فؤاد
27 subscribers
337 photos
74 videos
20 links
Meaning of fuad - mind and soul
Download Telegram
It seems like real fun to be able to handcraft your own plates and stuff. I would love to have this experience. From what I watched they basically use different types of clay, mostly ceramic when DIYing. What I need now is ceramic and bunch of color.
Bazan inson besabab behuzur boʻlsa, bazan huzur halovatdan sarmast boʻladi. Hech qanday sabab boʻlmasa ham qalbingni qandaydir hislar chulgʻab oladi.
Feslen
Forwarded from Havro
Barchaniki kabi kelajak istamayotgan inson, buguni hammaniki bilan bir xil bo’lmasligiga chiday olishi kerak. Da’vo bilan amal bir-biriga to’g’ri bo’lsa, natija bo’ladi.
-Sen qanday qilib olgan shuncha ilmingni yoddan chiqarmaysan?
- Men ularni qalbimga joylayman. Ilm olganimda butun vujudim rohatlanadi. Qalbim unutishga yoʻl qoʻymaydi.

Men uning bu gaplariga hayron qoldim. Keyinroq boʻlsa ustoz toʻgʻrilab qoʻydilar. Ilmni taqvo bilan olsa, unutilmas ekan.
Farzand tarbiyalashga vaqtingiz yoʻq boʻlsa bilingki, boshqalarning uni ahloqini buzishga yetarlicha vaqti bor.
Ruh oʻzi kabisini uchratganda sevadi.
Nega kalimalar bir lahza seskantiryaptiyu, keyin oʻz taʼsirini yoʻqotyapti? Hikmatlar koʻp, ammo odamlar koʻraverib tasvirlanmaydigan boʻlib ketishgan. Bu jumlalarning oʻz kuchini yoʻqotganidan emas, qalblar koʻr boʻlganidandir..
Mahrga bularni soʻramang, bular u oʻqigan kitoblar boʻlsin, hadyaga yuborsin)
Yanglish joyga ekilgan chinorning koʻkarib ketishi uchun faqat ikki chora bora, shunday emasmi? Yo tomirlari yigʻlab siqtasa ham turgan joyining tuprogʻiga oʻrganishi, yo oʻsha tuproqni oʻzgartirib, ehtiyoji boʻlgan toʻgʻri tuproqqa almashtirilishi kerak.
Duayla bekleyin geleçektir
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayotimning shunday onlaridamanki, hozir men hohlagan hamma narsa bu sokinlik, yolgʻizlik va tafakkur. Togʻlarga qochib ketishni, choʻqqida oʻtirib olib, soatlab tafakkur qilishni, tunda osmonga tikilib oʻtirishni. Yaxshi kitob topib, u bilan sayr qilishni istayman. Odamovilarning darmoni shu emasmi aslida. Bizni odamlar bilan boʻlgan munosabat ham charchatadi ahir. Ana shu bizning sokin makonimizga qaytishni istaydigan vaqtimizdir.
Bandalarga sabring qolmaganda Allohning senga boʻlgan sabrini esla
beni çiçeklerin adıyla çağır. bana papatya de, feslegen de sensin diya söyla.
Ilm yoʻli oson emas. Baʼzan dangasalik bilan, baʼzida zehn bilan, baʼzida boʻlsa vaqt bilan muammolarga duch kelish mumkin. Muhimi taslim boʻlmaslik, va davomiylik.
Boʻlmasa boʻlguncha urinamiz!!
Soʻnggi yillar bir narsa qalbimni rosa qiynadi. Bugun shu haqida yozmoqchiman.

Maktabga qadam qoʻyganimdayoq maqsadim aniq edi, kelajakda ustoz boʻlmoqchi edim. Bunga sabab esa mehribon birinchi ustozim. 3-sinfda maktab almashtirdim, ular qattiqqoʻl edilar, yana maqsadim aniq boʻldi, men qattiqqoʻl ustoz boʻlmayman. Orada kasbimga taalluqli oʻzgarishlar boʻldi, bir jurnalist, bir adabiyotshunos, bir tarixchi, bir yozuvchi boʻlishni istab qoldi, ha yana styurardessa boʻlgim ham kelgan. 8- sinfda aniq boʻldi til oʻrganishga qobiliyatli edim, va ingliz tili oʻqituvchisi boʻlishni tanladim. Oradan ikki yil oʻtib esa qiziqishim oʻzgardi, hamon ustoz boʻlishni istar, ammo boshqa fanni tanlagandim. Boʻlmadi, butun qalbim bilan istagan oʻquv yurtimga emas, boshqasiga oʻqishga kirdim. Shunisi nasibim ekan dedim. Qaydam, qalbingni borligʻi bilan boshqasi tomon intilsayu, oʻzing boshqasida turmogʻing kerak boʻlsa qiyin ekan. Ustozlar yaxshi, oʻquv maskanim ham, men boʻlsa zerikib ketardim. Balki istagimga erishish uchun shu zinalardan ham oʻtishim kerakdir derman. Qurbon pazitsasida ham emasman, ammo oʻzim bilan kelishib olishim kerak boʻlgan narsalar koʻp. Ichimni yondirib turgan oʻsha ishqqa esa taslim boʻlganimcha yoʻq. Boʻlmasa boʻlguncha harakat qilamiz. Faqat oʻzimning burchagimdan, men boʻlishni istagan gulzordagilarni koʻrib qolsam havas kapalak boʻlib uchib keladi.

Xulosa: hech qachon kech emas, va Alloh bor ekan har nening iloji bor. Niyatni ezgu qiling, umidni soʻndirmang, va oʻzingiz ham harakat qiling. Eng boshida esa maqsadni aniq qilib oldingizmi Kurashing!
Bir sahifada oʻqib qolgandim.
Alkimyogar kitobida bir sotuvchi haj qilishni orzu qilar, ammo imkon tugʻilganda borishga jurʼat qilolmas ekan. Yani u orzusi bilan yashashga oʻrganib qolgan. Asli orzuga yetishishni emas, shu orzu bilan yashashni istagan.
Great Gatsby ham shunday, Daiziysiga yetishish uchun faqirlikdan chiqib boylikka erishadi, har ne qilib sevganiga erishganda esa u aslida yetishmoqni emas, ana shu uzoqdagi Daisy tushunchasini istaganini tushunib yetadi. U qiynalgan narsa oʻtmishni unutib, oldinga siljish, baʼzi narsalarni qoʻyib yuborish kerakligi boʻladi.

Biz ham shunday boʻlib qolmadikmikan. Orzularni oʻzimiz hech qoʻyib yuborishni hohlamaydigan, lekin yaqin ham yoʻlay olmaydigan bir paradoksga aylatirmadikmikan. Sizga savol orzularingiz oʻzingiznikimi, yani haqiqatmi, yoki siz usiz yashay olmaydigan roʻyo?!
Forwarded from Science in telegram
Isn’t it fascinating to think that the hummingbirds pollinating these Phalaenopsis orchids might perceive a bird-like image within the flower? Perhaps this visual resemblance aligns with what hummingbirds find beautiful, much like how we have our own concepts of beauty. The idea that a flower could appeal to a bird in such a way adds a charming layer to our understanding of nature’s intricate designs.

@science
Qochganing saodatmi, qolganing halokatmi bilmaysan
I know it wasn't a perfect move. But at least you tried. And trying is better than doing nothing. Because when you try, you win or make a mistake. Knowing your mistake and working on it is a great win.