فؤاد
27 subscribers
337 photos
74 videos
2 files
19 links
Meaning of fuad - mind and soul
Download Telegram
Biriga maktub yozasan, yuboray desang manzilini bilmasliging yodga tushadi. Jimgina qalbingda saqlaysan yozganlaringni. Eng goʻzal tonglarning birida izlab topa olmaganingni qarshingda gʻalati hayajon bilan koʻrasan. Yuziga boqsang, u ham hikoyalarini koʻzlariga toʻldirib kelgan boʻladi.
Va endi sayohatlarning bir kishilik boʻlmaydi, hammasi u bilan yanada gõzalroq davom etadi
Nega?!
Keling hammasini aniqlashitib olamiz.
Nega yashayapsiz oʻzi ayting? Nega davom etyapsiz, sizni harakatga keltirgan kuch nima?! Nega qiynalib ilm olyapsiz, nega ibodat qilyapsiz, nega aynan shu hayot tarzida yashashingiz, nega aynan shu insonga turmushga chiqishingiz kerak? Nega jahlingiz chiqqanida alamini yaqinlardan oldingiz, nega yana oʻsha xatoni takrorladingiz, nega hali ham maqsadlaringizga erishmadingiz?

Gʻalati. Balki erish tuyilgan savollar toʻgʻrimi?! Keling aslida nima uchun "nega?" muhimligini tushinib olamiz. Musulmon inson koʻl chetidagi yogʻoch kabi boʻlmaydi, yani maqsadsiz, suv qayga oqsa oqib ketaveradigan. Rejali bolishimiz kerak. Rejalining nega, nima va qandaylari aniq boʻladi. Amallar niyatlarga bogʻliq toʻgʻrimi?! Biror amal qilishdan oldin niyat toʻgʻri boʻlishi kerak. Buni bilishda esa nega yordam berishi mumkin. Inson mazmunli hayotda yashashi uchun qadriyatlari aniq boʻlishi, bu uchun ham "negalari" ni aniq boʻlishi kerak. Miyyamiz aniqlikni yaxshi koʻradi, "nega?" bilan hayotimizda koʻp narsalarga aniqlik kiritib olamiz.

Gap shundaki, nega bu taqdirni soʻroqlash emas. Vaziyatga holisona baho berish, "qanday" yani yechim, usul, yoʻlga oʻtishdan avval sababni, maqsadni aniqlab olish.

Mana siz nega bu postni oʻqidingiz va endi nima qilmoqchisiz?!
Telba qiz va moviy gul.

Bir kishi yoʻlda ketarkan dunyodagi eng goʻzal gullarni quchgan telba qizni uchratibdi. Bu oʻzgacha moviy gullarni yoqtiribdi, qiz ham unga gullarni beriptiyu qaydan topgani haqida soʻralganda, jinniligaga borib, aytmabdi. Haligi odam atrofdagi hammani ishga solib rosa qidiribdi. Na shuncha harakatni, na qizdan soʻraganning bir foydasi boʻlmabdi. Eng kulgilisi, qiz har on, har on oz muddat ichida huddi shu gullar bilan paydo boʻlib qolardi. Ohiri, hafalasi pir boʻlgan yigit, uzoqlarga joʻnayman debdi. Poyezga oʻtibdiyu, alamidan yigʻlay boshlabdi. Birdan, koʻzi moviy rang narsalarga tushibdi. Darhol poyezddan tushib, oʻsha tomonga yuguribdi. Yaqinroq qarasa, "buyerga oʻtish taqiqalanadi" degan yozuv bor ekan Oʻtay deb tursa, bir keksa otaxon chiqib uni hayday boshlabdi. Taslim boʻlmagan yigit ,chol ichkariga yoʻl olgach, temir yoʻlidan ana shu gulzorga oʻtibdiyu moviy gullarni koʻchati bilan sugʻurib olib, qochibdi.
Uni hayron qoldirgan narsa, butun shahar toʻplanib shu telba qiz ola olgan gullarni topa olmaslik edi. Chunki u yerda "taqiqlanad"i bor edi. Shu sabab hech kim bu yerga qarab ham ovora boʻlmadi. Telba esa taqiqanini bilarmidi..
Moviy gullarga yetishmoq uchun, baʼzan "telba" boʻlmoq kerak, "taqiqlar"ni mensimaydigan telba.
Oʻtgan kuni bir yaqinimdan rosa hafa boʻldim. Shunday yaqin boʻla turib, meni yaxshi bilmasligidan. Bilmaslik ham mayli hayolan notoʻgʻri tushunchalar bilan koʻrar ekan meni. Oʻylasam, u hech qiziqmagan men boʻlsa aytmagan ekanman. Endi oʻzimni tanitmoqchiman. Shunda na men hafa, na u notoʻgʻri tushunchalar bilan yurmaydi.

Munosabatlarda eng muhim narsalardan biri muloqatdir. Baʼzida joningiz ogʻriydi, boshqalar ishi ham yoʻq deysiz. Aslida ular bilishmaydi ham siz bilan nimalar sodir boʻlganini. Shuning uchun, passiv agressiv boʻlib yurishni bas qilib. Oʻtiring hammasini ochiqlab oling. Va shaxsiy chegara ham yoddan chiqmasin.
Agar biror kishi rizqidan qutulish uchun shamolga minib qochganda, rizqi chaqmoqqa minib unga yetib olgan bo'lardi.

"Yo nasib"
You're in a wedding but can't stop thinking about the book you were reading..
Har safar eshitsam oh Zebi, Zebi deyishdan oʻzimni toʻxtatolmayman..
Qulash bilan doim ham chuqurlikka borib urulmaysan. Baʼzi qulashlar, yuqoriga yuksaltirguvchi boʻladi.
Toʻyib toʻyib suhbatlashishni hohlayman. Rosti, hozir suhbatdosh ham shart emas. Bir finjon qahva bilan ham demayman. Oʻzim bilan sokinlikda qolsam bas. Men shoshqaloqqa biroz vaqt kerak. Koʻroq oʻylab, anglab olishga.
Oʻquvchi qizning, yozuvchi bir hamrohi boʻlsa qanchalar goʻzal,
Suxandonning bir tinglovchisi🌷
Forwarded from Qizingiz yozdi...
Adashuvlaring - qaytib adashmasliging uchun bo‘lgan. Shuning o'ziyoq o'tmishda o‘tmishlardan rozi bo'lishga yetadi.
Forwarded from فؤاد
Har kunim, yillarim, bora bora umrim men qabul qilgan qarorlar natijasi ekan, mening vazifam qoʻlimdagi naqdimni - vaqtimni sarmoya ila sarflash. Yaratgan menga bergan aql neʼmati, ilm olishga imkoniyatni bergan ekan, mening vazifam shu neʼmatlardan oqilana foydalana bilish. Qoʻyib bersangiz bir hafta ham 14 soatdek oʻtadi menga. Vaqtga qoʻshilib oʻzim ham oqib ketaman. Toʻgʻri avvaliga oʻzimni unga bunga urib rosa tipirchiladim. Soʻngida esa qanday qilib beqarorlik dengiziga mubtalo boʻlib qolganimni anglolmay qoldim. Aytmoqchimanki, biror ilmni yo ilmlarni oʻrganmoqchimisiz hayrlisini soʻrangu tezroq boshlang, qilishim kerak deb yuraversak hali ancha yuramiz.
Bugungi sayohatim Choli qushi bilan boʻldi. Qiziq, oʻzimni bir ikki yoshga ulgʻayib qolgandek his qildim.
Daraxtlarni sevaman. Turli tuman boʻlsalar ham, turli mevalar bersalar ham talashmay yonma yon yashaydilar. Hammasini rangi yashil, ammo yashilning ming hil tusi. Doim barglari muloyim tebranib turadi.
Fasllarda yashaydilar. Kuzda goʻyo yosh toʻkib barglarini hazon qiladilar, bevafo shamol olib uzoqlarga uchirib ketadi. Qishda qaqshab, qurib qolishadi, ammo mukofotiga qor ularga taskin boʻlib oppoq korpa yopib qoyadi. Bahorda esa ochilib kelinchakka aylanishadi, gullab koʻzlarni quvnatishadi. Soʻng sabrlari meva beradi.
Shu kichik niholdan azim balandliklarga yetishlari ajib, salobatlari oʻzgacha. Bilasizmi daraxtlar va ulardagi yashillik doim uy kabi his beradi. Ular bilan sayr qilsang, mahzun qalbingga ajoyib suhbatdosh boʻladilar. Balki shundandir daraxtlardagi yashillikni ham, va shu rangli koʻzlarni ham sevaman.
Bugun havoniyam kayfiyati boʻmadiya?!
Ayb izlayotgan boʻlsang barcha koʻzgular seniki
Oidman deb bilgan borliqqa begonalikmikin gʻariblik?
Yoʻqsa bir bor topib qayta oʻzni yoʻqotmoq?
Quyoshga oʻxshab porlashing uchun avval botishing kerak.
Robbingga yuzlanib mening dardlarim koʻp dema, dardlaringga boq va mening buyuk Robbim bor de.