Dasturlash va IT💻
25 subscribers
168 photos
131 videos
45 files
150 links
Siz pythonda dasturlar, video darslar va boshqa IT sohasidagi muhim va qiziqarli postlar berib boriladigan kanaldasiz.😎💻
Bizning maqsad kanalni sizga maqul keladigan darajaga olib chiqish.
Creator: @great_coder
Download Telegram
Dunyoga mashhur 7 ta dasturchilar!

1. Larri Peyj va Sergey Brin – Google yaratuvchilari
2. Sir-Tim Berners-Li – Internet tarmogʻi yaratuvchisi
3. Donald Knut – Algoritm qiroli
4. Brendan Ike – JavaScript dasturlash tilining yaratuvchisi
5. Jeyms Gosling – Java dasturlash tilini yaratuvchisi
6. Bjarne Straustrup – C++ dasturlash tili asoschisi.

P.s. Siz ham shunday boʻlishingiz mumkin. Faqat oʻz sohangizning professionali boʻling. Aynan IT sohada boʻlishingiz shart emas.
Bu ro'yxatni siz ham davom ettirishingiz mumkin

👉 @foydali_code kanalini rivoji uchun doʻstingizni taklif qiling.
Qaysi operatsion tizimni ishlatsam yaxshi Windows, MacOS yoki Linux?

Bugungi kunda, kompyuterlar uchun 3 ta asosiy operatsion tizimdan foydalanib kelinmoqda. Yuqoridagi rasmda koʻrinib turibdi-ki, sizda uchta variant bor

Qisqacha izoh:

1. Windows — Siz bilgan qotib-qotib ishlashiga koʻnikkan va taʼmir talab. Pullik, lekin koʻpchilik bepul ishlatadigan Microsoft mahsulotidir. Dasturlarni oʻrnatishdagi xatoliklar, ularni sozlash, drayverlarni mosligiga ahamiyat berish, dastur ishlashi uchun kutubxonalar qidirish lozim boʻlgan tizimdir. Shu bilan birga foydalanuvchi uchun chiroyli koʻrinishga ega emas.

2. MacOS — Haqiqiy goʻzallik, juda chiroyli interfeys shuningdek hammasi siz uchun qilib qo'yilgandek. Dasturlarda muammolar boʻlmaydi, chunki barcha dasturlar Apple kompaniyasiga tegishli, lekin toʻliq yopiq tizim, oʻzingizcha bir nimalar qilib tashlolmaysiz.

3. Linux — Haqiqiy linux tizimlarda sizga buyruqlar yozish uchun bitta terminal beriladi, oʻzingiz shu orqali tizimni oʻrnatasiz

👉 @foydali_code
#savolga_javob 📌

Javob bergan barchaga kattakon rahmat va g'oliblarni e'lon qilamiz 🔊

🥇 Coder
🥈 Umarali
🥉 Studentka

To'g'ri javob - Birlashgan Arab Amirligi edi

Kelgusi savol-javoblarda faol bo'lishingizni so'rab qolamiz. Ramazonni yaxshi o'tkazib oling)

@foydali_code
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
bir million o‘zbek dasturchidan 10 daqiqiada sertifikat olish
@foydali_code
Qaysi operatsion tizimni ishlatsam yaxshi Windows, MacOS yoki Linux?

Bugungi kunda, kompyuterlar uchun 3 ta asosiy operatsion tizimdan foydalanib kelinmoqda. Yuqoridagi rasmda koʻrinib turibdi-ki, sizda uchta variant bor

Qisqacha izoh:

1. Windows — Siz bilgan qotib-qotib ishlashiga koʻnikkan va taʼmir talab. Pullik, lekin koʻpchilik bepul ishlatadigan Microsoft mahsulotidir. Dasturlarni oʻrnatishdagi xatoliklar, ularni sozlash, drayverlarni mosligiga ahamiyat berish, dastur ishlashi uchun kutubxonalar qidirish lozim boʻlgan tizimdir. Shu bilan birga foydalanuvchi uchun chiroyli koʻrinishga ega emas.

2. MacOS — Haqiqiy goʻzallik, juda chiroyli interfeys shuningdek hammasi siz uchun qilib qo'yilgandek. Dasturlarda muammolar boʻlmaydi, chunki barcha dasturlar Apple kompaniyasiga tegishli, lekin toʻliq yopiq tizim, oʻzingizcha bir nimalar qilib tashlolmaysiz.

3. Linux — Haqiqiy linux tizimlarda sizga buyruqlar yozish uchun bitta terminal beriladi, oʻzingiz shu orqali tizimni oʻrnatasiz

@foydali_code
🧑‍💻Pythonda Audio fayllarni birlashtirish

import wave

infiles = ["sound_1.wav", "sound_2.wav"]
outfile = "sounds.wav"

data= []
for infile in infiles:
w = wave.open(infile, 'rb')
data.append( [w.getparams(), w.readframes(w.getnframes())] )
w.close()

output = wave.open(outfile, 'wb')
output.setparams(data[0][0])
output.writeframes(data[0][1])
output.writeframes(data[1][1])
output.close()

> pip install wave

👉 Ko'proq

@foydali_code
Muhammadyusufning, yorqin xotirasiga.. Alloh ,o'zi rahmatiga olgan bo'lsin..

@chizgilarimda..
#Shoir_Qodirjon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Yilning eng yomon UX-dizayni" AppKitda Ilon òyini
@foydali_code
#ajoyib 📌

Google yordamida qidirilgan eng ko'p natijalar odamni hayratga soladi 😳

NASA
dek kattakon tashkilotni HTML yoki CSS bilan *hack (kiber hujum qilish) qilish ancha qiyinov 😁

@foydali_code
📑 2010-yilning yanvarida Android operatsion tizimi uchun ishga tushirilgan "Google Tarjimon" ilovasini shu kunga qadar 1 milliarddan ortiq insonlar yuklab olgan.

👀 Ular qatorida siz ham bormisiz?

@foydali_code
​​Googleʼdan oqilonalik bilan foydalaning.

1. Qidirayotgan narsani “qoʻshtirnoq” ichiga olish.
Shu holatda qidirsangiz, aynan qidirgan soʻzingizni oʻzgarmagan holda natijasini chiqaradi.

2. “-“ chiziqcha bilan qidirish. Bu holdagi qidiruv natijasida chiziqcha bilan yozgan soʻzingiz yoʻq boʻlgan natijani chiqaradi. Masalan: “pizza recipe -tomato” shaklida qidiruv bersangiz, pitsa masalligʻida pomidor yoʻq boʻlgan retseptlarni natijani koʻrsatadi.

3. “~“ toʻlqinli chiziqcha bilan qidirish. Bu belgi orqali qidirsangiz, Google sizga sinonimlar qatnashgan natijalarni ham chiqarib beradi. Masalan: “music ~lessons” deb qidiruv bersangiz, “lessons” soʻziga sinonim boʻlgan soʻzlar bilan qoʻshib qidiradi.

4. “site:“ saytni nomini yozish orqali. Masalan yangiliklarni qidiryapsiz va buni aynan bitta saytdan boʻlishini xohlayapsiz, bu holda “futbol haqida site:daryo.uz” deb yozsangiz natija faqat ushbu saytdan olingan sahifalarni koʻrsatadi.

5. Google konvertatsiya. Masalan: “1000$ USD to UZB” deb qidiruv bersangiz, dollar kursini oʻzbek soʻmiga aylantirib hisoblab beradi.

6. Google kalkulyator. Masalan: “45% of 2000” deb qidiruv bersangiz, 2000 ni 45% da chiqarib beradi. Bu kalkulyator orqali hisoblashga oid turli operatsiyalarni bajarsa boʻladi.

7. Filetype. Yaʼni qidirayotgan narsangiz faylda boʻlishi. Masalan: “Learn JavaScript filetype: pdf” deb yozsangiz Javascript oʻrganishga pdf qoʻllanmalarini chiqarib beradi.

© @foydali_code
Biz yozayotgan kod qanday ishlashiga qiziqib ko'rganmisiz 🤔

🌐 Yaqinlaringizga ham ulashing va
kanalga taklif qiling.
👉 @foydali_code
Upworkda account ochishdan avval nimalarga e'tibor berish zarur?

Upwork.com bu dunyo bo'yicha 180 ta davlatdan ortiq dasturchilar kirib foydalanadigon katta freelance platforma hisoblanadi. Uning boshqa freelance platformalardan ajralib turishi bu uning xavsizligidadir ya'ni uyerda sizni birov, siz birovni aldab keta olmaysiz va shu bilan birga upwork foydalanuvchilar bilan doimiy aloqada bo'lib turadi, bu degani siz ularning email pochtasiga biron muammo yoki taklif bilan yozsangiz 12 soat ichida javob qaytarishadi. "This email is automatically generated do not reply this" demaydi 😅.

Endi upworkda account ochishdan avval nimalarga e'tibor berishingiz kerak shular haqida to'xtalib o'tsak.

1.Hech qachon ikkita account ochmang.

Ha shunday agar siz upworkda bittadan ko'p account ochsangiz hoh bu bitta emailga bo'lsin hoh boshqa boshqa email bu sizni saytning qora ro'yxatiga tushishingiz ehtimolini oshiradi va natijada ishga buyurtma ololmaysiz. Bu qoidaga upwork juda qattiq turadi boshlanishiga buni bildirmasligingiz mumkin lekin sizdan video xabar jo'natishingizni ham talab qiladi shunda nima qilasiz?

2. Kuchli portfolio

Ha shunday agar siz kamida 2-3 ta proyekt qilmagan bo'lsangiz upworkda account ochishingizni maslahat bermagan bo'lar edim. Kuchli portfolio qiling u shunday bo'lsinki buni ko'rgan client yoki ish beruvchi sizni nimalar qila olishingizni bilsin. Tayyor plagiat qilib tayyor shablonni olib o'zingizni ism familiyangizni qo'yib qo'yish portfolioga kirmaydi shuni ham unutmang.

3. Kamida bitta dasturlash tilini amaliyotda qo'lay bilish

Shunday darajaga chiqganingzidan so'ng Upworkda ishlasangiz bo'ladi. Esltama HTML dasturlash tili emas, men bilgan 2-3 tasi HTML o'rganib olib upwokrda ishlayman deb yuribdi😅.

Quyidagi yo’nalishlar bo’yicha upworkda ish anchagina topiladi👇

Web dasturlash ( Frontned, backend)
Web Dizayner
Copyrighter

Xullas shunaqa gaplar boshqalarni fikriga e'tibor bermasdan o'z ustingizda ishlang, o'rganing o'qing, amaliyotlar, proyektlar qiling, shunday davom etsangiz 6-7 oyda Freelancerlikni boshlashingiz mumkin.

@foydali_code
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🐍Python dasturlash tilida 🤖Jarvis AI-ni dasturlash
📹480p

@foydali_code
Abramyan.zip
7.8 MB
#foydali #fayl

🅰ssalomu alaykum hammaga bu python dasturlash tilini o'rganayotganlar uchun turli xildagi masalalar to'plami!

P.s. Menga juda yoqdi masalalar qiyinligi o'rtacha va foydali

@foydali_code
📝 01 </> Kod yozish
Har bir dasturlash tilini o'z qonun qoidalari bor.
Pythonni ham qoidalari mavjud.

Pythonda qisqacha kod yozishni o'rganamiz.

🔹Oraliq tashlamang
Pythonda bo'sh joylar muhim ahamiyatga ega.
Agar bo'sh joy qoldirsangiz "Python" noto'g'ri tushunadi yani, qandaydir blok ichida deb o'ylaydi va hech qanday blok yo'q bo'ladi.
print("hello")
print("hello")

🔸Bir necha qatorni bitta qatorga joylash
Bu usul orqali kodni o'qishga oson va yanada qisqaroq qilish mumkin, masalan o'zgaruvchi e'lon qilganingizda ; shu belgi orqali qilish mumkin.
a = "Hello"; b = "World"

🔹To'g'ri yozing
Bazilar funksiyalarni noto'g'ri chaqiradi, yani, print("Hello") ni Print deb kiritish xatolikka olib keladi.
FunK()
funk()

🌐 Yaqinlaringizga ham ulashing va
kanalga taklif qiling.
👉 @foydali_code
🌟АССАЛОМУ АЛАЙКУМ🌟

Аллоҳим! Рамазонда
бизларга олий ҳиммат бер:

🌺Рўза тутишга қодир жисм бер!
🌺Таровеҳда қоим бўлишга
🌺қодир бадан бер!
🌺Зикрли тил бер, Аллоҳим!
🌺Хайрли амалларда
🌺муваффақият бер, Роббим!
🌺Рамазон ойида ўзимни ва оила
🌺аъзоларимни дўзахдан
🌺озод қил!
🌺Мусулмон биродарларимга
🌺ҳам шуларни сўрайман!
🌺Амалларим холис Ўзинг
🌺учун бўлишини сўрайман!
🌺Рўзаларимиз, намозларимиз,
🌺закотларимиз ва тунги
🌺ибодатларимизни қабул
🌺қилгин! Амийн

🌙 РАМАЗОННИНГ 20-КУНИ МУБОРАК БЎЛСИН!

Рамазоннинг таровати кун давомида сиз билан бўлсин!

@foydali_code
--Eng sara sheʼrlar--
--Hayotiy hikoyalar--
--Shoirlar hayotidan hikmatlar--
--Manoli statuslar--
--Audio koʻrinishidagi sheʼrlar--
--Manoli qoʻshiqlar--
👇👇👇Berib boriladigan kanal @chizgilarimda
@chizgilarimda
Bu kanalda siz yana #ShoirQodirjon ijodidan bahramand boʻlib borasiz.
@chizgilarimda
@chizgilarimda
@chizgilarimda
Dasturlash va IT💻 pinned «--Eng sara sheʼrlar-- --Hayotiy hikoyalar-- --Shoirlar hayotidan hikmatlar-- --Manoli statuslar-- --Audio koʻrinishidagi sheʼrlar-- --Manoli qoʻshiqlar-- 👇👇👇Berib boriladigan kanal @chizgilarimda @chizgilarimda Bu kanalda siz yana #ShoirQodirjon…»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Исломда гўшти ҳалол ва харом бўлган ҳайвонлар...

(5 дақиқали видео бемалол вақтингиз бўлганда кўришни тавсия қиламиз❗️)

@foydali_code