Farg‘ona davlat universiteti
9.68K subscribers
19.7K photos
2.25K videos
30 files
6.25K links
Download Telegram
⚡️📸Bugun 18-avgust-foto-suratga tushish kuni!

Bu sana butun dunyo boʼylab foto-surat sanʼatiga bagʼishlangan kun sifatida nishonlanadi.

Har bir fotosurat — bu xotira
Rasmlarni Farg'ona davlat universiteti chet tillari fakulteti ingliz tili amaliy kursi dotsenti PORUBAY IGOR FELIKSOVICH fotosuratga olgan.

🔗FarDU rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
3🔥2👍1
Forwarded from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda

Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi.

O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi.

Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi.

Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga koʻpaydi.

Axborot texnologiyalari, fintex va boshqa servis sohalarining jadal rivojlanayotgani hisobiga xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mlik marradan o‘tgan tumanlar soni 41 tadan 152 taga yetdi. Yetakchi xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan korxonalar esa 3,5 mingtani tashkil etmoqda.

Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz bo‘ylab o‘nlab filiallarga ega bo‘lgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshdi.

So‘nggi yillarda mis, oltin, metall prokat, polietilen, PVX, kaolin va boshqa xomashyolarning taklifi oshirildi. Natijada elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va mebelsozlik kabi sohalarda “katta sakrash” qilindi.


Elektromobil, polimer va maishiy kimyo, “yashil” energetika, zargarlik sanoati kabi yangi yo‘nalishlar shakllandi. “BYD”, “ADM Jizzakh”, “Sirdaryo Asaka Motors” kabi zamonaviy avtomobil zavodlari sohaga yangi kompetensiya va texnologiyalar olib kirdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Коррупция – ҳалокатга йўл!

Фарғона вилояти ИИБ Ахборот хизмати

Каналга уланиш  👉 fviib.uz

🔹Websаyt | 🔹Telegram |🔹Facebook |🔹Instagram
⚡️📸Bugun 18-avgust-foto-suratga tushish kuni!

Bu sana butun dunyo boʼylab foto-surat sanʼatiga bagʼishlangan kun sifatida nishonlanadi.

Farg'ona davalat universiteti tabiati

Rasmlarni Farg'ona davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti 2- bosqich talabasi Jalilov Ro'zimuhammad foto-suratga olgan.

🔗FarDU rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
3
Forwarded from Edu.uz
Joriy yil ilk bor 13 ta strategik kompaniya aktiviga ega Milliy investitsiya jamg‘armasining 30 foiz ulushi Toshkent va London fond birjalariga chiqarildi. Mazkur tajriba xususiy sektor uchun ham tashqi kapital bozorlarga yo‘l ochdi.

Endi mahalliy korxonalarni kapital bozoriga olib chiqish uchun nufuzli investitsiya banklari bilan akseleratsiya dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Har yili daromadi 1 trillion so‘mdan yuqori bo‘lgan 50 ta korxona tanlab olinadi.

Ularni IPOga tayyorlash, hisobotlarini xalqaro standartlarga moslashtirish xarajatining yarmi qoplanadi. Bu xususiy korxonalarga chetdan yiliga kamida 1 milliard dollar jalb qilish imkonini beradi.

Prezidentimiz har yili 50 milliard dollarlik yuqori texnologik investitsiya loyihalari amalga oshirilayotganini qayd etib, ularda kadr tayyorlash komponenti bo‘lishi shartligini taʼkidladi.

Har bir loyihaning samarasi faqat texnologiyaga emas, uni ishlata oladigan malakali kadrlarga bog‘liq,

– dedi davlatimiz rahbari.

Urganchda Germaniya va Xitoy tajribasi asosida o‘quvchilarni “yashil” energetika, qurilish, hamshiralik, agronomlik, elektrotexnika kabi 10 turdagi kasbga yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tajriba respublikaning barcha hududlariga tatbiq etiladi.

Texnikum tashkil qiladigan yoki davlat texnikumini olib xalqaro standart asosida kadr tayyorlaydigan tadbirkorlarning xarajatlari solig‘idan chegirib beriladi. Shu tizim orqali 1 million yoshni zamonaviy kasblarga o‘rgatib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish maqsad qilingan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
DIQQAT, E'LON!

❗️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar
bugun 18-avgust kuni soat 16:00 dan 18:00 ga qadar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Prezident: Tadbirkorlar uchun davlat xizmatlarida “sukut – rozilik” tamoyili joriy etiladi


Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi. Yaʼni ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u avtomatik ravishda tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.

Litsenziya bo‘yicha ariza rad etilgan har bir holatni Biznes-ombudsman o‘rganadi. Asossiz rad qilish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi.

Oziq-ovqat eksporti uchun talab etiladigan veterinariya, sanitariya va fitosanitariya ruxsatnomalarining o‘rniga yagona “Salomatlik sertifikati” beriladi. Yangi litsenziya va ruxsatnoma joriy etishdan oldin u uch hududda olti oy eksperimentdan o‘tkaziladi.

Tadbirkorlar mulkiga ijro hujjatlari asosida taqiq qo‘yish bilan bog‘liq eʼtirozlar ham ko‘pligi qayd etildi. Mazkur masalalar bo‘yicha alohida uchrashuv o‘tkazilib, tizimli yechimlar belgilanadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from IT Women Fergana
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM