فؤاد
27 subscribers
337 photos
74 videos
20 links
Meaning of fuad - mind and soul
Download Telegram
Amina’s blog
Bi ara Üsküdar’a gidelim mi?
Bir ara gideliz Uskudara.
People, they do not learn from experiences, they learn from reflecting on these experiences.
فؤاد
People, they do not learn from experiences, they learn from reflecting on these experiences.
chunki ilmni ham eng qaymog'i tafakkur qilish ortida yashiringan. malumotlarni ming yaxshilab yotlab olib, savollarga yaxshilab javob bermang aqlingizda ushlaganingiz qalbga o'tmaguncha befoyda. bir o'tirib o'rganganlaringizni tafakkur qilib, o'z hayotingizga solib ko'ring, shunda ilmingiz etga aylanadi.
Anglamasliklari bu ularni ayblaridan emas, shunchaki qalblar boshqa. Sening haqiqating, boshqalarni ro'yosi bo'lishi mumkin.
kunlar ortiga berkinasan, go'yo ko'proq o'ylash qalbdagi javobni o'zgaritirib qo'yadigandek .
Sezdim, bugun yig'lading
O'shanda ham yig'larding

Bilasanmi bu ko'ngil faqat yig'laganingni sezadi, kulganingnimas.

(Bu uchun o'zimni kechirmayman)
Iltimos yig'lab tur-
His etay.
Faqat juda kam,
Bazi bazida.
Shahobiddin Luqmon
فؤاد
Photo
And I call this year - the year of self-discovery
Ba'zan o'zingga so'z berasan, qanotlarim chiqsa quyoshga uchaman deb. Keyin qanotlaring chiqadi, bu gal tuproq isini sog'ina boshlaysan.
Bu haqida avval ham yozgan edim, yana eslatma bo'lsin.

Sizda hech shunday bo'lganmi, barvaqt uyg'onasiz, yetarlicha uhlaysiz, lekin tongda hech o'zingizni qo'lga ololmaysiz, charchoq bo'lib turasiz? Sababi bo'lsa sizning tongingiz ertalabdan emas, tundan boshlangan. Muslumonnimg tongi asli shomdan boshlanadi. Barokatli kunda tong qanchalar muhim bo'lsa, tundan boshlab, kelayotgan kun uchun tayyorgarlik ham shu qadar muhim. Tungi zikrlar, iboadatlar, ekrandan uzoqlik, gunohlardan tiyilish shu qadar muhim.
Ulamolar hayotiga nazar solsak, asosiy yodlash ishlari bomdoddan keyin, dars berishlar kunduzgi vaqtda, tunga borib esa ko'proq taffakur, va o'zni taftish qilish bilan band bo'lishgan. Shu bilan birga ruhni va aqlni kelayotgan kunga tayyorlashgan.
Kuningiz hayrli barokatli bo'lishini istar ekansiz, tunlaringizga etiborli bo'ling.
Forwarded from قناة
سَنُسْأَلُ عَن أَبْصَارِنَا، فِيمَا اسْتَعْمَلْنَاهَا

Biz koʻz nurimizni nimaga sarflaganimiz haqida soʻralamiz.
Komillikka yetmoqchi bo'lgan inson, fikrlarini tartiblash hamda o'ziga bo'lgan munosabatini o'zgaritirishdan boshlashi kerak.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Abdukarim Mirzayev
Kelishda non olib keling
فؤاد
Abdukarim Mirzayev Kelishda non olib keling
I read novels not to escape life,
but to enter it more fully—through hearts that weren’t mine,
through sorrows I never lived, but felt deeply.
Those books became my only passport,
the only way I could travel while staying still.
"Men Robbimga qullik qilmoqchi ekanman, eng avval komil shaxsiyat bo'lishdan boshlashim kerak ekan. " degandi bir dugonam.

Bu huddi ehson maqomiga o'xshaydi. Ibodatdagi ehson Alloh seni korib turgandek amal qilish. Bandalar bilan muloqatdagisi esa yaxshilik, amallarni oliy darajada bajarish. Har qanday vazifani yuqori sifat bilan qilish, ma'suliyatlilik, go'zal xulq, omonatga e'tiborli bo'lish, muloqatda har kimni hurmatini o'z joyiga qo'yish. Hech bo'lmaganda boshqalarga zarari yetmasligini ta'minlash.
Endi jamiyatda har kim shu maqomga intilsa islohatni tasavvur qilyapsizmi?
فؤاد
Video
Erkak kishi oila boshlig'i, ta'minotchisi, shu bilan birga yo'lboshchisi hamdir. Ko'p insonlar oila ta'minoti erkakda bo'lgani sabab, ularga ilm olish shartmas deb o'ylashadi. Lekin qanday qilib ilmsiz shaxs yo'lboshchi bo'la olardi?
- Iymon doim yangilanib turadi, uni kuchaytirish uchun har bir musulmonga ilm kerak.
- Hozirgi zamonda vaqtni ham bahona qila olmaysiz. Audio kitoblar, podkast, vudeo darsliklar, hullas smartfonlar orqali ustozlar "uyingizga kelib dars o'tishadi"
- Oilani vaziri ayol, lekin u podshoh bo'lolmaydiku, oila boshlig'iga doim ham aql o'rgatsa yoqmaydi. Mayli bir eshitar, ikki eshitar keyin joniga tegmaydimi?
- Mayli adabiyot o'qimasinlar lekin musulmon sifatida, zimmasidagilarga omonatdor sifatida hech bo'lmasa fiqhdan, Qurondan habardan bo'lishlari, shaxsiyatni rivojlantirish ustida ishlashlari kerak emasmi? Ta'minotchi sifatida ham o'z sohasida izlanishlari kerak emasmi?

- Yana ayol zaif, u zaifa bo'lishni istaydi, erkak bo'lsa ilmli ayol istar ekan ayolidan ko'ra ilmliroq bo'lishi zarur. Shundagina ayol yoriga itoatda qiynalmaydi.
Shubha yo'qki inson doim odamlar orasidan go'zal ahloq egalari tomon intiladi. Shu fazilatlardan biri viqor.

📖 Alloh taolo aytadi:
"Ar-Rahmonning (Mehribonning) bandalari — ular yer yuzida sokinlik bilan yururlar, johillar ularga murojaat qilganida esa 'salom' bilan javob qaytarurlar." (Furqon surasi, 63-oyat)
Ibn Kasir tafsirda aytadi: "Oyatdagi yerda sokinlik bilan yururlar degani — ular haddan tashqari xokisorlik bilan emas, or-nomusli va salobatli yururlar degani"

📖Rasululloh ﷺ yurishlarida ham viqorli bo‘lganlar. Yerda salobat bilan yurardilar, bosgan har qadamlarida yer ular uchun egilayotgandek tuyilardi.

Bir rivoyatda Umar ibn al-Xattob bir yigitni juda zaif yurayotganini ko‘rib:
“Nega bunaqa yurasan? Kasalmisan?” – deb so‘raganlar.

Viqor bu - vazminlik va jiddiylik, ortiqcha hazil qilmaslik, or nomusli bo'lish; boshqalarni g'iybat qilish, masxaralash bilan o'zini past tutmaslik, ko'zlardagi yenglillik o'rniga salobat, hamda jilmayishdagi me'yor.
Masalan bir insonga g'azab bilan muomola qilinsa ham, sukut saqlashi viqordandir.