Dasturlash va IT💻
25 subscribers
168 photos
131 videos
45 files
150 links
Siz pythonda dasturlar, video darslar va boshqa IT sohasidagi muhim va qiziqarli postlar berib boriladigan kanaldasiz.😎💻
Bizning maqsad kanalni sizga maqul keladigan darajaga olib chiqish.
Creator: @great_coder
Download Telegram
Python dasturlash tilini hozirgi kunda ko‘proq 3 xil maqsadda ishlatishadi:

1) WEB. Bu oddiy kichik saytlardan tortib to murakkab bo‘lgan tarqmoda ishlovchi dasturlarda.

2) Desktop. Kompyterda foydalanuvchi Interfeysiga ega bo‘lgan dasturlarda.

3) Command-Line. Bu Konsol muhitda ishlaydi, bunda hech qanday user interfeys bo‘lmaydi, lekin u ma'lum bir funksiyani doim bajarib turadi.
Bunday dasturlar odatda juda ko‘p ishlatiladi. Ayniqsa avtomatlashtirilgan ko‘plab tizimlarda shunday dasturlar, serverlarda ishlab turadi.

👨🏻‍💻@foydali_code
🤓Asablarni asrash yoʻlidan biri..

Ishni bir qismini yakunlangandan soʻng Ctrl + S ni bosib qoʻying😁

Sizda ham shu muammo koʻp uchraydimi?

👉 @foydali_code
Django nima ?

Python dasturlash tiliga qiziqib qolgan ko‘pchilik shu terminga duch keladi odatda )

Django bu - Python dasturlash tilida yozilgan web framework.

Django web framework bilan web dasturlar yoziladi,
aniqrog‘i qisqa vaqt ichida ajoyib natijani olish mumkin.

☝️ Django bilan web dastur qilish uchun python ni va ma'lumotlar bazasi bilan ishlashni yaxshi bilish kerak.

👨🏻‍💻 @foydali_code
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AR

Yangi dasturlar va g‘oyalar shu darajada tezki, biz kichik bir sharchani ichidan chiqib ketishimizga undaydi.
Ko‘proq yangiliklar va tehnologiyalarga ahamiyat berib turishimiz kerak.🤔

SketchAR o‘zining yangi funksiyasini ko‘rsati AI Portraits,
Bu rasm va videolarni sketch holatiga o‘zgartirib beradi. Hozircha faqat rasm bilan ishlamoqda, lekin yaqin orada video bilan ishlashini amalga oshirishmoqchi.
Keyin siz telefon orqali multfilm olishingiz mumkin. 🤠

👨🏻‍💻 @foydali_code
​​Dasturchilar uchun 10 ta foydali filmlar

🚀 Dasturlash real hayotda eng ko'p tilga olinadigan va eng dolzarb sohalardan biri hisoblanadi. Shuningdek, kino olamida ham dasturlash va IT doimiy ravishda ko'p sur'atga olinadigan sohalar hisoblanadi.

🤓 Bugun biz sizlar bilan har bir dasturchi va IT mutaxassisi ko'rishi kerak bo'lgan 10 ta film haqida gaplashamiz. Quyida ushbu filmlar ketma-ketligi bilan tanishing:

1. Ijtimoiy tarmoq;
2. Janob robot;
3. Kadrlar;
4. Kremniy vodiysi;
5. Men kimman;
6. Snouden haqiqati;
7. Internet bolakay;
8. Taqlid qilish o'yinlari;
9. Signal;
10. Stiv Jobs.

Ushbu kinolarda ijtimoiy tarmoqlar, yirik IT kompaniyalari va mashhur hakerlar hayoti haqida hikoya qilinadi.


@foydali_code
#Games

Python dasturlash tilini o'yin o'ynab o'rganamiz.

Check iO - bu o'yin sarguzasht janridagi brauzer o'yin hisoblanadi. O'yinga kirib ro'yxatdan o'tasiz, boshlang'ich bilim darajasidan boshlab kod yozish orqali topshiriqlarni bajarib borasiz va barchasi sekin-sekin o'yin shaklida yaralib boradi.

Video darsliklar zerikarli bo'lsa, o'yin o'ynab python dasturlash tilini o'rganing 😊

👉 @foydali_code
​​Fiverr va UpWork'ning 4 asosiy farqi bor.

1. Ular sizdan nima xohlaydi?

UpWork sizdan loyihalar ustida uzoq muddat ishlashingizni va mijozlarni uzoqroq ushlab turishingizni xohlaydi.
Fiverr esa ko'plab kichik-kichik loyihalarni qilishingizni xohlaydi. Masalan: bir kunda 4-5 ta.

2. Sizdan qancha pul oladi?

UpWork Fiverr'dan ko'ra ko'proq pul yechib oladi. U yerda qancha uzoq ishlaganingiz sari shuncha kamroq pul to'laysiz, qisqa muddatli loyihalarda, nisbatan ko'proq pul yo'qatasiz.
Fiverr'da esa bu har doim bir xil narxda bo'ladi.

3. Mijozlar bilan qanday aloqa qilinadi?

Fiverr'da profil ochasiz va mijozlarni o'zlari aloqaga chiqishlarini kutasiz.
UpWork'da esa mijozlarni o'zingiz qidirib topib, xizmatingizni taklif qilishingiz mumkin.

4. Qanday ro'yxatdan o'tiladi?

UpWork'ga kirish va ro'yxatdan o'tish qiyin. Sizni kimligingizni, rasmingiz va ma'lumotlaringiz o'zingiznikiligi, qanday ishlarni qila olishingiz va qilgan ishlaringiz haqida so'raydi.
Fiverr'da esa istalgan odam ro'yxatdan o'ta oladi. Uni kimligiga ham, qanday ishlar qila olishiga platforma e'tibor qaratmaydi.

👉 @foydali_code
#operatsion_tizim

SHUTDOWN buyrug‘i ⚙️

SHUTDOWN buyrug‘i foydalanuvchining faol seansini yakunlash, kompyuterni qayta yuklash, uni uyqu rejimiga o‘tkazish yoki umuman o‘chirib qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Tegishli ruxsatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, buyruq masofada turgan tizim uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

Ushbu buyruqni Buyruq satri (Командная строка, Command Line) hamda WIN + R birikmasini bosib, Выполнить (Run) oynasi orqali qo‘llash mumkin. Buyruqning bajarilish usullarini ko‘rib chiqamiz.

1️⃣. shutdown /s – kompyuterni 30 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

2️⃣. shutdown /s /t 0 – kompyuterni darhol o‘chirib qo‘yish.

3️⃣. shutdown /h – kompyuterni gibernatsiya rejimiga o‘tkazish.

4️⃣. shutdown /l – joriy foydalanuvchining faol seansini yakunlash.

4️⃣. shutdown /r – kompyuterni qayta yuklash.

5️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\COMP7 – COMP7 nomli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

7️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

8️⃣. shutdown /r /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni qayta yuklash.

👨🏻‍💻@foydali_code
#xayrli_kun 📌

Pul qo'lni kiri, baxt pulda emas, puli ko'p boy emas, nafsi to'q boy... 💰

Ho'sh yana nima deb o'zimni ovutsam ekan a 😂 kuningiz xayrli va barokatli o'tsin

@foydali_code
#qiziqarli 📌

Apple kompaniyasining har 10 yilda naqd pul o'sishi 🔥

🔹 1990-yil - 997 mln $

🔸 2000-yil - 4 mlrd $

🔹 2010-yil - 51 mlrd $

🔸 2020-yil - 192.8 mlrd $

Naqd pulni shitrlashi baribir boshqachada 😁
@foydali_code
#faktlar 📌

2021-yil mart oyi tahlillariga ko'ra, internet tezligi eng baland deb topilgan TOP 5 davlatlar 🚀

5️⃣ - o'rin Saudiya Arabistoni 🇸🇦| 133.73 Mbps

4️⃣ - o'rin Xitoy 🇨🇳| 150.40 Mbps

3️⃣ - o'rin Qatar 🇶🇦| 167.40 Mbps

2️⃣ - o'rin Janubiy Koreya 🇰🇷| 170.52 Mbps

1️⃣ - o'rin qaysi davlat deb o'ylaysiz?

To'g'ri topa olgan birinchi 3 foydalanuvchini nomlari e'lon qilinadi 🔊
Javobni @great_coder lichkasida kutaman.
@foydali_code
#eng_boylar

Ilon Maskning boylar ro'yxatida oldinga tomon intilishi yillar ketma-ketligida 🚀

📍 2012-yil
- 634-o'rin

📍 2015-yil - 100 -o'rin

📍 2018-yil - 54-o'rin

📍 2020-yil - 2-o'rin

2-mart 2021-yil ma'lumotiga ko'ra, u 1-o'rinda va uning boyligi 197 mlrd dollarga baholangan 💰

@foydali_code
Dunyoga mashhur 7 ta dasturchilar!

1. Larri Peyj va Sergey Brin – Google yaratuvchilari
2. Sir-Tim Berners-Li – Internet tarmogʻi yaratuvchisi
3. Donald Knut – Algoritm qiroli
4. Brendan Ike – JavaScript dasturlash tilining yaratuvchisi
5. Jeyms Gosling – Java dasturlash tilini yaratuvchisi
6. Bjarne Straustrup – C++ dasturlash tili asoschisi.

P.s. Siz ham shunday boʻlishingiz mumkin. Faqat oʻz sohangizning professionali boʻling. Aynan IT sohada boʻlishingiz shart emas.
Bu ro'yxatni siz ham davom ettirishingiz mumkin

👉 @foydali_code kanalini rivoji uchun doʻstingizni taklif qiling.
Qaysi operatsion tizimni ishlatsam yaxshi Windows, MacOS yoki Linux?

Bugungi kunda, kompyuterlar uchun 3 ta asosiy operatsion tizimdan foydalanib kelinmoqda. Yuqoridagi rasmda koʻrinib turibdi-ki, sizda uchta variant bor

Qisqacha izoh:

1. Windows — Siz bilgan qotib-qotib ishlashiga koʻnikkan va taʼmir talab. Pullik, lekin koʻpchilik bepul ishlatadigan Microsoft mahsulotidir. Dasturlarni oʻrnatishdagi xatoliklar, ularni sozlash, drayverlarni mosligiga ahamiyat berish, dastur ishlashi uchun kutubxonalar qidirish lozim boʻlgan tizimdir. Shu bilan birga foydalanuvchi uchun chiroyli koʻrinishga ega emas.

2. MacOS — Haqiqiy goʻzallik, juda chiroyli interfeys shuningdek hammasi siz uchun qilib qo'yilgandek. Dasturlarda muammolar boʻlmaydi, chunki barcha dasturlar Apple kompaniyasiga tegishli, lekin toʻliq yopiq tizim, oʻzingizcha bir nimalar qilib tashlolmaysiz.

3. Linux — Haqiqiy linux tizimlarda sizga buyruqlar yozish uchun bitta terminal beriladi, oʻzingiz shu orqali tizimni oʻrnatasiz

👉 @foydali_code
#savolga_javob 📌

Javob bergan barchaga kattakon rahmat va g'oliblarni e'lon qilamiz 🔊

🥇 Coder
🥈 Umarali
🥉 Studentka

To'g'ri javob - Birlashgan Arab Amirligi edi

Kelgusi savol-javoblarda faol bo'lishingizni so'rab qolamiz. Ramazonni yaxshi o'tkazib oling)

@foydali_code
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
bir million o‘zbek dasturchidan 10 daqiqiada sertifikat olish
@foydali_code
Qaysi operatsion tizimni ishlatsam yaxshi Windows, MacOS yoki Linux?

Bugungi kunda, kompyuterlar uchun 3 ta asosiy operatsion tizimdan foydalanib kelinmoqda. Yuqoridagi rasmda koʻrinib turibdi-ki, sizda uchta variant bor

Qisqacha izoh:

1. Windows — Siz bilgan qotib-qotib ishlashiga koʻnikkan va taʼmir talab. Pullik, lekin koʻpchilik bepul ishlatadigan Microsoft mahsulotidir. Dasturlarni oʻrnatishdagi xatoliklar, ularni sozlash, drayverlarni mosligiga ahamiyat berish, dastur ishlashi uchun kutubxonalar qidirish lozim boʻlgan tizimdir. Shu bilan birga foydalanuvchi uchun chiroyli koʻrinishga ega emas.

2. MacOS — Haqiqiy goʻzallik, juda chiroyli interfeys shuningdek hammasi siz uchun qilib qo'yilgandek. Dasturlarda muammolar boʻlmaydi, chunki barcha dasturlar Apple kompaniyasiga tegishli, lekin toʻliq yopiq tizim, oʻzingizcha bir nimalar qilib tashlolmaysiz.

3. Linux — Haqiqiy linux tizimlarda sizga buyruqlar yozish uchun bitta terminal beriladi, oʻzingiz shu orqali tizimni oʻrnatasiz

@foydali_code
🧑‍💻Pythonda Audio fayllarni birlashtirish

import wave

infiles = ["sound_1.wav", "sound_2.wav"]
outfile = "sounds.wav"

data= []
for infile in infiles:
w = wave.open(infile, 'rb')
data.append( [w.getparams(), w.readframes(w.getnframes())] )
w.close()

output = wave.open(outfile, 'wb')
output.setparams(data[0][0])
output.writeframes(data[0][1])
output.writeframes(data[1][1])
output.close()

> pip install wave

👉 Ko'proq

@foydali_code
Muhammadyusufning, yorqin xotirasiga.. Alloh ,o'zi rahmatiga olgan bo'lsin..

@chizgilarimda..
#Shoir_Qodirjon