Dasturlash va IT💻
24 subscribers
168 photos
131 videos
45 files
150 links
Siz pythonda dasturlar, video darslar va boshqa IT sohasidagi muhim va qiziqarli postlar berib boriladigan kanaldasiz.😎💻
Bizning maqsad kanalni sizga maqul keladigan darajaga olib chiqish.
Creator: @great_coder
Download Telegram
ping.py
102 B
#example #dastur #ping
Saytlarni IP manzilini olish (Endi CMD kerak emas)
google.com ni o'rniga sayt nomi yoziladi
————
pip install wmi
————
🤑 Bitkoinning narxi endilikda — 34.000$ ni tashkil etadi!

Bitkoinga bo'lgan qiziqish 2020-yilning noyabrida ortdi. Kompaniyalar va banklar ulardan foydalanishi, uning o'sishini ko'rganlar esa uni sotib olib, saqlashi bitkoinning «sakrashiga» sabab bo'ldi.
Ilon Maskning "Global Wi-Fi"iga obuna bo'lish narxi qancha.

— Qurilma jamlanmasi narxi $499 dollarni, bir oylik obuna esa $99 dollarni tashkil etishi aytilmoqda.

— Hozirgi vaqtda orbitada 900 ta Starlink sun'iy yo'ldoshlari uchib yuribdi.

P.S: Eyyy bizanikila, shu loyihani shuncha kutdiyla, narxi osmon ekan, bo‘ldi endi internetni oshiriyla(chungan chundi😂)
💻 5 ta eng yaxshi Python IDE va kod muharrirlari!

💡Integrated development environment (IDE) - bu dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun kompyuter dasturchilariga har tomonlama qulayliklar yaratadigan dasturiy ta'minot. IDE odatda hech bo'lmaganda manba kodi muharriri, avtomatizatsiya vositalari va tuzatuvchini o'z ichiga oladi.

💡Kod muharrirlari ham dasturiy ta'minotdir! Ba'zi bir qo'shimcha funktsiyalarga ega bo'lgan matn muharririga o'xshaydi. Bu IDE emas, chunki IDE ko'plab ishlab chiquvchi vositalariga ega. Tahrirlovchining bitta kodiga qarab, u maxsus kalit so'zlarni ajratib ko'rsatib, ba'zi takliflarni beradi. Sublime Text, Atom, Visual Studio Code - bu mashhur kod muharrirlari.

1️⃣ Atom/Atom-IDE

Atom asosiy IDE ning ko'p funktsiyalarini o'z ichiga oladi. Uning xususiyatlari orasida sintaksisni ta'kidlash va avtomatik to'ldirish mavjud. Atom ishlab chiquvchilari Rust yoki Go kabi asosiy dasturlash tillarini birlashtirish ustida ishlamoqdalar. Atom o'z ish faoliyatini yaxshilashda yutuqlarga erishmoqda va ishlab chiquvchilar hamjamiyat ehtiyojlari va fikrlariga nihoyatda e'tibor berishadi, foydalanuvchi tajribasini yanada foydali qilishiga intilishadi. Dasturiy ta'minotni ochish uchun kutish vaqtidagi yaxshilanishlar va kechikishni kamaytirish uchun muhim hisob-kitoblar uchun zarur bo'lgan vaqt ichida kichik yaxshilanishlar mavjud. Shunga qaramay, kelgusi oylarda tobora ko'proq taraqqiyotni kutish kerak. Atom - python uchun eng yaxshi matn muharriri.

2️⃣ Pycharm

Pycharm - bu JetBrains tomonidan ishlab chiqilgan integral rivojlanish muhiti. U tezkor tuzatishlar kabi mahsuldorlik vositalari tufayli raqobatdan ajralib turadi. Uch versiyada, Apache litsenziyalangan Jamiyat versiyasi, Ta'lim (Edu) versiyasi va mulkiy Professional versiyasida mavjud. Dastlabki ikkita versiya ochiq manba bo'lib, shuning uchun Professional versiyasi pullik!

3️⃣ SublimeText

Vim kengaytmasi sifatida birinchi bo'lib yaratilgan Sublime Text - bu C ++ va Python-da kodlangan umumiy matn muharriri. 2.0 versiyasidan beri ushbu dastur 44 ta asosiy dasturlash tillarini, shu jumladan Python-ni qo'llab-quvvatlaydi. Birinchi marta 2007 yilda nashr etilgan va Jon Skinner uni ishlab chiqqan.

4️⃣ Visual Studio Code

Microsoft tomonidan Windows Linux va OS uchun ishlab chiqilgan VS Code kengaytiriladigan kod muharriri bo'lib, Visual Studio bilan aralashmaslik kerak. Haqiqatan ham VS code kichik, ammo to'liq va dasturiy ta'minot MIT litsenziyasi bo'yicha ochiq manbaga ega; bu Visual Studio va VS Code o'rtasidagi farqni tavsiflovchi narsa. VS kodining birinchi versiyasi 2015 yil 29 aprelda nashr etilgan. VS kodi funktsional jihatdan Atom bilan taqqoslanadi. Darhaqiqat, xuddi Atom singari, VS Code Electron-da qurilgan, ya'ni bu ikkita dastur deyarli bir xil afzallik va kamchiliklarga ega.

5️⃣ IDEL

Integrated Development and Learning Environment - bu IDE (Integrated Development Environment) 1998 yil dekabr oyida Gvido Van Rossum tomonidan Python rivojlanishi uchun chiqarilgan. Bu oddiy IDE va shuning uchun yangi boshlanuvchilar uchun javob beradi. U sintaksisni ajratib ko'rsatuvchi va pog'onali, doimiy to'xtash nuqtalari va qo'ng'iroqlar stekining ko'rinishi bilan birlashtirilgan tuzatuvchidan iborat ko'p oynali matn muharriridan iborat.
#PIL #photoconvert #rangsiz

Python yordamida rasmni rangsiz (oq va qora ) tasvirga o‘tkazish.
👇👇👇
uz_python.jpg
101 KB
from PIL import Image

img=Image.open("uz_python.jpg")
rangsiz = img.convert("L")
rangsiz.save("rangsiz.jpg")
Channel name was changed to «Pythonda dasturlash🧑‍💻»
​​Python haqida

📝 Bugungi kunning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishda jumladan web, mobail yo'nalishlarida hamda sun'iy intellekt tizimlarini yaratishda ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Mana shu yutuqlarga erishishda Python darsturlash tilini o’rni juda katta.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini juda ko’p sohalarida python dasturlash tilidan foydalanilmoqda. Bunga bir necha misollar keltirib o’tishimiz mumkin. Instagram ijtimoiy tarmog’i aynan python dasturlash tilida yaratilgan. Bundan tashqari sun'iy intellekt tizimlarida harakatlanadigan robotlar, aqlli qurilmalarning yaratilishi ham ko’p jihatdan python dasturlash tiliga bog’liq.

Python bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlar yuqori bo’lgan zamonaviy dasturlash tili. Python yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi va oddiy va samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Pythonni o’zi xos xususiyatlari juda ham ko’p, uni katta va kichik loyihalarga ishlatish mumkin.

Pythondan foydalanib quyidagi dasturlarni yasash mumkin
🔹 Web dasturlash (Backend, telegram bot)
🔸 Tizimlar uchun (utilitlar)
🔹 Desktop dasturlar
🔸 O’yin dasturlar
🔹 Sun’iy intellect, data science

📈 2020-yilda o'rganish uchun eng yaxshi dasturlash tillari orasida ham python yetakchi o’rinni egallagan
1. Python
2. Java
3. JavaScript
4. Swift
5. C#

Pythonda yaratish mumkin bo’lgan dasturlarni chegarasi yo’q va imkonyatlari yuqori. Shuningdek u sodda va universalligi bilan boshqa dasturlash tillaridan ajralib turadi.

Python dasturlash tilini o’rganing va dunyoning istalgan yetakchi kompanyalarining birida ishlash imkoniyatiga ega bo’ling.

@pythonda_dasturlash
#iphone

Yuzingizni taniqli odamning yuziga oʻzgartiradigan dastur. (faqat iPhone smartfonlari uchun)

P.s. Androidchilar hafa bo‘lmanglar, men ham MI ishlataman 😄

LINK 👉 impressions.app
#Python #Machine_Learning

Machine Learning tomonidan quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:

1.Tegishli ma'lumotlarni qidirish, chiqarib olish va umumlashtirish
2.Tahlil ma'lumotlari asosida bashorat qilish
3.Muayyan natijalar uchun ehtimollikni hisoblash
4.Muayyan o'zgarishlarga o'z-o'zidan moslashish
5.Jarayonlarni optimallashtirish, ishimizni suniiy ong orqali bajara olish.
💰 Telegram-kanalga qanday narx qo'yish mumkin?

Shunday kanallar bor-ki, ularning narxi obunachilar soniga qaraganda qimmat. Ammo shunday kanallar ham bor-ki, obunachilari 100-200 mingta, narxi esa past. Nega?

📌 Adminlar orasida bir termin bor — «Auditoriya sifati va yoshi». Sizning kanalingizning auditoriyasi qanaqa? IT Business auditoriyasi asosan IT sohasidagi insonlar, qiziquvchilar, xullas, katta qismi IT mutaxassislari. Yosh tahminan, 15 yoshdan katta va 45 dan kichik. Bu tahmin, ammo mantiqqa to'g'ri keladi. Hamma 14 yoshli bolalar ham IT ni tushunmaydi, 45 yoshdan katta hamma insonlar ham esa, bu narsalarga qiziqmaydi, katta qismi albatta.

🙅‍♂️ Sifatsiz va yosh auditoriyani bachkana, ko'cha gaplari ishlatiladigan, qo'pol qilib aytganda — «A.Y.E» ni o'z timsoli qilib olgan kanallarda topish mumkin. Yosh chegarasi 12-18. Madaniyatli odam bunday kanalda yurmaydi, gap nimadaligini sezgandirsiz :)

Agar kanalingiz qimmat sotilishini xohlasangiz, auditoriya sifati va yoshiga e'tibor qarating. Ularni qanday yaxshilash mumkin? Bu haqida keyingi postlarimizda gaplashamiz.
Universitetga topshiraymi, IT o'rganaymi?

Agar siz hali o'zingizni topmagan bo'lsangiz, universitetga kiring. Siz har doim ketishingiz mumkin, har doim ham universitetni o'zgartirishingiz mumkin. Universitetning afzalligi shundaki, u kelajakdagi eng yaxshi do'stlar va murabbiylarning ulkan manbai hisoblanadi. Bundan tashqari, ta'lim jarayonida juda ko'p muammolar bo'ladi, shuning uchun kelajakdagi hayot muammolari uchun o'zingizni tayyorlashga vaqt topasiz. Ushbu yangi videoni tomosha qiling va mening fikrimni bilib oling.

Videoga link:
➡️ https://youtu.be/CHsGyYV8WWo
volume.py
358 B
#example #dastur #ovoz

🌐 Kompyuter kalonkasi yani ovoz balandligini sozlash

pip install pycaw

🌐 Yaqinlaringizga ham ulashing va
kanalga taklif qiling.
👉 @pythonda_dasturlash
#internet

Ayni paytda dunyoda sodir bo'layotgan hakkerlik hujumlarini ko'rsatib turadigan LIVE (jonli) sayt.

👉 threatmap.checkpoint.com 👈

👉 @pythonda_dasturlash
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi darsda YouTube'dan playlistdagi videolarni barchasini bittada ko'chirib olishni ko'rib o'tamiz.
Dasturni quyidagi postda yuklab olishingiz mumkin, videoda dasturni o'rnatish va aktivatsiya qilish ham tushuntirilgan.

👉 Videodagi dastur
​​🚀 Dasturchi uchun xorijiy til qanchalik muhim?

Xorijiy til dasturchi uchun juda muhim hisoblanadi. Dunyo bo'yicha yangi ma'lumotlar ko'p qismi birinchi bo'lib Ingliz tilida chiqadi ya'ni bundan ko'rinadiki agarda dasturchi inson ingliz tilini o'rgansa u yangi frameworklarni, yangi dasturlash tillariyu va boshqa bilimlarni internet orqali mustaqil ravishda bepulga o'rgansa ham bo'ladi. Bu esa katta imkoniyat!

Hamda Ingliz tilini bilgan Dasturchi dasturlashni tezroq o'rganishi mumkin demak shunday ekan Dasturlashdan tashqari bitta xorijiy til ya'ni Ingliz tilini o'rganishi kerak agarda siz IT bilan Ingliz tilini bir biriga bog'lasangiz ajoyib imkoniyatlarga ega bo'lishingiz mumkin!
💻 Pythonning foydalanish sohalari:

• Data analysis – 50%
• Web development – 49%
• DevOps / Sistem adminstration – 35%
• Programming of web parsers – 32%
• Machine learing – 31%
• Educational purpose – 28%
• Software testing / Writing automated tests - 26%

Manba: CODESCHOOLUZ