Dasturlash va ITπŸ’»
24 subscribers
168 photos
131 videos
45 files
150 links
Siz pythonda dasturlar, video darslar va boshqa IT sohasidagi muhim va qiziqarli postlar berib boriladigan kanaldasiz.πŸ˜ŽπŸ’»
Bizning maqsad kanalni sizga maqul keladigan darajaga olib chiqish.
Creator: @great_coder
Download Telegram
JetBrains haqida.pdf
411.4 KB
#Maqola

πŸ”° JetBrains haqida !!!


"Biz dasturlashni sevamiz. Biz o'zgacha ishtiyoq bilan kodlaymiz. 2000 yildan beri biz dasturchi do'stlarimiz, xodimlarimiz uchun ularni ko'plab muammolardan halos etish uchun effektiv instrumentlar yaratib kelmoqdamiz !!! "

JetBrains kompaniyasining rasmiy saytidan :) .

@foydali_code
πŸ”°Pythonda sun'iy intelekt yaratish uchun eng yaxshi kutubxonalarπŸ”°

🧠Sun'iy intellekt texnologiyasi jadal ravishda rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda uni yaratishga qaratilgan muammo uchun ko'plab yechimlar taqdim etildi. (yechimlar degan kutubxonalar, fremvorklarni nazarda tutsak ham bo'ladi) Bugungi maqolamda aynan shular haqida ma'lumotlarni taqdim etmoqchiman.

🧠Sun'iy intellekt nima⁉️
Sun’iy intellekt (yoki qisqa qilib aytganda SI) informatika fanining alohida bo'limi bo'lib, bunda inson ongi bilan bog'liq imkoniyatlarni kompyuter orqali amalga oshirishga qaratiladi.

πŸ”±Misol tariqasida:
Sizga ta'lim, bilim beruvchi bot. Bunday botlarni hozirgi kunda ko'p uchratish mumkin. U albatta inson emas, lekin insondek fikrlashga o'rgatilgan.
Inson tomonidan aytilgan gaplarni muhokama qiluvchi intellektga ega botlar ham mavjud.
Tur-xil darajadagi masalalarni hal qilish uchun ishlab chiqilgan sun'iy intellektga ega "robotchalar" :)
Siz uchun sevimli tarjimonlar. Ular ham xuddi inson ongiga yaqin darajada sizga tarjima ishlarini bajarishda yordam berishadi. Hozirgi kunda ular o'zlari tarjima qilgan gaplarini bizga so'zlab bera olishyapdi :)).
Hozirgi kunda S. I.-lar murakkab darajadagi muammolarni hal qila olishyapdi :)

Ⓜ️a'lumot sifatida :Siz bilgan Prisma fotosuratlarni qayta ishlovchi mobil dasturi ham S.I.-ning mahsulidir.
Bundan kelib chiqib shubhasiz, mashina ta'limoti ko'plab insonlarni o'zi jalb qila oladi deb aytish mumkin. Lekin quyidagi fremvorklar sababli SIoid loyihalar yaratish avvalgiga nisbatan anchagina yengillashdi.

1️⃣ - Tensor Flow
Bu ajoyib kutubxona yordamida siz statik dasturlarni bemalol yaratishingiz mumkin. Hozirgi kunda mashina ta'limoti yo'nalishi aql bovar qilmas darajada IT sferasin qamrab olmoqda. Bu albatta muammolarning effektiv yechimi sari yetaklaydi.
Platforma C++, Cuda va python dasturlash tillarida yaratilgan.
Menda pythondagi bu kutubxonaga qiziqishim yuqori. Unda ba'zi "loyihachalar" ham tayyorlaganman. Sizga ham tavsiya qilgan bo'lardim.

βœ…Afzal jihatlariβœ…
Masshtabli interfeys dasturlashni yuqori darajada qulay qila oladi.
Platforma ochiq manbali bo'lganligi va ko'plab dasturchilarning qo'llab-quvvatlashlari sabab u kundan kunga yuksalib bormoqda. Yangi funksionallar qo'shib borilmoqda.
Tensor Flow foydalanuvchi uchun fremvorkni ishlata olish uchun to'liq qo'llanmani taqdim etgan: https://www.tensorflow.org/api_docs.

❇️Yaxshi (plyus) jihatlari ❇️
Fremvork asosini python tashkil etadi.
Uning yuqori ish samaradorligi, hisoblash ishlarining yuqori tezlikga ega ekanligi sababli bir vaqtning o'zida platforma grafik hamda markaziy protsessorlarni ishlatish imkoniyatni beradi.
Sun'iy intellekt modellari - grafik abstraksiyalar hamda hisoblashga oid resurslar orqali hosil qilinadi.

⚠️Kamchiliklari (minus) jihatlari⚠️
S.I. uchun yaratilgan ko'plab modellar hozirgi kunda tizimda mavjud emas.

πŸ’ Tensor Flow Java Scriptda yaratilgan loyiha. Ajoyib-a ⁉️
O'ng tomonda hozirgi kunda bizga ma'lum bo'lgan Kepler 90 sayyoralari sistemasi. U 8ta soyyoradan tashkil topgan. Qizig'i shundaki bu sayyoralar sistemasi Tensor Flow yordamida aniqlangan !!!
@foydali_code
2️⃣ - Microsoft CNTK
Microsoft CNTK - puxta o'ylangan, neyron tarmoqlari bazasida ishlovchi universal platformadir. Matnli xabarlar va ovozni o'zgartiruvchi funksiyalarni ham qo'llab-quvvatlaydi. Baholash davomida bu fremvork yomon natija bermaydi.
Microsoft CNTK fremvorki ko'plab katta hajmga massivli ma'lumotlar bilan yaxshi ishlay oladi. Mana nega u skype, Kortana va hokazolarda yaxshi deb hisoblanishining asosiy sababi. Bu fremvork shlash davomida sizga qiyinchilik tug'dirmaydi. Tushunish uchun oson, ishlash ham qulay!βœ…

βœ…Afzal jihatlariβœ…
Yaxshi optimizatsiya sababli, fremvorkning ish samaradorligi ancha yuqori ko'rsatkichga ega.
Platforma ko'plab tarkibiy qismlarga ega. Misol tariqasida : neyron tarmoqlari va hokazolar.
Microsoft CNTK ehm(elektron hisoblash mashinasi) bilan yaxshi "muomala" qila oladi :) U texnikaning hisoblash quvvatidan unumli foydalana oladi. Bularning hammasi yuqori ish samaradorligiga erishish uchun ishlab chiqilgan.
C++ va python dasturlash tillarining qo'llab quvvatlanishi.Barcha turdagi neyron tarmoqlari bilan ishlash imkonini beradi. Misol uchun : GAN, RNN,CNN . Microsoft CNTKda S.I. modellari bilan ishlashda yuqori samaradorlikga erishiladi.

〽️Kamchiliklari (minus) jihatlari〽️
Afsuski bu fremvorkda vizualizatisiya paneli mavjud emas va u ARMni qo'llab quvvatlamaydi...
3️⃣ - Caffe
πŸ…±οΈu fremvork asosan neyron tarmoqlarini o'rganishga mo'ljallangan. Caffe o'zining rasmlarga yuqori darajada ishlov bera olishi bilan "faxrlansa" arziydi. Yana u texnik hisob kitoblarni bajarishga mo'ljallangan MATLAB paketini ham o'z ichiga oladi.
Qo'shimcha ma'lumot sifatida : platforma BSD litsenziyasiga ega. U C++da yaratilgan.

βœ…Afzal tomonlariβœ…
πŸ”ΈHar bir model ochiq manbaga ega (open source).
πŸ”ΈTezkorligi.
πŸ”ΈSamaradorligi.
πŸ”ΈPlatforma ochiq manbalik bo'lganligi uchun u dasturchilar tomonidan yangilanib, xatoliklarga tuzatishlar kiritilib boriladi.

❇️Yaxshi (plyus) jihatlari ❇️
C, C++ va python dasturlash tillarini qo'llab quvvatlaydi. Yana CNN neyron tarmoqlarini ham.
Hisoblashga oid muammolarning yechimiga ajoyib tarzda yondashadi.

⚠️Kamchiliklari (minus) jihatlari⚠️
Kompleks massivli ma'lumotlar bilan ishlay olmaydi. Lekin grafik axborotlarni vizual ravishda tez tahrirlay oladi.
4️⃣ - Theano

πŸ”±Theanodagi S.I. modellari hisoblashga oid operatsiyalarda yuqori darajadagi aniqlikga erisha oldilar. Bu natijaning ortida GPUning roli katta. Shu sabab bu fremvork ko'plab massivli ma'lumotlarni qayta ishlay oladi.
Bu fremvorkning ham asosi pythondan tashkil topgan.

βœ…Afzal jihatlariβœ…
πŸ”ΈYuqori tezlik.
Bu tizim yuqori darajadagi aniqlikni kafolatlaydi.
Fremvorkning asosiy afzalligi - tekshirish modulidir. Bu esa dasturchiga kodni mustaqil ravishda tekshirish imkoniyatini beradi.

❇️Yaxshi (plyus) jihatlari❇️
Theano fremvorki hamma dasturlarda ma'lumotlarni intensiv ravishda ishlatilishini qo'llab quvvatlaydi (yagona shart - Theanoni boshqa kutubxonalar bilan bog'lashdir).
Fremvork markaziy hamda grafik protsessorlar uchun juda ham yaxshi optimizatsiya qilingan.
Kamchiliklari (minus) jihatlari:
Uning yangi talqinlarida (yangilangan versiyalarida) yangi funksional qo'shish rejalashtirilmagan. Bu esa albatta uning yagona "minusi"dir❗️

♻️Xulosa
Maqolam davomida sizlarga S.I. uchun qo'llaniladigan top 4 ta kutubxonalar haqida ma'lumotlarni keltirib o'tdim. Kelajakda sun'iy intellekt texnologiyasining o'rni beqiyos bo'lishi aniq. U o'zini barcha sohalarda ko'rsata oladi. Bu soha menimcha hammani o'ziga jalb eta olsa kerak. Maqola davomida siz o'zingizga kerakli ma'lumotga ega bo'lsangiz, men bundan mamnunman !!!
_______________________________________________
πŸ’ β€œNuqtalarni oldinga qarash bilan birlashtira olmaysiz.
Ularni faqat ortga nazar tashlash bilan bir-biriga bogβ€˜lash mumkinβ€œ.πŸ’ 
β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”
πŸ‘€Stiv Jo
bs.
β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”-
❇️E'tiboringiz uchun rah
mat.βœ…
Q. Abdurahimov masalalari uchun python dasturlari
#qoyillatibdiku πŸ“Œ

2009-yili Facebook ishga olishni rad etgan - Brian Acton, oradan 5 yil vaqt o'tib WhatsApp ijtimoiy tarmog'ini yaratdi va uni aynan Facebook kompaniyasiga 19 mlrd dollarga sotib yubordi
βœ…

Agarda Brianni Facebook ishga olganida 19 mlrd dollar yoniga qolgan bo'lardi, essiz πŸ˜…

@foydali_code
#statistika

2020-yil Iyul oyida berilgan statistikaga ko'ra eng ko'p daromad topgan mobil o'yinlar quyidagilar(million dollarda):

1. PUBG MOBILE - $208.8.0
2. Honor of Kings - $192.0
3. Monster Strike - $190.0
4. Pokemon go - $180.0
5. Roblox - $179
.0

πŸ‘‰ @foydali_code
Python dasturlash tilini o'rganish uchun boshlang'ich maslahatlar!πŸ€“

πŸ”Έ Vazifani o'z vaqtida bajaring. Chunki mavzular bir birga bog'liq. Vazifani o'z vaqtida bajarmasangiz siz o'rganayotgan keyingi mavzular siz uchun qiyinlashib boradi.

πŸ”Έ Ko'pchilik endi o'rganayotganlar qaysi dasturlash muhitida ishlashni o'ylashadi, buni umuman ahamiyati yo'q, oddiy pythonning o'zining matn muharriridan foydalansak ham bo'ladi. Muhimi qaysi dasturlash muhitida ishlash emas qanday kod yozishimizga bog'liq!

πŸ”Έ Yangi kalit so'zlarni yodlab olishdan oldin uni ma'nosini tushunib oling. Shunda ular esimizdan chiqmaydi.

πŸ”Έ Dasturlash degani bu kod yozish degani emas. Kod yozishdan oldin biz masalani o'zimiz qog'ozda yechishimiz kerak. Keyin uni kodini yozishimiz muammo bo'lmaydi.

πŸ”Έ O'rgatish bu o'rganish uchun yaxshi usullardan biridir. Siz o'rganyotgan paytingizda boshqalarga ham o'rgatishga urinib ko'ring. O'rgatganingizda siz shu narsani yanada chuqurroq o'rganib olasiz.

πŸ”Έ Agar siz kod yozishda xatoga yo'l qo'ysangiz va nima sodir bo'layotganini aniq bilolmasangiz tanaffus qiling! Tanaffus qilayotganda kompyuterdan uzoqroq turing, sayr qiling yoki do'stingiz bilan suhbatlashing.


🌐 Yaqinlaringizga ham ulashing va
kanalga taklif qiling.
πŸ‘‰ @foydali_code
#built_in_functions #importnat #quick_start
#operators #qism1

Pyhton buyruqlari. (1-qism)

Pythonda buyruqlar ikki turga bo'linadi:

1)Operatorlar;
2)Funksiyalar;

Shuningdek, obyektlar metodlari hamda klasslar buyruq vazifasini bajarishadi. Ularning barchasini bir chekkadan ko'rib chiqamiz.


Operatorlardan boshlasak ularni chaqirish uchun nomini va parametrlarini - "operand"larini yozish kifoya:

return - funksiya, metoddan chiqish yoki nimadir qaytarish uchun ishlatiladi;

yield - funksiya, metodni ishini vaqtinchalik to'xtatish uchun ishlatiladi, uning yordamida generatorlar yaratiladi;

raise - dasturning biron bir qismida xatolikni ataylab keltirib chiqarish uchun ishlatiladi;

assert - dasturning ishlashi davomida biron bir narsani tekshirish, agar noto'g'ri bo'lsa xatolik chiqarish uchun ishlatiladi;

from-import/import - biron bir modul, kutubxonaning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ishlatilad.

Bulardan tashqari Pythonda shart (if/if-else-...), takrorlash (for/while), xatoni avvaldan taxmin qilish (try-except-...), mantiq(and/or/not/>/</in), binar (ular haqida fikrni kechroq yuritamiz &/Β»/Β«/^/!) va matematik (+/-/'/'/*/'//'/%) operatorlari bor.

@foydali_code
#built_in_functions #importnat #quick_start
#operators #qism2

Pyhton buyruqlari. (2-qism)

Pythonda Funksiyalar.

Funksiyaning opertordan asosiy farqi - funksiyaning obyektligida. Va har bir o'zgaruvchining qiymatini o'zgartirish mumkin bo'lganidek, funksiyalarni ham bajaradigan ishini bemalol o'zgartirsa bo'ladi. Lekin bunda ehtiyotsizlik, kutilmagan holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan:

print = lambda *args, **kwargs: print(*args, *args, **kwargs)

Qatordan so'ng, print - 2 marotalab konsolga yozuvchi emas, cheksiz rekursiv funksiyaga aylanadi.

Funksiyalr obyekt bo'lgani uchun ularning tipi mavjud:

>>> type(print)
<class 'builtin_function_or_method'>
>>>lambda_func = lambda: None
>>> type(lambda_func)
<class 'function'>
>>> def defined_func(): return
>>> type(defined_func)
<class 'function'>

Pythonga "kirgizilgan" ba`zi funksiyalar:

print - konsolga chop etuvchi funksiya;

open - faylni ochish uchun ishlatiladigan funksiya;

dir - obyektning attribut va metodlarini ro'yhat ichida qaytaradi;

help - obyektning dokumentatsiyasini (modulda yozilganini) chop etadi;

breakpoint - kodni to'xtatish uchun ishlatiladi, ya'ni "Debugging" jarayonida ishlatiladi.

@foydali_code
Redmonk Portali oxirgi 10 yilda dasturlash tillarining reytingi qanday o'zgarganini tahlil qilibdi (GitHub va StackOverflow asosida).

Top-5 talikda katta o'zgarishlar yo'q. JavaScript, Python, Java ga talab hali ham katta. Bir vaqtlar adashib kirib qolgan Ruby esa pozisiyalarini yo'qotishda davom etmoqda.

Reytingni pastida esa aksincha, o'zgarishlar katta. Jumladan, TypeScript, Kotlin, Swift va Rust tezlik bilan ko'tarilib kelayapti. Perl esa reytingning tubiga qarab yo'l olgan.

Umuman olganda, asosiy xulosa shuki, dasturlash tillarining reytingi juda sekinlik bilan o'zgaradi. Katta ehtimol bilan, bugun talab katta bo'lgan tillar yana kamida 10 yil shunday qoladi.

Demak, dasturlashga yangi kirayotganlarga qo'rqmasdan Python va JavaScriptni o'rganish tavsiya qilinadi. Bu tillar "eski" bo'lsa ham, hali beri topdan tushmaydi.

Yosh tillarga esa topga chiqquncha yillar talab qilinishi mumkin.

@foydali_code