Frontend πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
8 subscribers
73 photos
15 videos
31 files
97 links
Bizning kanalda saytingizga kerakli kodlarni topasiz


instagram.com/frontend_dev0
🌐 : https://frontend-dev0.netlify.app
πŸ€– : @frontend_dev0_robot




πŸ‡ΊπŸ‡ΏπŸ‡ΊπŸ‡ΏπŸ‡ΊπŸ‡ΏπŸ‡ΊπŸ‡ΏπŸ‡ΊπŸ‡ΏπŸ‡ΊπŸ‡ΏπŸ‡ΊπŸ‡ΏπŸ‡ΊπŸ‡ΏπŸ‡ΊπŸ‡ΏπŸ‡ΊπŸ‡ΏπŸ‡ΊπŸ‡ΏπŸ‡ΊπŸ‡Ώ


πŸ“… 25.03.2022
Download Telegram
CSS3 freym.pdf
629.1 KB
CSS3 matn styling.pdf
551.5 KB
Box_soya_qutining_soyasi_Misollar,_effektlar_hover,_soya_animatsiyasi.pdf
259 KB
CSS3 o'tishlari (o'tish xususiyati).pdf
268.2 KB
CSS3 o'zgartiradi (mulkni o'zgartirish).pdf
184.3 KB
CSS3 animatsiya (animatsiya xususiyati).pdf
301.4 KB
CSS3_fleksbox_modulning_barcha_xususiyatlarining_tavsifi,_tartib.pdf
799.7 KB
CSS3 ustuni.pdf
623.7 KB
CSS3 3D o'zgartiradi.pdf
262.6 KB
CSS3 media-so'rovlari.pdf
373.2 KB
CSS3 filtrlari.pdf
265 KB
CSS_tarmog'ining_batafsil_qo'llanmasi_mulk_tavsiflari,_misollar.pdf
1.7 MB
CSS3_shriftlar_shrift_variant_xususiyatlarining_ilg'or_xususiyatlari.pdf
405.7 KB
CSS3 toshishi.pdf
151.4 KB
CSS3 yozish usullari.pdf
1.1 MB
Forwarded from MohirDev.uz
​​Pythondan qanday maqsadda foydalangan yaxshi?

Avvalo, hech qaysi til unviversal emas, ya’ni hamma joyda ishlatib bo’lmaydi. Vaziyatga qaraladi. Python tili ham bundan mustasno emas.

Pythonni qaysi sohalarda ishlatsak, eng yaxshi natijani olishimiz mumkin? Bular:

- API ishlab chiqish
- Data Science / Sun’iy Intellekt
- Scripting

Har biriga alohida to’xtalsak.

API ishlab chiqish

API ishlab chiqish uchun Pythonning 2 ta zo’r frameworklari bor: Django va Flask.

Ikkala framework ham ajoyib bo’lib, juda ko’p vaziyatlarda ishlasada, ular turlicha mantiqqa asoslanib ishlaydi. Ba’zilarga Flask yoqsa, boshqalar uchun Django yaxshi.

- Flask. Minimalistik framework bo’lib, u foydalanuvchiga oson, qulaylik va boshqaruvni beradi. O’zingiz talab qilgan narsani u bilan bajarishingiz mumkin.

- Django. Barcha narsani o’zida jamlagan framework. U bilan kutubxonalardan tortib, admin panel, db interface, ORMlargacha ishlashingiz mumkin.

Data Science / Sun'iy Intellekt

Agar siz ma’lumot bilan ishlab, uni tahlil qilmoqchi yoki machine learning yoki sun’iy intellekt bilan ishlamoqchi bo’lsangiz, Python sizning eng yaqin β€œdo’stingizga aylanadi”.
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun Pythonda juda muhim va ajoyib kutubxonalar mavjud. Ularning ba’zilari: Pandas, Numpy, Matplotlib, Seaborn, Tensorflow, Pytorch, scikit-learn, Keras, NLTK, OpenCV.

Bu kutubxonalar bilan siz data science va sun’iy intellekt bilan bog’liq tayyor loyihalarni qilishingiz mumkin.

Python bilan qilish mumkin bo’lgan ba’zi ommabop loyihalarni keltirib o’tamiz:

- Sotuv bashorati;
- Tilni qayta ishlash;
- Hissiyot tahlili;
- Tavsiya tizimlari (masalan, musiqa, videolar va boshqalar);
- Tasniflash;
- Computer vision;
Va boshqalar.

Scripting

Scripting deb vazifalarni avtomatlashtiradigan buyruqlar qatoridan tashkil topgan kichkina dasturlarga aytiladi.

Xulosa

Python juda ko’p qirrali til bo’lib, undagi framework va kutubxonalar bilan istalgan ishni qilish mumkin. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bitta til hamma muammoga yechim emas.

Reklama vaqt: Backendga urg'u berilgan Python Praktikum kursimizni xarid qiling. Kurs oxirida Django bilan Goodreads.com'ning klonini yaratasiz. Bunday murakkab proyektga ega junior "ko'chada qolmaydi". 7 yillik tajribaga ega mutaxassisdan o'rganing.

Ro'yxatdan o'tish: app.mohirdev.uz

To-Do List qilib yurgan juniorlar orasida ajralib turing!

Telegram | Instagram | Youtube
Forwarded from MohirDev.uz
Bepul Frontend asoslari kursida o'qing

Kurs davomida siz:

πŸ”Ή HTML asoslari
πŸ”Ή Git va Github asoslari
πŸ”Ή CSS asoslari
πŸ”Ή Flexbox asoslarini o'rganasiz.

Kurs oxirida Ansormed sayti dizayni asosida loyiha qilinadi.

LINK: mohirdev.uz/courses/frontend-asoslari/

Frontend bo'yicha boshlang'ich bilimlaringiz bormi?

Unda, 0 dan junior darajagacha olib chiqadigan Frontend praktikum kursiga ro'yxatdan o'ting: app.mohirdev.uz

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
Barchangizga Ramazon Hayiti muborak boΚ»lsin




@frontend_dev0
Instagram.com/frontend_dev0
❀3
Forwarded from Zafarbek Shows
✍️ *Dasturlashni mustaqil o'rganmoqchilarga mening 10 ta maslahatim: *

1. Hech qanday pullik kurs sotib olmang! Youtube eng katta kutubxona. U yerdan barchani malumotni topasiz.

2. Tasodifiy video-darsdan boshlamang. Avvalambor yaxshi tushuntirilgan video-darslar kanalini toping. Masalan: Sariq Dev.

3.
Siz biror videodan biror nima o'rganmoqdasiz va videoda yozilgan kodni sizham birxil qilib ko'chirib oldingiz ammo sizda videodagiday natija chiqmayapti. Bunday xolatda avvalambor o'sha videoni kamentariyalarini o'qib chiqing. U yerda albatta kimdir sizga o'xshagan muammoga duch kelganligi haqida yozib qoldirgan va unga o'sha video yuklovchisi javob bergan bo'ladi. Agarda bunday kamentni topa olmasangiz o'zingiz muammoingiz haqida yozib qoldiring. Video muallifi sizga tezda javob beradi. Agar bu ham foyda bermasa kimdandir yordam so'rang. Telegramda barcha dasturlash tillariga oid guruhlar mavjud.

4.
Iloji boricha ko'proq masala yeching va konsolda ishlashni mukammal o'rganing.

5.
Biror video-darsni ko'rgandan so'ng undan o'rgangan kodlaringiz asosida birorta qiziqroq dastur yarating. Keyin o'sha dasturni do'stlaringizga, oila-azolaringizga ko'rsatib maqtaning (bu sizning dasturlashga qiziqishingizni yanada oshiradi). Keyin o'sha o'rganganlaringizni video-dars qilib xuddi ustozlardek o'rgatishga harakat qiling (o'rganganlarni mustahkalmashning eng yaxshi usuli o'rgatishdir). Videoda o'rgatilgan malumotlarni hamma joyingiz bilan tushunmaguningizcha keyingi darsga o'tmang.

6. Agarda endi o'rganishni boshlayotgan bo'lsangiz siz uchun zerikarli ammo o'rganishingiz shart bo'lgan malumotlardan boshlamang. O'rganishni qiziqroq narsalardan boshlang. Masalan: o'yin yaratish, bot yaratish, html&css.

7.
Har doim biror "mukammalroq" dasturni o'z kuchingiz bilan yaratganingizdan so'ng xursand xolda keyingi dasturni yaratishga o'tib ketmang. Biroz kuting, bu vaqtda miyangiz dofamin (o'z-o'zidan qoniqish) moddasini ishlab chiqaradi. Undan ko'ra biroz yotib nimalar qilib qo'yganingizni o'ylab o'zingizdan faxrlaning va o'sha yaratgan dasturingizga qo'shimcha funktsiyalar kiritish haqida o'ylang.

8.
Doimiy ravishda IT olamidagi yangiliklardan xabardor bo'ling ! Davomi »»»

πŸ’₯ Men o'zim dasturlashni ozmi-ko'pmi 0 dan mustaqil o'rgangandim va shundan olgan xulosalarimni siz bilan baham ko'rdim. Yoqqan bo'lsa siz xam boshqalar bilan baham ko'ring !

- MyShows «««
πŸ‘1
Password Generator - HTML CSS(SCSS) JS orqali qilingan.


LINK »»»»»»»»»»»» πŸ”—


@frontend_dev0
instagram.com/frontend_dev0

P/s: Linki πŸ”— ni ustiga bosganda chiqadi : )
πŸ‘4