فؤاد
27 subscribers
338 photos
74 videos
21 links
Meaning of fuad - mind and soul
Download Telegram
Channel created
بسم الله الرحمن الرحيم
People are asleep, once they die they wake up
Bu hayotga yoʻlchi kabi keldik. Sayohatimiz turli sir sinoatlarga toʻla boʻlishi tabiiy. Ammo uni iloji boricha yoqimliroq qilish oʻzimizga bogʻliq. Avvalo qayerdan keldigu, manzilimiz qayer ekanligini anglab olishimiz kerak. Safar uzun-qisqa boʻlsin, biz ila yo'lchilik qiladiganlar bari vaqtinchalik boʻladi. Illo Alloh bizni tark etmas. Soʻngra doimgi hamrohimiz oʻzimizdir. Inson oʻzi bilan kelisha olamas ekan, yondoshlari yaxshi boʻlsada safari daxshatli boʻlishi turgan gap. Yaqin doʻstimiz tilidan hadeb yomon gap kelishini istamaganimiz kabi, oʻzizni ham haqqimizga rioya qilishimiz kerak. Shuningdek inson hilqatini yoki nafsini ulovga, ruhini esa chavandozga oʻxshatishlar ham bor. Bu esa nafsingni tarbiyala uni chiniqtir, ruhingni esa oziqlantir, hushyor qil deganidir.
Oʻzi choʻkayotgan inson yonida choʻkayotganni qanday ham qutqarardi. Oʻziga qoʻshib tortib ketsa ketar ammo yordami tegmaydi. Huddi shunday, oʻzi ilmsiz maʼnaviyati rasvo biri qanday ham boshqalarga yordam qilsin. Shunday ekan avval oʻzingiz suzishni oʻrganing. Modomiki suzishni bilmas ekansiz suvdan uzoq yuring!!
Eski odamlarning har qaysisi bir dorixona edi, hozir odamlar davosiz dardlar.
Sufyon Savriy
Tarixga oid kitob oʻqirkansan oʻlim yo ayriliq sahnalaridanda koʻproq nohaqlik boblarini oʻqish qalbni qonatarkan..
Nafsiga qul bandalar buncha adolatsizlikni qaydan olarkan. Nechun yeb toʻymaslar mansab deya shanini yurtini sotarkan. Nega qoʻlidan bir ish kelmas qoʻrqoqlar mard bir oʻgʻlon maqsadga yetay desa fitna uruglarin koʻkartirarkin. Bu kabi hunrezliklar faqat bizning tarixda bormikin?
Qalb parcha parcha boʻlib ketsada bu kabi kitoblarni oʻqishga majburmiz. Zotan, bular faqatgina kechagi hodisalar emas, nafs deya ertasini sotadiganlar har yerda har zamonda topiladi.
Forwarded from A'lamiy
Kitobga oshiqlik meni mubtalo qildi, birdaniga oʻnlab kitoblarni sotib
olishga majbur qildi,
bu tufayli esa moliyaviy
qiyinchiliklarga yoʻliqdim.
Bu xuddi bir erkak oʻzining
aqli va xushini “shafqatsizlarcha”
egallagan ayolga moli va holini
sarflashga oʻxshaydi.

Ammo bu (kitobga) oshiqlik sizni bir qancha kun va tun taomdan mahrum qilishi mumkin, lekin butun umringiz davomida aqliy va hissiy oziqlantiruvchi, doimo suyanishingiz mumkin boʻlgan va sizni umidsizlikka gʻarq qilmaydigan boylikka aylanadi.

#Ibrohim Jabra

@alamiy_uz
Kulib boqqan koʻzlar bor. Barchasi ham samimiy emas. Qizigʻi, shu chaqnagan koʻzlar sotib qoʻyadi aslini. Maʼyus chehralar bor, lekin haqiqiy. Ularga termulib qalbing quvnaydi..
Faqirlik faqatgina moddiyatdan iboratmi?
Oʻzi boy boʻlib, befarzand boʻlganlar, farzanddan faqir emasmilar?
Hamyoni toʻla pul boʻlib, iymon nuriga yetishmaganlarchi?
Mehrga zorlarchi, mehrga boylar tomonidan yaxshilikka tashna qilingan emasmi ular?
Kallasi boʻm boʻsh, hech mustaqil fikrlay olmaydiganlar, ularni fikrlashda faqir desak boʻlmasmikin?!
Yo faqat moddiyatda qoʻllaniladimi faqir soʻzi?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Manziliga yetmay turib, poyezdidan tushurib yuborilgan biriga oʻxshaydi ahvoling. U ham gʻarib, sen ham.
Shu sarson qalbingni sajdaga sigʻdirolmas ekansan, kichkinagina vujuding bilan keng olamga sigʻmay yuraverasan..
What if the future we planned and dreamed about for so long doesn't even exist?
We can end up in our graves at any point..
Baʼzi hollar faqat qalb bilan tushuntiriladi. Agar u soʻzga toʻkilsa, soʻz uni boʻgʻib oʻldiradi.
Suv hidi
Seninle har konuşanimda kendimla könuşurum..
Koʻz koʻradi, koʻzning koʻrganini koʻruvchi yoʻq deb oʻylaysizmi
Va inson qayerdan kelib qayerga ketayotganini, kimga bandaligini unutarkan oʻladi. Jismi yashaydiyu, ruhi tamom boʻladi.