Dasturlash va IT💻
24 subscribers
168 photos
131 videos
45 files
150 links
Siz pythonda dasturlar, video darslar va boshqa IT sohasidagi muhim va qiziqarli postlar berib boriladigan kanaldasiz.😎💻
Bizning maqsad kanalni sizga maqul keladigan darajaga olib chiqish.
Creator: @great_coder
Download Telegram
Ozgina kulib olamiz va kunni yaxshi ishlar bilan boshlaymiz...😁

#humor #chat | @pythonda_dasturlash
Videokarta nimalardan tashkil topgan, qaysi qism nimalarga javob beradi?
#foydali

Videokartani, ko'pchilik nima vazifa bajarishini unchalik bilmas ekan, biladigani shuki, o'yin o'ynash uchun kerak, video montajlar uchun kerak, qancha katta hajmga ega bo'lsa, shuncha yaxshi, xullas qisqa uziq-yuliq tushunchalar. Shu tushunchalarni mukammallashtirish uchun video karta haqida yozib o'taman.

Videokarta - kompyuterning bir qismi bo'lib, xotiradaga ba'zi ma'lumotlarni, ma'lum bir ko'rinishlarda ekranga chiqarib beriladigan jihoz hisoblanadi. Qanchalik tasvirlar murakkab bo'lsa, videokarta quvvatiga bo'lgan talab shuncha katta bo'ladi.

Bu postda, videokarta nimalardan tashkil topgani va har bir qismi nima vazifani bajarishini ko'rib chiqamiz, videokarta ham kichik bir kompyuter hisoblanadi, demak, videokartaning asosi quyidagilardan iborat:
1. Videoprotsessor - kompyuter protsessori kabi asosiy hisoblash ishlarini bajaradi, shu bilan birga kompyuter protsessorini bu ishlardan ozod qiladi. Tayyor tasvirni, ekranga chiqarish uchun, har xil hisoblash ishlarini bajaradi, o'lchamlar, ranglar, harakatlarni qayta ishlaydi, nazorat qiladi.

2. Videoxotira - kompyuter tezkor xotirasi vazifasini, videokartada bajaradi, ya'ni ekranga chiqariladigan tasvirlarni o'zida saqlab turadi va birin-ketin ekranga uzatadi. Bu qiymat qanchalik katta bo'lsa, o'yin, video montaj ishlaringiz aniqroq namoyon bo'ladi, surilishlar, qotib qolishlar kamayadi.

3. Video-PZU - bu chipda, videokartaning BIOS dasturi yozilgan bo'ladi, platadagi BIOS nima vazifani bajarsa, bu yerda ham shu ishlarni qiladi, bu xotira bilan faqat videokarta protsessori ishlay oladi.

4. Raqamli-analog signallarni o'zgartirgich. Bilasiz, kompyuter raqamli signallar bilan ishlaydi, ya'ni 0 va 1. Ekranga chiqaradigan signallar analog ham bo'lishi mumkin. Bu qism, aynan signallarni bir turdan ikkinchisiga o'zgartirib beradi.

5. Videokontroller - videoxotirada tasvirlarni hosil qilish uchun ishlatiladi. Kompyuter xotirasidan olgan ma'lumotlar, kontroller orqali tasvirlarga bo'linib, videoxotiraga tashlanadi.

6. Sovutish tizimi. Yuqoridagilardan ma'lum bo'ldiki, videokarta ham kichik bir kompyuter, shunday ekan uni ham sovutish lozim, sovutish uchun, kullerlar, radiatorlar, suyuqliklar ishlatilishi mumkin.

Bular, videokartaning asosiy tashkil etuvchilari, bu postdan videokarta nima uchun qimmat bo'lishini bilib olish mumkin.
#compilationTime #speed #dastur

Python-kodni tezlashtirishning 10 usuli.

👉 https://proglib.io/w/9a6b1f2c

🌐 Yaqinlaringizga ham ulashing va
kanalga taklif qiling.
👉 @pythonda_dasturlash
Simli yoki simsiz sichqoncha, qaysi biri ma'qul
#tanlov

Kompyuter sichqonchasini sotib olishda, uning imkoniyatlari, qulayliklari, tezligi, tashqi ko'rinishidan tashqari, yana uning ulanish bo'yicha ham tanlov mavjud. Ulanishi odatda 2 xil ko'rinishda bo'ladi: simli, simsiz(bluetooth, wi-fi orqali).

Qaysi birini olish kerak? degan savol har doim turadi, hoh u kompyuter sohasiga endi kirib kelgan bo'lsin, hoh professional bo'lsin.

Ushbu postda yuqoridagi savolga javob qidirib ko'ramiz, demak birinchisi simli ulanish:
Avzalliklari:
— Signallar uzatish tezligi ancha tez, so'nishlar yo'q desa ham bo'ladi;
— ishlash davomiyligi uzoq va ishonchli;
— harakatlanishdagi aniqlik;
— narxining biroz arzonligi.

Kamchiliklari:
— Sim orqali ulanish, ishlash uzoqligini cheklab qo'yadi, maksimum 2-3 metr;
— simlarning osilib yotishi;
— sim ancha chang yig'adi, uni tozalab turish lozim;
— tartibsiz ishlatish natijasida, ulanish joylaridagi nosozlik.

Simsiz ulanishga ega bo'lgan sichqoncha uchun:
Avzalliklari:
— 10m masofagcha uzoqlikdan turib foydalanish mumkin, ayniqsa proyektrlar bilan ishlaganda bu bilinadi;
— odatda ixcham ko'rinishda ishlab chiqariladi;
— tozalash ishlari kam bajariladi, kompyuterdan uzib turish ham talab etilmaydi;

Kamchiliklari:
— Narxi biroz qimmat;
— har xil svetodiodlar bilan bezalmagan, chunki batareyani ortiqcha sarflashdan saqlanish lozim;
— batareya(akkumlyator) quvvatini nazorat qilib borish lozim;
— bluetooth bilan ishlaydigan boshqa qurilmalar bilan signallar tutashishi(помех) mumkin;
— aniqlik darajasi simliga qaraganda past, chunki havo orqali so'nishlar bo'ladi;
— har xil qo'shimcha tugmalar kamroq bo'ladi, bu ham batareya quvvatini saqlash uchun.

Yuqoridagi sabablarni tahlil qilib, o'zingizga keragini tanlayverasiz, qaysi sohaga qaysi tur sichqoncha kerakligi haqida, qiziq bo'lsa, keyinroq yozib o'taman.

☝️Yozilmagan qonun bor, har doim eng kerakli paytda, simsiz sichqonchaning batareya quvvati tugab qoladi).
Informatika fanidan qiziqarli ma’lumotlar

Kompyuter
1838 – birinchi tеlеgraf yaratildi.
1943 1957 – birinchi sun’iy yoldosh uchirildi.
1958 – ARPA – (Advanced Research Projects Agency) ilgor izlanishlar agеntligi tuzildi.
1962 – Intergalactic Network – Galaktikalararo tarmoq loyihasi boshlandi. Maqsad dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan ma’lumotlarni ola bilish.
1969 – ARPA net – 4 ta kompyutеrni birlashtiruvchi tarmoq ishga tushdi.
1971 – tarmoqda 14 ta kompyutеr. FTP – File Transmission Protocol (fayl uzatish protokoli) qabul qilindi.
1972 – Larry Roberts tomonidan elеktron pochta uchun birinchi dastur yaratildi.
1974 – Tarmoqdagi kompyutеrlarni bir-biri bilan boglash uchun TCP – Transmission Control Protocol taklif qilindi. Bu protokolni taklif qilgan Virt Cerf va Bob Kahn lar kеyinchalik intеrnеt otalari dеb nom oldilar.
1978 – IPv4 protokoli qabul qilindi.
1982 – ARPA net ikkiga bolindi. Milnet (Military net – harbiy tarmoq) va Internet (tarmoqlararo tarmoq).
1983 – TCP/IP – Transmission Control Protocol/Internet Protocol tarmoqlar orasida ma’lumotlarni almashish protokoli Intеrnеt uchun asos qilib olindi.
1984 – Intеrnеtda domеnlarni nomlash tizimi (Domain Name System) joriy qilindi.
1986 – Tеzligi 56 kbGs bolgan birinchi intеrnеt magistrali ishga tushdi.
1988 – finlyandiyalik talaba Yarko Oykarinеn intеrnеt orqali chat sugbatlari goyasini taklif qildi.
1990 – Birinchi xususiy Intеrnеt provaydеri ish boshladi.
1991– Tim Berners-Lee tomonidan World Wide Web (butun olam tori)ga asos solindi. Intеrnеt hozirgi korinishga ega boldi.
1994 – Yahoo kompaniyasiga asos solindi.
1995 – eBay ish boshladi.
1995 – birinchi vеb brauzеr Netscape Navigator sotuvga chiqarildi.
1996 – Google loyihasi ish boshladi.
1999 – yirik shaharlarda DSL liniyalari orqali intеrnеtga ulanish ommaviylasha boshladi.
2000 – Intеrnеt2, IPv6 ish boshladi.
2001 – Fayl almashish xizmati ommaviylashib kеtdi.
2004 – on line oyinlar ommaviylashib kеtdi. World of Warcraft ga obuna bolganlar soni 12 mlndan oshdi.
2005 – Web 2.0 tеxnologiyalari ommaviy tarzda qollana boshlandi. Butun olam torining qiyofasi ozgardi. You Tube va Wikipedia saytlari mashhur bolib kеtdi.
2007 – Mobil intеrnеt ommaviylashdi. Apple iPhone ommaviy ravishda sotila boshladi.
2008 – Facebook portali ozining egasi: 20 yoshli talabaga 6 milliard daromad kеltirdi.
2010 –IPv4 rеsurslari tugadi va Intеrnеt2, IPv6 uning o`rnini egallab, Intеrnеtning rasmiy protokoli dеb e’lon qilindi.
Tts uzb 👈 o'zbek tilidagi matnni audio yozuvga aylantirib beradigan birinchi bot. O'zbeklarda ham sun'iy intelekt kuchayib ketyapti😎🇺🇿
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔆 Erta tongdan toki uyquga ketguninga qadar 86400 sekund vaqt berilishini bilasanmi? Sekundlar esa bir deguncha o'tib ketadi... Vaqting foydali narslarga sarflanyaptimi?

💎 Zamon talabidagi sohalarni o'rganish uchun kompyuter kerak, sen esa shu kompyuterni USB portidan kirib diskovoddan chiqib ketadigan bo'lsangina omad sen tomonda bo'ladi.

✳️ O'ylanishdan to'xta va o'z IT olamingni biz bilan kashf qil!

👨🏻‍💻 Seni kutyapmiz: 👉 @pythonda_dasturlash
Windows "Командная строка"(cmd) oynasi uchun "F" tugmalar
#foydali

Sekin astalik bilan "Командная строка" oynasi bilan ishlash ancha qulay va foydali ekanligini ko'pchilik tushunib yetmoqda, kanalda ham ko'p foydali postlar aynan shu oyna orqali ko'rsatilmoqda.

Bu oyna orqali yanada tezroq ishlash uchun, maxsus tugmalarni bilib olish, ishingizni ancha yengillashtiradi. Bu oynani qanday ochishni ko'pchilik biladi, bilmaganlar uchun:
Win+R → cmd va Enter.

Bu oynada buyruqlar yozilib, tizim to'liq boshqarilishi mumkin, buyruqlarni kanalda berib boraman, undan oldin bu oynada tezroq ishlash uchun, ba'zi tugmalarni(F bilan boshlanuvchi) yozib o'taman:
F1 - oxirgi yozilgan simvolni qayta yozadi(qayta bosish orqali, oxirgi yozilgan simvollar ketma-ket yozish mumkin).
F3 - oxirgi yozilgan buyruq qayta yoziladi.
F5 - oxirgi yozilgan buyruqlarni ketma-ket chiqaradi(dastlabki yozilgan buyruqqacha boradi va to'xtaydi).
F7 - Barcha yozilgan buyruqlar chiqadi, strelka orqali kerakligini qayta yozish mumkin(ancha foydali tugma).
F8 - Oxirgi yozilgan buyruqdan boshlab, dastlabki buyruqqacha boradi va qaytib orqaga qaytadi(buyruqlar tarixini sikl ko'rinishida aylantiraveradi).
F9 - F7 orqali chiqarilgan barcha buyruqlarni raqamlarini kiritgan holda chiqarish.

Bulardan boshqa F2, F4... va boshqa tugmalar ham ishlatiladi, lekin ular unchalik zarl emas.

☝️"Командная строка" orqali ishlash, ancha vaqtingizni tejaydi va tizim versiyasi o'zgarganda, kerakli oynalarni qidirib yurmaysiz, balki buyruqlar orqali o'zingizni ishingizni qilaverasiz. Misol uchun, Windows 10 endi chiqqan paytlari, "Панель управления" oynasini ancha qidirganman).

O'zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring: 👇@pythonda_dasturlash
#ios

IOS DASTURCHI BILAN SUHBAT

Mobil
dasturlashdagi yo‘nalishlardan biri IOS tizimida dastur tuzish.

Tajribali ios dasturchi Xasan aka bilan ajoyib suhbat 👇

https://youtu.be/7uL5VGThyJE

☝️ O‘zbekistonda web dasturchilarga nisbatan IOS dasturchilari kamyob hisoblanadi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juda tasirli va ruhlantiruvchi gap bo'libdi!

Saidbek Arislonov bilan "Osmondagi bolalar" loyihasini ko'rib mazza qildim. Quyidagi video o'sha suhbatdan bir parcha.

Yoshlar, kimga havas qilayotganimizga e'tibor beraylik! Saidbek kabi yigitlar ko'paysin!

To'liq video 👉 youtu.be/N2CN7pYcR-I
#bilasizmi
🖥Kompyuter xotirasi o‘lchov birliklari:
1 bit = Binary Digit (eng kichik) o‘lchov birligi
8 bit = 1 b (bayt) = 2^0 b
1024 bayt = 1 Kb (Kilobayt) = 2^10 b
1024 Kb = 1 Mb (Megabayt) = 2^20 b
1024 Mb = 1 Gb (Gigabayt) = 2^30 b
1024 Gb = 1 Tb (Terabayt) = 2^40 b
1024 Tb = 1 Pb (Petabayt) = 2^50 b
1024 Pb = 1 Eb (Eksabayt) = 2^60 b
1024 Eb = 1 Zb (Zettabayt) = 2^70 b
1024 Zb = 1 Yb (Yottabayt) = 2^80 b

👨‍💻 @pythonda_dasturlash
Avtomobil qaysi raqamda to'xtab turibdi? 🤔
Javobini yozing:
👉 @great_coder
Keling dasturchilarni o’rtacha oyliklarini ko’rib chiqamiz

🇺🇸 Aqshda 2020-yildagi o’rtacha 1 yillik maoshlar:

Java: $87,628 - $104,838
Python: $105,514 - $144,386
C#: $58,316 - $72,921
C++: $90,218 - $107,845
.NET: $77,012 - $96,182
JavaScript: $98,988 - $115,261
PHP: $65,326 - $81,582

🇺🇿 O’zbekistonda 2020 - yildagi o’rtacha 1 yillik maoshlar, hh.uz sayti ma’lumotlariga ko’ra:

Java: $3600 - $24,000
Python: $4800 - 24,000
C#: $3300 - $20,000
C++: $4000 - $30,000
.NET: $3600 - $22,000
JavaScript: $3800 - $20,000
PHP: $2500 - $18,000

👇👇👇
@pythonda_dasturlash
#bilasizmi #smartfon #internet

Kesh nima? 🤔

Uyali telefonlar va tarmoqlarda “kesh” (ing. cache) atamasi, odatda, telefon yoki tarmoqdagi yaqin kelajakda kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning nusxalarini saqlaydigan xotira maydonini anglatadi. Bu bilan veb-sahifalar va ilovalarga tezroq kirish mumkin bo‘ladi.

Masalan, telefoningizda veb-sahifaga kirganingizda, uning nusxasi telefonning kesh xotirasida saqlanishi mumkin. Agar o‘sha sahifa qayta so‘ralsa, sahifaning internetdan qayta yuklab olinishini kutish o‘rniga, sahifa darhol keshdan ko‘rsatilishi mumkin.

Shunday qilib, elektron keshdagi ma’lumot tezkor kirish uchun axborotning ikkilamchi nusxasi hisoblanadi.

☝🏻Telefon sozlamalaridagi ilovalar bo‘limiga o‘tib, har bir dastur xotiradan kesh uchun qancha joy egallab turganligini bilish va uni tozalab turish mumkin. Keshni butun telefon bo‘ylab tahlil qilib tozalash uchun CCleaner mobil ilovasidan foydalanish tavsiya etiladi.
#qizqarli #fakt

Tug'ilgan kuningizdan beri qanday qiziqarli voqealar sodir bo'lganligini bilishni xohlaysizmi? Ushbu saytga tug‘ilgan sanangizni yozing hamda siz bilan bog‘liq qiziqarli faktlardan zavq oling.

P.s Men tug‘ilganimda Yer yuzidagi odamlar 6,133,584,878 ta ekan. Oy tug‘ilgan kunimdan beri 274 marta Yer yuzini aylanib chiqibdi 😁. Va hokazo...

LINK 👉 you.regettingold.com

👉 @pythonda_dasturlash
#telegramda_kanal_yuritish #security #maslahat

‼️ Telegram'da kanalni yovuz niyatli shaxslar tomonidan “uxlatish” holatlari ko‘paymoqda (yana misollar: 1, 2 (rus tilida)). Ular reklama beruvchi sifatida o‘zlarini tanishtirib, arxiv faylini yuborishadi, uning ichida go‘yoki reklama qilinishi lozim bo‘lgan video, taqdimot yoki ilova joylashgan bo‘ladi.

Aslida esa ushbu arxivlar tarkibida ko‘plab holatlarda kompyuteringizga masofadan turib ulanish va ochiq sessiyada turgan Telegram-mijozini “uxlatish” imkonini beruvchi Windows uchun troyan dasturi bo‘ladi. Yana bir “qarmoqqa tushirish” usuli — bu reklama beruvchining go‘yoki anketa to‘ldirish uchun yuboradigan havolasidir, tabiiyki ushbu havola foydalanuvchini Telegram'ga kirish uchun ma’lumotlarni kiritishni talab etuvchi fishing sahifasiga yo‘naltiradi.

Ushbu xabarni barcha tanish Telegram-kanallari adminlariga yetkazishni unutmang!
#Dasturnews

Dunyoda internetdan qancha odam foydalanayotgani ma’lum qilindi 🌐

"We Are Social" va "Hootsuite" kompaniyalari "Digital 2021" hisobotini taqdim etishdi. Unda jahonda internet va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari soni qanchaga yetgani haqida ma’lumot berilgan.

2021-yilning yanvar holatiga jahon aholisi soni 7,83 mlrd'ni tashkil etmoqda. Internetdan 4,66 mlrd. kishi yoki sayyoramiz aholisining 53,6 foizi foydalanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardan esa 4,2 mlrd. kishi foydalanyapti. Hisobotda ko‘rsatilishicha, 5,22 mlrd. kishining yoki Yer aholisining 66,6 foizida shaxsiy mobil telefonlar bor.
🙉 Maymun video-o'yin o'ynamoqda. Ha, bu haqiqat!

Ilon Maskka tegishli Neuralink kompaniyasi maymunning miyasida tajriba o'tkazdi. Tajribaga ko'ra, ular maymunning miyasiga tanga kattaligidagi chipni joylashtirdi va bu chip orqali maymun video-o'yinlarni ongi yordamida o'ynay boshladi.

Ilon Maskning aytishiga qaraganda, bu chip imkoniyati cheklanganlar uchun ishlab chiqarilgani, keyinchalik ushbu chipni rivojlantirib, ko'ngillilarda sinab ko'rilishi aytilgan. Maymun o'yin o'ynashining videosi esa 1 oydan keyin taqdim qilinishini ta'kidlab o'tdi, Ilon Mask.
Dasturchilarga hech qachon Windows o'rnatib berishini iltimos qilmang.

Bu mexanikka borib "moshinami yuvib ber" degandek gap. 😁🤪