Dasturlash va IT💻
25 subscribers
168 photos
131 videos
45 files
150 links
Siz pythonda dasturlar, video darslar va boshqa IT sohasidagi muhim va qiziqarli postlar berib boriladigan kanaldasiz.😎💻
Bizning maqsad kanalni sizga maqul keladigan darajaga olib chiqish.
Creator: @great_coder
Download Telegram
#mulohaza_uchun #it_humor

🤔: "Dasturchini qanday qilib 5 yoki undan kam so‘z orqali haqorat qilish mumkin?"

☝🏻: "Sen HTML'da dastur yozasan" deyish orqali!

@foydali_code
TikTok ― Jinnicha videolar makoni emas!

– Ko'pchilik TikTok'da mashhur bo'lishi uchun turli xil jinniliklar, beo'xshov qiliqlar qiladi. Bu o'z-o'zini sharmanda qilishdan boshqasi emas. Aqlli bir inson bunga qarshi chiqadi albatta.

– TikTok'da Siyosiy, Diniy, Ibratli, Qonuniy, Motivatsion, Biznes, IT ga oid profillar ham faoliyat yurtishi mumkin. Agar TikTok'da bir necha yil shunday videolar qidirilaversa, TikTok'da o'sha jinniliklardan asar ham qolmaydi.

– Bu orqali TikTok'da ham madaniyatli, aqlli auditoriya yig'iladi albatta. Balkim, ba'zi insonlar yomon yo'ldan qaytar. TikTok maqsadli auditoriyaga zo'r desa ham bo'ladi aziz do'stlar.

P.s: Sizlar shunday maqsadli auditoriya tuzingki, sizni TikTok asoschisi ham kuzatsin!

👉 @foydali_code
Photoshop-chi do'sting bo'lsa qanday yaxshi!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Video darslik uchun qanday dasturlardan foydalani kerak
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#motivatsiya #hayrli_tong 📌

Uxlayapsizmi?

Darhol turing! Ilm oling, izlaning, hayrli va savobli ishlar qiling
🌀

Har kuni sizga shunchaki $86,400 pul berilsa va kechqurunga borib, ishlatsangiz-u ishlatmasangiz puli qaytarib olinishini aytilsa, nima qilasiz? Puldan iloji boricha ko'proq foydalanishga harakat qilasiz, to'g'rimi? 💸

Lekin, har kuni sizga berilayotgan 86,400 sekund-chi? Bular qayoqqa ketyapti? Siz bu dunyoga faqat yotgani kelganmisiz? ⌛️

P.s: videodagi mashinani sotib olish siz o'ylaganchalik imkonsiz emas. Shunchaki maqsad va harakat qiling

Kuningiz hayrli o'tsin!
@foydali_code
#yangilik 📌

YouTubega oid yaxshi yangilik bor

Unga ko'ra, kompaniya spirtli ichimlikka, giyohvandlikka oid reklamalarni chiqarmaydi. Bundan tashqari kompaniya siyosiy reklama ham qabul qilmaydi.
Kanalga yangi admin qoʻshildi unga siz taklif va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin boʻladi.
@foydalicode_admin
Dasturlash va IT💻 pinned «Kanalga yangi admin qoʻshildi unga siz taklif va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin boʻladi. @foydalicode_admin»
​​😎 Uorren Baffettdan muvaffaqiyat haqida 10 saboq

📌 2021 yil bahorida buyuk investor Uorren Baffetning boyligi 100 milliard dollardan oshdi. Va shuni ishonch bilan aytish mumkinki, Uorren biznes, sarmoyalar va muvaffaqiyatlar haqida ancha sirni biladi:

1️⃣ Shuhrat qozonish uchun 20 yil va uni yo'qotish uchun esa 5 daqiqa vaqt ketadi. Agar siz bu haqda o'ylab ko'rsangiz, ishingizga boshqacha munosabatda bo'lishni boshlaysiz.

2️⃣ Faqat o'tirib o'ylash uchun har kuni vaqt ajrating. Bu atrofdagilar uchun juda g'alati. Ammo ishoning, ko'pchilikka qaraganda kamroq impulsiv qarorlar qabul qila boshlaysiz.

3️⃣ Agar tanla deyishsa, men tungi uyquni qo'shimcha pul topish imkoniyati bilan almashtirmasdim.

4️⃣ Agar siz eng baxtli 1% odamlardan biri bo'lsangiz, boshqa 99% insoniyat haqida o'ylashingiz kerak.

5️⃣ Hech qachon o'zingiz tushunmaydigan biznesga investitsiya qilmang.

6️⃣ Sizning iste'dodingiz va harakatlaringiz qanchalik katta bo'lmasin, ko'p narsalar vaqt talab etadi. Bir oy ichida bolani tug'ilishi mumkin bo'lmaganidek.

7️⃣ Bugun siz soyada o'tiribsiz, chunki uzoq vaqt oldin kimdir daraxt ekkan.

8️⃣ Agar siz chuqurga tushib qolsangiz, eng muhim narsa - qazishni to'xtatishdir.

9️⃣ "Baxt pulda emas". Bunday bema'nilikni gapirishdan oldin, yetarli miqdorda pul ishlaganingizga ishonch hosil qiling.

🔟 Halollik - bu qimmat sovg'a, uni arzon odamlardan kutmang.

🙃 Siz Baffettning fikriga qo'shilasizmi?
@foydali_code
#maslahat #smartfon

Suvga cho‘kkan smartfonni qanday qutqarish mumkin? 💦📱

Smartfonlar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi: qaerda bo‘lsak — doim yonimizda. Ishimiz ham shu bilan, ermagimiz ham shu. Smartfonning buzilib qolishi-ku, “kun kayfiyati”ni belgilab beradi... Buzilish sabablari esa ko‘p, masalan, ko‘plab elektron qurilmalar kabi smartfon ham suv bilan chiqishmaydi.

Mabodo suvga cho‘kkan smartfon hayot alomatlarini ko‘rsatmayotgan bo‘lsa, nima qilish kerak? “RIA Novosti”ning ushbu savoliga “Raqamli platformalar” notijoriy tashkilotining strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Aleksandra Gavrilova javob berdi.

“Agarda telefoningiz suvga cho‘kkan bo‘lsa, oqibatlarini yumshatishning bir nechta yo‘li bor. Birinchidan, zamonaviy telefonlarining aksariyati suv o‘tkazmaydi, suvga tushib ketgan qurilma darhol olingan bo‘lsa, omadingiz chopib, unga hech narsa qilmasligi ham mumkin. Biroq, har ehtimolga qarshi, unga bir kun dam berib, ertasiga ishlatganingiz ma’qul”, — dedi mutaxassis.

Agarda telefon suv o‘tkazuvchan va ishlamayotgan bo‘lsa, uni yoqish, tugmalarini bosish, silkitishga urinmang. “Aks holda tizim platasi va alohida qismlariga shikast yetkazib qo‘yish hech gapmas. Telefondagi ayrim qismlarni almashtirib bo‘lmaydi, ustabuzarmonlik oqibatida smartfoningizdan ayrilib qolishingiz mumkin”, — ogohlantiradi Gavrilova.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, smartfonni mustaqil quritishga urinish ayrim detallarning ishdan chiqishiga ham olib keladi. Eng oddiy ustaxonada ham smartfonni ochib, quritib, ishlatib bera olishadi, unaqa qimmat ham emas. Smartfon suvga tushib ketib ishlamay qoldimi, darhol ustaga ko‘rsating, shunda smartfonga qimmat ehtiyot qism sotib olish yoki uni butunlay yangisiga almashtirishga to‘g‘ri kelmaydi.

📝 Manba: Xabar.uz

📌 P.S.: Xo‘sh, sizda ham smartfon bilan bog‘liq shunday hodisa yuz berganmi?

👨🏻‍💻@foydali_code
🤖 Sun'iy intellekt sizni kuzatmoqda

• Belgiyalik Dries Deporter rasmiylarni hukumat majlislari vaqtida telefonlardan kamroq foydalanishlari va diqqat bilan o'tirishlariga chorlovchi sun'iy intellektga asoslangan dasturni ishga tushirdi.

• Flandriya hukumati tomonidan o'tkazilgan majlis YouTube'ga onlayn translatsiya qilingan. O'sha vaqtda Dries Deporter'ning sun'iy intellekti ishga tushib, telefon "kavlab" o'tirgan rasmiylarni aniqlay boshlagan. Olingan natijalar o'sha rasmiylarni belgilagan holda Twitter va Instagram'ga joylangan:

"Hurmatli chalg'igan @ JanJambon, iltimos diqqatingiz jamlang!"

• Albatta, sun'iy intellekt sohasi juda-juda qiziqarli va keng soha. O'rganmoqchi bo'lsangiz quyida siz uchun eng zo'r, bepul manbalarni qoldiramiz:

● Google'dan: https://ai.google/education/

● Stanford Universitetidan: https://www.coursera.org/learn/machine-learning

● Columbia Universitetidan: https://www.class-central.com/course/edx-machine-learning-7231

● Helsinki Universitetidan: https://www.elementsofai.com/
@foydali_code
Kod yozmasdan ilovalar, veb saytlar, va oʻyinlarni yaratadigan top 5 servis

2021 — yilda siz oʻzingizga ilovalar saytlar va hatto oʻyinlarni yaratish uchun kod yozishni oʻrganishingiz shart emas. Barchasi siz uchun bajarib boʻlingan. Konstruktordan bloklarni yechadigan tayyor no-code yechimlar mavjud va barchasi ajoyib ishlaydi.

Webflow — veb saytlar va onlayn doʻkonlarni yaratish uchun juda qulay platforma. Dizaynni oʻzgartirish va plaginlarni qayta ishlash mumkin, masalan izohlar boʻlimini.

Adalo — koʻp funksiyalarga ega mobil va veb ilovalarni yaratish uchun no-code platforma. Siz oʻzingizning dasturingizga toʻlovlar, avtorizatsiya, xabarnomalar va boshqa koʻplab funksiyalarni qoʻshishingiz mumkin.

Tilda — 2021 yildagi eng taniqli va eng yaxshi veb sayt yaratuvchi platforma. Barcha holatlar uchun yuzlab tayyor maketlar, bloklar, ochilish sahifalari mavjud.

Stencyl — oʻyinlarni mutlaqo kodsiz yaratamiz.

Gdevelop-app — bu ham kodsiz oʻyin yaratish dasturi, interfeys bir oz soddaroq.

👉 @foydali_code
👨‍💻