кино, подкаст, китоб, дарс ўтиш.

Бир ҳафтада анча ривожландим. Одам мажбур бўлса нималар қилмайди)

Хуллас, энди ҳар куни 10 - 20 дақиқа рус тилида онлайн мулоқот қилишни йўлга қўймоқчиман.

Менга рус тилини биладиган ҳамроҳлар керак. Қиладиган ишингиз — шунчаки мен билан рус тилида суҳбатлашиш. Бўлди.

Эвазига ўзим ўқиётган китоблардан олган янгиликларимни сиз билан бўлишаман. Фойдали бўлади.

Алоқага чиқинг: @light_upon_light2

@Ustoz_kundaligi
Tagʻin kun sanayman. Tagʻin barmoqlarim taqchil boʻlib qoladi. Tagʻin kaftlarim barmoqlarim bilan toʻlib qoladi.
Kitobdan.
Adim ne Yusuf ne Züleyha, bu kuyude yeniyim,
Kuyu serin, kuyu yüreğimdende derin.
Seni uchratguncha qancha kitob qoldi ajabo?!