Dasturlash va ITπŸ’»
25 subscribers
168 photos
131 videos
45 files
150 links
Siz pythonda dasturlar, video darslar va boshqa IT sohasidagi muhim va qiziqarli postlar berib boriladigan kanaldasiz.πŸ˜ŽπŸ’»
Bizning maqsad kanalni sizga maqul keladigan darajaga olib chiqish.
Creator: @great_coder
Download Telegram
App Store va Google Play foydalanuvchilari $400 mln yo'qotishdi

Kiberxavfsizlik bo'yicha Avast kompaniyasiga ko’ra, App Store va Google Play onlayn-do'konlarida 200 dan ortiq firibgarlik dasturlari topildi.

Pullik dasturlar har doim bepul sinov muddatini va'da qiladilar, ammo agar Apple foydalanuvchilari yetarlicha e'tiborli bo'lmasa, dastur o'chirilgandan keyin ham undan pul olishni boshlashadi. Ba'zan bu miqdor yiliga $3 ming ga yetadi va umumiy qiymat $365 mln yetgan.

Google Play do'konida, xuddi shunaqa dasturlar, Apple foydalanuvchilaridan farqli o’laroq, plastik karta kiritish majburiy emasligi sabab $38,5 tashkil etdi va umumiy qiymat $35 mln ekan.
@foydali_code
Onlayn marketing nima?

Har qanday biznesni internet orqali tanitish bu onlayn marketing hisoblanadi.

U ijtimoiy tarmoqlarda marketing, blogging, SEO va boshqa shu kabi uslublarni o'z ichiga oladi va "raqamli marketing" deb ham yuritiladi.

Bu uslub haqida Bil Geyts quyidagicha fikr bildirgan: "Agar sizning biznesingiz internetda mavjud bo'lmasa, demak u umuman mavjud emas"
@foydali_code
Adobe Illustrator haqida 5 ta fakt

πŸ€“ Hozir illustrator haqida 5 ta ajoyib faktlarni ko'rishingiz mumkin. Har bir dizayner uchun kelajakda asqatishi mumkin.

1. Adobe Illustrator bu sohadagi eng birinchi ishlab chiqilgan dasturlardan biri;

2. Adobe Illustrator'ning birinchi Windows versiyasi katta flop edi;

3. Dasturga 3D imkoniyatlari 2003 yilda qo'shilgan;

4. CS6 versiyasi eng taniqli yangilanish sifatida tanilgan;

5. Illustrator CC'ni chiqarish strategiyasi bilan ancha yaxshilandi;
@foydali_code
JetBrains haqida.pdf
411.4 KB
#Maqola

πŸ”° JetBrains haqida !!!


"Biz dasturlashni sevamiz. Biz o'zgacha ishtiyoq bilan kodlaymiz. 2000 yildan beri biz dasturchi do'stlarimiz, xodimlarimiz uchun ularni ko'plab muammolardan halos etish uchun effektiv instrumentlar yaratib kelmoqdamiz !!! "

JetBrains kompaniyasining rasmiy saytidan :) .

@foydali_code
πŸ”°Pythonda sun'iy intelekt yaratish uchun eng yaxshi kutubxonalarπŸ”°

🧠Sun'iy intellekt texnologiyasi jadal ravishda rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda uni yaratishga qaratilgan muammo uchun ko'plab yechimlar taqdim etildi. (yechimlar degan kutubxonalar, fremvorklarni nazarda tutsak ham bo'ladi) Bugungi maqolamda aynan shular haqida ma'lumotlarni taqdim etmoqchiman.

🧠Sun'iy intellekt nima⁉️
Sun’iy intellekt (yoki qisqa qilib aytganda SI) informatika fanining alohida bo'limi bo'lib, bunda inson ongi bilan bog'liq imkoniyatlarni kompyuter orqali amalga oshirishga qaratiladi.

πŸ”±Misol tariqasida:
Sizga ta'lim, bilim beruvchi bot. Bunday botlarni hozirgi kunda ko'p uchratish mumkin. U albatta inson emas, lekin insondek fikrlashga o'rgatilgan.
Inson tomonidan aytilgan gaplarni muhokama qiluvchi intellektga ega botlar ham mavjud.
Tur-xil darajadagi masalalarni hal qilish uchun ishlab chiqilgan sun'iy intellektga ega "robotchalar" :)
Siz uchun sevimli tarjimonlar. Ular ham xuddi inson ongiga yaqin darajada sizga tarjima ishlarini bajarishda yordam berishadi. Hozirgi kunda ular o'zlari tarjima qilgan gaplarini bizga so'zlab bera olishyapdi :)).
Hozirgi kunda S. I.-lar murakkab darajadagi muammolarni hal qila olishyapdi :)

Ⓜ️a'lumot sifatida :Siz bilgan Prisma fotosuratlarni qayta ishlovchi mobil dasturi ham S.I.-ning mahsulidir.
Bundan kelib chiqib shubhasiz, mashina ta'limoti ko'plab insonlarni o'zi jalb qila oladi deb aytish mumkin. Lekin quyidagi fremvorklar sababli SIoid loyihalar yaratish avvalgiga nisbatan anchagina yengillashdi.

1️⃣ - Tensor Flow
Bu ajoyib kutubxona yordamida siz statik dasturlarni bemalol yaratishingiz mumkin. Hozirgi kunda mashina ta'limoti yo'nalishi aql bovar qilmas darajada IT sferasin qamrab olmoqda. Bu albatta muammolarning effektiv yechimi sari yetaklaydi.
Platforma C++, Cuda va python dasturlash tillarida yaratilgan.
Menda pythondagi bu kutubxonaga qiziqishim yuqori. Unda ba'zi "loyihachalar" ham tayyorlaganman. Sizga ham tavsiya qilgan bo'lardim.

βœ…Afzal jihatlariβœ…
Masshtabli interfeys dasturlashni yuqori darajada qulay qila oladi.
Platforma ochiq manbali bo'lganligi va ko'plab dasturchilarning qo'llab-quvvatlashlari sabab u kundan kunga yuksalib bormoqda. Yangi funksionallar qo'shib borilmoqda.
Tensor Flow foydalanuvchi uchun fremvorkni ishlata olish uchun to'liq qo'llanmani taqdim etgan: https://www.tensorflow.org/api_docs.

❇️Yaxshi (plyus) jihatlari ❇️
Fremvork asosini python tashkil etadi.
Uning yuqori ish samaradorligi, hisoblash ishlarining yuqori tezlikga ega ekanligi sababli bir vaqtning o'zida platforma grafik hamda markaziy protsessorlarni ishlatish imkoniyatni beradi.
Sun'iy intellekt modellari - grafik abstraksiyalar hamda hisoblashga oid resurslar orqali hosil qilinadi.

⚠️Kamchiliklari (minus) jihatlari⚠️
S.I. uchun yaratilgan ko'plab modellar hozirgi kunda tizimda mavjud emas.

πŸ’ Tensor Flow Java Scriptda yaratilgan loyiha. Ajoyib-a ⁉️
O'ng tomonda hozirgi kunda bizga ma'lum bo'lgan Kepler 90 sayyoralari sistemasi. U 8ta soyyoradan tashkil topgan. Qizig'i shundaki bu sayyoralar sistemasi Tensor Flow yordamida aniqlangan !!!
@foydali_code
2️⃣ - Microsoft CNTK
Microsoft CNTK - puxta o'ylangan, neyron tarmoqlari bazasida ishlovchi universal platformadir. Matnli xabarlar va ovozni o'zgartiruvchi funksiyalarni ham qo'llab-quvvatlaydi. Baholash davomida bu fremvork yomon natija bermaydi.
Microsoft CNTK fremvorki ko'plab katta hajmga massivli ma'lumotlar bilan yaxshi ishlay oladi. Mana nega u skype, Kortana va hokazolarda yaxshi deb hisoblanishining asosiy sababi. Bu fremvork shlash davomida sizga qiyinchilik tug'dirmaydi. Tushunish uchun oson, ishlash ham qulay!βœ…

βœ…Afzal jihatlariβœ…
Yaxshi optimizatsiya sababli, fremvorkning ish samaradorligi ancha yuqori ko'rsatkichga ega.
Platforma ko'plab tarkibiy qismlarga ega. Misol tariqasida : neyron tarmoqlari va hokazolar.
Microsoft CNTK ehm(elektron hisoblash mashinasi) bilan yaxshi "muomala" qila oladi :) U texnikaning hisoblash quvvatidan unumli foydalana oladi. Bularning hammasi yuqori ish samaradorligiga erishish uchun ishlab chiqilgan.
C++ va python dasturlash tillarining qo'llab quvvatlanishi.Barcha turdagi neyron tarmoqlari bilan ishlash imkonini beradi. Misol uchun : GAN, RNN,CNN . Microsoft CNTKda S.I. modellari bilan ishlashda yuqori samaradorlikga erishiladi.

〽️Kamchiliklari (minus) jihatlari〽️
Afsuski bu fremvorkda vizualizatisiya paneli mavjud emas va u ARMni qo'llab quvvatlamaydi...
3️⃣ - Caffe
πŸ…±οΈu fremvork asosan neyron tarmoqlarini o'rganishga mo'ljallangan. Caffe o'zining rasmlarga yuqori darajada ishlov bera olishi bilan "faxrlansa" arziydi. Yana u texnik hisob kitoblarni bajarishga mo'ljallangan MATLAB paketini ham o'z ichiga oladi.
Qo'shimcha ma'lumot sifatida : platforma BSD litsenziyasiga ega. U C++da yaratilgan.

βœ…Afzal tomonlariβœ…
πŸ”ΈHar bir model ochiq manbaga ega (open source).
πŸ”ΈTezkorligi.
πŸ”ΈSamaradorligi.
πŸ”ΈPlatforma ochiq manbalik bo'lganligi uchun u dasturchilar tomonidan yangilanib, xatoliklarga tuzatishlar kiritilib boriladi.

❇️Yaxshi (plyus) jihatlari ❇️
C, C++ va python dasturlash tillarini qo'llab quvvatlaydi. Yana CNN neyron tarmoqlarini ham.
Hisoblashga oid muammolarning yechimiga ajoyib tarzda yondashadi.

⚠️Kamchiliklari (minus) jihatlari⚠️
Kompleks massivli ma'lumotlar bilan ishlay olmaydi. Lekin grafik axborotlarni vizual ravishda tez tahrirlay oladi.
4️⃣ - Theano

πŸ”±Theanodagi S.I. modellari hisoblashga oid operatsiyalarda yuqori darajadagi aniqlikga erisha oldilar. Bu natijaning ortida GPUning roli katta. Shu sabab bu fremvork ko'plab massivli ma'lumotlarni qayta ishlay oladi.
Bu fremvorkning ham asosi pythondan tashkil topgan.

βœ…Afzal jihatlariβœ…
πŸ”ΈYuqori tezlik.
Bu tizim yuqori darajadagi aniqlikni kafolatlaydi.
Fremvorkning asosiy afzalligi - tekshirish modulidir. Bu esa dasturchiga kodni mustaqil ravishda tekshirish imkoniyatini beradi.

❇️Yaxshi (plyus) jihatlari❇️
Theano fremvorki hamma dasturlarda ma'lumotlarni intensiv ravishda ishlatilishini qo'llab quvvatlaydi (yagona shart - Theanoni boshqa kutubxonalar bilan bog'lashdir).
Fremvork markaziy hamda grafik protsessorlar uchun juda ham yaxshi optimizatsiya qilingan.
Kamchiliklari (minus) jihatlari:
Uning yangi talqinlarida (yangilangan versiyalarida) yangi funksional qo'shish rejalashtirilmagan. Bu esa albatta uning yagona "minusi"dir❗️

♻️Xulosa
Maqolam davomida sizlarga S.I. uchun qo'llaniladigan top 4 ta kutubxonalar haqida ma'lumotlarni keltirib o'tdim. Kelajakda sun'iy intellekt texnologiyasining o'rni beqiyos bo'lishi aniq. U o'zini barcha sohalarda ko'rsata oladi. Bu soha menimcha hammani o'ziga jalb eta olsa kerak. Maqola davomida siz o'zingizga kerakli ma'lumotga ega bo'lsangiz, men bundan mamnunman !!!
_______________________________________________
πŸ’ β€œNuqtalarni oldinga qarash bilan birlashtira olmaysiz.
Ularni faqat ortga nazar tashlash bilan bir-biriga bogβ€˜lash mumkinβ€œ.πŸ’ 
β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”
πŸ‘€Stiv Jo
bs.
β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”-
❇️E'tiboringiz uchun rah
mat.βœ…
Q. Abdurahimov masalalari uchun python dasturlari