Frontend Coding
13 subscribers
115 photos
3 videos
11 files
47 links
Frontend | UX/UI design

Creator - @im_zafarjon
Admin - @Jakhongirbek_Alijonov
Support bot - @programmers_support_bot
Download Telegram
😁 Assalomu aleykum kanal a'zolari!

πŸŽ‰ Yaqinda kanalimiz ishga tushadi. Anchandan beri kanalga birorta foydali ma'lumotlar yuklangani yo'q!

πŸ“† Juda ko'p muddat kanalga e'tibor qaratmadik. Kanalimizda qolgan foydalanuvchilarga katta rahmat!

KANALIMIZ 9-NOYABRDAN
BOSHLAB 100% ISHGA TUSHADI!

πŸ“ Rejalar!

βœ… Elektron kitoblar
βœ… Video darslar
βœ… HTML, CSS, JS kodlar
βœ… Sayt yozishni 0 dan boshlaymiz
Frontend Coding pinned «😁 Assalomu aleykum kanal a'zolari! πŸŽ‰ Yaqinda kanalimiz ishga tushadi. Anchandan beri kanalga birorta foydali ma'lumotlar yuklangani yo'q! πŸ“† Juda ko'p muddat kanalga e'tibor qaratmadik. Kanalimizda qolgan foydalanuvchilarga katta rahmat! KANALIMIZ 9-NOYABRDAN…»
Frontend dasturchilar uchun quyidagilar zarur.

1) HTML
2) CSS
3) Java Script
4) React

HTMLda qaysi teg nima vazifalarni bajarishi kerakligini bilish zarur.

Web sayt barcha qurilmalar uchun - kompyuter, planshet va smartfonlarga adaptiv bo'lishi shart. Buning uchun "Responsive Web Design"ni o'rganish kerak.

CSSda flex, grid haqida hamda media elementlarini chuqurroq o'rganish zarur. Bular barchasi adaptiv verstka qilish uchun kerak bo'lgan ko'nikmalar.

Java Script haqida boshlang'ich bilimga ega bo'lish hamda birorta java script kutubxonalaridan birini o'rganish kerak bo'ladi. Aynan birini emas bir nechtasini o'rgansa zarar qilmaydi. Misol uchun React, Jquery, Angular kabilar.

πŸ“š Manba
@webdasturchilar_html_css_js

Savollar uchun adminga yoki botga yozing
@programmers_support_bot
πŸ“– Web dasturlashni mustaqil tarzda o'rganish uchun saytlar!

1️⃣ w3schools.com - juda ko'plab darslar mavjud. Akkaunt ochib bemalol kirib o'rgansa bo'ladi. Testlar, amaliyot hamda yangi video darslar bo'limi qo'shildi.
Kursni o'rganib bo'lgandan keyin sertifikat olsa bo'ladi. SERTIFIKAT PULLI.

2️⃣ sololearn.com - bu ham juda ajoyib sayt. Darslar davomida har xil savollar va amaliyot uchun proyektlar. Premium sotib olsangiz juda ham zo'r bo'ladi.
Play Marketda ilovasi ham bor.

Ilovani yuklash - SOLO LEARN

3️⃣ html5book.ru - bu saytda HTML, CSS, JSni va saytni adaptiv holatda verstka qilishni o'rganishingiz mumkin. Qo'shimchasiga proyektlar ham bor.

πŸ“š Manba
@webdasturchilar_html_css_js

Savollar uchun adminga yoki botga yozing
@programmers_support_bot
😊 Assalomu aleykum kanal a'zolari.
Bugun bir necha CSS selektorlari bilan tanishib chiqamiz!
1️⃣ font-family - buning yordamida butun sahifaga yoki biror elementga shrift ulashimiz mumkin.

MISOL:
body {
font-family: 'Open Sans', serif;
}

Bunda biz butun boshli sahifaga shrift uladik.
Keyinroq sahifaga shrift ulash bo'yicha alohida videorolik qilamiz.

2️⃣ font-size - buning yordamida sahifamizdagi matnlarga o'cham berishimiz mumkin.

MISOL:
body {
font-size: 20px;
}

Buning natijasida sahifadagi tekst o'lchami 20px kattalikka ega bo'ladi.

πŸ“š Manba
@webdasturchilar_html_css_js

Savollar uchun adminga yoki botga yozing
@programmers_support_bot
πŸ“Œ Bundan tashqari font-size qabul qiladigan qiymatlar quyidagilar:

1) xx-small
2) small
3) medium
4) large
5) larger
6) x-large
7) xx-large

font-size berishda undagi o'lchov turini "px"da yoki "em" ko'rinishida kiritish mumkin.

1em "16px"ga teng bo'ladi.

Masalan tekst o'lchamini 20px deb "em" ko'rinishida bermoqchi bo'lsak πŸ‘‡

em = piksel / 16

em = 20 / 16
em = 1.25

πŸ“š Manba
@webdasturchilar_html_css_js

Savollar uchun adminga yoki botga yozing
@programmers_support_bot
Frontend Coding pinned «😊 Assalomu aleykum kanal a'zolari. Bugun bir necha CSS selektorlari bilan tanishib chiqamiz!»
anWriter-pro.apk
1.8 MB
πŸ“² Ushbu dastur yordamida kodlarizni smartfoningiz yordamida yozishingiz mumkin.

πŸ“ Nomi - anWriter
πŸ’Ύ Hajmi - 1.8 MB
πŸ’½ Tizim - Android
πŸ’Ž Turi - PRO versiya

πŸ“š Manba
@webdasturchilar_html_css_js
πŸ“š Assalomu aleykum kanal a'zolari! Bugun CSSda font-style, font-weight va font-variant kabilarni ko'rib chiqamiz!
font-style: buning yordamida shrift stilini o'zgartirsa bo'ladi hamda quyidagi qiymatlarni qabul qiladi.

1) italic
2) normal
3) oblique

font-weight: - shriftni yo'g'on ya'ni qalinroq qilib yozish uchun ishlatiladi. Quyidagi qiymatlarni qabul qiladi.

1) lighter
2) bold
3) bolder

font-variant: - shrift turini belgilash uchun ishlatiladi va odatda quyidagi qiymatlar ishlatiladi.

1) normal
2) small-caps

Manba
@webdasturchilar_html_css_js

Savollar uchun adminga yoki botga yozing
@programmers_support_bot
matnlar bilan ishlash.html
1.3 KB
Mana bu html faylni yuklab tanishib chiqishingizni va o'zingiz ham yozib mashq qilib ko'rishingizni maslahat beraman.

Manba
@webdasturchilar_html_css_js
πŸ“Œ class va id nima ekanligini bilishingiz kerak.

Teglarga class berishdan maqsad ularga har xil stillar berish. Ya'ni siz bir vaqtning o'zida bir necha har xil teglarga stil bermoqchisiz yoki bir xil teglarni bir-biridan alohida ko'rinishda stil berishda classdan foydalanamiz.

Bitta classdan bir necha marta foydalanish mumkin lekin bitta id faqat bir marta ishlatiladi.

πŸ’» Classlar oldidan nuqta qo'yiladi. Misol uchun .class ko'rinishida bo'ladi.

Id esa mana bunday #misol ko'rinishida bo'ladi.

YUQORIDA YUKLANGAN HTML FAYLDA BARCHASI KELTIRILGAN KO'RIB CHIQISHINGIZ MUMKIN.

Manba
@webdasturchilar_html_css_js
Assalomu aleykum kanal a'zolari!

Agar kim Solo Learnni yuklab olgan bo'lsa. Meni solo learndagi profilim.

https://code.sololearn.com/W2968S3K00Nc/?ref=app
body {
font-size: 20px;
} Shrift o'lchami "em"da nechiga teng bo'ladi?
Anonymous Quiz
25%
1em
33%
1.5em
42%
1.25em
Kanalga animatsiya yasash bo'yicha video yuklaymi?
Anonymous Poll
83%
Yaxshi bo'lardi .
0%
Kerak emas .
17%
Animatsiya nima o'zi?
Assalomu aleykum hammaga! Bugun "loader" animatsiya yasash bo'yicha video yuklaymiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
HTML va CSSda loader animatsiya!

Manbaβœ…
@webdasturchilar_html_css_js
πŸ’» Marhamat do'stlar, eng yorqin ranglar palitrasi. Ranglar "HEX" ko'rinishida keltirilgan. Bemalol foydalanishingiz mumkin!

Manba πŸ“š
@webdasturchilar_html_css_js