Dasturlash va IT💻
24 subscribers
168 photos
131 videos
45 files
150 links
Siz pythonda dasturlar, video darslar va boshqa IT sohasidagi muhim va qiziqarli postlar berib boriladigan kanaldasiz.😎💻
Bizning maqsad kanalni sizga maqul keladigan darajaga olib chiqish.
Creator: @great_coder
Download Telegram
#qoyillatibdiku 📌

2009-yili Facebook ishga olishni rad etgan - Brian Acton, oradan 5 yil vaqt o'tib WhatsApp ijtimoiy tarmog'ini yaratdi va uni aynan Facebook kompaniyasiga 19 mlrd dollarga sotib yubordi


Agarda Brianni Facebook ishga olganida 19 mlrd dollar yoniga qolgan bo'lardi, essiz 😅

@foydali_code
#statistika

2020-yil Iyul oyida berilgan statistikaga ko'ra eng ko'p daromad topgan mobil o'yinlar quyidagilar(million dollarda):

1. PUBG MOBILE - $208.8.0
2. Honor of Kings - $192.0
3. Monster Strike - $190.0
4. Pokemon go - $180.0
5. Roblox - $179
.0

👉 @foydali_code
Python dasturlash tilini o'rganish uchun boshlang'ich maslahatlar!🤓

🔸 Vazifani o'z vaqtida bajaring. Chunki mavzular bir birga bog'liq. Vazifani o'z vaqtida bajarmasangiz siz o'rganayotgan keyingi mavzular siz uchun qiyinlashib boradi.

🔸 Ko'pchilik endi o'rganayotganlar qaysi dasturlash muhitida ishlashni o'ylashadi, buni umuman ahamiyati yo'q, oddiy pythonning o'zining matn muharriridan foydalansak ham bo'ladi. Muhimi qaysi dasturlash muhitida ishlash emas qanday kod yozishimizga bog'liq!

🔸 Yangi kalit so'zlarni yodlab olishdan oldin uni ma'nosini tushunib oling. Shunda ular esimizdan chiqmaydi.

🔸 Dasturlash degani bu kod yozish degani emas. Kod yozishdan oldin biz masalani o'zimiz qog'ozda yechishimiz kerak. Keyin uni kodini yozishimiz muammo bo'lmaydi.

🔸 O'rgatish bu o'rganish uchun yaxshi usullardan biridir. Siz o'rganyotgan paytingizda boshqalarga ham o'rgatishga urinib ko'ring. O'rgatganingizda siz shu narsani yanada chuqurroq o'rganib olasiz.

🔸 Agar siz kod yozishda xatoga yo'l qo'ysangiz va nima sodir bo'layotganini aniq bilolmasangiz tanaffus qiling! Tanaffus qilayotganda kompyuterdan uzoqroq turing, sayr qiling yoki do'stingiz bilan suhbatlashing.


🌐 Yaqinlaringizga ham ulashing va
kanalga taklif qiling.
👉 @foydali_code
#built_in_functions #importnat #quick_start
#operators #qism1

Pyhton buyruqlari. (1-qism)

Pythonda buyruqlar ikki turga bo'linadi:

1)Operatorlar;
2)Funksiyalar;

Shuningdek, obyektlar metodlari hamda klasslar buyruq vazifasini bajarishadi. Ularning barchasini bir chekkadan ko'rib chiqamiz.


Operatorlardan boshlasak ularni chaqirish uchun nomini va parametrlarini - "operand"larini yozish kifoya:

return - funksiya, metoddan chiqish yoki nimadir qaytarish uchun ishlatiladi;

yield - funksiya, metodni ishini vaqtinchalik to'xtatish uchun ishlatiladi, uning yordamida generatorlar yaratiladi;

raise - dasturning biron bir qismida xatolikni ataylab keltirib chiqarish uchun ishlatiladi;

assert - dasturning ishlashi davomida biron bir narsani tekshirish, agar noto'g'ri bo'lsa xatolik chiqarish uchun ishlatiladi;

from-import/import - biron bir modul, kutubxonaning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ishlatilad.

Bulardan tashqari Pythonda shart (if/if-else-...), takrorlash (for/while), xatoni avvaldan taxmin qilish (try-except-...), mantiq(and/or/not/>/</in), binar (ular haqida fikrni kechroq yuritamiz &/»/«/^/!) va matematik (+/-/'/'/*/'//'/%) operatorlari bor.

@foydali_code
#built_in_functions #importnat #quick_start
#operators #qism2

Pyhton buyruqlari. (2-qism)

Pythonda Funksiyalar.

Funksiyaning opertordan asosiy farqi - funksiyaning obyektligida. Va har bir o'zgaruvchining qiymatini o'zgartirish mumkin bo'lganidek, funksiyalarni ham bajaradigan ishini bemalol o'zgartirsa bo'ladi. Lekin bunda ehtiyotsizlik, kutilmagan holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan:

print = lambda *args, **kwargs: print(*args, *args, **kwargs)

Qatordan so'ng, print - 2 marotalab konsolga yozuvchi emas, cheksiz rekursiv funksiyaga aylanadi.

Funksiyalr obyekt bo'lgani uchun ularning tipi mavjud:

>>> type(print)
<class 'builtin_function_or_method'>
>>>lambda_func = lambda: None
>>> type(lambda_func)
<class 'function'>
>>> def defined_func(): return
>>> type(defined_func)
<class 'function'>

Pythonga "kirgizilgan" ba`zi funksiyalar:

print - konsolga chop etuvchi funksiya;

open - faylni ochish uchun ishlatiladigan funksiya;

dir - obyektning attribut va metodlarini ro'yhat ichida qaytaradi;

help - obyektning dokumentatsiyasini (modulda yozilganini) chop etadi;

breakpoint - kodni to'xtatish uchun ishlatiladi, ya'ni "Debugging" jarayonida ishlatiladi.

@foydali_code
Redmonk Portali oxirgi 10 yilda dasturlash tillarining reytingi qanday o'zgarganini tahlil qilibdi (GitHub va StackOverflow asosida).

Top-5 talikda katta o'zgarishlar yo'q. JavaScript, Python, Java ga talab hali ham katta. Bir vaqtlar adashib kirib qolgan Ruby esa pozisiyalarini yo'qotishda davom etmoqda.

Reytingni pastida esa aksincha, o'zgarishlar katta. Jumladan, TypeScript, Kotlin, Swift va Rust tezlik bilan ko'tarilib kelayapti. Perl esa reytingning tubiga qarab yo'l olgan.

Umuman olganda, asosiy xulosa shuki, dasturlash tillarining reytingi juda sekinlik bilan o'zgaradi. Katta ehtimol bilan, bugun talab katta bo'lgan tillar yana kamida 10 yil shunday qoladi.

Demak, dasturlashga yangi kirayotganlarga qo'rqmasdan Python va JavaScriptni o'rganish tavsiya qilinadi. Bu tillar "eski" bo'lsa ham, hali beri topdan tushmaydi.

Yosh tillarga esa topga chiqquncha yillar talab qilinishi mumkin.

@foydali_code
Telegram haqida gaplashamiz.

– Telegramning obunachilari soni kundan-kunga oshib bormoqda. Bunga sabab Telegramning doimiy yangilanib borilishi, foydalanuvchilarning xavfsizligi, yangi funksiyalarning qo'shilib borilishi va boshqa qulayliklar bo'ldi deb o'ylayman.

– Shuningdek, quyidagi faktlar ham isbot bo'lishi mumkin:
• Pavel Durov ning o'z kanalida bergan ma'lumotlariga ko'ra telegram foydalanuvchilari 500 mln dan ortiq.
• Har hafta telegramning yangi foydalanuvchilari 1 mln atrofida.
• Har kuni telegram orqali 15 mlrd atrofida turli xil xabarlar yuboriladi.

– Hozirgi kunda esa telegramga qiziqishlar juda katta bo'lib, ba'zi norasmiy ma'lumotlarga qaraganda, telegram 1 mlrd dollar lik sarmoya pulini qabul qilibdi.

👉 @foydali_code
salomlash.py
1.5 KB
#dastur #python

AI ga o'xshash dastur😁
Asabiga tegsangiz, u ham javob qaytara oladi...

🌐 Yaqinlaringizga ham ulashing va
kanalga taklif qiling.
👉 @foydali_code
1-aprel qanday kun?

1-aprel kunida dunyoga mashhur texnologik IT kompaniya Stiv Jobs va Stiv Voznyaklar tomonidan tashkil topdi. U hozirgacha bor va hozir ham rivojlanmoqda.

Kompaniyaning hozirgi bozor qiymati 2,5 trln dollardan oshiq. Uning hozirgi kundagi direktori esa Tim Kuk va u ayni damgacha bo'lgan yollanma direktorlarning eng yaxshisi. Qolgan yollanma direktor kompaniya uchun unchalik ko'p harakat qilmagan.

👉 @foydali_code
Ilon Mask haqida nimalarni bilasiz?

Ilon Mask - marsni olishni orzu qilayotgan milliarder.

U farroshdan taniqli milliarder bo'lishga erishgan ajoyib odam. U hayoti davomida har qadamda muvaffaqiyatsizlikka duch keldi, ammo mehnatsevarlik, fidoyilik va iste'dod unga ajoyib natijalarga erishishda yordam berdi.

Ilon Mask asos solgan va sotib olgan kompaniya va loyihalari:

• Zip2;
• Xcom;
• Paypal;
• eBay;
• SpaceX;
• Tesla;
• Solarcity;
• Hyperloop;
• The Boring Company;
• OpenAI;
• Clubhouse.

Bularning barchasiga alohida to'xtalib o'tsam bir kitob bo'lib ketadi 😊

Maskning yutuqlarini tomosha qilayotganlar uchun Marsda hayot qurishga harakat qilish kabi hayoliy orzuning ham amalga oshishi mumkinligiga ishonish oson. Uning rejasiga ko'ra, yaqin 50 yil ichida bu sayyorada avtonom koloniya tashkil etiladi va u oxir-oqibat bir million kishini qamrab oladi.


👉 @foydali_code
Boost Wifi Lite.apk
1.3 MB
So'ragan edingiz!

Android uchun WiFi ni tezlashtirishda yordam beruvchi ilova.

Boost WiFi Lite

Samsung va Redmi telefonlarida tekshirib ko'rildi.


👉 @foydali_code
2-aprel #aprel

🛰 1966-yil - Sovet ittifoqining 'луна-10' sun'iy yo'ldoshi Oy atrofida aylanib chiqqan dunyodagi birinchi kosmik kemaga aylandi.

🛰 1966 г. Советский спутник "Луна-10" стал первым в мире космическим аппаратом, облетевшим Луну.
Funk: max, min

🌐 Yaqinlaringizga ham ulashing va
kanalga taklif qiling.
👉 @foydali_code
Dunyodagi Eng Yosh Dasturchi!

Hindistonlik Arxam Talsaniya yetti yoshga to'lishiga bir kun qolganda Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng yosh dasturchi sifatida kiritilgan.
U o'z maqomini tasdiqlash uchun Python dasturlash tili o'quv kursida o'qib, Microsoft sertifikatlash imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan.

Kanalimiz: @foydali_code