فؤاد
27 subscribers
338 photos
74 videos
21 links
Meaning of fuad - mind and soul
Download Telegram
اللهم بارك لي في وقتي ونومي ويقظتي، واجعل لي في نومي عبادة، وفي صحوي بركة.
“O Allah, bless my time, my sleep and my waking hours; make my sleep an act of worship, and my waking hours full of barakah.”
Your hand is cold, mine burns like fire. How blind you are, Nastenka? Dostoevskiy ''White Nights''

The one truly loves does not ask you to sacrifise yourself to be their. They let you go, to be happy, to be in the places where you bloom. Even when it aches. That's how I see the true love.
Maybe it is the time to prepare to bloom.
Because it is after the darkest of night that fajr breaks in.
Let July be the month of rebuild.
Oʻzingizni taftish qiling, amallaringizni teshik chelakka solib qoʻymayapsizmi?
Qalbingni sajdaga quyib duo qilasan, vaqtlar o'tib duoying yodingdan chiqadi. Robbing bo'lsa unutmaydi. Bir kuni o'zingni duolaring ichida toparkan, ortga boqib tabassum qilasan.
Har bir odam oʻz dunyosida yashaydi. Nikoh qurgan juftliklar esa bir olamda yashab, ana shu olamni obod qila boshlaydi.
Surah Al Fatiha is like a dua that is divided into two parts, it is between Allah, and his servent.
Source:Tafseer ibn Kathir.
"O tranquil soul,
Return to your Lord — pleased and pleasing [to Him],
So enter among My servants,
And enter My Paradise."
(Surah Al-Fajr, 89:27–30)
فؤاد
Let July be the month of rebuild.
and once you go back to the things that makes you happy - things that make you you, that spark in your eyes, it will be back again.
Ayol - sakiynat🕊
Arab tilidagi maskan va sakiynat soʻzlari - " سكن" - ya'ni hotirjamlik, tinchlanish manosini beruvchi oʻzakdan olingan.
وَجَعَلَ لَكُم مِّن بُيُوتِكُمْ سَكَنًا
“Va U sizlarga uyingizni oromgoh (dam olish joyi) qilib berdi...” (Nahl surasi, 80-oyat)

Mening fikrimcha maskandagi ana shu sakiynat - fitrati latif qilib yaratilgan ayollar orqali oilada qaror topadi. Tashqari dunyo shovqilanlaridan kishi ana shu sakiynat sabab uyga shoshiladi. Ostonadan qadam bosarkan, qarshisidagi nurli tabassumni koʻrib yelkalaridagi ogʻir yuklar agʻdariladi.
Daxshatli dunyodan bazan gʻamnok, bazan shod qaytgan bolalar ana shu issiq onalari bagʻriga yugararkan hotirjamlik topadi.
Oilada ayol baxtli, hotirjam emas ekan maskanning ham iliq tafti boʻlmaydi. Juftlar bir biriga shu qadar bogʻliqki, birining baxtisiz, ikkinchisi sakiynatga erisha olmaydi.
I do not know if humans supposed to miss the places they have not visited yet. But I am missing deeply. Of all the beautiful possibilities.
Sometimes, I find people from the depths of my heart. Then I sit quietly, close my eyes, hold them in my hands like a bird — and let them go to the places where they belong
"Because the dua I make for this jouney is different, and it is what i truly want to achieve"

I have one big and beautiful intention, and was constantly working on it for a while. But recently, I just couldn't really see my heart in it, and was constantly failing at it. I paused and looked back, and now what I see is that I was slowly drifting away from the intial intention I had before starting this journey all togther.
That was all I needed I gueess, this failings to remind me my bigger picture.
#reflection
Avvalgi yil ko'p vaqtimni kitob o'qib o'tkazar edim, o'tirib kitob o'qirdim, ish qilib audio kitob eshitardim. Bir kitobni tugatib, darhol boshqasiga shoshar, hatto darsda zeriksam ham kitob ochardim.
Shu yerda menga yetishmagan narsa, yozish, hulosalar qilish, ozroq vaqt turib tafakkur qilish bo'lgandi.

Bu yil avvalgisi kabi ko'p kitob o'qimadim, rosti hatto juda juda kam o'qidim. Bir tomondan bu safar ko'proq o'zimni taftish qilishga, o'zimni anglash intildim. Yangi joylar, do'stlar kashf qildim, yangi darslarga yozildim. Faqat bir bo'shliq - ba'zi kunlar bo'm-bo'sh yashadim. Sababi kitoblarsiz nima qilmasam ham oʻzim sevgan yangi ma'lumotlarni kashf qilish yoʻlidan, yangi tushunchalardan quruq qolgandim. Ba'zan tushkunlikka tushardim, chunki hayollarni yangi narsalar bilan band qilmasangiz, u sizni keraksizlari bilan band qiladi.

Eng ideal ikkilik bu o'qish, va tafakkur, ustozlar nasihati, shu bilan birga izlanish, sayohat va so'glom turmush tarzi bo'larkan.
Taqiqlamoqchi boʻlsang tanlov ham ber

Kichkina yoshli ukalarim bor, ularni kuzatib, "katta opalik" qilib erishgan katta kashfiyotim shu.
Kattalardek: "men aytdimmi qilmaysan, qum oʻynama, shokolod yema" emas. Oʻrniga:
- Qum oʻynashing mumkin emas, lekin bu yerga oʻtib argʻimchoq uchishing, yoki ukang bilan quvlashmachoq oʻynashing mumkin.
Nega bu usul ishlaydi?
- tanlov berish bu bolaga ham ovoz berish va uni shaxs sifatida qarorlarini hurmat qilishdir.
- har narsani taqiq ostiga qoʻyaversangiz bolalar baribir yoʻl topadi. Sizga koʻrsatmay ham qiladi.
Muhabbat eng yaxshi tarbiya

3 yildan buyon bolalar psixologiyasi- farzand tarbiyasi haqida kitoblar, maqolalar oʻqiyman, podkastlar eshitaman. Bolalar miyyasi qanday ishlashini, ularni tushunishni òrgandim, intizom haqida ham kitoblar oʻqidim. Eng soʻngida kelgan hulosam shu boʻldiki: tarbiyada eng samarali usul sevgi va mehr ekan.
Bolaga u qadar mehr beringki, unga sevishingizni shunday his qildiringki, ilingan har qanday yaxshiligingiz asli shafqatdan kelayotganini his qilsin. Shunday bogʻlaningki, eng yaqin doʻsti boʻlib oling, sizga koʻzi qiymasin. Qarshi chiqsa ham, sizni yoʻqotishdan qoʻrqsin.

Eng qizigʻi bu hozirgina erishilgan kashfiyot emas, tarbiyadagi mehr usuli nabaviy tarbiyaning oʻzagidir.

Hech yosh Anas roziyallohu anhuning muhim ish bilan yuborilib, yoʻlda chalgʻib qolib ketganlari hikoyasini eshitganmisiz? Soatlar oʻtib ular qarshilaridan gʻazabnok va tergashga tayyor odamni emas, ularga mehr va tabassum bilan boqib turgan Rosulullohni topdilar.
“Men o‘sha xizmatda o‘n yil bo‘ldim. U zot mendan biror marta ‘nega bunday qilding’ yoki ‘nega unday qilmading’ degan gapni eshitmadim.”
Sevdiğin, özlediğin kişilerin kapına gelmesi… ama senin evde olmadığın bir zamana denk gelmeside, nasip işidir.
Oshiq boʻldik deb hayol qilib yuramiz-u, hatto oshiqlik ham ogʻma (bias) tushunchalar ustiga qurilganini sezmay qolamiz.
Oshiqman deymizu aslida biz qarshimizdagi insonga emas, uning oʻzimiz hayolan yaratib olgan koʻrinishiga, "ehtimoliga", yoki sal xudbinroq - sevgisiga, bizni e'zozlashiga bas ketishimizni anglamay qolamiz. Alaloqibat hammadan ham koʻproq oʻzimizni sevamiz. Bu huddi: "men seni koʻzlaringni emas, ana shu koʻzlardagi oʻzimni sevaman" degandek gap.
Shularning orasidan eng yomoni insongamas, hayolimizdagi mukammal talqiniga koʻngil qoʻymoq boʻlsa kerak. Chunki yoʻllaringiz birlashgach, eng katta ehtimol haqiqiy uni kashf qilarkan, hafalangiz pir boʻlishidir.

Albatta inson oʻzini sevimli his qildiradigan insonni sevishga haqli. Muloyimroq qilib aytadigan boʻlsam, sevgini bir qismi oʻz-oʻzini sevishga ham bogʻliq ekan.
Balki bir duolik masofa qolgandir?