فؤاد
27 subscribers
337 photos
74 videos
2 files
19 links
Meaning of fuad - mind and soul
Download Telegram
Hoʻsh yana nimani aytay..
Bugun birinchi marta uy muzeyiga borib koʻrdim. Yuqoridagi yozuvchining uy muzeyiga, yolgʻiz oʻzim. Kirganimda bir ayol tabassum bilan kutib oldilar. Quvonib yozuvchi hayoti haqida gapirib berdilar. 10.000 kitoblari jamlangan kutubxonaga kirdim, ishonasizmi shuncha kitobni hammasini oʻqigan ekan yozuvchi. Keyin aytib qoldilar shu yerga juda yaqin joyda Yesenin uy muzeyi bor ekan. Men oʻzimcha osmonlarda uchib, oh qanday yaxshi, yoqimli insonlar bora deb, Yesinin muzeyi eshigini taqillatsam bir rus amaki ochib qoldilar. Shu desangiz, nima ishingiz bor deganlarida, hech ekskursiyaga keldim deyishni ruschasi miyyamga kela qolmaydida, bir nima dey desam hayolimda inglizcha soʻzlar suzib yuribdi. Amaki rus tilini bilmasang nima qilarding rus yozuvchini muzeyiga kelib dedilar. Men boʻlsa yoʻq men oʻqib, eshitib tushuna olaman, gapirishga qiynalyapman deyolmadim. Boyagi fikrlarim borku, shunga teskari shapatidek keldi. Shunaqa hamma ham birdek hush muomala emas. Agar kimdir Oʻzbekistonda yashab turib rus tilini bilmaganimga meni uyaltirmoqchi boʻlsa uddasidan chiqolmasdi. Lekin mening vaziyatimda uyat ish boʻldi. Maylida bir kunda ikkisi bir biriga zid insonlar bilan ketma ket uchrashish nasibam ekan. Bugunim ham dars boʻldi.
Shunaqa gaplar...
Bu sogʻinch goʻyo bir bor yashamoq soʻng umring oxiriga qadar shu onlar xotirasi bilan yashamoq kabi..
Oʻquvchi oʻzi tayyor boʻlganda, istagandagina oʻrganadi degan gap bor edi. Ustoz har qancha mahoratli boʻlmasin oʻquvchi oʻrgatilganlarni qabul qilmas ekan naf yoʻq. Huddi shunday insonlar ham oʻzalari tayyor boʻlganda oʻzgararkan.
The term "mindfulness" can be translated into Arabic as "اليقظة الذهنية" (al-yaqazah al-dhihniyah), which literally means "mental awareness."

Other related translations depending on the context include:
"وعي" (wa'iy) – awareness or consciousness.
"التأمل" (at-ta'ammul) – contemplation or meditation.
"الحضور الذهني" (al-hudur adh-dhihni) – mental presence.
"الانتباه" (al-intibah) – attentiveness.
In Islamic contexts, mindfulness is often associated with "خشوع" (khushu')—a state of deep focus and humility, particularly in prayer, or "تقوى" (taqwa), which means God-consciousness
Qizingiz yozdi...
Allohning valiy bandalari haqida gap ketganda, ularni "ابن الآن" -- "Ayni damning (hozirning) farzandi" deydilar. Bu - aql, ruh, qalbning jism bilan bir yerda ekanligini anglatadi. Banda chin ma‘noda baloga sobir, qismatga qone‘ va qazoga rozi bo'lganda erishadigan…
19 asrdan boshlab g'arbda ''mindfulness'' tushunchasi juda urfga kirgan. ''Mindfulness'' o'zbek tilida zehningizni ayni dam bilan mashg'ul bo'lishidir, yoki sizning shunga harakatingiz. Hozirgi kunda ayniqa g'arbda bu tushuncha keng tarqalgan. Zamonaviy mindfulnessda ''zikrun nafs'' yani ruhning nimalarga ko'p e'tobor berayotganinga urg'u beriladi. Aslini olganda huddi shu tushuncha bizning dinimizda ham bor. Chunki zehiningizdagi narsa, bu siz e'tibor berayotgan, ''zikr'' qilayotgan, ya'ni eslayotgan narsadir. E'tibor esa oshiq mashuqiga, sevganiga beradigan ehtiromdir. Arab tilida mindfulnes ''ihtimam'' ham deyiladi, yani sizni band qilayotgan narsa. Chalg'ish (distraction)- hozirgi kunimizning katta muomolaridan, va bu narsa biz yuqorida eslagan tushunchaning ziddi hisoblanadi. Chalg'ish - arab tilida'' ilhaa'' deyiladi bu so'zning ma'nosi kimnidir lahvga, o'yin kulguga tortish(to pull somebody to Lahv, to entertainment) degani. Siz e'tibor qilayotgan narsalar o'zligingizni tashkil qiladi. Yaratgan bizdan istaydigan narsa esa Uning zikri bilan band bo'lishimizdir.
فؤاد
19 asrdan boshlab g'arbda ''mindfulness'' tushunchasi juda urfga kirgan. ''Mindfulness'' o'zbek tilida zehningizni ayni dam bilan mashg'ul bo'lishidir, yoki sizning shunga harakatingiz. Hozirgi kunda ayniqa g'arbda bu tushuncha keng tarqalgan. Zamonaviy mindfulnessda…
Ho'sh biz qanday qilib uyg'oq, e'toborli bo'la olamiz unda? O'lishingdan avval o'l degan jumla bor. Ya'ni so'roq qilinishingdan avval o'zingni so'roq qil. Hozir uyg'on degani bu. Avvallo vaqtning qadrini anglab olishimiz kerak. Qadimgi Yunonlar uchun vaqt tushunchasi o'limlarini elatadigan, boqiy hayotni eslatadigan bo'lib hizmat qilgan (nafaqat ularda deyishingiz mumkin..) . Olimlar o'lim haqidagi she'rlarni aytib yurishgan ekan. Shayh Hamza Yusuf aytadilarki bir insonni ziyoratiga borganlarida o'sha yerdagi soat atrofida yunon tilida ''mana shu soatlarning birida sen ham o'lgan bo'lasan" deb yozib qo'yilgan ekan. Mana shu narsa, ya'ni o'limning zikri bu vaqtimiz na qadar qiymatli ekanini eslatib turadigan narsa. Biz o'zimizga e'tibor qaratsak zamonaviy davr insonlari doim vaqtni o'lchaymiz-u lekin o'lim haqida unutib qo'yganmiz. Ertaga ko'p insonlar uchun kelishi mumkin, lekin u hammaga ham kelavermaydi. Va yana insonlar men falon kuni kelman deyishadi, aslida o'sha payt kelishi biz esa kela olmay qolishimiz mumkin. Shunday, bizning aybimiz hali vaqtim bor deb o'ylashimizda ekan. Avliyolar bilan oddiy insonlar oraidagi farq shuki, avliyolar ''ibnu vaqtuhu'' ya'ni ayni damning farzandlari. Ular uchun yagona vaqt aynan yashab turgan damlaridir. Bir olimga inson qachon to'g'ri bo'ladi deganda, u yashab turgan ayni dami unda bor vaqtni barchasi ekanini anglamagas ekan hech qachon to'g'ri bo'lolmaydi deb javob qilgan ekan. Arablarda tarjimasi quyidagicha she'r bor: Vaqt bu sen nimaning ichida ekanliging, dunyoning ichida ekansan, sening vaqting dunyo, oxirat ichida ekansan, sening vaqtning oxirat, agar zavqlanish ichida ekansan , vaqting o'yin kulgi, mahzun ekansan, sening vaqting qayg'u.- Vaqt bu nima sizni hayratga solsa o'sha, vaqt bu sizning tassurot, tajribalaringiz deyilmoqchi. Vaqt doim ham o'lchab bo'ladigan narsa emas ekan, biz o'tgan yillarni sarfladik deb o'ylashimiz mumkin aslida biz o'zimizni sarflagan, vaqt bilan har bo'lagimizni yo'qotgan bo'lishimiz mumkin ekan. Chunki vaqt qilichdir, u bilan kesmasangiz u sizni o'zingizni o'ldiradi. And one more thing: Distractive people are not choosing apparent good they are surfing. Because choosing apparent good would be setting your mind on good, to the One. As final conclusion dear friend, before asking yourself if you are mindful, ask what is your mind full of.
Yuqoridagi postlar Dr Hamza Yusufning ingliz tilidagi ''Mindfulness'' haqidagi leksiyalaridan eshitganlarim, yozilgan eslatmalar orqali yozildi.
#Note
Siz yurtga boʻlgan muhabbatingizni safarda ekaningizda goʻzal odoblar bilan, avvalo yurtni shanini oʻz harakatlaringiz bilan tushurib qoʻymaslikka intilish bilan, muloyimlik, kamtarlik bilan koʻrsata olar ekansiz.
Forwarded from Farah
Yo'ldagi "Yoqimsiz" suhbatdosh,
yo'lni bosib o'tishni qiyinlashtiradi.
Endi siz, "Umr"ni tasavvur qiling
if you search deep enough answers you are looking for might be already inside you.
Begin with an end in mind.
Forwarded from فؤاد
Telba qiz va moviy gul.

Bir kishi yoʻlda ketarkan dunyodagi eng goʻzal gullarni quchgan telba qizni uchratibdi. Bu oʻzgacha moviy gullarni yoqtiribdi, qiz ham unga gullarni beriptiyu qaydan topgani haqida soʻralganda, jinniligaga borib, aytmabdi. Haligi odam atrofdagi hammani ishga solib rosa qidiribdi. Na shuncha harakatni, na qizdan soʻraganning bir foydasi boʻlmabdi. Eng kulgilisi, qiz har on, har on oz muddat ichida huddi shu gullar bilan paydo boʻlib qolardi. Ohiri, hafalasi pir boʻlgan yigit, uzoqlarga joʻnayman debdi. Poyezga oʻtibdiyu, alamidan yigʻlay boshlabdi. Birdan, koʻzi moviy rang narsalarga tushibdi. Darhol poyezddan tushib, oʻsha tomonga yuguribdi. Yaqinroq qarasa, "buyerga oʻtish taqiqalanadi" degan yozuv bor ekan Oʻtay deb tursa, bir keksa otaxon chiqib uni hayday boshlabdi. Taslim boʻlmagan yigit ,chol ichkariga yoʻl olgach, temir yoʻlidan ana shu gulzorga oʻtibdiyu moviy gullarni koʻchati bilan sugʻurib olib, qochibdi.
Uni hayron qoldirgan narsa, butun shahar toʻplanib shu telba qiz ola olgan gullarni topa olmaslik edi. Chunki u yerda "taqiqlanad"i bor edi. Shu sabab hech kim bu yerga qarab ham ovora boʻlmadi. Telba esa taqiqanini bilarmidi..
Moviy gullarga yetishmoq uchun, baʼzan "telba" boʻlmoq kerak, "taqiqlar"ni mensimaydigan telba.
فؤاد
Telba qiz va moviy gul. Bir kishi yoʻlda ketarkan dunyodagi eng goʻzal gullarni quchgan telba qizni uchratibdi. Bu oʻzgacha moviy gullarni yoqtiribdi, qiz ham unga gullarni beriptiyu qaydan topgani haqida soʻralganda, jinniligaga borib, aytmabdi. Haligi…
Shu hikoya juda yoqadida. Albatta bu yerda taqiq deganda haddan oshib buzsa boʻladigan taqiqlarni.. emas cheklovlarni nazarda tutganman. Odamlar oʻzi oldiga, yo kimdir u uchun qoʻyib qoʻygan cheklovlar.
Hammasi tasavvurga ham bogʻliq, balki siz bu hikoyani boshqacha tushunarsiz.
Ne tongki, odamzod huzur eshigidan qochib, huzur topishga urinayotir.
bilasizmi, hayotimiz karvonidadan ko'p yo'lovchilar qatnaydi. ba'zilari oydin tunlarda, yoqimli shamollar bilan to'xtab yonimizdan joy oladi, so'ng esa qalbimizdan. bu go'yo ruhdoshingizni uchratgandek his. shundaylarni baʼzilari bilan ham vaqtlar o'tib yo'ldoshligingiz nihoyasiga yetadi. yo yo'llar endi ayroligidan, yo qalblar..ba'zi yiroqdagi yo'lovchilar esa vaqt o'tgani sari mahkamroq, kengroq kurtak ota boshlaydi qalbingizdan. endi hatto yiroqlik yetsada, yo'llaringiz bir manzilga eltib turadi, o'zlarini esa ko'ngizligiz to'rida olib yurasiz. faqatgina boqishlar bilan suhbat quradigan yo'lovchilar ham bo'ladi, tanimaysizu, go'yo tushda bir bor uchrashgandek his beradigan. ularga yetsam deysiz, hatto bog'ingizdagi eng go'zal gullar bilan bezaysiz ular haqidagi hayollarni, eng go'zal sifatlarni ular yoniga qo'yasiz. yetganingizda esa, sahrodagi saroblar bo'lib chiqadi siz o'ylagan bog'. yana shundaylari borki, yo'lovchidan ham ko'proq oynaga o'xshaydi. ularda o'zingizni topasiz, eksik yerlaringizni sizga toptirib ketishadi, ammo ne bo'lsa ham ketishadi. ko'ngil dengizi qariga g'arq bo'lishadi..
Easiest solution might be a simple communication in your relationship to many problems.
Forwarded from مع حفصة
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xayolimga kelmaysan!
Xayolimga bir kunda ikki marotaba kelasan, xolos. Birinchisi tongdan oqshomga qadar va ikkinchisi oqshomdan tongga qadar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Growth doesn’t always require external action; sometimes, deepening your current commitments is the most meaningful way forward.
Forwarded from Bint_Miryunus
Kechiktirish hayotni barbod qiladi.
O‘z vaqtida harakat qilish – o‘z vaqtida yashashdir.
Tamom.

K_alizade
ruhning lazzati uning yaratilish sababi ortida, huddi otlar yugurib, qushlar uchib lazzat olgani kabi biz ham nima uchun yaratilgan bo'lsak shuning ichida huzurga yetamiz.