Bexruz Xasanboyev
178 subscribers
151 photos
78 videos
61 links
Frontend news | Developer day

Instagram: https://www.instagram.com/dasturchi200/
Download Telegram
Hamkasblar endi Backendni ham o'rganyabman.

Endigi postlarim backend haqida boladi.
👍53🔥1
Juniorlar uchun maslahatlar



❗️ Ishga kirishda faqat hard skill yetmaydi. Ayniqsa Junior bo‘lsang.

Ko‘pchilik juniorlar bitta xatoga tushadi:
— “Kod yozsam bo‘ldi, ishga olishadi”
Yo‘q. Har doim ham unday emas.

🔑 Haqiqat shuki:
Ish beruvchi ko‘pincha soft skill kuchli juniorni tanlaydi, hatto uning hard skilli biroz past bo‘lsa ham.

Nega? Chunki soft skill bor odam bilan ishlash oson.

#junior #maslahat
👍5
🧠 Junior dasturchi uchun ENG MUHIM soft skilllar

1️⃣ Muloqot (Communication)

🔵Savol berishdan qo‘rqma
🔵“Tushunmadim” deyish — minus emas
🔵Muammoni aniq tushuntira olish — katta plus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
2️⃣ O‘rganishga ochiqlik (Willingness to learn)

Junior bo‘lish — bilmaslik mumkin,
lekin o‘rganmaslik mumkin emas.

Shuni ko‘rsatish kerak:

🔴O‘rganayotgan texnologiyalaring
🔴Qanday qilib o‘rganayotganing
🔴Xatodan qanday xulosa chiqarganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
3️⃣ Mas’uliyat

🔴Deadline bor = javobgarlik bor
🔴Va’da berdingmi — bajar
🔴Bajarolmasang — oldindan ayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
4️⃣ Jamoada ishlash (Teamwork)

Junior yolg‘iz ishlamaydi.
U:

🔴Seniorni eshitadi
🔴Feedbackni qabul qiladi
🔴Ego yo‘q, o‘sish bor

⚠️ “Men hammasini bilaman” — eng yomon narsa.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Bexruz Xasanboyev
“Tushunmadim” deyish — minus emas
“Tushunmadim” deyish — minus emas. Aksincha, plyus.


Junior bo‘lsang, bitta narsani miyangga mixlab ol:
tushunmagan joyda jim turish — eng katta xato.

Team leaddanmi, seni o‘zingdan yaxshiroq biladigan odamdanmi — qo‘rqmasdan so‘ra.

Muhimi:
👉 muammo yechim bilan tugasin, yechimsiz qolmasin.


Ko‘pchilik nimadan qo‘rqadi?

🔴“Noto‘g‘ri savol berib qo‘ysam-chi?”
🔴“Vaqtini olib qo‘ysam-chi?”
🔴“Juda oddiy savol bo‘lsa-chi?”
bularning hech biri muammo emas.

Sizdan kuchliroq odam savol berayotgan odamni hurmat qiladi, jim yurib xato qiladigan odamni emas.

Ego — pastroq, savol — balandroq bo‘lsin.

Bu gapni shunchaki aytmayapman, o‘zim boshimdan o‘tkazganman.


Bir muammo chiqdi.

ChatGPT, boshqa AI’lar, Google, forumlar…
U yoq-bu yoq qilib 3 soatdan ko‘proq vaqtim ketdi.
AI’ning ba’zi “ahmoqona” javoblarini sinab ko‘rdim, lekin foyda yo‘q.

Oxiri ustozimga bordim:

—“Shu muammo bor, yecha olmayapman”

U kishi:
🔴yo‘nalish ko‘rsatdi
🔴yechimni tushuntirdi

Natija?
⏱️ 30 daqiqaga yetmay muammo hal bo‘ldi.

Shunda tushundim:

Savol bermaslik — vaqtni o‘g‘irlash ekan.


Xulosa oddiy:

“Tushunmadim” deyish — uyat emas
Savol berish — zaiflik emas
Ego’ni pasroq qilish — o‘sish belgisi

Junior bo‘lsang, ayniqsa:
👉 savol ber
👉 o‘rgan
👉 vaqtni tejab, tezroq o‘s

Jim yurib qiynalgandan ko‘ra, bir marta so‘rab, oldinga o‘t 💪
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
Linuxda terminalda ishlashni yahshiroq organib oldim. 💪
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8
🫡🤝
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2🤝1
Noltalgiya.
😁7
🚀 TypeScript — GitHub’da №1 til!

GitHub’ning 2025-yilgi rasmiy hisobotiga ko‘ra, TypeScript eng mashhur dasturlash tiliga aylandi 🥳

Eng qiziq joyi shundaki:
👉 agar JavaScript va TypeScript’ni birga hisoblasak, boshqa tillar bilan farq juda katta bo‘lardi.

Bu shuni anglatadi:

TypeScript endi trend emas

Katta loyihalarda standart tanlov

Frontend va backend’da birdek ishlatilmoqda

📊 To‘liq hisobot:
https://github.blog/news-insights/octoverse/octoverse-a-new-developer-joins-github-every-second-as-ai-leads-typescript-to-1/
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
Menga mobile dasturlash webdan kora koproq yoqadi.

Lekin achiq haqiqat ilovani qurishdan kora uni build qilib app store va play marketga qoyish qiyin.
6👍2
Real 😁😁
😁8👍3💯2
Issiqlik elektr stansiyasi da ishlaydiganlar bormi?
😁8
💡 Nega chiroyli kod har doim ham pul keltirmaydi?

Ko‘pchilik shuni unutadi:
Dasturchiga chiroyli kod yozgani uchun emas, bergan qiymati uchun pul to‘lanadi.


Agar sayt yoki dastur:
⚫️ texnik jihatdan mukammal bo‘lsa,
⚫️tez ishlasa, xatosiz bo‘lsa,

lekin foydalanuvchi undan foydalana olmasa —
bunday mahsulotning amaliy qiymati nolga teng.


Xuddi shunday:
⚫️dizayni chiroyli,
⚫️ishlashi muammosiz,

lekin sotuv bo‘lmasa,
bu sayt biznes uchun foyda bermaydi. Natijada uning qiymati ham nol bo‘lib qoladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
🎯 Asosiy savol bitta

Ushbu loyiha foydalanuvchiga yoki biznesga qanday foyda keltirdi?


Muammo yechildimi?

Jarayon soddalashdimi?

Daromad oshdimi?

Vaqt tejaldimi?

Agar bu savollarga aniq javob bo‘lmasa,
texnik mukammallikning o‘zi yetarli emas.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
⚠️ Perfektsionizmrivojlanishga to‘sqinlik qiladi

Ko‘plab dasturchilar loyihani:

🟢“yana biroz yaxshilayman”,
🟢“ideal holatga keltiraman”,

deya oxirigacha yetkazmaydi.

Natijada:
🟢loyiha bozorga chiqmaydi,
🟢foydalanuvchidan fikr olinmaydi,
🟢real muammo va ehtiyojlar bilinmay qoladi.

p.s. shu narsa menda ohirgi 3 oyda juda kuchayib ketdi. Va menda bazi joylarda minusga ishladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Xulosa

Avvalo foyda va qiymat haqida o‘ylash kerak.
Keyin esa uni chiroyli va mukammal qilish mumkin.

Foydalanuvchiga foyda berilgan joyda —
qolgan hamma narsa o‘z-o‘zidan keladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3