Dasturlash va IT💻
25 subscribers
168 photos
131 videos
45 files
150 links
Siz pythonda dasturlar, video darslar va boshqa IT sohasidagi muhim va qiziqarli postlar berib boriladigan kanaldasiz.😎💻
Bizning maqsad kanalni sizga maqul keladigan darajaga olib chiqish.
Creator: @great_coder
Download Telegram
🙉 Maymun video-o'yin o'ynamoqda. Ha, bu haqiqat!

Ilon Maskka tegishli Neuralink kompaniyasi maymunning miyasida tajriba o'tkazdi. Tajribaga ko'ra, ular maymunning miyasiga tanga kattaligidagi chipni joylashtirdi va bu chip orqali maymun video-o'yinlarni ongi yordamida o'ynay boshladi.

Ilon Maskning aytishiga qaraganda, bu chip imkoniyati cheklanganlar uchun ishlab chiqarilgani, keyinchalik ushbu chipni rivojlantirib, ko'ngillilarda sinab ko'rilishi aytilgan. Maymun o'yin o'ynashining videosi esa 1 oydan keyin taqdim qilinishini ta'kidlab o'tdi, Ilon Mask.
Dasturchilarga hech qachon Windows o'rnatib berishini iltimos qilmang.

Bu mexanikka borib "moshinami yuvib ber" degandek gap. 😁🤪
Eh Nodir, Nodir... 😅

P/S: Dasturlashda asosiysi muammoni yaxshi tushunib olish. Kod yozish esa bu ikkinchi masala hisoblanadi !!!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Naushnikda musiqa tinglash qanchali zararli ekanligi va nima qilish kerakligi haqida video rolik

Video rus tilidagi yozuvlar bilan taqdim etilgan, rus tilini bilmaydiganlar uchun qisqacha:

Quloqning ichigacha kiradigan naushniklarda uzoq vaqt musiqa tinglash, quyidagi zararli oqibatlarga olib keladi:
• Quloqning o'rta qismi zararlanadi;
• asab tizimi zararlanadi;
• eshitish retseptorlariga zarar yetkazasiz.

Nima qilish kerak:
1 soatdan ortiq naushnikda musiqa tinglamang;
musiqa ovozini 80 detsibeldan baland qilmang.
hajmli naushniklardan foydalaning.

O'zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring: @pythonda_dasturlash
👋 Amazon asoschisi va rahbari Jeff Bezos rahbarlikni tark etadi.

Uning o'rnini esa o'zining yordamchisi — Endi Jessi egallaydi. Bezos davrida Jessi ko'plab ishlar qilgan, jumladan Amazon AWS ni rivojlanishida uning hissasi ko'p.

Bezosning ishchilariga yozgan xatida yaratishda davom etish va tushkunlikka tushmaslik kerakligini ta'kidlab o'tgan.

👉 @pythonda_dasturlash
Pythondan ko'ra C++ tezkor deb hisoblaydiganlar uchun, xo'sh bunga nima deysiz.
Python C++ dan ham tezroq!

Numba moduli haqida eshitganmisiz:
pip install numba

Ko'proq malumot uchun:
👉 https://medium.com/swlh/python-can-be-faster-than-c-2372c627068

P.S: Ingiliz tilini bilsangiz qiynalmaysiz
Microsoft асосчиси ва собиқ раҳбари Билл Гейтс коронавирус пандемияси тугаганидан кейин инсониятга хавф соладиган иккита таҳдидни санаб ўтди

«Дунё тайёр бўлмаган таҳдидлардан бири бу — иқлим ўзгариши, — деди Гейтс. — Ушбу омил туфайли ўлимлар кўрсаткичи ҳар йили ошиб боради».

Тадбиркор биотерроризмни инсоният учун иккинчи таҳдид деб санади. «Зарар келтиришни истаган бирор киши вирусни ярата олади, демак, келажакда бунга дуч келишимиз эҳтимоли ҳозиргига ўхшаш табиий эпидемияларга қараганда юқорироқ», — деди Гейтс.

@koronavirusinfouz
#socialapp

Telegram 2021 yil yanvar oyida dunyodagi eng ko'p yuklab olingan👍 mobil dasturga aylandi. So'nggi 7,5 yil ichida Telegram ommabop dasturlar reytingida barqaror ravishda ko'tarilib bordi. 2013 yilda ishga tushirilgandan beri Telegram foydalanuvchilari soni har yili 40 foizdan oshdi. So'nggi 7,5 yil davomida foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini doimiy ravishda himoya qildi va muntazam ravishda dasturni sifati va xususiyatlari to'plamini yaxshiladi. O'z qadriyatlariga sodiq qoladigan va uzoq vaqt davomida diqqat-e'tiborni sarflaydigan har kim o'z sohasida muvaffaqiyatga erishishi shart. Bu har qanday inson kasbiga tegishli - sport, bloglar, san'at, kodlash, biznes yoki o'qish.
🧐 Dunyodagi eng boy dasturchilar haqida eshitganmisiz ⁉️

Yoshligimda juda ko’pchilik Bill Gates kimligini bilar edi, dasturlashga umuman aloqasi yo’q odamlar ham, sababi u dunyodagi eng boy odam edi va hozir ham shunday. Ko’pchilik Elon Musk, Mark Zuckerberg va Jeff Bezos larni kimligini bilishadi yoki eshitgan.

Shu sababli men dunyodagi eng kuchli dasturchilar deganda faqat boyligiga qarab emas uning bilimi va malakasiga qarab ham baho beraylik degan maqsadda o’zim xavas qilgan IT dunyosiga aloqador odamlar haqida qisqacha ma’lumot berib boraman, ya’ni ular birinchi qaysi dasturlash tilini o’rgangan qaysi kitoblarni o’qigan, qaysi universitetlarda tahsil olishgan, o’zi umuman universitetda o’qiganmi.

P.S: Elon Musk, Mark Zuckerberg, Jeff Bezos va Bill Gates larni dasturlashni bilmaydi yoki bilimsiz demoqchi emasman.

🚀 @pythonda_dasturlash
#operatsion_tizim

Windows 10'ni o‘rnatish uchun PowerShell yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish 🖥|💻

Bundan ilgari biz operatsion tizim tarkibida keluvchi Buyruq satri (Командная строка) va UltraISO dasturi orqali yuklanuvchi (o‘rnatish uchun xizmat qiluvchi) fleshkani yaratishni ko‘rib o‘tgandik. Bugun tizimga o‘rnatilgan PowerShell konsoli yordamida shunday fleshkani yaratish usuli bilan tanishamiz.

Boshlanishiga Windows diskining ISO-obrazini yuklab oling va hajmi 8 Gb'dan kam bo‘lmagan USB-saqlash qurilmasini kompyuterga ulang. Пуск menyusining qidiruv satriga powershell so‘zini kiriting va natija panelida odatda birinchi turuvchi PowerShell konsol dasturi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib Запуск от имени администратора'ni tanlang.

So‘ngra ochilgan konsol dasturi oynasiga ushbu buyruqlarni kiriting:

1️⃣. $Results = Get-Disk | Where-Object BusType -eq USB | Out-GridView -Title 'Select USB Drive to Format' -OutputMode Single | Clear-Disk -RemoveData -RemoveOEM -Confirm:$false -PassThru | New-Partition -UseMaximumSize -IsActive -AssignDriveLetter | Format-Volume -FileSystem FAT32.

2️⃣. Ulangan qurilmani formatlash uchun tanlang. OK tugmasini bosing, fleshkangiz FAT32 fayl tizimiga formatlanadi.

3️⃣. Windows disk obrazini virtual qurilmaga ulang. ISO kengaytmasi bilan tugaydigan ushbu fayl Windows 10'da odatda ustiga ikki marta bosilganida alohida virtual diskovodga ulanadi. Foydalanib bo‘lib uni ham haqiqiy disk o‘quvchi qurilmalar bilan bo‘lgandagi kabi Извлечь qilish mumkin.

❗️Windows 7'da fayl ustiga ikki marta bosib virtual diskka ulash imkoniyati qoida bo‘yicha mavjud emas, bu uchun UltraISO, Daemon Tools va shu kabi boshqa dasturlar alohida o‘rnatiladi.

4️⃣. Set-Location -Path "$($ISO):\boot"
bootsect.exe /nt60 "$($Results.DriveLetter):"
Copy-Item -Path "$($ISO):\*" -Destination "($Results.DriveLetter):" -Recurse -Verbose

Fayllarning nusxalanish jarayoni yakunlanishini kuting. Fleshkangiz Windows'ni o‘rnatish uchun tayyor!
😄 Dasturchilar turlari

Dasturchilarni qanday farqlash mumkin deysizmi? Juda oson, fayllarni saqlab qo'yishidan 😅

Birinchi turdagi dasturchilarda ketma-ketlik atiga ikkita;
1. Faylni saqlaydi ("Сохранить" qiladi)
2. Kompyuterini o'chirib ketaveradi.

Ikkinchisida esa ko'proq 🙃
1. Faylni saqlaydi .
2. Fayl saqlanganiga shubxalanadi, balki yozilgan kodi "сохранить" bo'lmagandir deb o'ylaydi;
3. Faylni qayta ochadi;
4. Fayl saqlangan yoki yo'qligini tekshiradi;
5. Xar ehtimolga qarshi faylni yana bir marta saqlaydi;
6. Kodni ko'chirib olib, telegramda "saved messages" ga ham saqlab qo'yadi yoki alohida matn shaklida "copy+paste" qilib saqlab qo’yadi.

Siz-chi? Siz qaysi turga kirasiz? 😂
Nima uchun Pythonni o'rganish kerak?

🤔Dasturlash tillari soni ko’pligidan ularni qaysi birini o’rganish asosiy muammo.
Nima uchun aynan Python dasturlash tilini o’rganish kerak.

✔️ Python juda sodda va sintaksis jihatidan o'rganishga juda qulay.

👨🏻‍💻 Mashxur frameworklardan Django, Flask, Pylons frameworklar Python uchun yaratilgan.

💸 Python dasturchilari sohada eng yuqori ish haqiga ega. AQSHda Python dasturchisining o’rtacha ish haqi taxminan $120 000 ni tashkil qilar ekan. Bizdagi narxlarni hh.uz , rabota.uz kabi saytlardan kirib tekshirishingiz mumkin😉

Endilikda Python dasturlash tilini o’rganish istagi sizda paydo bo’lgan bo’lsa uni qayerdan o’rganish mumkin degan savol tug'iladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bitcoin birinchi marta 50 ming dollardan yuqori savdo qiladi!

P.S: Ayni paytda 1 BTC narxi 55 ming dollardan baland!

🚀 #bitkoin