فؤاد
27 subscribers
337 photos
74 videos
2 files
19 links
Meaning of fuad - mind and soul
Download Telegram
فؤاد
— modomiki uchishni istar ekansiz, u holda sizni yerga tortayotgan barcha narsani qo’yib yuboring. @vadduha
Avgustni depressiya va dangasalik bilan otkazib yuboribmiz.
Endi darrov turib, shijoat kõrsatishimiz kerak.
Ahir orzularga yetishdan bizni ozimizdan boshqa kim tõxtatyapti?
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadi-ki, bolalar tabiat qo'ynida yoki hatto tabiat rasmlariga qaragandan keyin ham – ishlarini yaxshiroq bajarishadi. Yaponlar bu usulni shinrin-yoku (o'rmon vannasi) deb atashadi. Tabiat qo'ynida yurish miyani tozalaydi. Tinchlantiradi. Xotiramizni yaxshilaydi. Yana bir tadqiqot ko'rsatadi-ki, texnologiyasiz lagerda besh kun vaqt o'tkazgan bolalarda empatiya darajasi oshgan.
Yechim ham shu yerda: tabiatga chiqib turish. Eng kamida hayotimizga tabiatni olib kirish. Muallifning ekranlarida tabiat rasmlari turadi. Ijod vaqtida ba'zan qushlar, o'rmon yoki yomg'ir ovozlarini qo'yib oladi. Bu yildan maktabimizda ham qushlar uchun in qildik. 


Aziz Rahimov, Parallel Muhit
Õsish tezligi qanday bõlgani yaxshi ?
Bilim konikmaning osish tezligi iloji boricha yuqori bolgani yaxshi. Chunki ilmga sarflanmagan vaqt lagvga sarflanib ketadi.
Aziz Rahimov quotes
Nazarimda eng yaxshi malumot bu avvalgi fikrlashingizni chellenj qiladigan, fikrlashingizga teskari, bolib ham ozi rost ekanini isbotlab beradigan malumotdir.
Oqiysiz, ishonmaysiz, qayta oqiysiz, atrofimgizga solishtirasiz. Agar holis bolsangiz, notogri fikrdaligingizni isbotlab, togrisini korsatgani uchun ham quvonasiz.
Ba’zi do’stlik rishtalari masofa tanlamaydi, har qanday holatda ham sendan qayg’uradi!
Va shunday insoning borligi yuragingni xotirjam qiladi.


She is my blue, my dearest person and a safe place.
Allohdan, orzularingizga ko’ra emas, balki, Uning mulkiga ko’ra talab qilinglar. U osmonlar va yerning sohibidir. U, hech bir narsa borasida ojiz emas.
Shunday ekan undan imkonsiz narsani talab qilinglar!

@vadduha
Vaqtni boshqarishning eng zõr usuli, kun davomida bajariladigan ishlarni belgilab oldingizmi õsha payt qilish. Ortga surmaslik.

Umm Saad
فؤاد
The niciest gesture in friendship🦢 writing and recieving letters🫠
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men doim xat yozishni tanglagan bõlardim.
Chunki ular qadrligim, sevikligim deb boshlanadi.
Unda yozilganlar esa bir umr xotira bõlib qoladi.
Мустаҳкам оила қандай қурилади? | «Рафиқим» 3-сон
Bintu Sodiq
Bir marotaba beriladigan bu hayotda, oilaga vafo bilan yashab õtmasa insonni boshqa mahluqlardan nima farqi bor?
Malomat qilgan balolanadi.

Nasihatni, malomat qilish bilan adashtirib yuborishadi. Aslida nasihat qilgan insonni qalbida rahmat bõladi, malomat qilgan odam ğazab bilan yuzlanadi,ayblaydi.

Dinimizda har bir jazo õzining jinsidan bõladi degan qoida bor. Shu sabab, malomat qilgan odam ham huddi shu vaziyatni yashab otadi.

Amina Fazliddin
Tanlov ko'pligidan bir qarorga kela olmayapmiz. Umr yo'ldosh tanlashda, kontent va kasb tanlashda. Tanlovga kela olmaganimiz sabab, vaqt yutqazib qolyapmiz. Endi bunisida adashmasligimiz kerak deb, tanlovda yanada ikkilanib qolyapmiz.
Yechim nima?
Oldingi holatdagidek tanlovsiz hayotga qaytishmi? Televizordagi narsalarni ko'rish, qarindoshimiz qiziga uylanish, otamizning kasbini qilish, eng kichik do'kondan savdo qilish?
Bu darajada cheklashimiz emas. Mutloq tanlov bo'lmasligi ham bizni qiynaydi. O'zimizni ojiz his qilamiz.
Tanlov yo'qligi xafa qiladi. Ko'pligi ham. Faqat ikkalovidagi xafa qilish sabablari boshqa bo'ladi. Tanlov yo'qligida erkinligimiz yo'qligidan siqilsak, tanlov ko'payganida eng zo'rini olmaganimiz mumkinligidan siqilib qolamiz.
Yechim ham shu ikki chegaraning o'rtasidan chiqadi. Oldindan talablarimizni aniq qilib olish. Talablarimizga javob beradigani chiqsa, rozi bo'lib, olish.
Adashmasam, dinimizga shunga yaqin maslahat ham bor. Kuyov bolaga talablar qo'ying (masalan, dindor), shu talabga javob beradigan yigit chiqsa, qizingizni bering. Bermasangiz, jamiyatda qiyinchilik tug'dirgan bo'lasiz.
Parallel muhit

Shaxsiy xulosa: hozirgi davrdagi tanlov kòpligida, togri tanlov qilishchun izlayotgan narsamizga royxat tuzib olish, togri kelsa rozi bolish
Biroz jurat, va sen ozodsan
Endi dangasalik qilsam, eh Sevinch sen ne ne toğlarni oshding, bu ish nima bõlibdi desam bõladi.
Doim yangi sarguzashtda bõlish, yoshlikdagi eng katta hotira yaratuvchi omil bõlsa kerak.

Hikingda har qanday odam qila oladigan hulosa bu, tanamiz yashab qolish kerak bõlsa, õz limitlaridan ham oshib harakat qilishi bõlsa kerak.

Chõqqilarga chiqib, atrofni tomosha qilganda inson õzining naqadar kichik, hayollarini band qilgan ishlarning zarraday ekanini his qiladi. Bazan dunyolarga sigmay ketamizku. Toğlarni, dengizlarni kõrganda inson, shu katta olamning kichikkina bolagiligini anglaydi.

Atrofdagi otlarning shitirlashiga qarab tiriklikni his qiladi.
Osmonning yaqinligidan esa ozodlikni.