فؤاد
27 subscribers
338 photos
74 videos
21 links
Meaning of fuad - mind and soul
Download Telegram
Eski odamlarning har qaysisi bir dorixona edi, hozir odamlar davosiz dardlar.
Sufyon Savriy
Tarixga oid kitob oʻqirkansan oʻlim yo ayriliq sahnalaridanda koʻproq nohaqlik boblarini oʻqish qalbni qonatarkan..
Nafsiga qul bandalar buncha adolatsizlikni qaydan olarkan. Nechun yeb toʻymaslar mansab deya shanini yurtini sotarkan. Nega qoʻlidan bir ish kelmas qoʻrqoqlar mard bir oʻgʻlon maqsadga yetay desa fitna uruglarin koʻkartirarkin. Bu kabi hunrezliklar faqat bizning tarixda bormikin?
Qalb parcha parcha boʻlib ketsada bu kabi kitoblarni oʻqishga majburmiz. Zotan, bular faqatgina kechagi hodisalar emas, nafs deya ertasini sotadiganlar har yerda har zamonda topiladi.
Forwarded from A'lamiy
Kitobga oshiqlik meni mubtalo qildi, birdaniga oʻnlab kitoblarni sotib
olishga majbur qildi,
bu tufayli esa moliyaviy
qiyinchiliklarga yoʻliqdim.
Bu xuddi bir erkak oʻzining
aqli va xushini “shafqatsizlarcha”
egallagan ayolga moli va holini
sarflashga oʻxshaydi.

Ammo bu (kitobga) oshiqlik sizni bir qancha kun va tun taomdan mahrum qilishi mumkin, lekin butun umringiz davomida aqliy va hissiy oziqlantiruvchi, doimo suyanishingiz mumkin boʻlgan va sizni umidsizlikka gʻarq qilmaydigan boylikka aylanadi.

#Ibrohim Jabra

@alamiy_uz
Kulib boqqan koʻzlar bor. Barchasi ham samimiy emas. Qizigʻi, shu chaqnagan koʻzlar sotib qoʻyadi aslini. Maʼyus chehralar bor, lekin haqiqiy. Ularga termulib qalbing quvnaydi..
Faqirlik faqatgina moddiyatdan iboratmi?
Oʻzi boy boʻlib, befarzand boʻlganlar, farzanddan faqir emasmilar?
Hamyoni toʻla pul boʻlib, iymon nuriga yetishmaganlarchi?
Mehrga zorlarchi, mehrga boylar tomonidan yaxshilikka tashna qilingan emasmi ular?
Kallasi boʻm boʻsh, hech mustaqil fikrlay olmaydiganlar, ularni fikrlashda faqir desak boʻlmasmikin?!
Yo faqat moddiyatda qoʻllaniladimi faqir soʻzi?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Manziliga yetmay turib, poyezdidan tushurib yuborilgan biriga oʻxshaydi ahvoling. U ham gʻarib, sen ham.
Shu sarson qalbingni sajdaga sigʻdirolmas ekansan, kichkinagina vujuding bilan keng olamga sigʻmay yuraverasan..
What if the future we planned and dreamed about for so long doesn't even exist?
We can end up in our graves at any point..
Baʼzi hollar faqat qalb bilan tushuntiriladi. Agar u soʻzga toʻkilsa, soʻz uni boʻgʻib oʻldiradi.
Suv hidi
Seninle har konuşanimda kendimla könuşurum..
Koʻz koʻradi, koʻzning koʻrganini koʻruvchi yoʻq deb oʻylaysizmi
Va inson qayerdan kelib qayerga ketayotganini, kimga bandaligini unutarkan oʻladi. Jismi yashaydiyu, ruhi tamom boʻladi.
Bir kun hammamiz ham tuproqqa aylanib ketamiz. Shunda qabrimiz ustidan gullar unib chiqarmikin, yo ichidagiga qiyosan qaqshab qurib qolarmikan...
Forwarded from سعيد
inson nega yolg'izlanadi, jimjitlikni xohlaydi va boshqalarga toqat qila olmay qoladi. tabiat bag'riga, tog'larga qochadi. hayvonlarni, qushlarni sevib qoladi. sassiz-sadosiz g'orlarga kirib ketgisi keladi ?
- chunki u uyg'onayotgan bo'ladi.
Kechadan beri bir Fargʻona daryosi qazilishida qatnashdim, bir choʻllardan odamlar oʻziga uy solishiga guvoh boʻldim, sholi ekanlarini sayr ettim, bechora Ikromjon va Jannat ayaga yuragim achib nomaqbul ogʻillari dogʻida ularni yupatgandek boʻldim. Baʼzi qizlarni qiligʻlariga hayron qolib, boshimni sarak sarak qildim. Ikromjondek, Azizbek, Nizomjondek pahlavonning mardliklari oldida tahsinlar oʻqidim. Oʻziyam ancha sayr qildim. Sayram mayli kuya, onlagan odamlarning qalb figʻonlarini eshitib kelyapman..
P.s kitob oʻqish sizni qaylarga oborib, ne kuylarga solmaydi deysiz.
Birini aslini bilmoqchi boʻlsangiz, avval Robbisi, soʻng oilasi bilan boʻlgan munosabatiga boqing.
Shu suratda hammamiz ham aks etganmiz shunday emasmi?
Birimiz gunohlarimizga botib qolgandek, boshqamiz bedor, darmonsizlikka. Yana kimdir tushkunlikka, ilojsizsizlikka, rangsizlik, maʼnosizlik, madorsizlikka.
Alsi ham kunlarimiz shu dengiz kabi hira, jozibasiz boʻlib qolmaganmi. Oz fursat oʻtib toʻlqinlar bir koʻpchib yutib yubormaydi deb oʻylaysizmi?
Ikki yil avval yozilgan kundaligimni varaqlab oʻtiribman..
Turli mavzularda yozgan ekanman. Vaqt haqida yozmoqchi boʻlibman, ammo yozmanbman. Bu mavzuga ikki bet tashlab ketibman. Qiziq nega oʻsha paytlar buni ortga surdim, yozib qoʻymadim. Har holda oʻsha paytlar vaqt bugungi kabi tez oʻtmasdi. Hozir boʻlsa.. oʻzingiz ham payqagandirsiz.
Yozish maroqli ekan. Uni saqlash boʻlsa undanda. Eski oʻzingga boqish, oʻtmishingni koʻzdan kechirish. Ajiib..
Oʻshanda, balki bularni oʻqib yigʻlarsan deb yozgan ekanman, yigʻladim rosti. Eski oʻzimni sogʻinib yigʻladim. Hozir koʻp narsa oʻzgargan, lekin maqsadlar oʻsha oʻsha.
Shu oʻquv yurtiga kirmasam kelajagim barbod boʻladi deb oʻylaysanmi?! Yaxshi yashash uchun yaxshi oʻqish, soʻng ishlab, pul topib, uylanib, bola chaqali boʻlib qariganimda rohatini koʻrarman, hayot shu deysanmi. Albatta bularni kim ham hohlamaydi deysan. Ammo shumi hayot, shumi bari? Ahir dunyo faqat oshqozon uchun yashab, oʻlib ketishingdan kengroq emasmi? Uzoqqa ketma, shunchaki oʻzingga boq.
Miyyangda 86 billion neyronlar bor, har soniyada tanang 25 millon yangi hujayralar paydo qiladi, tanangdagi barcha tomirlarni ulab chiqsa dunyoni uch marta aylangudek uzunlikka ega.. Yana nimalarni sanab beray?! Yaratguvchimiz har birimizga bergan neʼmatlar haqida.
Olam sen faqatgina yeyish uchun, yashash uchun yashashingdan ham keng. Berilgan imkoniyatlarga boq. Sen shunchaki yashab, oʻlib ketishga rozimisan?
Qachon oʻzingdan ortib insoniyatga manfaat keltirasan. Qachon bu umidsizlikdan chiqib, oʻzingga berilgan qobiliyatlardan foydalanasan. Qachon?!
Book vibes✨